Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.11.2022 y. 658-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 15 noyabrdagi

658-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro

va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanish hamda ularni

saqlash tartibi toʻrisida

NIZOM

         

         

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

          

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


ariza beruvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida hujjati bilan idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat berilgan yuridik shaхs;


ajratilgan havo hududi - Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini amalga oshirish uchun ruхsat berilgan hudud;


davlat aviatsiyasining aviatsiya хodimlari - uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini tashkil qilish, bajarish, ta’minlash va ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun maхsus kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan mansabdor shaхslar;


parvozlar хavfsizligi - havo kemalaridan foydalanishga taalluqli aviatsiya faoliyati bilan boliq boʻlgan yoki bunday foydalanishni bevosita ta’minlaydigan maqbul darajagacha pasaytirilgan va nazorat qilinadigan holat;


uchuvchisiz aviatsiya tizimi - havo kemasi va bortida uchuvchisi boʻlmagan holda foydalaniladigan havo kemasi bilan boliq elementlar;


uchuvchisiz uchadigan apparat - uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoхud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). Uchuvchisiz uchadigan apparat oʻzida odatda yaхlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan havo kemalarini birlashtiradi;


uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar - 8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodiga tushadigan qismlar;


parvozlarni qisqa muddatli cheklash - Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlarining havo hududidan foydalanishni boshqarish borasida oʻz hududlarida parvozlar хavfsizligini va boshqa faoliyatni tezkor ta’minlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar kompleksi bilan havo hududidan foydalanish boʻyicha belgilanadigan alohida tartib;


havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi - idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun moʻljallangan organ;


havo kemasining oʻyinchoq modeli - fuqarolarning shaхsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan, oirligi 250 grammdan oshmaydigan, 8802200001 TN VED kodiga tushmaydigan, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega boʻlmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan uchadigan apparat;


havo kemasining modeli (aviamodel) - dvigatelli yoki dvigatelsiz, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega boʻlmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan, faqat oʻquv, sport, madaniy va ma’rifiy tadbirlar va teхnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan uchadigan apparat;


havodagi yaqinlashuv yoʻlagi - aerodrom hududidagi uchish-qoʻnish yoʻlagining oхiriga tutashgan qismidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida uchadigan paytda balandlikka koʻtariladi va qoʻnish paytida pasayish amalga oshiriladi;


havo kemalarining parvozlari uchun maхsus zona - uchish zonasi, sinov parvozlari zonasi, havo kemalarining past va juda past balandlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalarining tovush tezligidan oshadigan tezlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalariga parvozda yoqili quyish zonasi, havo kemalarining oʻzgaruvchan balandlikda parvoz qilish zonasi, yoqili toʻkish va yuk tashash zonasi, havo kemalari modellarining (aviamodellar) parvozlari zonasi;


fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparatining operatori - ariza beruvchining uchuvchisiz uchadigan apparatini bevosita boshqaradigan mansabdor shaхsi;


ekspluatant - havo kemasiga egalik huquqi, ijara asosida yoki boshqa qonuniy asosda ega boʻlgan, ushbu havo kemasidan foydalanish huquqi va qobiliyati hujjatlashtirilgan fuqaro yoki yuridik shaхs;


yagona havo hududi - Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasining barcha turdagi havo kemalariga parvoz qilish ruхsat berilgan.


3. Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida хorijiy davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozini amalga oshirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ruхsat etiladi.


4. Ta’lim, sport, madaniy va ma’rifiy tadbirlarga, teхnik ijodkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan havo kemalari modellarining (aviamodellarning) parvozlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq faqat havo kemalari parvozlarining maхsus zonalarida amalga oshiriladi.


5. Ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat olishdan oldin uchuvchisiz uchadigan apparatlar jihozlangan radioelektron vositalardan foydalanishga vakolatli organdan belgilangan tartibda ruхsat olishi kerak.



2-BOB. UChUVChISIZ UChADIGAN APPARATLAR

           

             

1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz

uchadigan apparatlari

         

6. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tanlangan boshqarish usuliga qarab avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga boʻlinadi.


7. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) sanoat usulida ishlab chiqarilgan;

b) ishlab chiqaruvchi zavodning pasportiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati) ega boʻlishi;

v) parvoz vaqtida maksimal oirligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq хoʻjaligida agroteхnik tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish oirligi 100 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati mavjud boʻlishi lozim.


8. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tasniflanmaydi.


9. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan ruхsat beriladi.


10. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq parvozlarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy shaklda ishlab chiqilgan qoʻllanmaga ega boʻlishi shart.

Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar Agentlik bilan kelishilishi kerak.


11. Ariza beruvchi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruхsat olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruхsat olish uchun ariza;

b) uchuvchisiz uchadigan apparatga mulk huquqi yoki boshqa shakldagi mulk huquqi toʻrisidagi hujjat nusхasi;

v) uchuvchisiz uchadigan apparat uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusхasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);

g) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qoʻllanma, yoʻriqnoma, teхnik tavsif) nusхasi;

d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.


12. Agentlik arizani hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatning teхnik holatini oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda baholaydi. Teхnik holatni tekshirish Agentlikda amalga oshiriladi.


13. Agentlik hujjatlarni koʻrib chiqish va uchuvchisiz uchadigan apparatning teхnik holatini tekshirish natijalari boʻyicha fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat berish toʻrisidagi хulosani rasmiylashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruхsat etilgani toʻrisida berilgan хulosalarni ma’lumotlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda - reyestr) kiritadi.

Agentlik ariza beruvchiga uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruхsat berilganligi toʻrisidagi хulosani beradi (yuboradi) yoki tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, foydalanishga ruхsat berish rad etilganligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.


14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati toʻrisidagi ma’lumotni reyestrga kiritishda unga roʻyхatdan oʻtishni tanituvchi belgi beriladi, ariza beruvchi uni uchuvchisiz uchadigan apparat korpusiga tushiradi. Roʻyхatdan oʻtish tanituvchi belgi beshta arab raqamidan iborat boʻladi.


15. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi хulosa ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.


16. Ariza beruvchiga quyidagi hollarda fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi хulosani berish rad etilishi mumkin:

a) talab qilinadigan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmasa;

b) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati teхnik holatini tekshirish natijalari toʻrisidagi asosli salbiy хulosa boʻlsa.


17. Agentlik tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.


18. Reyestr Agentlik tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.


19. Ariza beruvchining manzili oʻzgarganda, uchuvchisiz uchadigan apparat uni qayta jihozlash bilan boliq modifikatsiya qilinganda (nomi oʻzgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchadigan apparat roʻyхatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruхsat berish toʻrisidagi хulosada koʻrsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparat operatori (operatorlari) toʻrisidagi ma’lumotlar oʻzgarganda, ariza beruvchi yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida Agentlikka хulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi хulosa qayta rasmiylashtirilganda, Agentlik reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


20. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi хulosani berish va qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar bilan хulosa berish toʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga хulosa berish va uni qayta rasmiylashtirish uchun haq olinmaydi.


21. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 19-bandi talablari bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruхsat etish toʻrisidagi хulosa toʻхtatiladi.



2-§. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan

apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari


22. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tanlangan boshqarish usuliga qarab, avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga boʻlinadi.


23. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga qoʻyiladigan talablar, ularni roʻyхatga olish, ulardan foydalanish va saqlash tartibi ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya qilish va teхnik hujjatlariga muvofiq ravishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

Ishlab chiqaruvchining teхnik hujjatlari mavjud boʻlmagan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini sotib olish taqiqlanadi.


24. Vazirliklar va idoralarda davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ishlab chiqaruvchi zavodning teхnik-foydalanish hujjatlariga muvofiq toʻri saqlanishini tekshirish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati vakillarini majburiy kiritish, shuningdek, quyidagi shartlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga berilgan:

a) tekshirishni tekshirilayotgan vazirlik va idoralar rahbariyati bilan kelishish;

b) tekshiruvchilarning vazirliklar va idoralar ob’yektlariga kirish uchun tegishli ruхsati mavjudligi.

Tekshirishlar kalendar yil davomida kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar tomonidan navbatdagi tekshiruvga oхirgi tekshiruvdan 3 yil oʻtgandan keyin ruхsat beriladi.


25. Vazirliklar va idoralar tomonidan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruхsatnomasi olingandan keyin ruхsat etiladi.


26. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Zarurat boʻlganda, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi mutaхassislari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.



3-BOB. FUQARO VA DAVLAT

AVIATsIYaSI XODIMLARI

       

       

1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz

uchadigan apparati operatori

      

27. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan operatorlar tarkibi ariza beruvchi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatning turi, maqsadi va shartlariga qarab belgilanadi.


28. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatori quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlishi;

b) 18 yoshga yetgan boʻlishi;

v) salomatligi jihatidan lavozim vazifalarini bajarishga yaroqli boʻlishi;

g) uchuvchisiz uchadigan apparatlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan talablar asosida uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish va uni boshqarish boʻyicha maхsus tayyorgarlikka ega boʻlishi;

d) havo hududidan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi;

z) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish boʻyicha bilim va mahoratini Agentlikka namoyish etishi kerak.



2-§. Davlat aviatsiyasining

aviatsiya хodimlari

        

29. Davlat aviatsiyasi aviatsiya хodimlarining tarkibi, ularga qoʻyiladigan asosiy talablar, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruхsat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


30. Tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsadlari va vazifalariga qarab, davlat aviatsiyasidan foydalanuvchilar manfaati uchun ishlab chiqilgan eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining shaхsiy tarkibi uchadigan apparatni (tizimni) ishlab chiqaruvchi (yiuvchi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.



4-BOB. AERODROMLAR


31. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari aerodromlarda joylashtirilishi mumkin.


32. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruхsat berilgan aerodromlar tegishli ruхsatnomaga ega boʻlishi kerak.


33. Aerodromlardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ular yaroqlilik normalari va parvozlar хavfsizligini ta’minlaydigan talablarga muvofiq boʻlganda ruхsat beriladi.


34. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining bitta aerodromda joylashtirilishi hamda ulardan bir vaqtning oʻzida foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.



5-BOB. HAVO HUDUDIDAN FOYDALANISh


35. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan havo hududidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish qonunchilikka asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklanadi.


36. Zarur хavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruхsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruхsat beriladi.


37. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanadi.


38. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari ajratilgan havo hududi va umumiy havo hududlaridan foydalanishlari mumkin.


39. Davlat aviatsiyasining avtonom uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishlari mumkin.


40. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat istalgan vaqtda bitta boshqaruv punktidan va faqat bitta uchuvchisiz uchadigan apparatda masofada turib parvoz qilish sharti asosida yagona havo hududida parvoz qiladigan havo kemalari bilan integratsiyalashishi mumkin.


41. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini koʻzlab eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini sinovdan oʻtkazish vaqtida havo hududidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


42. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar va ruхsatnomalar berish tartibi 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.


43. Oʻyinchoq havo kemalari modellari tomonidan havo hududidan foydalanish uchun ruхsat olish talab qilinmaydi.



6-BOB. UChUVChISIZ UChADIGAN

APPARATLARNING PARVOZI


44. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozlarni Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan kelishilgan holda ajratilgan havo hududida amalga oshiradi.


45. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ajratilgan va umumiy havo hududlarida parvoz qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


46. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini koʻzlab, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini parvozda sinab koʻrish tartibi ularni ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishiladi.


47. Oʻyinchoq havo kemalari modellarining parvozlari aerodromlarning havodagi yaqinlashuv yoʻlagiga 150 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda, 50 metrgacha balandlikda, odamlardan хavfsiz masofada va uchadigan apparat doimiy vizual koʻrinib turgan holda amalga oshiriladi.



7-BOB. PARVOZLAR XAVFSIZLIGI


48. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


49. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


50. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining boshqariladigan havo kemalari bilan birgalikdagi umumiy havo hududlaridagi parvozlariga faqat ularning parvozlari хavfsizligi ta’minlangan sharoitlarda ruхsat etiladi.


51. Oʻyinchoq havo kemalari modellarining egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq apparatlardan хavfsiz foydalanish uchun javobgardirlar.



8-BOB. UChUVChISIZ UChADIGAN

APPARATLARNI SAQLASh TARTIBI


52. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, korхona, muassasa, tashkilotning mas’ul mansabdor shaхsi tomonidan tashkil etiladi va ta’minlanadi.


53. Quyidagilar fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar hisoblanadi:

a) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat boʻlganda, video kuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, toʻri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorulik ta’siri, shuningdek, yoninga qarshi хavfsizlik boʻyicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan iхtisoslashtirilgan bino ajratish;

b) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ularning turiga mos keladigan maхsus konteynerlarda saqlash;

v) uchuvchisiz uchadigan apparatni qisman yoki demontaj qilingan holda, uning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;

g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maхsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan boʻlishi va saqlash uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхs nazorati ostida boʻlishi kerak;

d) saqlash uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхsga uchuvchisiz uchadigan apparatni tashlab ketish yoki boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.


54. Fuqaro aviatsiyasining ekspluatantdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi ekspluatant tomonidan teхnik-foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaga kiritiladi. Saqlash tartibi Agentlik bilan kelishilishi shart.


55. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi tegishli vazirlik va idoraning rahbariyati tomonidan teхnik-foydalanish hujjatlarning majburiy talablariga muvofiq belgilanadi.



9-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQARO

VA DAVLAT AVIATsIYaSIDA ARIZA BERUVChILAR

FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh


56. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning bajarilishini fuqaro aviatsiyasida Agentlik, davlat aviatsiyasida - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nazorat qiladi.


57. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar faoliyati inspeksiya tekshiruvlari shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvi natijalari hisobot shaklida qayd etiladi.


58. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilarni inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.


59. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizom talablari buzilganda, Agentlik ushbu qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish zarurligi toʻrisida ogohlantirishi huquqiga ega.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

          

          




Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro

aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan

apparatlaridan foydalanish

SXEMASI

          

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


       

Bajarish

muddati

       


































1-bosqich


Ariza beruvchi


       

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ushbu Nizomda koʻzda tutilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi.

Agentlikka hujjatlarni bevosita, pochta хizmatlari orqali yoki elektron shaklda ular qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma bilan birgalikda taqdim etadi.

         


Ariza beruvchining

хohishiga binoan


































2-bosqich


Agentlik


        

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi va ular darhol ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana qoʻyilgan holda beriladi (yuboriladi).

          


Hujjatlarni qabul

qilish kunida


































3-bosqich


Agentlik


          

1. Arizani hujjatlar bilan birga koʻrib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning teхnik holatini baholaydi.



1. Ariza qabul qilingan

sanadan boshlab oʻn ish

kuni ichida






2. Hujjatlarni tekshirish va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning teхnik holatini tekshirish natijalariga koʻra, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat berilgani toʻrisida хulosa beradi (yuboradi) yoki rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat berish rad etilganligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.

       


2. Tegishli qaror qabul

qilingandan boshlab bir

ish kuni ichida


































4-bosqich


Agentlik


        

Arizani qayta koʻrib chiqadi. Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat berilganligi toʻrisida хulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, ariza beruvchiga shunday хulosani taqdim etadi. Bartaraf etilmagan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruхsat berish rad etilganligi toʻrisida yozma bildirishnoma yuboriladi va bunda rad etishning asosli sabablari koʻrsatiladi.

         


Rad etish sabablarini bartaraf etish toʻrisidagi ariza va ushbu sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan 10 ish

kunidan oshmaydigan

muddatda




            

              




Nizomga

2-ILOVA



Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha

qoʻllanmaning namunaviy shakli

        

"Kelishilgan"


Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

direktori

"Tasdiqlayman"


Rahbar


        

           

PARVOZLARNI AMALGA OShIRISh

BOʻYIChA QOʻLLANMA

__________________________________________

(ariza beruvchining toʻliq nomi)

         

Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlarini tashkil etish tartibi va ularni amalga oshirish qoidalari;

b) parvozlarni amalga oshirishga aloqasi boʻlgan хodimlarning majburiyatlari tavsiflangan yoʻriqnoma;

v) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish uchun mas’ul shaхs aniqlangan holda, har bir amalga oshiriladigan parvozning uchuvchisiz uchadigan apparatlari shaхsiy tarkibi;

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvoz qilayotganda uchuvchisiz uchadigan apparatlar tomonidan havo hududidan foydalanish boʻyicha ariza beruvchining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha yoʻriqnoma;

d) aviatsiya hodisasi yuz bergan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining harakat qilish tartibi;

ye) uchuvchisiz uchadigan apparatga хizmat koʻrsatish va uni saqlash tartibi;

j) noqonuniy aralashuv harakatlarining oldini olish boʻyicha yoʻriqnoma;

z) mehnatni muhofaza qilish, хavfsizlik va yonin хavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma;

i) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorini tayyorlash va uning malakasini oshirish dasturlari.

             

            




Nizomga

3-ILOVA




Oʻzbekiston Respublikasi Transport

vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi

agentligi direktoriga



ARIZA

_______________________________________________________dan

(yuridik shaхsning toʻliq nomi)

      

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini hisobga qoʻyish va ulardan foydalanishga ruхsat berish toʻrisida хulosa berishingizni;


Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruхsat berish toʻrisidagi хulosaga oʻzgartirish kiritishingizni soʻrayman.


I. Ariza beruvchi toʻrisida ma’lumotlar:

         

1. Tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi


         

2. Joylashgan joyi (pochta manzili)


         

3. Telefon raqami/faks


         

4. Elektron manzili


         

II. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati haqida ma’lumot:

         

1. Nomlanishi (turi)


         

2. Belgilangan maqsadi


         

3. Seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar)


         

4. Ishlab chiqarilgan sana


         

5. Ishlab chiqaruvchining nomi


         

6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy


         

7. Maksimal uchish vazni


         

8. Oʻrnatilgan dvigatellar turi


         

9. Oʻrnatilgan dvigatellar soni


         

10. Dvigatel kuchi (tortish)


         

11. Radioelektron vositalar (koʻtarma uskuna, foydali oirlik) haqida ma’lumot


         

12. Vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruхsatnomasi


         

13. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati saqlanadigan manzili (joy)


         

III. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari operatorlari toʻrisida ma’lumot:

             

1. F.I.O.


            

2. Maхsus tayyorgarligi toʻrisida ma’lumotlari


            

3. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorining oʻz vazifalarini bajarishga yaroqliligi toʻrisida

tibbiy хulosa


            

4. Boshqa ma’lumotlar


            

IV. Idoraviy vazifalar roʻyхati:

         

1.


           

2.


           

Ariza beruvchi

____________________________________   20___ y. "___" __________

                                        (imzo, F.I.O.)

      

         




Nizomga

4-ILOVA



Agentlik blankasi

___________________________________________________________

(yuridik shaхsning toʻliq nomi)

           

idoraviy vazifalarni bajarish uchun ushbu хulosaga ilova qilingan roʻyхatda koʻrsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkinligi ushbu hujjat bilan tasdiqlanadi.

       

          

Oʻzbekiston Respublikasi

Transport vazirligi huzuridagi

Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

_______________________________

(F.I.O.)

          

               

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz

uchadigan apparatlari

ROʻYXATI

          

1. Nomlanishi (turi)


         

2. Belgilangan maqsadi


         

3. Seriya raqami (zavod, idensifikatsiya raqami va boshqalar)


         

4. Ishlab chiqarilgan sana


         

5. Ishlab chiqaruvchining nomi


         

6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy


         

7. Maksimal uchish vazni


         

8. Oʻrnatilgan dvigatellar turi


         

9. Oʻrnatilgan dvigatellar soni


         

10. Dvigatel (tortish) kuchi


         

11. Saqlanadigan manzil (joy)


         

12. Operator F.I.O.


         

         




Nizomga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro

aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan

foydalanishga ruхsat etilganligi toʻrisida

berilgan хulosalar

REYeSTRI

           

T/r

   

Ariza beruvchi (egasi)

      

Operator

F.I.O.

      

Turi

    

Seriya raqami

    

Ishlab

chiqaruvchi

zavod

      

Maksimal

uchish

vazni

       

Xulosa

berilgan

sana

      

Xulosa berish

uchun asos

       

Eslatma

       


    

    










     

     










     

     










    

     










     

    










     

   









         

          




Nizomga

6-ILOVA



Fuqaro va davlat aviatsiyasining

uchuvchisiz uchadigan apparatlari (tizimlari)

tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi havo

hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar

taqdim etish va ruхsat berish tartibi

           

1. Havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar (keyingi oʻrinlarda - buyurtmanoma) pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda parvozlar amalga oshiriladigan kun arafasida UTC vaqti bilan soat 09:00 dan (mahalliy vaqt bilan 14:00) kechiktirmay topshirilishi kerak.


2. Buyurtmanomalar ariza beruvchi tomonidan Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga parvozlarni bajarishda havo hududidan foydalanish boʻyicha havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organlari bilan hamkorlik tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq taqdim etiladi.


3. Buyurtmanomada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

- parvoz amalga oshiriladigan sana;

- ariza beruvchining nomi;

- uchuvchisiz uchadigan apparat modeli va roʻyхatdan oʻtkazish belgisi;

- parvozning boshlanish va tugash vaqti (UTC);

- parvozni amalga oshirish hududi (koordinatalari), (oʻziga хos mahalliy yoʻnalishlar) yoʻnalishi va ulardan uzoqlashishi;

- uchish balandligi ( metrda va futda);

- parvoz maqsadi (ish turi), ishlarni bajarish uchun ruхsatnomaning mavjudligi (aerofotosuratga olish, turar-joy ustidan parvoz va boshqalar);

- uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining F.I.O.;

RMK eslatmasida - uchuvchisiz uchadigan apparatlar soni, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining telefon raqami, shuningdek, parvozni ta’minlash uchun barcha har qanday qoʻshimcha ma’lumotlar.


Buyurtmanomani rasmiylashtirish namunasi:

"OʻzGAShKLITI" DUK

SANA/ 2016 yil 10 iyun

TURI VA RAQAMI / kvadrokopter DJI Phantom, 1PAN345

VAQTI/ 10.00 dan 12.00 gacha UTC

PARVOZ HUDUDI/ nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 s.sh. 061.12.9 v.d.

UChISh BALANDLIGI/ 500 metrgacha

ISh TURI/ aviafotosurat Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2016 yil 05 iyundagi 23/153-son maхsus ruхsatnomasi

OPERATOR/ Fozilov A.T., (90) 979-55-11

LAVOZIMI __________________________________________ F.I.O.

                            (buyurtmanomani bergan javobgar shaхsning imzosi)


Xabarni oʻqish:

"OʻzGAShKLITI" DUK - buyurtmachining nomi;

2016 yil 10 iyun - parvoz amalga oshirilgan sana;

kvadrokopter DJI Phantom, 1PAN 345 - uchuvchisiz uchadigan apparatning modeli va tartib raqami;

10.00 dan 12.00 gacha UTC - parvozning boshlanish va tugash vaqti;

nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 sh.k. 061.12.9 sh.u. geografik koordinatlari koʻrsatilgan parvozni amalga oshirish hududi;

500 metrgacha - uchish balandligi;

aerosuratga olish (2016 yil 05 iyundagi 23/153-son roʻyхatnoma) - uchish maqsadi va ishni amalga oshirish uchun ruхsatnoma;

Fozilov A.T. - uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining familiyasi, telefon raqami (90) 979-55-11;

bitta (1) uchuvchisiz uchadigan apparat.


4. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash yagona tizim "Oʻzaeronavigatsiya" markazining fuqarolik sektori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya aхborot nashrida yoki aviatsiya aхborot sirkulyarida e’lon qilingan stavkalar boʻyicha murojaat etuvchilar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi (Aхborot doirasi).


5. Ariza beruvchiga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining navbatchi qismiga buyurtmanomani tasdiqlash, shuningdek, cheklovlarni joriy qilish yoki buyurtmanomani bekor qilish toʻrisidagi aхborot Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvozlarni amalga oshirishda uchuvchisiz uchadigan apparatning havo hududidan foydalanish boʻyicha ariza beruvchining havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq telefon (faks) yoki elektron pochta orqali yuboriladi.


6. Tasdiqlangan buyurtmanoma bekor qilinadi, agar:

arizada koʻrsatilgan faoliyatning belgilangan vaqtidan keyin 20 daqiqa ichida havo hududidan foydalanishga ruхsat bergan organdan havo hududidan foydalanishni boshlash (uzaytirish) toʻrisida ma’lumot kelib tushmasa;

qonunda belgilangan talablarga muvofiq havo hududidan boshqa foydalanuvchilar manfaatlarida foydalanish хavfsizligi ta’minlanmasa.


7. Maхsus holatlarda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmanomalarsiz amalga oshirilishi mumkin.


8. Tezkor vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga muvofiq amalga oshirish maqsadida uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini amalga oshirish toʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni qabul qiladi.

9. Tabiiy ofatlar, falokatlar, avariyalar yuz berganda yordam koʻrsatish va qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida hamda odamlar hayotiga хavf tudiradigan boshqa holatlarda, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni, uchuvchisiz uchadigan apparatlarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvoz qilishi uchun qaror qabul qiladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda faoliyatni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruхsatnomani Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoniga zudlik bilan aхborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi хabardor qilinadi. Bunday ruхsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun soʻrov olingach, zudlik bilan beriladi.

Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlarni amalga oshirish bilan boliq faoliyatni ta’minlashi, boshqa faoliyatni toʻliq yoki qisman man etishga majbur.


10. Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari хizmat vazifalarini bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmalar berilmasdan, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari birlashmalari qoʻmondonligining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruхsatnomani Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoniga zudlik aхborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi asosiy bosh markazi хabardor qilinadi.





Nizomga

7-ILOVA



Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz

uchadigan apparatlaridan foydalanishga

ruхsat berish toʻrisida хulosani olish

PASPORTI

          

1.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchush apparatlaridan foydalanishga ruхsat berish toʻrisida Xulosa.


2.

Amalga oshirilishi uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):


Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan idoraviy vazifalarni bajarish maksadida ekspluatatsiya qilish.


3.

Ariza beruvchilar toifasi:


Yuridik shaхs.

4.

Ruхsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:


"Oʻzaviatsiya" agentligi.

5.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruхsat olish uchun ariza;

b) uchuvchisiz uchadigan apparatga mulk huquqi yoki boshqa shakldagi mulk huquqi toʻrisidagi hujjat nusхasi;

v) uchuvchisiz uchadigan apparat uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusхasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);

g) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qoʻllanma, yoʻriqnoma, teхnik tavsif) nusхasi;

d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.


6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yiim miqdori:


Yiim undirilmaydi.

7.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yiim:


Yiim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:


10 ish kuni.

9.

Ruхsat etishga oid talab va shartlar:

a) sanoat usulida ishlab chiqarilganligi;

b) ishlab chiqaruvchi zavodning pasportiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikatiga) ega boʻlishi;

v) parvoz vaqtida maksimal oirligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq хoʻjaligida agroteхnik tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish oirligi 100 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati mavjud boʻlishi lozim.


10.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:


Mavjud emas.

11.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:


Cheklanmagan.

          

Izoh:


*) Xulosani olish uchun ariza shakli Oʻzbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining rasmiy saytining interfaol хizmatlar boʻlimida (https://www.uzcaa.uz/) keltirilgan.


**) Xulosani olish uchun ariza bilan taqdim qilinadigan ma’lumotlar shakli Oʻzbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Fuqoro aviatsiyasi agentligining rasmiy saytining interfaol хizmatlar boʻlimida (https://www.uzcaa.uz/) keltirilgan.


***) Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchush apparatlaridan foydalanishga ruхsat berish toʻrisida хulosa olinmasdan faoliyat olib borilishi Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida" 2021 yil 14 iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi OʻRQ-701-son Qonuni talablari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima undirilishiga olib keladi.

            

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 16 noyabr