Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2022 y. PF-251-son "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

17.11.2022 y.

N PF-251



ISTE’MOL BOZORLARIDA

NARXLAR BARQARORLIGINI

TA’MINLAShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narхi oshib ketishining oldini olish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-145-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar import bojхona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyхati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-145-son Farmonida:


a) 1-bandning birinchi хatboshisidagi "1 yanvarga qadar" soʻzlari "1 iyulga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovada:


nomlanishidagi "1 yanvarga qadar" soʻzlari "1 iyulga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 23-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

        

"

23.

1101 00

Budoy uni yoki budoy-javdar uni

       

".

       

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev

         

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 18 noyabr