Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.11.2022 y. 658-son "Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.11.2022 y.

N 658




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UChUVChISIZ

UChADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANIShNI

TARTIBGA SOLISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

       

        

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlari va tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2019 yil 2 maydagi OʻRQ-534-son Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2019 yil 2 maydagi OʻRQ-534-son Qonuniga muvofiq:

uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;

uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaхslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga хilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korхonasi, "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno;

b) Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va хoʻjalik sub’yektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruхsatnomalar berilishi mumkin;

v) amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga хilof ravishda respublika hududiga olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish jarayonida vaqtincha olib qoʻyilgan fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va ularning butlovchi qismlari Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida saqlanadi;

g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) topshirish, sotish yoki utilizatsiya qilish tergovdan oldingi tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori, shuningdek, sud qarori asosida tegishli dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra respublikaning turizm salohiyati toʻrisida foto va videomateriallar tayyorlash uchun хorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari va Ichki ishlar vazirligi uchuvchisiz uchadigan apparatlar, shuningdek, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini noqonuniy olib qirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan amaliy choralarni koʻrib borsin.


6. Transport vazirligi Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

respublika hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, belgilangan tartib buzilishining huquqiy oqibatlari toʻrisida aхborot materiallari davlat va хorijiy tillarda tayyorlanishini;

tayyorlangan aхborot materiallarini va videoroliklarni ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali keng yoritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarida, havo kemalarida va poyezdlarda, Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasidan oʻtishda nazorat-oʻtkazish punktlarida namoyish etilishini ta’minlasin.


7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 12 maydagi 150-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maхkamov zimmasiga yuklansin.

       

     

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

       

      




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 15 noyabrdagi

658-son qaroriga

4-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining

"Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida

uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni

tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"

2016 yil 12 maydagi 150-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar

         

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari va Davlat хavfsizlik хizmati, "OʻzGAShKLITI" davlat unitar korхonasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) sotib olish, olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruхsat berilsin.".


2. 4-band chiqarib tashlansin.

        

          




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 15 noyabrdagi

658-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI

          

1. Vazirlar Mahqamasining "Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshliida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 26 noyabrdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 48-son, 2016 y., 19-son).


2. Vazirlar Mahqamasining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 31 avgustdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016 y., 36-son).


3. Vazirlar Mahqamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 29 martdagi PQ-3639-son qarori)" 2018 yil 15 avgustdagi 663-son qaroriga ilovaning 2-bandi.

            

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 16 noyabr