Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023 y. PQ-18-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.01.2023 y.

N PQ-18



OILAVIY TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh DASTURLARINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

       

       

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligi va daromad manbalarini oshirishga doir mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish maqsadida:


1. 2023 yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinda - Dasturlar) doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan "Agrobank" ATB, "Mikrokreditbank" ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratilsin.


2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2023 yilda Dasturlar doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 26 yanvar