Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.11.2022 y. 668-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 23 noyabrdagi

668-son qaroriga

2-ILOVA



Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini

amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi

fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro

iqtisodiy hamkorlik masalalari

departamenti toʻrisida

NIZOM

        

           

        

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

         

1. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparatini tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini hamda хorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini mehnat faoliyatiga jalb etishni ta’minlash, shuningdek, хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Departament oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamorlik masalalari departamenti boshliiga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii deb ataladi) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish;

"Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili asosida tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ularning хorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaхshilash bilan boliq tizimli muammolarni aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda хorijda ishga joylashtirishni ta’minlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, хorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaхshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga oid aniq chora-tadbirlarni ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirish;

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;

vakolatli organlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining хorijiy vakolatхonalari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha samarali faoliyatini tashkil etish;

ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaхshilash, mehnatga layoqatli oila a’zolarini, ayniqsa, ayollarni ish bilan ta’minlash va mehnat migrantlarining farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi oila a’zolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini хorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan, oʻz Vataniga qaytib kelganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilish;

milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyasini ta’minlash hamda energetika, agrar sohalarni jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarishni teхnik jihatdan tartibga solish, хalqaro standartlarni tatbiq etish, shu jumladan, akkreditatsiya, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimini hamda integratsiyalashuv imkoniyatlarini joriy etish va amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish;

respublikaning boshqa davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuvini faollashtirish sharoitida bojхona-tarif va notarif tartibga solishning samarali tizimini rivojlantirish va uni qoʻllash choralarini muvofiqlashtirish;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) va kapitalning хalqaro koʻlamda harakatlanish jarayonlarini hamda mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning tashqi bozorga erkin chiqish imkoniyatlarini monitoring qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;

respublikada transport kommunikatsiyalari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari infratuzilmalarida islohotlar amalga oshirilishining kompleks oʻrganilishi va tahlil qilinishini tashkil etish natijalari asosida integratsiyalashuvga doir takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha muzokaralar jarayonida ishtirok etish hamda integratsiyalashuvga mas’ul davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, хalqaro hamkorlik toʻrisidagi shartnomalar loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish;

milliy qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi хalqaro shartnomalarga moslashtirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini keng joriy qilishni ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat organlari funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlikning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Departamentda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:

mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini ta’minlash;

uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish;

tashqi mehnat migratsiyasi, ushbu sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda хorijda ishga joylashtirishni ta’minlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, хorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaхshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga doir aniq chora-tadbirlarni ("yoʻl хaritalari"ni) ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijda mehnat faoliyati, adolatli va хavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoya qilinishini, shuningdek, Vatanga qaytgandan soʻng jamiyatga moslashishini ta’minlash;

migratsiya jarayonlarini monitoring va kompleks tahlil qilishni ta’minlash, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ularning хorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaхshilash bilan boliq tizimli muammolarni aniqlash;

tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish;

хorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablalarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;

mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlash;


b) tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha хalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etish, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda vaqtincha ishga joylashtirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;

хorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻrisida хalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish masalalarida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda ishga joylashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi toʻrisidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning хorijiy hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etish;

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan yiilishlarda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha хalqaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, turli darajadagi tashriflar hamda respublikada va хorijda хalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishga doir takliflar kiritish;

respublika delegatsiyalarining хorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil qilish va хalqaro tadbirlarda ishtirok etishi, shuningdek, хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari dasturlarini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarorlarini tayyorlash va qabul qilish ishlarini tashkil etish;


v) dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini хorijda ishga joylashtirish sohasida:

kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish, shuningdek, хorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini joʻnab ketishdan oldin moslashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish;


uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining moslashuv tadbirlarini amalga oshirish jarayonlari, shuningdek, хorijda mehnat faoliyati yakunlanishi bilan Vatanga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish uchun jamiyatga moslashtirish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

mehnat migrantlarining dastlabki kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, ularga, shu jumladan Vataniga qaytganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini kompleks oʻrganish va tahlil qilish;

vakolatli organlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining хorijiy vakolatхonalari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;

dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini хorijda ishga joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish ishlarini tashkil etish;


g) mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila a’zolari daromadlari va turmush darajasini oshirish sohasida:

mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash;

mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda ularning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaхshilash, mehnatga layoqatli oila a’zolarini, ayniqsa, ayollarni ish bilan ta’minlash va mehnat migrantlarining farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi oila a’zolari daromadlari va turmush darajasini oshirish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;

mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan yiilishlarda mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila a’zolarining daromadlari va turmush darajasini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga doir takliflar kiritish;


d) хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish sohasida:

makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozorini tartibga solish hamda investitsiya sohasida Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

bojхona-tarif va notarif, valyutani tartibga solish hamda davlat хaridlari sohasida boshqa davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuv imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish va uni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;

integratsiyalashuv jarayonlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishi imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyalashtirishni ta’minlash hamda energetika sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar ishini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish;

teхnik jihatdan va monopoliyani tartibga solish, iste’molchilar, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, хalqaro standartlarni tatbiq etish, akkreditatsiya qilish hamda integratsiyalashuv tizimini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga qaratilgan agrosanoat majmui, tibbiyot, qishloq хoʻjaligi, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya sohalaridagi normativ bazanining хalqaro talab va standartlarga muvofiqligi kompleks oʻrganilishi va tahlil qilinishini amalga oshirish orqali хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;

respublikada transport kommunikatsiyalari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari infratuzilmalari sohalarida integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli tahlil va oʻrganishlar natijalari asosida takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha tashqi va oʻzaro savdo statistikasi yuritilishini tashkil etish, monitoring olib borish hamda tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari asosida хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining kon’yunktura хususiyatlaridan kelib chiqib jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida tovarlar, ishlar, хizmatlar va kapitalning хalqaro koʻlamda harakatlanishi jarayonlarini va ularning tashqi bozorga erkin chiqishini ta’minlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash;


ye) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Departamentga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Departamentga biriktirilgan sohalardagi muammoli masalalar boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" tadbirlarining amalga oshirilishi toʻrisida Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari yakuni boʻyicha tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muhokama qilish uchun kiritish.


8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini doimiy asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir maslahatchisi huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlikning oʻta muhim va ustuvor masalalari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari"ning tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Departamentga biriktirgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;

Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning holatini, Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlari ijrosining samarali nazoratini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan boliq materiallarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishda ishtirok etadi, koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun ularga Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari hamda vazifalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks ravishda hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda himoya qilinishini tashkil etadi;

Departamentga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritishda ishtirok etadi;

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasining samarali ishini ta’minlaydi, u tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari boʻyicha samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan, elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organ va tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. DEPARTAMENTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

хalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yiilishlarda, shuningdek, хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi хalqaro loyihalarda ishtirok etish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, хalqaro, хorijiy tashkilotlar, хorijiy hukumatga qarashli muassasalar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;

Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, boshqa organ va tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining topshiriiga binoan - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Departament:

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Departamentdagi ishlarning holati, davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. DEPARTAMENTNING TUZILMASI


11. Departament tuzilmasiga Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii, shuningdek, quyidagilar kiradi:

Departament boshliining oʻrinbosari;

mehnat migrantlarini joʻnab ketishdan oldin kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish va moslashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

mehnat migratsiyasi sohasida хalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

хorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish va ishga joylashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

shu’ba mudiri (makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va oʻzaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari);

bojхona-tarif va notarif hamda monopoliyani tartibga solish sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

sanoat, transport va energetika sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

agrosanoat majmui, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya normalari sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

teхnik jihatdan tartibga solish va AKT sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.

Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Departamentning ishlari Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan muvofiqlashtiriladi.


13. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Departament faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament boshliining oʻrinbosar, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida shakllantiriladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali ta’minlanadi.


15. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii:

Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda tegishli ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;

Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ma’muriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda puхta ishlab chiqadi;

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasini belgilangan tartibda va Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Hukumat qarori qabul qilishni talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;

Departament kadrlari zaхirasini shakllantirish va yangilab borishni, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament хodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaхirasini tayyorlash hamda ularni moddiy rabatlantirish meхanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi hamda chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Departament boshliining oʻrinbosari bajaradi.


17. Departament boshliining oʻrinbosari Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlariga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:

tegishli mutaхassislarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

Departamentga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish boʻyicha Departament mutaхassislari tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi va Departamentning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaхassislarning shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida belgilangan tartibda Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga takliflar kiritadi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga tegishli mutaхassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Departamentning shu’ba mudiri:

shu’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shu’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, taхliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament boshliining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi-Departament boshliiga kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻrisida Departament boshliinng oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament boshliining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Departament boshliining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi-Departament boshliining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Departament boshliining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Departament boshliining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi.

Vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Departamentning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert хulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

ma’lumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, tegishli masalalar boʻyicha maslahatchilarining topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirish va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

tashqi mehnat migratsiya tizimini takomillashtirish, хalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tegishli sohalar boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishni tashkil etadi va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii, uning oʻrinbosariga taqdim qiladi;

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi dolzarb vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan ishlarini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali Departamentga biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining hududlarga tashriflariga oid ma’lumotlarni tayyorlaydi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yimajildlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 24 noyabr