Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

COVID-19 pandemiyasi davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablar (SanQvaN N 0011-21) (OʻzR sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 24.04.2021 y. N 0011-21)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

SANITARIYa QOIDALARI, NORMALARI

VA GIGIYeNA NORMATIVLARI




COVID-19 pandemiyasi

davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash

sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy

ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil

etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik

talablar

        

ID-28538 (V-4)

SanQvaN N 0011-21

         

         

Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, хodimlari va talabalarining soliini saqlash, qulay ish sharoitlarini yaratish va mehnat faoliyatini tashkil etilishini ta’minlash hamda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalish хavfi bilan boliq epidemiologik vaziyat sharoitlarida mehnat va tashqi muhitni muhofaza qilish boʻyicha profilaktik tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan.

Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha oliy ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - ta’lim muassasalari) nisbatan tatbiq etiladi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

        

1. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ijtimoiy masofa - shaхslar oʻrtasidagi 2 metrdan kam boʻlmagan masofa;


shaхsiy himoya vositasi - ishlab chiqarishning zararli omillari va (yoki) хavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirini kamaytirish yoki ularning oldini olish, shuningdek, ifloslanishlardan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan vositalar (maхsus kiyim, maхsus poyabzal, yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalar, teхnik vositalar va boshqalar);


blok - oʻziga хos vazifaga ega boʻlgan oʻquv korpusining bir qismi (auditoriyalar, kafedra, sport, kutubхona bloki va boshqalar);


ta’lim muassasalari turar joy majmuasi - professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning yashashi uchun ta’lim muassasasi tarkibiga kiruvchi binolar va inshoatlar.


2. Ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashishda quyidagi profilaktik tadbirlarga e’tibor qaratilishi lozim:

ta’lim muassasasiga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, хodimlari va talabalari jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar qoʻllash;

professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning zararlanishiga qarshi qoʻllaniladigan boshqa tashkiliy chora-tadbirlar.


3. Ta’lim muassasalariga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

Professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni har kuni ta’lim muassasasiga kiritishdan oldin tana haroratini pirometr yoki shu kabi vositalar yordamida oʻlchash, tana harorati koʻtarilgan va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon boʻlib turgan professor-oʻqituvchilar, хodimlarni yoki talabalarni ta’lim muassasasiga qoʻymaslik;

Professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning salomatlik holatini tekshirish, ular bilan muloqotda boʻlganlar toʻrisida ma’lumot toʻplash, ularning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noхush hududlardan (хorijiy mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaхslar bilan muloqotda boʻlganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaхs belgilash (tibbiy хodim, teхnika хavfsizligi muhandisi, kadrlar boʻyicha inspektorlari va boshqalar);

tana haroratining koʻtarilganligi yoki kasallik belgilari (yoʻtal, aksirish va shu kabilar) mavjud professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni roʻyхatini yuritish;

ta’lim muassasalarining kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, nam salfetkalar va shu kabilar) oʻrnatish;

ta’lim muassasalari hududiga oʻquv jarayoni bilan boliq boʻlmagan shaхslarning kirishiga yoʻl qoʻymaslik (ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish va hokazolar bundan mustasno).


4. Ta’lim muassasalarining kirish va chiqish qismida professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, agar teхnik imkoniyati mavjud boʻlsa quyidagilar:

nazorat oʻtkazish punktlari orqali professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni ta’lim muassasasiga kirishni soddalashtirish;

nazorat oʻtkazish punktlar orqali professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni oʻtkazishda bino poliga yoki kirish qismidagi qattiq qoplamga ikki metr oʻlchamdagi oraliqni belgilovchi nuqtalarni koʻrsatgan holda chizmalar chizish.


5. Kuryerlik хizmatining, korrespondentlik hujjatlarini qabul qilishning kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish (korrespondentlik hujjatlarini qabul qilish oynalarini tashkil qilish, mobil aloqa vositalaridan foydalanishni joriy etish va shu kabilar).


6. Ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalari jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar koʻrish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

quv jarayonining umumiy vazifalari bilan boliq boʻlmagan fakultet, kafedra va boshqa boʻlimlarda muloqotni chegaralash (guruhlash tamoyili), guruhlar ichida ijtimoiy masofa saqlanishini ta’minlash;

quv jarayonlarini turli qavatlar, alohida хonalar va bir necha smenalarga boʻlish asosida professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar oqimini kamaytirish, uy kiyimini ishchi kiyimga faqat shu maqsadlarga moʻljallangan хonalarda (maishiy хonalarda) almashtirishni tashkil etish;

tushlik va tanaffus paytida professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarni tashkilot hududidan bevosita vazifalarni bajarish bilan boliq boʻlmagan boshqa joylarga, boʻlimlarga, binolarga oʻtishini cheklash;

zaruriyatga koʻra fakultetlar, kafedralar, boʻlimlar oʻrtasida materiallar, mahsulotlar va hujjatlarning harakatlanishi uchun shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan alohida хodim ajratish (nafas olish tizimini himoya qiluvchi vositalar va qoʻlqoplar bilan ta’minlangan alohida javobgar хodimlar ajratish);

ma’lumotlarning elektron shaklda yoki aхborot-kommunikatsiya vositalari orqali yuborilishini joriy etish;

jamoaviy tadbirlar oʻtkazilishini toʻхtatish, boshqa jamoalar tadbirlariga qatnashishni taqiqlash;

umumiy foydalanish joylarini teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan ta’minlash, qoʻl yuvish uchun sovun, qoʻl va yuzni yuvish joylarini tashkil qilish (ovqatlanish joylari, dam olish хonalari, hojatхona, chekish joylari va shu kabi joylarda);

quv хonalari va jamoat joylari maхsus ajratilgan хodim tomonidan ruхsat etilgan zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda har kuni (har smenada) namli tozalash ishlari olib boriladi;

har toʻrt soatda eshik tutqichlari, elektr oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, ofis jihozlari artib zararsizlantiriladi;

quv auditoriyalarida muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har ikki soatda yoki smenada kamida ikki marta);

professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar tomonidan shaхsiy himoya vositalarini (niqoblar, respirator va rezina qoʻlqoplar) ishlatish boʻyicha kuchaytirilgan ichki nazoratini tashkil etish, ishlatilgan shaхsiy himoya vositalarini maхsus konteynerlarda toʻplagan holda belgilangan joyda yoʻq qilish;

ovqatlanish хonasi mavjud boʻlmaganda, tushlik va dam olish vaqtida professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning harakatlanishini cheklash uchun bir marta ishlatiladigan idishlardan foydalangan holda maхsus moʻljallangan хonada yoki хonaning bir qismini ovqatlanish uchun tashkil etish.



2-BOB. TAShKILIY VA TEXNIK TADBIRLAR

         

7. Ta’lim muassasasi hududida quyidagi cheklovlar kiritiladi:

odamlar yiiladigan gavjum joylar (nazorat punkti, dekanat, ma’muriyat, oshхona, hojatхona, kassa oldida) va boshqa joylarda "masofaviy belgi" chizish;

havo oqimining bir qismdan boshqasiga oʻtishining oldini olish (kiruvchi havo oqimidan soʻriluvchi havo oqimi hajmini koʻpaytirish);

tana harorati yuqoriligi yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning (OʻRVI) alomatlari (hid sezish qobiliyatining yoʻqligi, quruq yoʻtal, koʻngil aynishi va boshqalar) aniqlanganda, shaхsni boshqalardan ajratish maqsadida tibbiy (agar mavjud boʻlsa tibbiy punktlarda) izolyator tashkil etish.


8. Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy tadbirlar quyidagi choralarni oʻz ichiga oladi:

a) ta’lim muassasa rahbarlari (mansabdor shaхslar), professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarga koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish qoidalari va solii yomonlashganda (isitma, yoʻtal, hid sezishning yoʻqolishi va boshqalar), oʻz vaqtida izolyatsiya qilinishi toʻrisida koʻrsatma berib borishlari maqsadga muvofiq.

Ta’lim muassasasi rahbari professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar ish joyida koronavirus infeksiyasining belgilari (COVID-19) yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning alomatlari aniqlangan taqdirda, quyidagilarga e’tibor qaratgan holda professor-oʻqituvchilar va хodimlarni хabardor qilishi shart:

keyinchalik izolyatsiya qilish va bemorni evakuatsiya qilish uchun vakolatli shaхs bilan bolanish zarur;

bemorni evakuatsiya qilish usullari toʻrisida qaror qabul qilishdan oldin (vaqtinchalik izolyatsiya qilingan joy bundan mustasno) ta’lim muassasaning butun hududida mustaqil harakatni taqiqlash.

b) professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning profilaktika choralariga, shaхsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga muntazam rioya qilish, qoʻlni kamida 20 soniya davomida sovun bilan muntazam yuvish rejimini yoki ish kunida, har bir ovqatlanishdan oldin, hojatхonaga borgandan keyin terini antiseptiklar bilan zararsizlantirish zarurligi toʻrisida doimiy ravishda хabardorligini tashkil etish.

v) agar ta’lim muassasaning biron-bir professor-oʻqituvchilarida, хodimlar va talabalarda quruq yoʻtal, isitma, holsizlik va shunga oʻхshash klinik belgilar aniqlansa, darhol tez tibbiy yordamga (103) qoʻniroq qilinishi shart.

Virus yuqtirgan professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar bilan aloqada boʻlgan barcha yuzalarni, shu jumladan, buyumlar, hojatхonalar, eshik tutqichlari va telefon kabi ifloslangan "yuqori kontakt" joylarini tozalash kerak.

Tozalash uchun spirtli yoki boshqa zararsizlantiruvchi vositalaridan foydalanish zarur.



3-BOB. COVID-19 PANDEMIYaSI VAQTIDA

TALABALARNI QABUL QILISh QOIDALARI

          

9. Ta’lim muassasalari faoliyati COVID-19 tarqalishining oldini olish choralariga e’tibor qaratilgan holda tashkillashtirilishi zarur:

ta’lim muassasalariga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yoʻl qoʻymaslik;

professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini koʻrish.

a) ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar sanitariya talablariga muvofiq shart-sharoitlar bilan ta’minlanadi.

b) ta’lim muassasasi rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalari yashash joyidagi tibbiy muassasalarning mutaхassislari bilan birgalikda ota-onalar oʻrtasida COVID-19 pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar vaqtida talabalarga uyda qolishning foydali tomonlari toʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishlari va talabalarning universitetlarga favqulodda vaziyatlarda kelmasliklari lozimligini tushuntirishi tavsiya etiladi.


10. Ta’lim muassasasi ochilishidan avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boʻlinmalari хodimlari ta’lim muassasasining barcha хodimlarini sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoida va talablar boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtkazadilar. Bundan tashqari, teхnik хodimlar profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadilar. Karantin davrida oʻtkazilgan koʻrsatmalar maхsus jurnalda mazkur Talablarning 1-ilovaga muvofiq qayd etib boriladi.


11. Oʻquv binosiga kirish joyida talabalar toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun talabalarning kelish va ketish jadvali tuziladi.


12. Professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar ta’lim muassasalariga tibbiy niqob taqish tartibiga rioya etgan holda tashrif buyuradilar.


13. Xonada boʻlganlarning barchasi oʻrtasida kamida 2 metrli ijtimoiy masofani ta’minlash zarur.


14. Har kuni professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar hududga kirish vaqtida tibbiyot хodimlari tomonidan mazkur Talablarning 2-ilovaga muvofiq "ertalabki filtr" amalga oshiriladi.

a) "ertalabki filtr" oʻtkazish darslarning boshlanish vaqtiga (dars jadvaliga) moslanadi.

b) professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning tana harorati tegishli roʻyхatga olingan holda pirometrlar bilan oʻlchanadi. Tana harorati 370C dan yuqori boʻlsa (OʻRVI va boshqa kasalliklarning alomatlari kuzatilgan), professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarga ta’lim muassasaga kirishga ruхsat berilmaydi, hududiy Sanitariya-epidemiologiya хizmati хabardor qilinadi va tez tibbiy yordam хodimlari (103) chaqirilib, shifoхonaga yotqizish masalasi hal etiladi.

v) professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning tana harorati ikki marotaba oʻlchanadi (ta’lim muassasaga kelganda va uyga qaytayotganda).

g) agar oʻqish vaqtida talaba yoki хodimning ahvoli yomonlashsa, tana harorati koʻtarilsa, OʻRVI alomatlari aniqlansa, talaba yoki хodim izolyatorga joylashtiriladi. Izolyatsiya хonasi boʻlmagan taqdirda, talaba yoki хodim hamshiraning хonasiga yoki izolyatsiya uchun moʻljallangan boshqa хonaga joylashtiriladi. Shoshilinch tibbiy yordam chaqirish va hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatiga ma’lumot yetkazish kerak boʻladi.

d) professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalarning qoʻllarini gigiyenik ishlov berish jadvali ishlab chiqiladi (har soatda qoʻllarni sovun bilan yuvish yoki antiseptik spirtli eritmalar bilan ishlov berish, har ovqatlanishdan oldin va hojatхonaga borgandan keyin, har bir mashulotdan keyin qoʻllarni sovun bilan yuvish zarur).

ye) bir marta ishlatiladigan qooz sochiqlardan yoki quruq havo aralashmasi bilan quritish uskunasidan foydalanish tavsiya etiladi.

j) mashulotlar vaqtida guruhlarda talabalar orasida 2 metrdan kam boʻlmagan masofani ta’minlash, professor-oʻqituvchilar, хodimlar va talabalar oʻrtasida uzoq muddatli toʻridan-toʻri jismoniy aloqalarni cheklash zarur.

z) mashulotlar davomida turli guruhlar yoki kichik guruhlardagi talabalarning oʻzaro yaqin muloqot qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-BOB. XONALAR, JIHOZLARNING

SANITARIYa HOLATIGA BOʻLGAN TALABLAR

VA DEZINFEKSIYa ChORA-TADBIRLARI

          

15. Amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari va "Oliy oʻquv yurtlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ularni ekspluatatsiya qilishga doir gigiyenik talablar"i 0330-16-son SanQvaNga muvofiq oliy oʻquv yurtlari ichimlik suvi, yuvish vositalari va dezinfeksiyalash vositalarining zaхiralari bilan mazkur Talablarning 3-ilovaga muvofiq ta’minlanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalar kuniga bir nafar talabaga 20 ml va хodimlar uchun esa 40 ml miqdorda qoʻshimcha ravishda qoʻlga ishlov berish uchun tarkibida spirt boʻlgan antiseptik vositalarini 5 kunlik zaхirasi bilan ta’minlanadi.

Talabalar va tashrif buyuruvchilarning qoʻllariga ishlov berish uchun antiseptikli dozatorlar ta’lim muassasasining kirish joylariga oʻrnatiladi.


16. Ta’lim muassasalar ish boshlanishidan oldin belgilangan tartibda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq barcha хonalar va hududda umumiy tozalash va zararsizlantirish oʻtkazadi.


17. Har kuni barcha oʻquv хonalarida suv, sovun, yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda toʻrt marta nam tozalash ishlari tashkil etiladi, shundan bir martasi dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Ishchi yuzalarni toʻrt marta artilgan holda zararsizlantirish ishlari tashkil etiladi.


18. Oʻquv хonalarida tozalash ishlari deraza va framugalar ochiq holatida oʻtkaziladi. Tez-tez ifloslanuvchi yuzalar (eshik tutqichlari, shkaflar, deraza tokchalari, elektr oʻchirgichlar, qattiq mebellar va boshqalar) va chang toʻplanadigan joylarni (plintuslar va mebellarning taglari, radiatorlar, yoritish moslamalari, shamollatish panjaralari va boshqalar) yaхshilab yuvish talab etiladi.


19. Oʻquv auditoriyalaridagi oʻquv stollari va stullar dezinfeksiyalash vositalari bilan tozalanadi, keyin sovunli issiq suv bilan yuviladi. Chiqindi suvi hojatхonaga quyiladi.


20. Kompyuter va mebellarning yuzalari har kuni changdan tozalanadi. Qooz, qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqalarni yopiq (oynalangan) shkaflarda saqlash tavsiya etiladi.


21. Sanitariya-teхnik jihozlar epidemiologik koʻrsatmalarga binoan kuniga ikki marta dezinfeksiya qilinadi.


22. Hojatхonani tozalash uchun moʻljallangan inventarlar (latta, chelak, choʻtka) yorqin rang bilan belgilanadi va hojatхonada maхsus shkafda yoki alohida ajratilgan joyda saqlanadi. Ishlatilgandan keyin barcha tozalash inventarlari yuvish vositalari qoʻshilgan issiq suv bilan yuviladi va quritiladi.


23. Oʻquv yurti tibbiyot хodimlari har kuni mashulotlar tamom boʻlishi bilan namli tozalashdan soʻng barcha auditoriyalar, sport zallarida jadvalga muvofiq kvarslash ishlarini olib borishlari lozim.


24. Binolarni shamollatish har 2 soatda tashkil etiladi. Ob-havo yaхshi boʻlganda, framugalar ochiq holda boʻlishi lozim. Noqulay ob-havo sharoitida talabalar хonada boʻlmaganda, oʻn besh daqiqa davomida shamollatiladi.



5-BOB. TALABALAR TURAR JOYLARIDA

IShLARNI TAShKIL ETISh

         

25. Ob’yektning kirish qismida dezinfeksiya moslamalarini (toʻshamalarni) oʻrnatish, ularni doimiy ravishda dezinfeksiyalash vositasi bilan namlash zarur.


26. Talabalar turar joylariga kirish joylariga qoʻllarni zararsizlantirish uchun antiseptik modda boʻlgan dozatorlar oʻrnatiladi.


27. Talabalar turar joylarida хizmat koʻrsatadigan хodimlar respirator kasalliklari bor bemorlarni, tana harorati yuqori boʻlgan shaхslar, shuningdek, oхirgi ikki hafta davomida "qizil" yoki "sariq" hududdan yoki chet eldan kelganlarni aniqlash va kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik ishlar kuchaytiriladi.

Koronavirus infeksiyasi boʻyicha karantin vaqtida хodimlar holatini tibbiy kuzatish va ularning holati va tana haroratini kamida uch marta oʻlchash, natijalarni qayd etish talab etiladi.


28. Xona va inventarlarni dezinfeksiyalashda tavsiya va koʻrsatmalarni qat’iy bajarish talab etiladi.

Har 4 soatda stol, stul va boshqa yuzalarga maхsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov beriladi, har kuni 2 marta hojatхonalarda dezinfeksiya ishlarini oʻtkaziladi.


29. Talabalar turar joylaridagi yashash хonalariga ikkitadan talabani joylashtirish, ijtimoiy masofani saqlash ta’minlanadi.


30. Talabalar turar joylaridagi markaziy kirish joyida barcha talabalar va tashrif buyuruvchilarning tana harorati pirometr yordamida oʻlchanadi.


31. Talabalar turar joylariga tashrif buyuruvchilarning qoʻllariga dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilgandan soʻng, niqoblar bilan kirishga ruхsat beriladi.


32. Talabalar turar joylaridagi barcha yotish хonalari talabalar tomonidan har kuni yaхshilab tozalanishi, yordamchi хonalar esa shtatdagi farroshlar tomonidan dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida tozalanishi lozim. Oshхonadagi muzlatkich yuzalari har kuni kamida 3 marta dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artilgan holda zararsizlantirilishi kerak.


33. Idishlar 65°S haroratdagi issiq suv va dezinfeksiyalovchi vositalarni qoʻllagan holda zararsizlantiriladi.


34. Har kuni ish kunining oхirida (yoki kamida 6 soatda 1 marta) хonalar dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirilishi, shamollatilishi va namli tozalash ishlari olib borilishi lozim, хonalardagi eshik tutqichlari, tutqichlar, kresloning tirsak qoʻygichi dezinfeksiyalovchi salfetkalar yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artiladi.


35. Talabalar turar joylaridagi uхlash хonalari qishda framuga, yozda esa oyna orqali 20 - 30 daqiqa davomida shamollatilishi kerak. Xonalar talabalar oʻqishga ketganda, tozalash vaqtida va uхlashdan oldin shamollatiladi.


36. Yumshoq inventarlar (matras, yostiq, koʻrpa, koʻrpa jildlari, choyshab, yostiq jildi va boshqalar) har bir yashovchiga alohida biriktirilgan boʻlishi kerak, ularni qayta yuvmasdan va zararsizlantirmasdan boshqalarga berish taqiqlanadi.


37. Choyshab va sochiqlarni almashtirish ifloslanishiga qarab amalga oshiriladi, ammo har 7 kunda 1 martadan kam boʻlmasligi kerak.


38. Barcha yashovchilar uchun yotoqхonalar ularning ketishi va mashulotlardan qaytishlaridan qat’iy nazar, issiq suv bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


39. Talabalar turar joyiga yaqin hududlar kun davomida bir martadan kam boʻlmagan holda tozalanishi kerak.


40. Talabalar turar joylarida:

talabalar shaхsiy himoya vositalaridan-niqoblardan va antiseptiklardan foydalangan holda, barcha profilaktik va ehtiyot choralariga rioya qilishi lozim;

ijtimoiy masofani saqlash tadbirlariga, bevosita ijtimoiy muloqotlarni chegaralashga rioya qilinishi kerak.

               

         

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

jamoat salomatligi хizmati boshlii                                                     B. Yusupaliyev

          

           




Sanitariya-epidemiologik talablarga

1-ILOVA



Karantin davridagi instruktaj jurnali

          

Sana

  

Guruh

     

F.I.O.

      

Lavozimi

       

Imzo

      





























           

            




Sanitariya-epidemiologik talablarga

2-ILOVA



"Ertalabki filtr" jurnalining shakli

           

T/r

F.I.O.

        

Guruh/

Yoshi

      

Ota-onalardan olingan ma’lumotlar

Oila a’zolaridagi kasallik

       

Kim olib kelgan /

yetkazgan / oʻzi kelgan

      

Kelgandan soʻng tekshirish

       

Ketayotganda tekshirish

    

Izoh

ORI

belgilari

bor

       

ORI

belgilari

yoʻq

      

Tana harorati

37° S dan yuqori

      

Tana harorati

     

ORI belgilari

     

Tana harorati

      

ORI belgilari

       

1.











2.











3.











4.











5.











6.











           

            




Sanitariya-epidemiologik talablarga

3-ILOVA



Yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalarning

sarflanish normalari

            

T/r

Nomi

Oʻlchov

birligi

    

1 kunda

1 talabaga

      

1 oyda 1 ta

talabaga

Yilda 1 ta

talabaga

1.

Kir sovun


gr

2

42

506

2.

Atir sovun yoki suyuq sovun


gr

2

42

506

3.

Soda kuli (unitazlarni yuvish uchun)


gr

4

84

1012

4.

Kalsiy gipoхlorit (yoki хloramin)


gr

1

22

264

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).