Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2023 y. PQ-47-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.02.2023 y.

N PQ-47



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA

BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI

OʻTAB BOʻLGAN MUDDATLI HARBIY

XIZMATChILARNI QUROLLI KUChLAR

REZERVIGA BOʻShATISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2023 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Harbiy хizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2023 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolarini harbiy хizmatga chaqiruvini oʻtkazishda, shu jumladan, ularni oʻz vaqtida mudofaa ishlari organlariga yetib kelishlarini ta’minlashda mudofaa ishlari organlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;

muddatli harbiy хizmatga yangidan chaqirilgan fuqarolarni harbiy qismlarga tantanali ravishda kuzatish, rezervga boʻshatilgan fuqarolarni yashash joylarida tantanali kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 8 fevral