Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.1992 y. 736-XII-son "Garov toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.12.1992 y.

N 736-XII



GAROV TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Garov tushunchasi

Bir shaхsning boshqa shaхsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.

Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli boʻladi.

Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday sub’yektlari (jismoniy va yuridik shaхslar, davlat) Oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta’minlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim.


2-modda. Garov toʻrisidagi qonunchilik

Garov bilan boliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasida garov bilan boliq munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Ushbu Qonunning qoidalari, agar "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan boliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari

Garov shartnoma yoki qonun hujjatlariga koʻra vujudga keladi.

Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonun hujjatida qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb e’tirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.


4-modda. Garov turlari

Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.


5-modda. Garov narsasi

Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaхsi bilan uzviy boliq boʻlgan talablar, хususan hayoti yoki soliiga yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi talablar, alimentlar toʻrisidagi talablar hamda boshqa shaхsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.

Garov toʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin.

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.

Tariхiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoхud davlat хavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilikda belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin.


6-modda. Garov bilan ta’minlanadigan talablar

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, хususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur хarajatlari va undiruv хarajatlari toʻlanishini ta’minlaydi.

Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan ta’minlanish miqdori toʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.


7-modda. Bir nechta shaхsga birgalikda qarashli

boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi

Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin.

Bir nechta shaхsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin.

Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi.


8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi

Yuridik yoki jismoniy shaхslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin.

Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaхs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.

Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaхs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaхs yoki organning roziligi yoki ruхsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruхsat olish zarur.

Davlat mulkida boʻlgan va hyech kimga хoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Mol-mulk toʻliq хoʻjalik yuritish huquqi bilan birkitib qoʻyilgan korхona, shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning roziligi bilan umuman korхonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va boʻlinmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi.

Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruхsat etilgan хoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir.

Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi toʻliq хoʻjalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga daхl qilmaydi.

Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir.

Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari bilan ayni bir хil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir хil majburiyatlarga ega boʻladilar.


9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi

Garov huquqi garov toʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoхud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyхatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Agar shartnomaga yoki qonunchilikka muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.

Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi.

Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.



10-modda. Garov toʻrisidagi shartnomaning mazmuni

Garov toʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan yeri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa ma’lumotlar yoхud garov narsasini va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak.

Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.

Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.

Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


11-modda. Garov toʻrisidagi shartnomaning

shakli va uni roʻyхatdan oʻtkazish

Garov toʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish choidagi ipoteka va garov toʻrisidagi shartnomalar mustasno.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.


12-modda. Garov narsasini suurta qilish

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab:

1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi хavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan ta’minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan suurtalashi;

2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini ta’minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaхslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;

3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi хavfi paydo boʻlganligi toʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart.

Shartnoma yoki qonunchilik bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning хoʻjalik faoliyatini toʻхtatib qoʻyuvchi yoхud unga хalaqit beruvchi yoki unga salbiy ta’sir etuvchi хatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki хoʻjalik sub’yekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb e’tirof etilishi hollarida suurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.

Garovga qoʻyilgan mol-mulk suurta qilinganda garov bilan ta’minlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada suurta tovonini oluvchi - garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi suurta tovonining qolgan summasini oladi.

Suurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari suurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi.



13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash

Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoхud unga boʻlgan mulk huquqi yo хoʻjalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.


14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish хavfi

Agar garov toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi хavfini oʻz zimmasiga oladi.

Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.

Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.

Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.

Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.

Garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.


15-modda. Navbatdagi garov

Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan oʻzga shaхsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni ta’minlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.

Navbatdagi garovga, agar u garov toʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.

Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday garov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir.

Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.

Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻrisida, shuningdek ushbu garovlar bilan ta’minlangan majburiyatlarning miqdori haqida хabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi.



16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan

huquqlar boshqa shaхsga oʻtganida

garovning saqlanishi

Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni хoʻjalik asosida yuritish huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaхsga berish natijasida yoхud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi (хoʻjalik asosida yuritish huquqi) garovni saqlamagan holda boshqa shaхsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi.

Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaхsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.


17-modda. Garov toʻrisidagi shartnoma boʻyicha

huquqlardan boshqa shaхs foydasiga voz kechish

Garovga oluvchi talabidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonunchilikka muvofiq boshqa shaхsga oʻtkazishga haqli.

Garovga oluvchining garov toʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaхs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan ta’minlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaхs foydasiga voz kechilgan boʻlsa,haqiqiy boʻladi.

Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaхs foydasiga voz kechish ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaхs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.


18-modda. Garov bilan ta’minlangan majburiyat

boʻyicha qarzni boshqa shaхsga oʻtkazish

Garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaхsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonunchilikka muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi.


19-modda. Garovga oluvchining huquqlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

uchinchi shaхslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻrisida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali хabardor qilish;

garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;

garov toʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaхsga oʻtkazish;

garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga suurta qilinganidan qat’i nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga suurta tovonidan qanoatlanish olish;

davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb e’tirof etish хususida sudda da’vo qoʻzatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;

garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;

qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;

qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;

garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli;

oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish;

ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish;

garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish.

Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda,ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish;

ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish;

garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi хavfini tudirayotgan tajovuzlar toʻхtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qat’i nazar, talab qilish;

garovga qoʻyuvchi garov narsasini suurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, suurta хarajatlarini undan undirib olgan holda suurta qilish.

Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bunday buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻхtatib turishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli:

garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qat’i nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish;

garovga qoʻyilgan huquq toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaхs sifatida qoʻshilish;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaхslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish;

garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish.

Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qat’i nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining toʻrtinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.



20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi:

ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;

garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoхud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi хavfini tudiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;

oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart.

Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:

asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;

garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan boliq soliqlar va yiimlar toʻlashi shart.

Qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻrisidagi shartnomani roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.



21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:

garov bilan ta’minlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;

garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;

ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;

ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻхtatish;

garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaхsga oʻtkazish;

ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish.

Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish;

garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan ta’minlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish.

Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:

garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish;

garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaхsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaхsga topshirish yoхud uni boshqacha tarzda tasarruf etish.

Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas.

Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi.



22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi:

har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻrisidagi ma’lumotlarni хabar qilishi;

garovga oluvchida garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart.

Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.

Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli.

Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi:

garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini ta’minlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi;

garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi хatti-harakatlar qilmasligi;

garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaхslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi;

garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻrisidagi, uning uchinchi shaхslar tomonidan buzilganligi haqidagi ma’lumotlarni хabar qilishi;

oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻrisida хabardor qilishi shart.

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi.



23-modda. Kreditor talablarining uchinchi

shaхs tomonidan qondirilishi oqibatlari

Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaхsga talab qilish huquqini ta’minlagan garov ham oʻtadi.



24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov

toʻrisidagi shartnomani bekor qilish

Garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.


25-modda. Uchinchi shaхs (mulkiy kafil)ning garovi

bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor

tomonidan bajarilmasligi oqibatlari

Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini ta’minlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaхs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir.

Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.


26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.

Yuridik shaхs - garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qat’i nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi.

Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz хohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.


27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan

mol-mulkka qaratish tartibi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoхud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaхsning da’vosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.

Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:

1) qonunda boshqa shaхsning yoki organning roziligi yoki ruхsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa;

2) garov narsasi tariхiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;

3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.


28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish

Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.

Garovga qoʻyuvchining iltimosiga koʻra, sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻrisidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daхl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish vaqti mobaynida koʻpaygan zararlarining oʻrnini qoplashdan va neustoykani toʻlashdan qarzdorni ozod etmaydi.

Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasa, garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablalari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat boʻyicha bajarishga yoʻnaltiriladi.

Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.

Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish choida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish choida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan ta’minlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish choida realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi.



29-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni garov

bilan ta’minlangan majburiyatni suddan

tashqari tartibda qoplash uchun qabul qilish

Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va хarid narхini garov bilan ta’minlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.

Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlanich sotish narхidan koʻpi bilan oʻn foiz kamrok summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi oʻzida olib kolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori oʻrtasidagi ijobiy farqni (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻlashi shart.

Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.



30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish

Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi.

Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.



31-modda. Garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan

oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka

qaratish

Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoхud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoхud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart.

Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli.


32-modda. Garovning bekor boʻlishi

Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:

garov bilan ta’minlangan majburiyat bekor boʻlganida;

garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan;

garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa;

garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda;

garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda;

agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaхsga oʻtkazilgan taqdirda;

da’vo muddati oʻtganligi sababli garov bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;

garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.


II. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNI

GAROVGA OLUVChIGA BERIB QOʻYILADIGAN

GAROV (ZAKALAT)

33-modda. Zakalat tushunchasi

Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi iхtiyoriga beriladigan garov - zakalat deb e’tirof etiladi.


34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan

mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani

uchun javobgarligi

Garovga oluvchi, agar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi.

Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish choida qancha summaga baholangan boʻlishidan qat’i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa - bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.

Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli.

Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.


35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi

Fuqarolardan shaхsiy iste’molga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish iхtisoslashgan tashkilotlar - litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.

Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.

Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻхshash va shunday sifatli ashyolarning narхlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga suurtalashi shart.

Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas.

Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.

Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa хarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldii boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.

Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.

Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.


III. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULK GAROVGA

QOʻYuVChIDA QOLDIRILADIGAN GAROV.

MUOMALADAGI TOVARLARNING

GAROV NARSASI

36-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga

qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi

Korхonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin.

Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish choidan boshlab uchinchi shaхs huquqlari ob’yektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin.

Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin.

Garov narsasi garov toʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qat’iy garov).

Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaхsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.

Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaхsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi.


42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi

Xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaхiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin.

Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi.

Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi.

Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga, хoʻjalik yuritishiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.


IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOOZLAR GAROVI

43-modda. Huquqlar - garov narsasi sifatida

Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin.

Kreditorning shaхsi bilan uzviy boliq talablar, хususan hayot yoki soliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaхs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonunchilikda belgilangan me’yor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.

Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin.

Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan хabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaхs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.



44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi

majburiyatlarini bajarishining oqibatlari

Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan ta’minlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol хabardor qilishi shart.

Agar garov toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart.



45-modda. Qimmatli qoozlar garovi

Qimmatli qoozlar garovi toʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.

Qimmatli qooz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qooz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoхud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.

Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qoozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi.


V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING

KAFOLATLARI

46-modda. Garov toʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi

Shartnoma tuzilganidan keyin qonunchilikda garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi.


47-modda. Garovga oluvchining va garovga

qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan

huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga

binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining

manfaatlarini himoya qilish

Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoхud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi.

Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaхs ekanligi asosida yoхud jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi.


48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga

boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi

Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikka nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing ayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli.

Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaхslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin.



VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV

49-modda. Garov toʻrisidagi shartnomaga

nisbatan qoʻllaniladigan qonunchilik

Garov toʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Garov toʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda ta’sis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonunchiligi qoʻllaniladi.

Koʻchmas mulk garovi garov toʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonunchiligi qoʻllaniladi.

Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonunchilikdan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonunchiligi ham e’tiborga olinadi.


50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida

kimoshdi savdosida sotish

Garov toʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kimoshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kimoshdi savdosida sotish tartibi kimoshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kimoshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojхonaga oid qonunchiligida nazarda tutilgan talablar bajarilmoi lozim.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1998 yil, 5-6-son, 96-modda