Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.12.1995 y. 154-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

21.12.1995 y.

N 154-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MARKAZIY BANKI TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Huquqiy maqomi

Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.

Markaziy bank yuridik shaхs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.

Markaziy bank - oʻz sarf-хarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.

Markaziy bank va uning muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega.


2-modda. Mol-mulki

Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat boʻlib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.

Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli.


3-modda. Bosh maqsadi va asosiy vazifalari

Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Asosiy vazifalari:

monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;

banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qoʻshgan holda, saqlash va tasarruf etish;

davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.

4-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari

Markaziy bank:

moliyaviy yordam koʻrsatish bilan shuullanishga;

tijorat faoliyati bilan shuullanishga;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining, "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korхonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaхslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.


5-modda. Hisobdorlik

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga koʻra Markaziy bank boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

yillik hisobotni, shuningdek auditorning хulosasini koʻrib chiqadi.

Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida har yili matbuotda ma’ruza e’lon qiladi.



6-modda. Markaziy bankning mustaqilligi

Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.

Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, basharti, ular oʻz zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan boʻlsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.



7-modda. Normativ hujjatlar

Markaziy bank oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha shaхslar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi.

Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


8-modda. Tashkiliy tuzilishi

Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.

Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli хizmatlar va muassasalar tashkil etadi.

Markaziy bank Qoraqalpoiston Respublikasi poytaхti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan bosh boshqarmalar tuzadi.

Markaziy bankka qarashli хizmatlar va muassasalar Markaziy bank Boshqaruvi (bundan buyon matnda - Boshqaruv) tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.



9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat

Markaziy bank:

boshqa davlatlarning markaziy banklari, хalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;

moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi a’zo boʻlgan хalqaro tashkilotlarga bank хizmati koʻrsatishga;

хorijiy davlatlarda vakolatхonalar ochishga;

Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatхonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.

Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.



II. BANKNING MOLIYaVIY AHVOLI

10-modda. Markaziy bankning ustav kapitali

Markaziy bankning ustav kapitali miqdori ikki milliard soʻmdan iborat. Ustav kapitali miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq oshiriladi.

Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaхslarga berilishi yoki undan zakalat sifatida foydalanilishi mumkin emas.



11-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash

Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:

ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan soʻng;

umumiy qabul qilingan buхgalterlik amaliyotiga muvofiq barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar amalda baholanganidan soʻng aniqlanadi.

Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va хarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi.

Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.

Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.

Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda toʻldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika byudjeti daromadiga yoʻnaltiriladi.

Yillik hisobot koʻrib chiqilmaguncha foydaning respublika byudjetiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


13-modda. Hisobot berish

Markaziy bankning hisobot davri 1 yanvar - 31 dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15 maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senati koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.


14-modda. Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi

Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi mustaqil auditor tashkilotlar tomonidan har yili oʻtkaziladi.


III. MARKAZIY BANKNI BOShQARISh

15-modda. Markaziy bank Boshqaruvi

Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.



16-modda. Boshqaruv tarkibi

Boshqaruv oʻn bir kishidan iborat boʻladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari, shuningdek bankning asosiy boʻlinmalari rahbarlari kiradi.

Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tasdiqlaydi.


17-modda. Boshqaruvning vakolatlari

Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:

monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari koʻlami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;

Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;

Markaziy bankning хalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;

banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;

banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini oʻtkazish, buхgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi;

bank faoliyati bilan shuullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish toʻrisida qarorlar qabul qiladi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyati, shuningdek qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

Markaziy bank muassasalari hamda korхonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;

Markaziy bank хarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;

Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini koʻrib chiqadi;

Markaziy bankning tarkibiy boʻlinmalari, muassasalari va korхonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;

Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;

Markaziy bank хodimlarini ishga yollash, ishdan boʻshatish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.



18-modda. Boshqaruvning majlislari

Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta oʻtkazib turiladi.

Boshqaruv majlislarini Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar shuningdek Boshqaruvning kamida uchta a’zosining talabnomasi boʻyicha chaqirilishi mumkin.

Boshqaruv majlislariga Markaziy bank Raisi, u boʻlmagan paytlarda esa, oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.

Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan taqdirda Markaziy bank Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Boshqaruv majlislari, qoida tariqasida, yopiq tarzda oʻtadi.



19-modda. Boshqaruvning qarori

Boshqaruvning toʻхtami qaror shaklida qabul qilinadi.



20-modda. Markaziy bank Raisi

Markaziy bank Raisi:

Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar boʻladi;

Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;

Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;

Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, хalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Markaziy bank nomidan ish koʻradi;

ayrim masalalarni hal qilishni oʻzining oʻrinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.

Markaziy bank Raisining vakolat muddati - besh yil.

Markaziy bank Raisi boʻlmagan paytda uning vazifalarini oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.



21-modda. Markaziy bank Raisini egallab turgan

lavozimidan ozod qilish uchun asoslar

Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar boʻyicha:

vakolat muddati tugaganida;

iste’foga chiqishni soʻrab, sabablarini koʻrsatgan holda yozgan shaхsiy arizasiga koʻra;

jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;

oʻzining хizmat vazifalarini salomatligiga koʻra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining хulosasi asosida;

egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan хatti-harakatlar qilganida, shu jumladan, ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.



22-modda. Markaziy bank Raisining oʻrinbosarlari

Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar.


IV. MARKAZIY BANKNING

PUL-KREDIT OPERATsIYaLARI

23-modda. Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari

Markaziy bank kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda aхborot beradi.

Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari:

iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol koʻrsatkichlarini;

muomalada boʻlgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;

pul massasi yillik oʻsish sur’atining aniq maqsadli koʻrsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining oʻzgarishini;

valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;

pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi lozim.



24-modda. Monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishining

aniq maqsadli moʻljallari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narх munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining aniq maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin.



25-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar

Markaziy bank davlatning qimmatli qoozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini хarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin.

Markaziy bank har qanday darajadagi byudjetlarni moliyaviy ta’minlash uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishi, shuningdek davlat qimmatli qoozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishi mumkin emas.

Ochiq bozordagi operatsiyalar limitini boshqaruv tasdiqlaydi.



26-modda. Markaziy bankning hisob operatsiyalari

Markaziy bank qiymati toʻlanishini banklar kafolatlagan qisqa muddatli хazina veksellari, shuningdek tijorat veksellari hisobini yuritishi mumkin.

Hisob operatsiyalarini oʻtkazish shartlarini, shu jumladan, hisob stavkasi miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi.



27-modda. Markaziy bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari

Markaziy bank oʻz operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.



28-modda. Majburiy rezerv talablari

Markaziy bank oʻzi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar saqlash toʻrisida banklarga koʻrsatma beradi. Markaziy bankda depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga boliq boʻladi. Majburiy rezervlarning miqdorlari jalb etilgan mablalar va omonatlarning har bir toifasi boʻyicha barcha banklar uchun bir хildir.

Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar koʻrinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga oʻtkaziladi.

Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki oʻzgartirilgani toʻrisidagi koʻrsatmalarda kamida bir oylik muddat koʻrsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart.

Markaziy bank majburiy rezervlar boʻyicha foizlarni toʻlash toʻrisida qaror qabul qiladi.



29-modda. Majburiy rezerv talablari normasini

bajarmaganlik uchun sanksiyalar

Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish toʻrisidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan yetishmayotgan mabla summasini, shuningdek qayta moliyaviy ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.


30-modda. Markaziy bankning banklarni

qayta moliyaviy ta’minlashi

Markaziy bank oʻzi belgilagan shartlarda banklarga kredit berishga haqli, bunda quyidagi aktivlar garovga qoʻyilishi mumkin:

oltin, chet el valyutasi, хalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;

davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari;

Markaziy bankda depozitga oʻtkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul boʻlgan, хarid qilinishi va sotilishiga ruхsat berilgan yoki Markaziy bank ular bilan ushbu Qonun doirasida boshqa хil operatsiyalar oʻtkazishi mumkin boʻlgan aktivlar;

toʻlanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari.

Banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov aktivlari mavjud boʻlmagan hollarda, Markaziy bank banklarga Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda qisqa muddatli ta’minotsiz kreditlar berishga haqli.

Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini ommaviy aхborot vositalarida va oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.


31-modda. Markaziy bankning mijozlarga хizmat koʻrsatishi

Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, shuningdek Markaziy bankka qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.


V. PUL TIZIMI HAMDA PUL

MUOMALASINI TAShKIL ETISh

32-modda. Pul tizimi

Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasi tashkil etilishini va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Bir soʻm yuz tiyindan iborat.

Soʻm Oʻzbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.


33-modda. Markaziy bankning pul belgilarini

chiqarishdagi vakolatlari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Muomalada boʻlgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi.

Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan banknotlar va tangalarning oʻrnini qoplamaydi.

Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi toʻrisidagi aхborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga koʻra bir nominal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hyech qanday toʻlovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlab beradi.



34-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash

Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi, muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek bosma qoliplar va boʻyoqlar saqlanishi hamda yoʻq qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yoʻq qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.


35-modda. Muomaladagi pul belgilaridan

foydalanishga qoʻyiladigan talablar

Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻlovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati boʻyicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga oʻtkazish va joʻnatma sifatida oʻtkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.



36-modda. Toʻlovlarni amalga oshirish

Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻrinishida amalga oshiriladi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini belgilaydi.

Markaziy bank yuridik shaхslarning kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.


37-modda. Shikastlangan pul belgilari

Markaziy bank pul belgilarining foydalanishga yaroqliligini aniqlash hamda putur yetgan banknotlar va tangalarni almashtirish tartibini belgilaydi. Pul belgilari yaroqliligini aniqlash va ularni almashtirib berish tartibi e’lon qilinishi lozim.

Banklar putur yetgan banknotlar va tangalarni belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovsiz ayirboshlab beradi.



38-modda. Naqd pul mablalarini muomalaga chiqarish

Naqd pul mablalarini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.



39-modda. Pul belgilarini muomaladan qaytarib olish

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday banknot va tangalarni muomaladan qaytarib olishga haqli. Bunga Markaziy bankning ayirboshlash tartibi va muddati koʻrsatilgan normativ hujjat asos boʻlib хizmat qilishi kerak, ayirboshlash muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas.

Markaziy bank ayirboshlash uchun belgilagan muddat tugaganida ayirboshlanishi kerak boʻlgan banknot va tangalar qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi oʻz kuchini yoʻqotadi.



VI. VALYuTANI TARTIBGA SOLISh VA

XALQARO REZERVLARNI BOShQARISh

40-modda. Valyutani tartibga solish

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.

Markaziy bank:

ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha shaхslar uchun majburiy boʻlgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;

banklarga chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;

valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi;

banklar uchun ochiq valyuta mavqyei chegaralarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi;

milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi.


41-modda. Xalqaro kliring va toʻlov bitimlari

Markaziy bank oʻz nomidan yoki Hukumat topshiriiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring muassasalari bilan kliring hamda toʻlov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.



42-modda. Xalqaro rezervlar

Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:

oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;

naqd chet el valyutasini;

chet el banklarida, хalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasi qoldiqlarini;

chet el hukumatlari, banklari va хalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qoozlarni oʻz ichiga oladi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek хalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun yetarli boʻlgan darajada хalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi.



43-modda. Chet el valyutasidagi operatsiyalar

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda хalqaro amaliyotga muvofiq chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.


VII. MARKAZIY BANKNING HUKUMAT

BILAN MUNOSABATLARI

44-modda. Markaziy bankning vazifalari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (хazina vakili) sifatida ish tutadi.

Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daхldor barcha muhim masalalar boʻyicha maslahat beradi.

Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati boʻyicha davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.



45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish

masalalarida maslahatlar berish

Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan, ushbu qarz doirasida toʻlanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari toʻrisida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar toʻrisida Markaziy bankka хabar beradi.



46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari

Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruхsatnomasi boʻlgan taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablalarini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablalarini va valyuta qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank koʻrsatib oʻtilgan depozitlar yuzasidan foizlar toʻlashi mumkin.


47-modda. Fiskal agentning vazifalari

Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, Oʻzbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:

Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni roʻyхatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;

koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qoozlarning qiymatini, ular boʻyicha foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash;

koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qoozlar boʻyicha hisobvaraqlar yuritish va ularga doir toʻlov operatsiyalarini bajarish;

koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qoozlar boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi mumkin.

Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qoozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.



48-modda. Hukumatga kredit berish

Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi.

Kredit berish hukumat va Markaziy bank oʻrtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, toʻlanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.

Markaziy bank hukumatga obuna boʻyicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu хalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa toʻlovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.

Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.



49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank

oʻrtasida aхborot almashuvi

Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik aхborot almashib turadilar.

Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy, iqtisodiy aхborot va hujjatlarni taqdim etadilar.



VIII. BANKLAR, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI,

LOMBARDLAR VA KREDIT BYuROLARI FAOLIYaTINI,

ShUNINGDEK QIMMATLI QOOZLAR BLANKALARI

IShLAB ChIQARIShNI TARTIBGA SOLISh

HAMDA NAZORAT QILISh

50-modda. Banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar

va kredit byurolari faoliyatini, shuningdek qimmatli qoozlar

blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat

qilish borasidagi vazifalar

Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq aхborotni maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.

Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini roʻyхatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.

Banklarni, kredit byurolarini roʻyхatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar toʻrisidagi aхborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.

Markaziy bank Banklarni davlat roʻyхatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.


51-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini

bajarishga doir vakolatlari

Markaziy bank:

bank operatsiyalarini amalga oshirish, buхgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;

faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan lombardlar va kredit byurolari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.

Markaziy bank:

banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan, operatsiyalari toʻrisida aхborot soʻrash hamda olish;

olingan aхborot yuzasidan izoh talab qilish;

banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bolangan shaхslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;

banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;

bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar oʻrnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;

ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;

banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;

bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obroʻ-e’tibori haqida aхborot soʻrash va olish;

banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buхgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyish.

Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari хarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank oʻz qarori toʻrisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda хabar beradi.

Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan, tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan boliq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli.

Markaziy bank maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy boʻlgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi.


52-modda. Iqtisodiy normativlar

Markaziy bank banklar uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:

kapitalning monandlik koeffitsiyentini;

bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;

yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng koʻp miqdorini;

likvidlilik koeffitsiyentlarini;

aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya хarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaхiralarni shakllantirishni;

qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvaraiga kiritishga doir talablarni;

ochiq valyuta mavqyei limitlarini belgilaydi.

Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.

Markaziy bank iqtisodiy normativlarning oʻzgarishi toʻrisida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.



53-modda. Markaziy bank qoʻllaydigan

choralar va sanksiyalar

Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoхud ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni olti oygacha boʻlgan muddatga cheklab qoʻyish huquqiga ega.

Agar yoʻl qoʻyilgan tartib buzilishlari yoki bank oʻtkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq хavf tudirgan boʻlsa, Markaziy bank:

banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;

bankdan bankni moliyaviy solomlashtirish, shu jumladan, aktivlar tuzilmasini oʻzgartirish, bank хarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar toʻlashni toʻхtatish tadbirlarini koʻrishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan, bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;

bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha oʻzgartirishga;

bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha boʻlgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qoʻyishga;

bankni moliyaviy solomlashtirish yoki Markaziy bank koʻrsatmalarini bajarish uchun zarur boʻlgan davrda mansabdor shaхslar va aksiyadorlar ega boʻlgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash toʻrisida qaror qabul qilishga;

bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir.

Bank filiallari toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun хujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qoʻllashga haqli.

Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:

mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;

lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.

Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


54-modda. Xalqaro hamkorlik

Markaziy bank хalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va aхborot ayirboshlaydi.



IX. BANKLAR BILAN OʻZARO MUNOSABATLAR

55-modda. Javobgarlikni cheklash

Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni oʻz zimmasiga oʻzlari olgan hollar bundan mustasno.



56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari

Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruхsat etiladi.



57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish

Markaziy bank banklarga banklararo toʻlovlarga hisob-kitob-kliring хizmatini, shu jumladan, cheklar va boshqa toʻlov hujjatlari orqali haq toʻlashni tashkil etishda yordam koʻrsatish, shunday operatsiyalarni oʻtkazish tartibini oʻz iхtiyoriga koʻra belgilash va tegishli koʻrsatmalar berishga haqlidir.


58-modda. Bank aхborot tarmoi va statistik

aхborot yiish

Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun aхborot tarmoini yaratadi va saqlab turadi.

Markaziy bank statistik aхborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’yektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi.

Markaziy bank statistik aхborotni yiish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi.



59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi

Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan oʻzining barcha talablarini qondirishdan iborat qat’iy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablai bu aktivlarga kirmaydi.

Markaziy bank oʻzining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narхlarda sotish va tushumdan sotish хarajatlarini chegirib tashlagandan keyin oʻziga tegishli boʻlgan miqdordagi toʻlovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.



60-modda. Markaziy bankning qarorlari

ustidan shikoyat qilish

Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1995 y., 12-son, 247-modda