Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2-son, Moliya vazirligining 33-son "Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 05.04.2001 y. Qarori (AV tomonidan 13.04.2001 y. 1026-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.04.2001 y.

N 1026

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

05.04.2001 y.

N 2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

05.04.2001 y.

N 33

QARORI



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar

tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari

va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik

uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10 dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandi ijrosini davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirligi tomonidan 1995 yil 7 apreldagi 175/03-1, 21-2/119-son bilan tasdiqlangan "Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun maхsus toʻlov tizimini joriy etish toʻrisida"gi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

O. Obidov

Moliya vaziri

M. Nurmurodov

          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)