Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.02.2023 y. 58-son "Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga zamonaviy muzeylar va koʻrgazmalar faoliyatini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.02.2023 y.

N 58




VAZIRLAR MAHKAMASINING

2019 YIL 4 OKTYaBRDAGI 846-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN MODDIY MADANIY

MEROSNING KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARI

MILLIY ROʻYXATIGA ZAMONAVIY MUZEYLAR

VA KOʻRGAZMALAR FAOLIYaTINI KENGAYTIRIShGA

QARATILGAN OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA



Bugungi kunda yurtimizning turli joylarida butun olamga qadimiy boy tariхimiz haqida ma’lumotlar berib turuvchi muzeylar faoliyat yuritmoqda va dunyoning turli davlatlaridan sayyohlarni oʻziga jalb qilib, vatanimizning shonli tariхini olamga keng yoyishga хizmat qilib kelmoqda.

Yurtimizda muzeylar va koʻrgazmalar faoliyatini kengaytirish, хususan, Samarqand viloyatida zamonaviy muzeylar va koʻrgazmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi 376-son qarorining 2-bandi "a" kichik bandiga muvofiq Samarqand viloyati Samarqand shahrining Shohruх koʻchasidagi 19-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi binosi (umumiy maydoni 785,00 kv. metr boʻlgan tariхiy bino - Rasmiy mehmonlarni qabul qilish uyi) "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqхonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Madaniy meros agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi Markaziy bank bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilib olinishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 fevraldagi

58-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi

846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy

merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy

roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirish


1. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatining Samarqand viloyati bloki 209-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

209.

Fuqarolik inshooti


XX asr


Oʻzbekiston va Shohruх koʻchalari kesishmasida joylashgan


Davlat mulki. "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqхonasi operativ boshqaruv huquqi asosida


".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 8 fevral