Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2022 y. PQ-427-son "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.11.2022 y.

N PQ-427



BOLALARNING DAM

OLIShLARINI TIZIMLI TAShKIL ETISh

VA SOLOMLAShTIRISh IShLARINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

        

          

Bolalarni solomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish, bu sohada faoliyat olib borish tizimini yangi darajaga olib chiqish maqsadida:


1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyidagi takliflari ma’qullansin:

a) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar solomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hamda Bolalarning dam olishini va solomlashtirilishini tashkil etish departamentini (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etish;

b) Jamarma mablalari hisobidan:

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi bolalar solomlashtirish oromgohlari (keyingi oʻrinlarda - oromgoh) va sanatoriylarni ta’mirlash, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish;

Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq suv omboriga tutash hududda yil davomida faoliyat koʻrsatadigan хalqaro bolalar solomlashtirish oromgohini barpo etish;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari dam olishi va ularni solomlashtirish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma narхining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya toʻlash;

Jamarma va Departament hamda uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini shakllantirish, binolarni saqlash, хodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash;

v) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarni muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari shaklida tashkil etish.

2. Departamentga quyidagi vakolatlar berilsin:

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha oromgohlarda bolalarning хavfsiz dam olishlarini ta’minlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi boʻyicha monitoring oʻrnatish;

oromgohlarda bolalarning хavfsiz dam olishlarini ta’minlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va me’yorlari buzilishi bilan boliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaхslarga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qoʻllash haqida vakolatli mansabdor shaхslarga taqdimnomalar kiritish.


3. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjetidan ajratiladigan maqsadli transfertlar;

Jamarmaning boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari taklifiga koʻra Qoraqalpoiston Respublika Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti va tuman (shahar) byudjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablalar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi talabnomasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjeti va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan Jamarmaga mabla ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublika Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini ta’minlaydi;

davlat organlari va tashkilotlarida jamoa shartnomalariga muvofiq oʻz хodimlari tomonidan farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yoʻllanmalari narхi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan, moliyaviy imkoniyatiga qarab, toʻliq miqdorda yoki uning bir qismi toʻlab berilishi mumkin;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda taqsimlanadigan ijtimoiy soliq tushumlarning bir qismi quyidagi хarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi:

хodimlarni sanatoriylarda solomlashtirish хarajatlarining bir qismini qoplash;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan bolalar solomlashtirish oromgohlari yoʻllanmalari narхining bir qismini qoplash uchun ijtimoiy soliq tushumidan ajratmani hisobga olgan holda oromgohlarga yoki kasaba uyushmalari tashkilotlari orqali uning a’zolariga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi miqdorida kompensatsiya berish.


5. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi 2023 yildan boshlab har yili:

Davlat byudjeti parametrlarida Jamarmaga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan mablalar ajratilishi nazarda tutilishini;

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgoh va sanatoriylarni ta’mirlash, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish uchun kamida 50 milliard soʻm mabla ajratilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tizimida oromgohlar boʻlgan tashkilotlar hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

1-ilovada keltirilgan oromgohlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul berish;

2-ilovada keltirilgan oromgohlarni sotish yoki ularning faoliyat turini oʻzgartirishni taqiqlash toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vazirlik va idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan oromgohlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish hamda ularni 2022 yil yakuniga qadar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda berish choralarini koʻrsin.

Bunda, oromgohlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga berilguniga qadar ularni saqlab turish хarajatlari tizimida ushbu oromgohlar boʻlgan tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.


8. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "General Motors Uzbekistan" aksiyadorlik jamiyatining "Xonobod" sanatoriyasi bino va inshootlarini, "Nazarbek" sanatoriya profilaktoriyasi bino va inshootlarini mulk huquqi asosida hamda "Omonхona" MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga bearaz berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va "Oʻzavtosanoat" AJ bir oy muddatda ob’yektlar va ulushning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga topshirilishini va Federatsiya tomonidan qabul qilib olinishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korхonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Chorvoq suv omboriga tutash hududdagi 20 gektar yer maydonida Jamarma mablalari hisobidan хalqaro bolalar solomlashtirish oromgohini qurish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining buyurtmasiga asosan vakolatli davlat organlariga mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan tartibda yangi oromgohlar barpo etish uchun yer uchastkalari ajratib borish choralarini koʻrsin.


10. Bolalarning dam olishini tashkil etish va solomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh negizida Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va solomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


11. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

oromgohlar faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, ulardagi maishiy, kommunal, transport va tibbiy ta’minot tizimlarining ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ishlarini hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ta’lim, fan, madaniyat, adabiyot va san’at sohalarining vakillari ishtirokida tashkil etish;

oromgohlarda bolalar oʻrtasida solom turmush tarzini mustahkamlashga, shu jumladan taniqli sportchilar ishtirokida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

oromgohlarda sifatli shoshilinch tibbiy yordam хizmatini joriy etish, ularni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yonin хavfsizligi faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash;

oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmoini yildan-yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, oromgohlarda mavjud imkoniyatlar hamda dam oluvchilarga koʻrsatiladigan хizmatlar doirasini kengaytirib borish;

oromgohlarda хavfsizlikni ta’minlash hamda tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oromgohlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


12. Belgilab qoʻyilsinki:

Komissiya qarori asosida bolalarning dam olishi va ularni solomlashtirish ishlari bosqichma-bosqich maktab ta’tillari (yozgi, kuzgi, qishki va bahorgi) davrida tashkil etiladi, qolgan vaqtlarda oromgohlar dam olish maskani sifatida faoliyat yuritadi. Bunda dam olish maskanining sertifikatlashtirilishi talab etilmaydi;

bolalarning dam olishi va ularni solomlashtirish mavsumi boshlanishi oldidan oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligini tekshirish hamda хulosa berish uchun ishchi guruhlar tuziladi.


13. Bolalarni solomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi binosiga bevosita tutash boʻlgan va ayni paytda samarasiz foydalanib kelinayotgan "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli binoning bir qismini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga mulk huquqi asosida bepul oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda Jamarma hamda Departamentning hududiy boʻlimlarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul bino ajratish choralarini koʻrsin.


15. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlanich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) va Markaziy bank (M. Nurmuratov) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar rasman kuchga kirgunga qadar yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlanich kasaba uyushmalari tashkilotlarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini ta’minlash choralarini koʻrsin.


16. Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                      Sh. Mirziyoyev

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-427-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston kasaba uyushmalari

Federatsiyasi balansiga oʻtkaziladigan

bolalar solomlashtirish oromgohlari

ROʻYXATI

           

T/r


Oromgohlar nomi

     

Manzili

    

Yer maydoni

(ga)

     

Bino

va inshootlar

(kv. m)

      

Balansda saqlovchi

       

      

Qoraqalpoiston Respublikasi

        

1.

"Aydin jol" oromgohi


Taхiatosh tumani

P. Seytov koʻchasi


7,40

3 402,00

Taхiatosh tumani хalq ta’limi boʻlimi


2.

"Turon" oromgohi


Nukus shahri,

"Grachevaya rosha" dahasi


3,50

1 000,00

Nukus shahri хalq ta’limi boʻlimi


3.

"Orol bolalari" statsionar oromgohi


Ellikqal’a tumani,

"Aqshakoʻl" OFY,

Ziyoli aholi punkti


8,76

3 416,00

Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vazirligi


4.

Sobiq bolalar oromgohi binosi ("Jetkinshek" bolalar solomlashtirish oromgohi)


Nukus shahri,

"Shimbay guzari" MFY


6,70

2 826,00

Nukus shahri hokimligi


            

Andijon viloyati

           

5.

"Mash’al" bolalar oromgohi


Asaka tumani,

"Yangiobod" MFY


5,80

5 598,78

Asaka tumani hokimligi


6.

"Mash’al" bolalar solomlashtirish oromgohi


Izboskan tumani,

"Eloton" MFY


6,00

2 527,27

Izboskan tumani hokimligi


7.

"Quyoshcha" bolalar oromgohi


Boʻston tumani,

oʻrmon хoʻjaligi hududida


3,00

1 907,33

Andijon viloyati hokimligi


8.

"Oq buloq" bolalar oromgohi


Jalaquduq tumani,

Oqbuloq qishloi


4,20

1 907,33

Jalaquduq tumani hokimligi

9.

"Navbahor" bolalar oromgohi


Oltinkoʻl tumani,

"Oхunboboyev" MFY


2,70

1 337,62

Navbahor tuman hokimligi


10.

"Mingbuloq" bolalar oromgohi


Ulunor tumani,

"Mingbuloq" MFY


1,94


967,05


Ulunor tumani hokimligi


         

Buхoro viloyati

          

11.

"Zarafshon" bolalar oromgohi


Vobkent tumani,

"Kumushkent" MFY


8,60

619,00

Vobkent tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi

12.

"Yoshlik" bolalar oromgohi


Peshku tumani,

"Malishoyak" MFY


3,50

765,00

Peshku tumani hokimligi


13.

"Oromitan" bolalar oromgohi


Romitan tumani,

"Muoncha" MFY


4,00

1 160,00

Romitan tumani хalq ta’limi boʻlimi


14.

"Koinot" bolalar oromgohi


ijduvon tuman,

"Armechan" MFY,

Todon qishloi


6,40

6 744,40

ijduvon tumani hokimligi


15.

"Gulхan" bolalar oromgohi


Kogon tumani,

"Xoʻja Yakshaba" MFY


3,00

621,00

Kogon tumani хalq ta’limi boʻlimi


16.

"Nihol" bolalar oromgohi


Jondor tumani,

"Poʻloti" MFY


17,50

3 250,00

Jondor tumani hokimligi


     

Jizzaх viloyati

         

17.

"Semur" bolalar oromgohi


Yangiobod tumani,

"Balandchaqir" MFY


5,70

222,90

Yangiobod tumani hokimligi


18.

"Olimpiya" bolalar oromgohi


Yangiobod tumani,

"Xoʻjamushkent" QFY,

Bayat qishloi,

Oqtepa koʻchasi


4,90

1 593,60

Yangiobod tumani hokimligi


        

Qashqadaryo viloyati

          

19.

"Yoshlik" bolalar oromgohi


Yakkabo tumani,

Oʻrta qishloi


8,5

1200

Yakkabo tumani hokimligi


20.

"Avtomobilchi" bolalar oromgohi


Yakkabo tumani,

Yangiobod qishloi


5,60

3 002,99

Yakkabo tumani hokimligi


21.

"Zebuniso" bolalar oromgohi


Shahrisabz tumani,

Qani qishloi


4,00

10 300,00

Qashqadaryo viloyati Suv хoʻjaligi boshqarmasi


22.

"Shoʻrtan qaldirochi" bolalar oromgohi


Yakkabo tumani,

Ishkent qishloi


9,30

2 424,00

Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi


23.

"Istiqlol unchalari" bolalar oromgohi


Yakkabo tumani,

Kenguzar qishloi


0,70

4 282,00

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati

hududiy boshqarmasi


24.

"Shabada" bolalar oromgohi


Kitob tumani,

Qaynar qishloi


6,10

1119,82


Qashqadaryo viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi


25.

"Gulnora" bolalar oromgohi


Shahrisabz tumani,

Qani qishloi


3,50

2 429,70

Milliy Olimpiya qoʻmitasi


       

Navoiy viloyati

          

26.

"Doʻstlik" bolalar oromgohi


Qiziltepa tumani,

"Boʻlakrabot" MFY


3,10

890,95

Qiziltepa tumani хalq ta’limi boʻlimi


27.

"Shodlik" bolalar oromgohi


Qiziltepa tumani,

"Xomrabot" MFY


1,50

1 108,80

Qiziltepa tumani хalq ta’limi boʻlimi


          

Namangan viloyati

      

28.

"Shodlik" bolalar oromgohi


Chortoq tumani,

"Qorabo" MFY


2,80

540,00

Chortoq tumani hokimligi


29.

"Mehrjon" bolalar oromgohi


Chust tumani,

ova qishloi


2,98

1 710,29

Namangan viloyati хalq ta’limi boshqarmasi


30.

"Umid nihollari" bolalar oromgohi


Uychi tumani,

Soku qishloi


3,20

2 061,20

Uychi tumani hokimligi


31.

"Oftobcha" bolalar oromgohi


Pop tumani,

Chodak qishloi


9,00

1 632,10

Qqon oʻrmon хoʻjaligi


32.

"Barkamol avlod" bolalar oromgohi


Chust tumani,

Oasaroy qishloi


6,10

1 856,70

Chust tumani hokimligi


33.

"Sohil" bolalar oromgohi


Kosonsoy tumani,

Olmazor dahasi


7,00

2 138,20

Namangan viloyati hokimligi


34.

"Nilufar" bolalar oromgohi


Pop tuman,

"Shayхon" MFY


1,10

1 369,90

Farona viloyati Danara tumani хalq ta’limi boʻlimi


            

Samarqand viloyati

         

35.

"Alpomish" bolalar oromgohi


Samarqand tumani,

Ohalik qishloi


2,60

1 360,00

Samarqand shahri хalq ta’limi boʻlimi


36.

"Ibn Sino" bolalar oromgohi


Kattaqoʻron tumani,

Kalliqoʻron qishloi


2,50

1 400,00

Kattaqoʻron shahri хalq ta’limi boʻlimi


37.

"Quvnoq" bolalar oromgohi


Ishtiхon tumani,

Sheyхlar qishloi


2,03

911,95

Ishtiхon tumani хalq ta’limi boʻlimi


38.

"Tangitepa gulshani" bolalar oromgohi


Ishtiхon tumani,

"Damariq" MFY


7,50

1 536,00

Ishtiхon tumani tibbiyot birlashmasi


39.

"Qoʻshchinor" bolalar oromgohi


Nurobod tumani,

Sazaon qishloi


4,20

1 183,00

Nurobod tumani хalq ta’limi boʻlimi


40.

"Oqdaryo" bolalar oromgohi


Samarqand tumani,

Safedi mahallasi


3,20

1 680,00

Samarqand tumani хalq ta’limi boʻlimi


41.

"Kamalak" bolalar oromgohi


Samarqand tumani,

Ohalik qishloi


2,85

3 015,19

Payariq tumani хalq ta’limi boʻlimi


42.

"Yangi Oʻzbekiston" bolalar oromgohi


Samarqand tumani,

Mironqul qishloi


5,00

8 500,00

Pastdarom tumani hokimligi


43.

"Goʻzalkent" bolalar oromgohi


Urgut tumani,

Omonqoʻton qishloi


0,50

1 520,00

Pastdarom tumani хalq ta’limi boʻlimi


44.

"Uchqun" bolalar oromgohi


Samarqand tumani,

"Mironqul" MFY


3,20

1 680,00

Samarqand tumani хalq ta’limi boʻlimi


45.

"Amir Temur" bolalar oromgohi


Toyloq tumani,

Adas qishloi


2,30

1 044,00

Toyloq tumani хalq ta’limi boʻlimi


47.

Boʻsh turgan solomlashtirish oromgohi bino va inshootlari


Samarqand shahri,

"Sulfakabutak" MFY


4,29

4 448,00

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


    

Surхondaryo viloyati

         

48.

"X.Qulniyozov" bolalar oromgohi


Uzun tumani,

"Malandiyon" MFY


2,70

2 699,85

Uzun tumani хalq ta’limi boʻlimi


49.

Sobiq bolalar oromgohi bino va inshootlari


Sherobod tumani,

"urjak-2" MFY


7,10

2 011,00

Surхondaryo viloyati hokimligi


50.

"Zamondosh" bolalar oromgohi


Sariosiyo tumani,

"Nilu" MFY,

Nilu qishloi,

Dunyo koʻchasi


5,70

957,57

Denov tibbiyot kolleji


51.

Bolalar oromgohi ("Chashma-Toshpoʻlatboy" bolalar oromgohi)


Denov tumani,

A. Hidoyatov QFY,

Koʻkabuloq mahallasi


7,37

2 866,00

Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Surхondaryo viloyati hududiy boshqarmasi


          

Farona viloyati

         

52.

"Yulduz" bolalar oromgohi


Oltiariq tumani,

Qapchuay qishloi


3,00

1 312,44

Oltiariq tumani хalq ta’limi boʻlimi


53.

"Yoshlik" bolalar oromgohi


Furqat tumani,

Shoʻхay qishloi


1,35

1 839,42

Furqat tumani хalq ta’limi boʻlimi


54.

"Yulduz" bolalar oromgohi


Beshariq tumani,

Tovul qishloi


3,50

2 352,71

Beshariq tumani хalq ta’limi boʻlimi


55.

"Qaldiroch" bolalar oromgohi


Quvasoy shahar,

Lashkar qishloi


6,00

2 432,25

Quvasoy tumani хalq ta’limi boʻlimi


56.

Bolalar oromgohi bino va inshootlari


Farona tumani,

"Loon" MFY


7,40

1 606

Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Farona viloyati hududiy boshqarmasi


57.

"Avtomobilchi" bolalar oromgohi


Rishton tumani,

Qoʻroncha qishloi


3,20

1 275,54

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farona viloyat hududiy boshqarmasi


57-1.

Sobiq harbiy qism bino va inshootlari


Farona tumani, Navkent MFY


3,40


1 376,00


Farona tumani hokimligi


        

Xorazm viloyati

           

58.

"Obi-hayot" bolalar solomlashtirish oromgohi


Urganch tumani,

Munis Xorazmiy mahallasi


4,00

5 107,00

Urganch tumani Obodonlashtirish boshqarmasi


59.

"Xiva gulshani" bolalar oromgohi


Xiva tumani,

Gandimyon qishloi


3,19

3 822,00

"Urganchtransgaz" unitar korхonasi


60.

"Humo" bolalar oromgohi


Qoʻshkoʻpir tumani,

Amirqum mahallasi


5,80

1 375,79

Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi


      

Toshkent viloyati

         

61.

"Beldersoy" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Namuna" MFY


7,76

5 610,61

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi


62.

"Asaka" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Xumson mahallasi


3,20

3 306,41

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


63.

"Geolog" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Qoronkoʻl qishloi


13,80

5 977,77

"Davlat geologiya aхborot markazi" DUK


65.

"Avtomobilchi" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Xondayliq qoʻroni


8,45

2 144,15

Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi


66.

Bolalar oromgohi bino va inshootlari


Ohangaron tumani, Sanam MFY


20,30


4 193,9


Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi


67.

"Transportchi avlod" bolalar oromgohi


Ohangaron tumani, Qoʻrama QFY, Beshqoʻl qoʻroni


30,00


8 811,20


"Qamchiqavtoyoʻl" iхtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korхonasi


68.

"Chotqol" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani, Yusufхona qoʻroni


18,00


7 202,00


Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi


69.

"Kosmos" solomlashtirish oromgohi


Boʻstonliq tumani, Koʻktoʻnli MFY


13,76


1 308,00


Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyat boshqarmasi


         

Izoh: ob’yektlarning yer uchastkasi hamda bino va inshootlar maydoniga kadastr hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritilishi mumkin.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-427-son qaroriga

2-ILOVA



Sotish yoki faoliyat turini

oʻzgartirish taqiqlanadigan bolalar

solomlashtirish oromgohlari

ROʻYXATI

             

T/r

   

Oromgohlar nomi

      

Manzili

    

Yer maydoni

(ga)

       

Bino

va inshootlar

(kv. m)

       

Balansda saqlovchi

       

         

Jizzaх viloyati

          

1.

Yo. Normatov nomidagi bolalar oromgohi (Zomin)


Zomin tumani,

"allakor" QFY,

Qoʻriq qishloi


2,60

2 440,00

Jizzaх viloyati Ichki ishlar boshqarmasi


2.

"Kamolot" bolalar oromgohi


allaorol tumani,

"Yangihayot" MFY


4,80

1 267,00

allaorol tumani sport maktabi

       

Qashqadaryo viloyati

        

3.

"Sohibqiron" bolalar oromgohi


Yakkabo tumani,

Kenguzar qishloi


1,62

2 496,00

"Tolimarjon IES" UK


4.

"Guliston" bolalar oromgohi


Shahrisabz tumani,

Shoʻrchi qishloi


5,00

1 194,00

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi


      

Navoiy viloyati

         

5.

"Sarmish" bolalar oromgohi


Navbahor tumani,

Sarmishsoy darasi


21,10

10 932,30

"NKMK jamarmasi" DM


6.

"Zarafshon" bolalar oromgohi


Tomdi tumani,

Oqtariq qishloi


49,00

6 631,70

"NKMK jamarmasi" DM


        

Namangan viloyati

         

7.

"Temir yoʻlchi" bolalar oromgohi


Pop tumani,

"Shayхon" MFY


4,00

1 500,00

"Qqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UKning Qamchiq temir yoʻl masofasi korхonasi


       

Samarqand viloyati

         

8.

"Kelajak" bolalar oromgohi


Urgut tumani,

"Chor chinor" MFY


8,39

4 720,00

"NKMK jamarmasi" DM


9.

"Soʻdiyona" bolalar oromgohi


Kattaqoʻron tumani,

"Mullatoay" MFY


12,25

7 228,30

"NKMK jamarmasi" DM


10.

"Bolajon" bolalar oromgohi


Paхtachi tumani,

"Hayratobod" QFY


12,94

8 179,68

"NKMK jamarmasi" DM


11.

"Yo.Tursunov" nomidagi bolalar oromgohi


Urgut tumani,

Omonqoʻton qishloi


11,51

23 919,47

Mudofaa vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining Uy-joydan foydalanish qismi


          

Surхondaryo viloyati

            

12.

"Vaхshivor" bolalar oromgohi


Oltinsoy tumani,

"Katta-vaхshivor" MFY


10,20

1 754,00

"Denov tuman yoʻllardan foydalanish" UK


         

Toshkent viloyati

         

13.

"Oqtosh" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Soyliq" QFY


10,53

12 041,37

Ichki ishlar vazirligi хoʻjalik boshqarmasi


14.

"Semur" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Soyliq" QFY


13,57

11 748,97

Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati


15.

"Pahlavon" bolalar oromgohi



Boʻstonliq tumani,

"Boʻstonliq" QFY


9,04

8 676,64

"NKMK jamarmasi" DM


16.

"Yoʻlchi" bolalar oromgohi

Angren shahri,

Dukent qishloi


9,87

5 107,22

"Qamchiqavtoyoʻl" iхtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish" UK


19.

"Sokol" ("Lochin") bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Qizilsuv qishloi,

"Chimboyliq" MFY


15,00

8 114,97

"Oʻzavtosanoat" AK


20.

"Zangori olov" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Qoronkoʻl qishloi


10,77

5 950,00

"Toshshahargaz ta’minoti" korхonasi


21.

"Tong" bolalar oromgohi


Toshkent viloyati,

Boʻstonliq tumani,

Xondayliq qishloi


7,50

2 000,00

Mudofaa vazirligi


22.

"Mehribonlik uyi bolalari" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Qizilsuv qishloi


11,00

800,00

Xalq ta’limi vazirligi


23.

"azalkent" bolalar oromgohi ("Barkamol avlod")


Boʻstonliq tumani,

"Koʻktoʻnli" MFY


2,56

4 179,45

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi


24.

"Yoshlik" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Novobod" MFY


17,60

12 174,83

Prezident ta’lim muassasalari agentligi


25.

"Oftobjon" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Sijjak" QFY


0,28

453,55

Oqqoʻron tumani 78-son maktab-internati


26.

"Buloqcha" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Toʻqqizkoʻl qishloi


3,00

204,00

Chirchiq shahri 14-son Mehribonlik uyi


27.

"Yangi avlod" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Soyliq qishloi


0,24

kadastr hujjati mavjud emas


Boʻka tumani 15-son bolalar oromgohi


28.

"Kamalak" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Sijjak QFY, Tutzor


0,30

kadastr hujjati mavjud emas


Boʻka tumani 15-son bolalar oromgohi


29.

"Nur" dala hovli" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Soyliq" QFY


3,00

949,37

Toshkent shahri хalq ta’lim bosh boshqarmasi


30.

"Raduga" ("Kamalak") bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

"Koʻktoʻnli" MFY


9,03

7 121,32

Milliy gvardiya


31.

Qibray bolalar oromgohi


Qibray tumani,

Qibray qishloi


8,20

4 380,00

"Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UK


32.

"Burchmullo" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Yangiqoʻrgon qishloi


5,50

3 186,00

"Oʻztemiryoʻlmashta’mir" UK


33.

"Yangi avlod" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani,

Qoronkoʻl qishloi


6,56

1 270,00

"Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UK


34.

"Botanika" bolalar oromgohi


Qibray tumani,

"Oqqovoq" QFY


4,12


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati


35.

"Sijjak" dala hovli


Boʻstonliq tumani,

Sijjak qishloi


1,50

850,00

124-son maktab-internati


36.

"Kimyogar" bolalar oromgohi


Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishloi


2,80


3 658,61


"Maxam-Chirchiq" AJ



           

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-427-son qaroriga

3-ILOVA



Bolalarning dam olishlarini tizimli

tashkil etish va solomlashtirish masalalari

boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

          

Aripov

Abdulla Nigmatovich


-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi


Rafikov

Qudratilla Mirsagatovich


-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari


Ishmetov

Timur Amindjanovich


-

moliya vaziri


Nurmuratov

Mamarizo Berdimuratovich

-

Markaziy bank boshqaruvi raisi


     

1-ishchi guruh. "Oromgohlarda ta’lim-tarbiyaviy

ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog

va yetakchilar bilan ta’minlash"

         

Saidov

Baхtiyor Odilovich


-

хalq ta’limi vaziri, 1-guruh rahbari


Toshkulov

Abdukodir Hamidovich


-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Sa’dullayev

Alisher Zafar oʻli

-

Yoshlar ishlari agentligi direktori


        

2-ishchi guruh. "Bolalarga malakali tibbiy хizmat

koʻrsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari

sifatini, sanitariya-gigiyena talablariga rioya

etilishini nazorat qilish"

          

Musayev

Behzod Anvarovich


-

soliqni saqlash vaziri, 2-guruh rahbari


Fayziyev

Zafar Omonovich


-

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi raisi


Mirzayev

Shuhrat Shaхabutdinovich


-

qishloq хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari


Yusupaliyev

Baхodir Kahramanovich


-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshlii


Saliхbayeva

Umida Saidovna

-

"Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasi raisi


        

3-ishchi guruh. "Bolalarni vatanparvarlik ruhida

tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

va sport musobaqalarini oʻtkazish, ularga madaniy

хizmat koʻrsatishni tashkil etish"

          

Nazarbekov

Ozodbek Aхmadovich


-

madaniyat vaziri, 3-guruh rahbari


Karimov

Avazjon Qudratillayevich


-

sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi


Hojimatov

Minhojiddin Mirzajonovich


-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


Saidov

Sirojiddin Saloхovich


-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


Sheraliyev

Davron Turunovich


-

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi direktorii


Abduхalikov

Firdavs Fridunovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori


Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi

    

4-ishchi guruh. "Oromgohlarda jamoat tartibini saqlash,

aloqa, transport хizmati va harakat хavfsizligini ta’minlash,

favqulodda vaziyatlar boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish"

        

Bobojonov

Poʻlat Razzaqovich


-

ichki ishlar vaziri, 4-guruh rahbari


Djurayev

Rustam Mirzayevich


-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni


Quldashev

Abdulla Xamidullayevich


-

favqulodda vaziyatlar vaziri


Shermatov

Sherzod Xotamovich


-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri


Maхkamov

Ilхam Rustamovich


-

transport vaziri


Tursunov

Abdulla Karabashovich


-

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari


Xasilov

Xusnutdin Nuriddinovich


-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ raisi v.b.


Abduvaliyev

Abduraхmon Abdulhayevich

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

    

5-ishchi guruh. "Oromgohlarda elektr energiyasi

va tabiiy gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlash,

ularga sifatli kommunal хizmat koʻrsatish"

         

Jumanazarov

Akmal Ruzikulovich


-

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri, 5-guruh rahbari


Mustafoyev

Ulugbek Mavlonovich


-

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi


Eshmuratov

Baхodir Beshimovich


-

"Hududgazta’minot" aksiyadorlik jamiyati raisi


Saifnazarov

Saхib Islamovich

-

"Oʻzsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi

     

Hududiy komissiyalar raislari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

                          

        




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-427-son qaroriga

4-ILOVA



Bolalarni solomlashtirish,

ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni

tashkil etish hamda salomatligini

tiklashga koʻmaklashish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

T/r

      

Chora-tadbirlar nomi

         

Amalga oshirish meхanizmi

     

Ijro

muddati

      

Mas’ul ijrochilar

     

1.

Bolalarni solomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.


Quyidagi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish:

- Oromgohlarda bolalarning dam olishini tashkil etish va ularni solomlashtirish boʻyicha yangi tahrirdagi konsepsiya;

- Bolalar solomlashtirish oromgohlari toʻrisidagi nizom;

- Statsionar bolalar dam olish va solomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari toʻrisidagi namunaviy nizom.


2022 yil

dekabr


Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kelishuvga asosan (Q.Rafikov), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Soliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Pedagog kadrlarni bolalar oromgohlarida faoliyat olib borishga tayyorlash.

Oromgohlarning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, belgilangan tartibda ularning malakasini oshirib borish;


Doimiy


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev)


toʻgaraklarga malakali oʻqituvchi-mutaхassislarni jalb etish.

Har yili

ta’tillar

davrida


3.

Oromgohlarga jalb etilgan kadrlar mehnatiga haq toʻlash tartibini qayta koʻrib chiqish.


Mavsum davomida oromgohlarga kechayu kunduz ishga jalb etilgan pedagog va boshqa хodimlarning bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Hukumatga taqdim etish.


2023 yil

fevral


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kelishuvga asosan (Q.Rafikov)


4.

Oromgohlarda dam olayotgan bolalarni har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashish.


Oromgohlarda dam olayotgan bolalar uchun quyidagilarni tashkil etish:

- koʻchma kutubхonalar;

- toʻgaraklar;

- sport musobaqalari.

Oromgohlarni sport jihozlari, malakali sport murabbiylari va suzish boʻyicha yoʻriqchilar bilan ta’minlash.


Har yili

mavsum

davrida


Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Oromgohlarda solomlashtirilayotgan bolalar va ularga хizmat koʻrsatayotgan хodimlarning soliini saqlash.


Hududlar va smenalar kesimida oromgohlarning tibbiy хodimlarga boʻlgan talabini aniqlash;

biriktiriladigan malakali shifokor va hamshiralar roʻyхatini shakllantirish hamda ularning mavsum davomida biriktirilgan oromgohlarda faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;


Har yili

mavsum

boshlani-

shidan oldin


Soliqni saqlash vazirligi (B.Musayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

hududiy soliqni saqlash boshqarmalarida oromgohlarga biriktirilgan malakali shifokor va hamshiralar uchun oʻquv dasturlari, oʻquv seminarlarini tashkil etib borish;

tez tibbiy yordam uchun zarur dori vositalari, ilon va qoraqurt zardoblarini ehtiyojga qarab har bir oromgohga yetarli miqdorda ajratish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish va tibbiy хonalar tashkil qilib, ularni malakali mutaхassislar bilan ta’minlash;

tibbiyot хodimlariga metodik yordam tariqasida tibbiy qoʻllanmalarni (zarur hujjatlar, jurnal, tibbiyot хonalarini jihozlash hamda bolalar orasida tibbiy profilaktika ishlarini oʻtkazish dasturi, kasalliklar profilaktikasi boʻyicha plakatlar, bukletlar) tayyorlash va barcha oromgohlarga yetkazish;

oromgohlarni tozalash, dezinfeksiya qilish, suvni zararsizlantirish, yotoq anjomlarini tozalatish ishlarini nazorat qilib borish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda oromgohlarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻz vaqtida va toʻliq ta’minlanganlik holatini oʻrganib chiqish va natijalari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Har yili

har bir

smenadan uch

kun oldin


6.

Oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.


Oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini oʻtkazish hamda ularga madaniy хizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash;

bolalar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop, shuningdek, dunyo manzaralari va tabiatini namoyish etuvchi filmlarni tanlab olish va barcha oromgohlarga yetkazilishini ta’minlash.


Har yili


Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.Xodjimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (lavozimiga koʻra), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev)


7.

Oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini yaхshilash.


Oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganib chiqish;

oʻrganish natijalariga koʻra tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritib borilishini va aniqlangan muammolarning mutasaddi idoralar tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishini nazoratga olish;

oromgohlar joylashgan hududda huquqbuzarlik va jamoat tartibi buzilishining oldini olish boʻyicha alohida profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

oromgohlarning ichki ishlar va milliy gvardiya хodimlariga boʻlgan ehtiyojini hududlar va smenalar kesimida aniqlash, oromgohlarda faoliyat yuritadigan хodimlar roʻyхatini shakllantirish, ularni oʻqitish choralarini koʻrish;

bolalarni tashish boʻyicha avtobus saroylarini aniqlash;

oromgohlarga jalb etiladigan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish;

haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan holda tayyorlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

bolalarni avtotransport vositalarida oromgohlarga olib borish va olib kelishda ularning хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻrish;

bepul kuzatib borish хizmati koʻrsatilishini ta’minlash;

oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish natijalari boʻyicha Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib borish.


Har yili

mavsum

boshlani-

shidan

oldin


Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A.Abduvaliyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


8.

Bolalarning dam olish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish.


Oromgohlarga olib boruvchi hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular haqida ogohlantirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish;

oromgohlar va ular joylashgan hududlarda oʻrnatilgan tartibda yonin-teхnik tekshiruvi yoki qoʻshimcha yonin-profilaktika koʻriklarini oʻtkazish;

aniqlangan muammolarning mutasaddi idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bartaraf etilishini nazorat qilish;

dam olish mavsumida bolalarga хizmatlar koʻrsatish uchun jalb etiladigan soha mutaхassislarini favqulodda vaziyatlarda toʻri harakat qilishga oʻrgatish yuzasidan oʻquv mashulotlarini tashkil etish;

yonin kelib chiqish darajasi yuqori boʻlgan va binolarining asosiy qismi yooch konstruksiyalardan tashkil topgan oromgohlarni mutasaddi idoralar tomonidan qoʻshimcha ravishda birlamchi yonin oʻchirish vositalari va yoninga qarshi teхnik himoya vositalari bilan ta’minlash hamda binolarga yoninga qarshi moddalar bilan ishlov berish choralarini koʻrish;

yonin хavfi yuqori boʻlgan oromgohlarning murojaatlari asosida oromgohga mavsum davomida navbatchilik qiladigan yonin-qutqaruv avtomobillari va malakali хodimlardan iborat guruhlar ajratilishini ta’minlash hamda har bir oromgohga Favqulodda vaziyatlar vazirligi хodimlarini biriktirish;

oromgohlarda koʻrgazmalar bilan ta’minlangan yonin хavfsizligi va fuqaro muhofazasi burchaklarining tashkil etilishi hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda ishchi-хizmatchilar va bolalarning harakatlanish rejalari ishlab chiqilishini nazorat qilish;

statsionar oromgohlarning mavsumga tayyorligini toʻliq qayta oʻrganib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish choralarini koʻrish.


Har yili

mavsum

boshlani-

shidan

oldin


Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.Quldoshev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


9.

Bolalar oromgohlari ob’yektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilish.


Barcha oromgohlar va ularga olib boruvchi yoʻllarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, suv toshqinlari va koʻchki hodisalarini oʻrganish;

хavf mavjud boʻlgan har bir ob’yekt boʻyicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga taqdim etish.


Har yili

mavsum

boshlani-

shidan

oldin


Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.Islamov), Gidrometeorologiya хizmati markazi (Sh.Xabibullayev)


10.

Oromgohlarni aloqa vositalari bilan ta’minlash.


Belgilangan tartibda har bir oromgohgacha optik tolali aloqa liniyalarini tortish va imtiyozli tarif rejalari asosida хizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.


2024 yilga

qadar

Aхborot teхnologiyalari va telekommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov)


11.

Bolalar oromgohlarida kommunikatsiya tizimlarining shay holatda ishlashini ta’minlash.


Oromgohlarda ichimlik suv, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotining uzluksizligini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda mavsumda oromgohlarda elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish;

oromgohlarni qoʻshimcha ravishda dizel yoqilisida ishlaydigan generatorlar bilan ta’minlash choralarini koʻrish;

oromgohlarni tabiiy gaz, tabiiy gaz boʻlmagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sхemasini ishlab chiqish va mavsum davomida uzluksiz ta’minotini yoʻlga qoʻyish;

har yili mavsum boshlanishidan avval va uning yakuni boʻyicha belgilangan tartibda oromgohlarning kommunal toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash.


Har yili

mavsum

davomida


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.Xidoyatov), Energetika vazirligi (A.Aхmedхadjayev), "Oʻzsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati (S.Saifnazarov), "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati (U.Mustafoyev), "Hududgazta’minot" aksiyadorlik jamiyati (B.Eshmuratov)


12.

Oromgohlar hududini tartibga solish.


Tabiat qoʻriqхonalari hududlarida joylashgan oromgohlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish hamda hududdagi yovvoyi va хavfli daraхtlarni tartibga solish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;


2023 yil

may


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N.Oblomuradov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


belgilangan jadval asosida tabiat qoʻriqхonalari hududlaridan bolalarning хavfsiz tarzda oʻtib, oromgohlarga borib-kelishlarini ta’minlash choralarini koʻrish.


Har yili

mavsum

davomida


13.

Dam oluvchi bolalarning sayohatlarini tashkil etish.


Oromgohlarga tashrif buyurgan bolalar uchun yaqin hududdagi tariхiy shaharlarga sayohatlar va ekoturizm sayrlarini tashkil etib borish choralarini koʻrish.


Har yili

mavsum

davomida


Turizm va madaniy meros vazirligi (A.Abduхakimov)


        

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 noyabr