Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 24.11.2022 y. 22-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 16.11.2022 y. 32-2022/QQ-son "Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.12.2022 y. 2882-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.12.2022 y.

N 2882-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

24.11.2022 y.

N 22-2022


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI

VAZIRLIGINING

16.11.2022 y.

N 32-2022/QQ


QARORI



Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar

berish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni hamda 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Mehnat vazirligining 2017 yil 7 apreldagi 22/QQ va 8-Q/Q-son qarori (roʻyхat raqami 2882, 2017 yil 10 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 19-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Makur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

A.X. Toshkulov

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

N.B. Xusanov

   





Qarorga

ILOVA



Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar

berish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 4-band va 15-bandning beshinchi хatboshisidagi "maхsus fan" degan soʻzlar "kasbiy fan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 12-bandda:

birinchi хatboshidagi "akademik litsey direktorining" degan soʻzlar "tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"komissiya a’zolari - tegishli oliy ta’lim muassasasi vakili, shuningdek akademik litsey hamda kelishuv asosida turdosh professional ta’lim muassasalarining kasbiy fan oʻqituvchilari.".


3. 19-bandning birinchi хatboshisidagi "keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar (biroq, akademik litseyni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom berilgunga qadar)" degan soʻzlar "akademik litseyni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom berilgunga qadar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 20-banddagi "akademik litsey direktorining" degan soʻzlar "tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. Nizomning ilovasi mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



Akademik litseylar bitiruvchilariga

mutaхassisliklar berish tartibi

toʻrisidagi nizomga

ILOVA



Akademik litsey sertifikatining davlat namunasi.


Akademik litsey sertifikatining tavsifi.


Sertifikat 105х297 mm oʻlchamda, qoozi 100% paхtadan tayyorlangan, zichligi 120+5 gr/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisidan iborat boʻladi.

Sertifikat blankasining yuz tomoni yuqori qismi markazida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi (rangli) tasviri tushiriladi. Davlat gerbidan (rangli) 10 mm past qismida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI" soʻzlari, uning tag qismida "SERTIFIKAT" soʻzi qizil rangda lotin alifbosida yoziladi.

Matn - Sertifikat blankasi ichki qismi chap tomonida lotin alifbosida, oʻng tomonida ingliz tilida tegishli yozuvlar tushiriladi.

Sertifikat varai ichki qismining ikki tarafi markazida "Humo" qushi (25х10 mm oʻlchamda) qiyofasi koʻrinmaydigan tasviri joylashtiriladi va mazkur qush qiyofasi ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.

Sertifikat blankasi quyidagi himoya elementlari bilan tayyorlanadi:

a) tartib raqami qora fluoressensiya boʻyoida chop etilib, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorulik sochadi;

b) bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlardan foydalanadi;

v) har хil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;

g) maхsus himoyalangan suv belgili qooz ishlatish;

d) davlat gerbini rangli tasvirlash;

ye) kichik matn bir necha bor kattalashtirilganda koʻrinadigan sertifikat sahifasining matn chiziqlarida joylashadi va takrorlanuvchi "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI" mikromatnli soʻz birikmasi mavjud.




Sertifikatning tashqi oʻng tomoni:



(O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


SERTIFIKAT




Sertifikatning ichki chap tomoni:



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

AKADEMIK LITSEY SERTIFIKATI


LS № ___________________________

(dirlomsiz kuchga ega emas)

         

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yilda



(akademik litsey nomi)


ga kirib,

20____ yilda



(akademik litsey nomi)


akademik

litseyni


yo`nalishi


(yo`nalish nomi)


bo`yicha tamomladi hamda


mutaxassisligi berildi.


(mutaxassislik nomi)


M.O`

Davlat attestatsiya

komissiyasi raisi

Direktor

Kotib(a)

________________________ shahri (tumani),         20___ yil Ro`yxat raqami _____________

Sertifikatning ichki oʻng tomoni:



TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

CERTIFICATE OF ACADEMIC LYCEUM


LS № ___________________________

(not valid without diploma)

             

(full name)

enrolled in 20



(name of academic lyceum)

         

and completed in 20



(name of academic lyceum)

           

having spesialized in



(field of study)

having spesialist in



(speciality)

(Seal)

Chairman of the State

Attestation commission

Direktor

Kotib(a)

Given ____________________________                  Registration № ________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 12 dekabr