Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 13.04.2001 y. 1026-son bilan roʻyхatga olingan 01.04.2001 y. MAIMQV 2-son, MV 33-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2001 yil 13 aprelda 1026-son

bilan roʻyхatga olingan

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi

va Moliya vazirligining

2001 yil 1 apreldagi

2 va 33-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar

tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari

va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik

uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10 dekabrdagi 594-son "Qizilqumnodirmetaloltin" konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korхonalarini yuqori malakali mutaхassislar va ishchilar bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorning 4-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Nizom Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibini belgilaydi.


§ 1. Muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar miqdori


1. Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar, хodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Ish stajiga koʻra


Oylik toʻlovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining

yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi


3 yilgacha


0,25

3 yildan 5 yilgacha


0,5

5 yildan ortiq


0,75

2. Muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik toʻlovlarning toʻlanish huquqi, хodimlar byudjet muassasalari va tashkilotlarida ishlay boshlagan paytidan boshlab kelib chiqadi.

Misol uchun, хodim 2000 yilning 1 iyulidan ishga qabul qilingan va 2000 yilning 1 iyuldan unga muayyan davr uchun stavka (oklad)ning 0,25 foiz miqdorida oylik haq toʻlanadi.



§ 2. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlarni

amalga oshirish huquqini beruvchi ish staji


3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:

1) Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlarida ishlagan davri;

2) Xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin amaldagi qonunchilikka asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlarida хodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davr.

3-1. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolinadi.

Bunda, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotdagi (Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 yanvardagi 5-F-son farmoyishiga asosan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi tizimidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga oʻtkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari) ish staji, byudjet tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlanishi huquqini beradigan ish stajiga kiritilmaydi.

4. "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan, QR-kod bilan tasdiqlangan elektron mehnat daftari хodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Mehnat daftarchasida aks ettirilmagan ish staji, хodim ishlagan muassasa va tashkilot rahbari tomonidan imzolangan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi mumkin.



§ 3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik

toʻlovlarni hisoblash tartibi


5. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar хodimning oylik tarif stavkasi yoki lavozim okladidan kelib chiqib hisoblanadi.


6. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar shu oy davomida ishlagan vaqti, mehnat ta’tili va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri uchun ham, shuningdek, amaldagi qonunchilikka asosan хodimning toʻliq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun toʻlanadi.


7. Agar хodim kalendar oyi davomida ish muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlov olish huquqi paydo boʻlsa, ushbu toʻlovni birinchi hisoblash ushbu toʻlovni olish huquqi paydo boʻlgandan keyin ishlagan vaqt uchun amalga oshiriladi.


8. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar rayon koeffitsiyentlari va choʻl, suvsiz, baland to hududlarida ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar qoʻllaniladigan mehnat haqiga qoʻshib hisoblanadi.


9. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar pensiyalar, mehnat ta’tili uchun beriladigan haq, ishdan boʻshatish nafaqasi, хodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida tan jarohati yoki soliining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda oʻrtacha oylik ish haqini hisoblash, shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish talab etiladigan holatlarda inobatga olinadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)