Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2022 y. 671-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hamda Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.11.2022 y.

N 671




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING INVESTITsIYaLAR

VA TAShQI IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI

BOʻYIChA OʻRINBOSARI - INVESTITsIYaLAR VA TAShQI

SAVDO VAZIRINING FUNKSIONAL VAZIFALARI,

INVESTITsIYaLAR, EKSPORTNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

VA TAShQI IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI

KOTIBIYaTI HAMDA MAHALLIY SANOATNI

RIVOJLANTIRISh VA KOOPERATsIYa ALOQALARI

MASALALARI KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA

           

         

          

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 26 iyuldagi PF-176-son Farmoni va "Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 29 sentyabrdagi PQ-384-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻn kun muddatda kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2022 yil 12 maydagi 254-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 25 noyabr