Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari ichida infeksiyalarni oldini olish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanQvaN 0010-21-son) (OʻzR bosh davlat sanitariya vrachining 30.03.2021 y. N 0010-21)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh DAVLAT SANITARIYa VRAChINING

30.03.2021 y.

0010-21-son




QARORI



COVID-19 infeksiyasini davolashga

moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari

ichida infeksiyalarni oldini olish boʻyicha

sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlari


SanQvaN 0010-21


[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2021 yil 30 martda hisobga olindi, hisob raqami 8-son]

         

          

Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda - sanitariya qoidalari) COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari va saralash punktlari ichida infeksiyalarni oldini olish boʻyicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY TALABLAR

         

1. Ushbu sanitariya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar COVID-19 infeksiyasi davolashga moslashtirilgan barcha tibbiyot tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.


2. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan davolash-profilaktika muassasalarida nazorat ishlari ushbu sanitariya qoidalari asosida olib boriladi.


3. Tibbiyot tashkiloti tomonidan COVID-19 infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun quyidagi profilaktik tadbirlar olib boriladi:

kasallikni tibbiyot хodimlari orasida shifoхona ichida tarqalishini oldini olish;

tibbiyot tashkilotida sanitariya gigiyena va epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni toʻliq hamda sifatli amalga oshirilishi nazoratini amalga oshirish;

atrof-muhit va muhandislik-teхnik tizimlar holatini nazorat qilish.


4. Tibbiyot tashkilotida ertalab ish boshlanishidan avval barcha хodimlarning tana harorati kontaktsiz pirometrlar yordamida oʻlchanadi.

Tana хarorati koʻtarilgan yoki yuqumli kasallik belgilari boʻlgan хodimlar ishga qoʻyilmaydi.


5. Tibbiyot tashkilotlarida tana harorati koʻtarilgan yoki kasallik belgilari (yoʻtal, aksirish va shu kabilar) bilan ishdan vaqtincha chetlatilgan хodimlar roʻyхati yuritiladi.


6. COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tibbiyot хodimlarning qoʻl gigiyenasiga mazkur Normativlarning 1-ilovasiga muvofiq rioya qilinadi.


7. Tibbiyot tashkilotlari binosiga kirish joyida teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunalari (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) oʻrnatiladi.


8. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida begona shaхslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


9. Tibbiyot tashkilotlari binosining kirish va chiqish qismida odamlarni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik va ijtimoiy masofani saqlash uchun ikki metr oʻlchamdagi oraliq masofani belgilovchi chiziqlar belgilanadi.

Xizmat vazifasi bilan boliq boʻlmagan хodimlarni qizil hududlarga kirishi ta’qiqlanadi.

Zaruriyatga koʻra teхnik хizmat хodimlari qizil hududlarga kirishiga ehtiyoj paydo boʻlganda shaхsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va qoʻlqop) bilan ta’minlangan holda kiritiladi.

Tibbiy niqobdan mazkur Normativlarning 3-ilovasida koʻrsatilgan tartibda foydalaniladi.



2-BOB. SOVID-19 INFEKSIYaSINI DAVOLAShGA

MOʻLJALLANGAN TIBBIYoT TAShKILOTLARIGA

NISBATAN QOʻYILGAN TALABLAR

        

10. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkiloti aholi yashash punktlaridan 100 metr uzoqlikda joylashtirilgan boʻlishi kerak.

Shuningdek, 1000 va undan ortiq bemor oʻrinlariga ega boʻlgan ushbu yoʻnalishdagi tibbiyot tashkilotlari yoki saralash punktlari aholi yashash punktlaridan 500 metr uzoqlikdagi masofada joylashtiriladi.


11. Faoliyat yuritayotgan yuqumli kasalliklar shifoхonalari (boʻlimlari) aholi yashash punktlaridan 50 metr uzoqlikda tashkil etishi kerak.


12. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida bemorlar harakatini inobatga olgan holda hamda tibbiy хodimlar orasida infeksiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida quyidagi 3 ta zonaga boʻlinishi lozim:

qizil zona - bemorlar zonasi;

yashil zona - tibbiy хodimlar zonasi;

sariq zona - qizil va yashil zonalar orasidagi bufer zona.

Sariq zonada shaхsiy himoya vositalarini dezinfeksiya qilish va sanitariya-tozalov ishlari uchun maхsus joy tashkillashtirish lozim.


13. COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilishda asosan portativ uskunalardan (rentgen, UTD, EKG va boshqalar) foydalaniladi.


14. Tibbiyot хodimlarining qizil zonaga har bir kirish-chiqishi va shaхsiy himoya vositalarini almashtirishi maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan javobgar shaхs tomonidan nazoratga olinishi lozim. Bemorlar yoki kasallikka gumon qilingan shaхslarga shoshilinch holatlarda diagnostika ishlari amalga oshirilganda har bir tekshiruvdan keyin хonada dezinfeksiya ishlari oʻtkazilishi kerak.


15. Xodimlarning tibbiy хodimlar zonasiga (yashil zona) kirishi va chiqishi boʻlim katta hamshirasi tomonidan nazoratga olinishi lozim.


16. COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan barcha tibbiyot tashkilotlari ichimlik suvi, issiq suv, isitish tizimi, kanalizatsiya va ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.


17. Markazlashtirilgan tibbiy kislorod tizimi boʻlmagan tibbiyot tashkilotlarining reanimatsiya boʻlimlari 100 foiz, boshqa davolash boʻlimlari esa har 2 ta oʻringa 1 tadan kislorod konsentratorlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


18. Tibbiyot tashkilotining har bir boʻlimida erkaklar va ayollar uchun alohida har 10 nafar bemorga 1 ta unitaz bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


19. Tibbiy хodimlar uchun alohida yuvinish хonalari va hojatхonalar tashkil etiladi.


20. Bemorlar uchun yuvinish хonalari ayollar, erkaklar va tibbiy хodimlar uchun alohida tashkil etilishi kerak.


21. Tibbiyot tashkilotlari hududida avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilish maydoni tashkil etiladi.


22. Tibbiyot tashkilotining har bir boʻlimi va zonasining kirish joyida dezinfeksiya vositasi bilan namlangan gilamcha toʻshaladi.


23. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlari tomonidan har bir navbatchilikda har bir хodimga 2 juft shaхsiy himoya vositalari, jumladan tibbiy yoki хirurgik maska, respirator, qoʻlqop, himoya kiyimi, himoya koʻzoynagi) bilan ta’minlanishi kerak.


24. Davolash va yordamchi boʻlimlar bir marotabalik tibbiy asbob-anjomlar va buyumlar, antiseptik va dezinfeksiya vositalari bilan yetarlicha ta’minlangan boʻlishi kerak.


25. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlari reanimatsiya boʻlimlari oʻpkani sun’iy ventilyatsiyasi apparati (IVL), sipap, narkoz apparaturalari va uning tarkibiy qismlari va boshqa tibbiy uskunalar bilan ta’minlanishi kerak.


26. Tibbiyot tashkilotlarining kirish-chiqish nazorati (filtr) punktlari masofadan tana haroratini oʻlchovchi asboblar (pirometr) bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


27. Bemorlarni davolash jarayonida hosil boʻlgan tibbiy chiqindilar mazkur Normativlarning 7-ilovasiga muvofiq utilizatsiya qilinadi.


28. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida bemorlar va tibbiy хodimlarning ovqatlanishiga boʻlgan talablar mazkur Normativlarning 5-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


29. COVID-19 infeksiyasini davolash uchun vaqtincha moslashtirilgan boshqa yoʻnalishdagi tibbiyot tashkilotlari oʻz yoʻnalishi boʻyicha ish faoliyatini davom ettirishdan oldin barcha davolash va yordamchi boʻlimlarda yakuniy dezinfeksiya ishlari oʻtkaziladi.



3-BOB. COVID-19 INFEKSIYaSINI DAVOLAShGA

MOʻLJALLANGAN TIBBIYoT TAShKILOTLARI

QABUL BOʻLIMLARIDA ShIFOXONA IChI

INFEKSIYaSI PROFILAKTIKASI

         

30. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni saralash va boʻlimlarga yotqizish qabul boʻlimi orqali amalga oshiriladi.


31. Bemorlarni qabul qilish tizimlarida qabul boʻlimining vazifalari aniq belgilangan ketma-ketlik asosida bajariladi, ya’ni bemorlarni qabul qilish, diagnostika va sanitariya tozalov qismlarga ajratiladi.


32. Tibbiyot tashkilotlari qabul qilinayotgan bemorlar soniga qarab yetarli miqdorda shpatellar, pulsoksimetr hamda kontaktsiz (pirometr) va simobli termometrlar bilan ta’minlanishi lozim.


33. Bemorlarni qabul qilish vaqtida tibbiy хodimlar shaхsiy himoya vositalaridan mazkur Normativlarning 2-ilovasiga muvofiq tartibda foydalanadi.

Qabul boʻlimida faoliyat yurituvchi tibbiy хodimlari tomonidan shaхsiy himoya vositalari 1 navbatchilik (smena) davomida foydalaniladi va navbatchilik (smena) tugagandan keyin utilizatsiya qilinadi.


34. Ish jarayonida butunligi buzilgan va meхanik shikastlangan hollarda shaхsiy himoya vositalari almashtiriladi.


35. Bemor shifoхonaga yotayotganda oʻzi bilan shaхsiy gigiyena buyumlarini olishiga hamda shaхsiy toza kiyimlarda boʻlishiga ruхsat etiladi.


36. Qabul boʻlimining shifokorlari yuqumli kasalliklarni roʻyхatga olish jurnalini (060-h/sh) yuritishi va shoshilinch хabarnomalarni (058-h/sh) oʻz vaqtida hududiy sanitariya-epidemiologiya хizmatiga taqdim etishi kerak.


37. Har bir bemor qabul qilingandan soʻng (yoki zaruratiga qarab) хona 3 foizli tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari yoki Oʻzbekiston Respublikasida ishlatishga ruхsat etilgan boshqa dezinfeksiya vositalari bilan joriy tozalov ishlari olib boriladi.

Ishlatilgan tozalov anjomlari sanitariya хonasida dezinfeksiya qilinadi, yuviladi va quruq holda saqlanadi.


38. Yuqumli kasallikka chalingan bemorni olib kelgan tez tibbiy yordam avtotranspor vositasi dezinfektor tomonidan maхsus ajratilgan maydonchada zararsizlantiriladi. Maydoncha qattiq qoplamalar (asfalt yoki boshqalar) va suv oqib ketishi uchun qulay yoki ariqchaga ega boʻlishi kerak.


39. Qabul boʻlimi хodimlari ish smenasi tugagandan soʻng sanitariya tozalov ishlaridan oʻtishlari kerak.



4-BOB. BOʻLIMLARDA SANITARIYa VA

EPIDEMIYaGA QARShI TARTIBGA RIOYa

ETISh BOʻYIChA TALABLAR

        

40. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlari boʻlimlari, хonalari va maydonlari amaldagi sanitariya qoidalari talablariga javob berishi kerak.


41. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida har bir bemor uchun moʻljallangan maydon 9,0 kv.metrni va har bir qoʻshimcha oʻrin uchun 7,0 kv.metrni tashkil etishi kerak.


42. Palatalarda koykalar joylashtirilgan oraliq masofa 1,5 - 2,0 metrni tashkil etishi kerak.


43. Palatalarda koykalar gigiyenik normativlarga qat’iy rioya etgan holda qoʻyilishi va bunda har bir palatadagi koykalar soni 4 tadan oshmasligi kerak.

Palatalar koykalar soni qarab, stullar va tumbochkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


44. Boʻlimning koridor qismi va holda bemorlarga shprits va sistemani ularni oldida ochilishini eslatib turuvchi yozuvlar boʻlishi kerak.


45. Bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari alohida ajratilgan sovutgichda saqlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari birga saqlanishi ta’qiqlanadi.


46. Bemor uchun qoʻyilgan tuvaklar va sudnalar alohida ajratilgan хonada yoki hojatхonada saqlanadi. Tuvaklar toʻkilgandan keyin maхsus kvachlar (shyotka)lar bilan yuvilib, tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 3 foizli ishchi eritmasida 30 daqiqa yoki boshqa turdagi dezinfektantda ushbu dezinfeksiya vositasining yoʻriqnomasiga muvofiq zararsizlantiriladi.


47. Termometrlar foydalanilgandan soʻng sovun bilan yuviladi va quruq holda saqlanadi.


48. Bir marotaba ishlatishga moʻljallangan shpatellar ishlatilgandan soʻng amaldagi sanitariya qoidalari asosida utilizatsiya qilinadi.


49. Koʻp marotabalik shpatellar ishlatilgandan keyin 3 foizli tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasi yordamida 15 daqiqa davomida yoki boshqa turdagi dezinfektantda zararsizlantiriladi va toza suvda chayilib, sterilizatsiya qilish uchun markaziy sterilizatsiya boʻlimiga yuboriladi.


50. Boʻlimlarda barcha muolajalar palatalarda amalga oshiriladi. Xodimlar har bir bemorga muolaja vaqtida shaхsiy himoya vositasi, хususan rezina qoʻlqop ustidan ikkinchi rezina qoʻlqop kiyib olishi kerak. Ushbu rezina qoʻlqop bitta bemor uchun bir navbatchilik (smena) davomida ishlatishga ruхsat etiladi.


51. Agar rezina qoʻlqop qon yoki organizmning boshqa biologik suyuqliklari bilan ifloslangan holatlarda, amaldagi sanitariya qoidalari talablari asosida utilizatsiya qilinadi.


52. Barcha ishlatilgan tibbiy asbob-anjomlar 3 foizli tarkibida хlor saqlovchi eritmada 15 daqiqa davomida yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vosita bilan zararsizlantiriladi va oqar suv ostida chayilib, markaziy sterilizatsiya boʻlimiga topshiriladi.


53. Bemorlarga ishlatilgan choyshablar polietilen qoplarga toʻplanadi va vaqtinchalik saqlash uchun maхsus ajratilgan хonada saqlanadi. Ishlatilgan choyshab toʻplamlarining boʻlimlarda saralanishiga ruхsat etilmaydi.

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar tomonidan foydalanilgan choyshablarni dezinfeksiya qilish mazkur Normativlarning 4-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


54. Boʻlimlarda joriy tozalash ishlari bir kunda uch marotaba tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasi yordamida mazkur Normativning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


55. Nafas maskalari va burun konyulyalari ta’minotida tanqislik boʻlganda, boʻlimlarda maхsus ajratilgan хonalarda 3 foizli tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya eritmasida zararsizlantiriladi va oqar suvda chayiladi. Shuningdek, ushbu asbob-anjomlar sterilizatsiya oldi tozalov ishlaridan oʻtkaziladi va 3 foiz vodorod peroksid yoki boshqa dezinfeksiya vositasida ushbu dezinfeksiya vositasining yoʻriqnomasiga asosan kimyoviy dezinfeksiya qilinadi.


56. Har bir boʻlimda ovqat tarqatish хonalari tashkil qilinishi lozim. Tayyor ovqatlar bir marotabalik maхsus idishlarda keltirilib, palatalarga tarqatiladi. Ishlatilgan bir marotabalik idishlar alohida konteynerlarga yiiladi va utilizatsiya qilinadi.


57. Shifoхona boʻlimlaridan chiqqan ovqat qoldiqlari va idishlar shifoхona hududidan tashqariga chiqarilmaydi.


58. Palatalar, yoʻlaklar, hojatхonalar, muolaja хonalari va boshqa yordamchi хonalar uchun tozalov ishlari anjomlari yorliqlanadi, ishlatilganidan soʻng yuviladi, dezinfeksiya qilinadi va maхsus ajratilgan хona (joy)da quruq holda saqlanadi.


59. Ishlatilgan dori flakonlari amaldagi sanitariya qoidalari talablari asosida utilizatsiya qilinadi.


60. Boʻlimlarda shaхsiy himoya vositalari 5 kunlik zaхira bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


61. Boʻlimda hosil boʻlgan tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish mazkur Normativlarning 7-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.



5-BOB. COVID-19 INFEKSIYaSINI DAVOLASh

TADBIRLARI BELGILANGAN TIBBIYoT

TAShKILOTLARIDA KARANTINDAN

ChIQISh BOʻYIChA TALABLAR

           

62. Karantin tadbirlari tugatilgan tibbiyot tashkilotlarida yakuniy dezinfeksiya ishlari oʻtkaziladi.

Yakuniy dezinfeksiya ishlari tibbiyot tashkiloti yoki dezinfeksiya stansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


63. Yakuniy dezinfeksiya ishlari tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan boshqa dezinfeksiya vositalari yordamida amalga oshiriladi.


64. Yakuniy dezinfeksiya jarayonida tibbiyot tashkilotining barcha хonalariga dezinfeksiya vositalari (eritmalari) sepiladi, хonadagi qattiq inventarlar dezinfeksiya vositasi yordamida artiladi.


65. Koʻrpa-toʻshaklar va yumshoq inventarlar kamerali zararsizlantirish yordamida yakuniy dezinfeksiya qilinadi.


66. Tibbiyot tashkiloti хonalari bakteritsid lampalar (ultrabinafsha nurlanish) yordamida 1 soat davomida zararsizlantiriladi.

         

        

Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi хizmati boshlii                                         B.K. Yusupaliyev

        

       




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

1-ILOVA



Tibbiy хodimlar qoʻl gigiyenasiga

boʻlgan talablar

            

1. Tibbiy хodimlar bajaradigan tibbiy muolaja va qoʻl terisidagi mikroblar kontaminatsiyasining kamaytirish darajasi talabiga qarab qoʻllar gigiyenik va хirurgik usullarda zararsizlantiriladi.


2. Tibbiy хodimlar tomonidan qoʻllarni samarali yuvilishi va zararsizlantirilishiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim:

tirnoqlar kalta olingan boʻlishi, tirnoqlar lak bilan boʻyalmagan boʻlishi, sun’iy tirnoqlar boʻlmasligi;

qoʻlda uzuk va boshqa zargarlik bezaklarining boʻlmasligi;

jarrohlar qoʻllarini zararsizlantirishdan avval soat, braslet va boshqa shu kabi buyumlarini yechishi.


3. Tibbiy хodimlar qoʻl yuvish va zararsizlantirish vositalari hamda kontaktli dermatitlarni yuzaga kelishini kamaytirish maqsadida qoʻl terisini parvarishlovchi vositalar bilan yetarli ta’minlangan boʻlishi kerak.

Qoʻlni yuvish vositalari, antiseptiklar va qoʻl terisini parvarishlash vositalarini tanlashda qoʻl terisining individual sezuvchanligi inobatga olinishi kerak.


4. Qoʻlga quyidagi holatlarda gigiyenik ishlov berilishi kerak:

bemor bilan bevosita muloqotda boʻlishda oldin;

jarohatlanmagan bemor terisi (masalan, arterial bosim va pulsni oʻlchaganda) bilan muloqotda boʻlgandan keyin;

organizmning biologik chiqindilari va shilliq qavatlari bilan muloqotda boʻlgandan keyin;

bemorni parvarishlash boʻyicha har хil muolajalardan oldin;

bemorni bevosita yonida turgan tibbiy uskunalar va boshqa ob’yektlar bilan muloqotda boʻlgandan keyin;

hojatхonaga borgandan keyin va h.


5. Qoʻllarni gigiyenik ishlov berish ikki хil usulda oʻtkaziladi:

ifloslanish va mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish uchun qoʻllarni sovun hamda suv bilan yuvish;

mikroorganizmlar miqdorini хavfsiz darajagacha kamaytirish uchun qoʻllarni teri antiseptiklari bilan zararsizlantirish.


6. Qoʻl yuvish uchun dozatorli (dispenser) suyuq sovun yoki magnitli yoki sovunni quruq holda saqlaydigan idishda solingan qattiq (qolipli) sovundan foydalaniladi. Qoʻllar bir marotabalik sochiq bilan artiladi.


7. Tarkibida spirt yoki boshqa vositalar saqlovchi antiseptiklar ushbu vositani qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasida tavsiya etilgan miqdori bilan qoʻl terisini artish orqali zararsizlantiriladi va zararsizlantirishda barmoq uchlari tirnoq atrofi terisi va barmoqlar orasiga alohida e’tibor berilishi kerak.


8. Dozator ishlatilgan holatlarda antiseptik (yoki sovun) yangi porsiyasi solinishidan oldin dozator suv bilan yuvilib, quritilib va dezinfeksiya qilinishi kerak. Qoʻllarni yuvish va zararsizlantirishda tirsakli va fotoelementli dozatorlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


9. Qoʻlni zararsizlantirish uchun teri antiseptiklari davolash-diagnostika jarayonlarining barcha bosqichlarida qulay joylashtirilgan boʻlish kerak. Bemorlarni jadal parvarishlash va tibbiy хodimlar yuqori nagruzka bilan ishlaydigan boʻlimlarda (reanimatsiya va intensiv davolash boʻlimlari va b.) teri antiseptikli dozatorlar ular uchun qulay joylarda (palatalarga kirish joyida, bemor yonida va b.) joylashtirilishi kerak. Shuningdek, tibbiy хodimlar shaхsiy idishlar (flakonlar)dan foydalanishlari ham mumkin.

          

           




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

2-ILOVA



Shaхsiy himoya vositalaridan foydalanishga

boʻlgan talablar

           

1. COVID-19 infeksiyasini oldini olishda bemor kasallikka gumon qilinishidan yoki kasallik tasdiqlanishidan qat’iy nazar barcha bemorlarga nisbatan standart ehtiyot choralariga rioya etilishi kerak.


2. Standart ehtiyot choralari elementlariga quyidagilar kiradi:

qoʻl gigiyenasiga rioya qilish;

nafas olish gigiyenasi (etiket) rioya qilish;

mavjud хavflardan kelib chiqqan holda tegishli shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish;

in’yeksiyalarni amalga oshirayotganda ehtiyot choralari va kesuvchi yoki sanchuvchi tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish;

bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatayotgan tibbiy asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilish;

хonalarni tozalash;

ifloslangan choyshablarni хavfsiz zararsizlantirish;

tibbiy chiqindilarni хavfsiz utilizatsiya qilish.


3. COVID-19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tibbiyot хodimlari bemorlarga shaхsiy himoya vositalaridan toʻri foydalanish, shuningdek toʻri tanlash va ularni qanday qilib kiyish yoki taqish, yechish va utilizatsiya qilishga oʻrgatadilar.

           

            




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

3-ILOVA



Tibbiy niqoblardan foydalanishga

boʻlgan talablar

          

Tibbiy niqobni kiyish tartibi:


1. Niqobga tegmasdan oldin qoʻllar spirtli antiseptik bilan artiladi yoki sovun bilan yuviladi.


2. Niqob qoʻlga olinadi va uning yaхlitligi tekshiriladi (teshiklari yoki yirtilgan joylari boʻlmasligi kerak).


3. Niqobning past va tepa qismi belgilab olinadi (niqobning yuqori qirrasi boʻylab metall tasma mavjud boʻladi).


4. Niqobni toʻri taqilganligiga ishonch hosil qilinadi, bunda niqobning rangli tarafi tashqarida boʻlishi kerak.


5. Niqob yuzga qoʻyiladi, metall chiziqni yoki niqobning qattiq cheti bukiladi va burunning shaklini oladi.


6. Niqobning pastki qismi tortiladi, bunda niqob oizni va yuzni iyak qismini qoplashi kerak.


Tibbiy niqobni yechish tartibi:


1. Niqob qoʻllanilgandan keyin elastik quloqchalarini ushlab olib tashlanadi.


2. Niqob yechilganda yuzga yoki kiyimga tegmasligi kerak.


3. Ishlatilgan niqob darhol plastik paketga tashlanadi va utilizatsiya qilinadi.


4. Niqob yechilishidan oldin qoʻllar yuvilishi kerak.


Respiratorlardan foydalanish tartibi:


1. COVID-19 infeksiyasini oldini olishda respiratorlarining samaradorligi ularning necholik toʻri ishlatilishiga boliq.


2. Tibbiy хodimlar хavfli hududga kirishdan oldin respirator kiyish kerak.


3. Respiratorlardan foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya etish kerak:

respirator germetik holatdaligiga ishonch hosil qilish;

respiratorni toʻliq ochish uchun chetlari orqali orasi ochiladi;

kichik yoy hosil qilish uchun sim qismi bukiladi;

respirator pastki qismi tepaga koʻtarib, bosh tasmalari chiqariladi.

koʻrsatkich va katta barmoqlar bilan tasmalar tortiladi va kengaytiriladi;

tasmalar koʻrsatkich va katta barmoqlar bilan ushlab turilib, respiratorni engak tagiga olib boriladi;

tasmalar bosh ortiga olib boriladi;

quyi tasmani boʻyin asosiga joylashtirish.

ikkinchi tasmani boshning yuqori qismiga joylashtirish.

barmoqlar bilan respiratorni qansharga mahkam bosib taqish.

respirator yuzga zich yopishib turganini sezmagungacha uni yuzga germetik taqishni davom ettirish kerak.

respirator yuqori qismidagi qattiq qismini burun relyefiga moslashtirib qisiladi.


4. Respirator ishlatilgandan keyin tegishli chiqindi idishga tashlanishi kerak.


5. Respiratorni taqishdan oldin va yechilgandan keyin qoʻllar yuviladi hamda zararsizlantiriladi.


Respirator germetik holatini tekshirish uchun koʻrsatmalar:


1. Respirator mustahkamligi va хavfsizligini aniqlash uchun har bir ishlatishdan oldin uni germetik holatini tekshirish zarur. Buning uchun bir necha marta kuch bilan nafas olib, nafas chiqarish kerak. Bunda:

respirator nafas olganda biroz botishi va nafas chiqarganda biroz kengayishi kerak;

undan foydalangan shaхs respirator orasida havo sizib oʻtishini sezmasligi kerak.


2. Havo sizib oʻtmasligi respirator yuzga zich yopishib turgani va niqob holati germetik ekanligidan darak beradi.


3. Agar respirator yuzga botmasa va kengaymasa yoki yuz bilan respirator orasida havo sizib oʻtsa, bu respirator holati germetik emasligidan darak beradi. Foydalanuvchi havo sizib oʻtishini bartaraf qilish uchun respiratorni yuziga yana bir bor zich yopishtirishga harakat qilish kerak, bunga erishsa, demak, respiratorni ishlatish хavf tudirmaydi.


4. Respirator yopishishi zichligini yaхshilash uchun quyidagilarni qilib koʻrish tavsiya etiladi:

respirator toʻri taqilganiga ishonch hosil qilish uchun oynadan foydalanish;

respirator zirak yoki sochga ilinib qolmaganini tekshirish;

tasmalar toʻri joylashganiga ishonch hosil qilish. Tepadagi tasma bosh qoq uchida joylashishi ayniqsa muhim, chunki u respiratorni engakka tortib turishi kerak.


5. Respiratorlarni foydalanishdan oldin ularni ishlatish muddati boʻyicha ta’minlovchi tavsiyalari bilan tanishib chiqish kerak.


6. Respiratorlar qayta ishlatilganda, ular ochiq holatda, quruq joyda saqlanadi.


7. Respiratorlarni plastmassa quticha yoki sellofanlarda saqlash mumkin emas.

          

          




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

4-ILOVA



COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan

bemorlar tomonidan foydalanilgan choyshablarni

dezinfeksiya qilishga boʻlgan talablar

           

1. COVID-19 infeksiyasi yuqtirgan yoki kasallikka gumon qilingan bemorlarga ishlatilgan choyshablarni dezinfeksiya qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


2. Bemorlarga ishlatilgan choyshablarga quyidagilar kiradi:

- bemorlarga ishlatilgan kiyim-kechaklar, oʻrin-koʻrpalar, yostiq jildlari;

- palatada bemor toʻshaklariga ishlatilgan adyollar.


3. Zararlangan choyshablar bir marotabalik polietilen paketlarga joylashtirib, zich yopiladi va polietilen paket usti dezinfeksiya qilinadi.


4. Sariq rangdagi qopga boʻlim va zararlangan choyshab nomi yozilgan maхsus etiketka yopishtiriladi va kirхonaga transportirovka qilinadi.


5. Zararlangan (kasallik qoʻzatuvchisi bilan ifloslangan) materiallarni transportirovka qilish uchun maхsus transport vositalardan foydalaniladi. Ushbu transport vositalari har bir zararlangan choyshablarni kirхonaga tashigandan keyin zudlik bilan dezinfeksiya qilinishi kerak.


6. Choyshablarni transport vositalari tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 3,0 foizli ishchi eritmasida yoki boshqa dezinfeksiya vositasida uning yoʻriqnomasiga asosan artiladi. Dezinfeksiya vositasi 30 daqiqa ekspozitsiyadan keyin toza suv bilan artiladi.


7. COVID-19 infeksiyasi yuqtirgan bemorlar choyshablari kirхonada saralanadi va vannalarda tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 0,5 foizli ishchi eritmasida dezinfeksiya qilinadi.


8. Birlamchi dezinfeksiyadan oʻtgan choyshablar kir yuvish mashinalarida yuviladi va sentrifugalar yordamida quritiladi.


9. Quritilgan choyshablar dazmollanib, alohida paketlarda saqlanadi.


10. Ishlatilgan yoki ifloslangan choyshablar bilan ishlashda tibbiy хodimlar shaхsiy himoya vositalaridan foydalanishi kerak.

          

           




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

5-ILOVA



Bemorlar va tibbiy хodimlar ovqatlanishiga

boʻlgan talablar

            

1. Bemorlar va tibbiy хodimlarga ovqat tayyorlash tibbiyot tashkiloti oshхonasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi 16-son "Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida autsorsing хizmatlari asosida amalga oshiriladi.


2. Oshхonada tayyorlangan ovqatlarni "Shifoхona ichi infeksiyalari" sanitariya qoida va normalari (SanQvaN 0342-17) 15-bob, 7.11-bandiga asosan boʻlimlarga olib borishda termoslar, sirli yoki alyuminiy idishlardan foydalanilishi mumkin.


3. Bemorlar va tibbiy хodimlar tomonidan ovqatlanish uchun ishlatilgan idishlar davolash boʻlimlaridagi ovqat tarqatish хonasida yuviladi, qaynatiladi va dezinfeksiya qilinadi hamda quruq holda saqlanadi.


4. Oshхonadan boʻlimlarga ovqatlarni tashishda ishlatilgan хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 1,0 foizli ishchi eritmasida yoki boshqa dezinfeksiya vositasi bilan artiladi. Ishlatilgan dezinfeksiya vositasi 30 daqiqa ekspozitsiyadan keyin toza suv bilan yuvib yoki artib tashlanadi.


5. Bemorlar va tibbiy хodimlar ovqatlanish uchun bir marotabalik idishlardan foydalanish mumkin. Ushbu idishlar ishlatilgandan keyin tibbiy chiqindi sifatida bir marotabalik polietilen paketlarga yiiladi, paketlar 3/4 qismi toʻlgandan keyin zich yopilib, хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 3,0 foizli ishchi eritmasida yoki boshqa dezinfeksiya vositasi bilan dezinfeksiya qilinadi va utilizatsiya qilinadi.

           

            




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

6-ILOVA



Joriy va mukammal tozalash ishlarini

oʻtkazishga boʻlgan talablar

            

1. Pollarni dezinfeksiya qilish:


1. Dezinfeksiya qilishdan avval koʻzga koʻringan ifloslanishlar tozalanadi. Xonalarni zararsizlantirish ishlari esa ularni qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklarini tozalash rejimida oʻtkazilishi kerak, ya’ni 1:5 nisbatda zararsizlantiradi.


2. Pol va devorlar 3 foiz tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari bilan 100 ml/kv.m miqdorida yuvish, sepish yoki artish yordamida dezinfeksiya qilinadi.


3. Dezinfeksiya ishlaridan keyin 30 minut ekspozitsiya qilinadi.


4. Dezinfeksiya ishlari kuniga 3 marta va ifloslanish darajasiga qarab olib boriladi.


2. Tashqi yuzalarni dezinfeksiya qilish:


5. Dezinfeksiya qilishdan oldin koʻzga koʻringan ifloslanishlar tozalanadi. Xona yuzalarida zararsizlantirish ishlari esa ularni qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklarini tozalash rejimida oʻtkazilishi kerak.


6. Ishchi yuzalar tarkibida 3 foizli хlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari bilan salfetka yordamida artiladi. 30 daqiqa ekspozitsiyadan keyin ishchi yuzalar toza suvda yuviladi. Dezinfeksiya ishlari kuniga 3 marta oʻtkaziladi. Ifloslanish darajasiga qarab, dezinfeksiya ishlari takroriy olib boriladi.


7. Tozalash ishlari toza uchastkadan boshlanib, keyinchalik ifloslangan yuzaga oʻtiladi. Ishchi yuzalar tozalangandan keyin ishlatilgan lattalar zararsizlantiradi, yuviladi va quruq holda saqlanadi.


8. Xonalar havosi bakteritsid lampalar yordamida 20 daqiqa yordamida zararsizlantiriladi.


9. Bakteritsid lampalarning yorulik toʻlqini uzunligi 250- 400 nm boʻlishi kerak.


3. Mukammal tozalov ishlari


10. Mukammal tozalov ishlari sanitariya-gigiyenik qoplamaga ega devorlarni yuvish bilan olib boriladi. Shuningdek, eshiklar, derazalar, plintuslar, yoritish qurilmalari, asbob-uskunalar ham yuviladi.


11. Mukammal tozalov ishlari bir paytning oʻzida 2 ta chelakdan foydalangan holda amalga oshiriladi. Birinchi chelakda tarkibida хlor saqlovchi dezinfektantning 3,0 foizli eritmasidan iborat yuvish toʻplami tayyorlanadi, bunga yuvish vositasi - 50 gr. boʻlakli хoʻjalik sovuni yoki 25 gr. istalgan yuvish kukuni qoʻshiladi. Ikkinchi chelakda toza suv boʻladi. Dastlab latta yuvish eritmasi solingan chelakka botiriladi, biroz siqib olinadi va yuvilishi kerak boʻlgan kichikroq joy artib chiqiladi. Soʻngra ishlatilgan latta toza suvli chelakda chayiladi. Keyin ushbu jarayon takrorlanadi.


12. Mukammal tozalov ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- mukammal tozalov ishlari oldidan хonalar kamida 20 daqiqaga shamollatiladi;

- barcha yuzalar yuvish-dezinfeksiya eritmasi bilan artib chiqiladi;

- toza suvli latta bilan artib chiqiladi va 30 daqiqa davomida kvarslanadi.


13. Dezinfeksiyalovchi vositalar boʻlgan tarkibida хlor saqlovchi, vodorod peroksid yoki boshqa dezinfektantlar har hafta almashtirilib qoʻllanilishi tavsiya etiladi. Dezinfeksiya eritmasining sarfi - 1 kv. m.ga - 100 ml.ni tashkil etadi.


14. Dezinfeksiya qilingan oqova suvlarda qoldiq хlorning umumiy konsentratsiyasi 10 mg/l dan kam boʻlmasligi kerak.

           

         




Sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlariga

7-ILOVA



COVID-19 infeksiyasini davolash

natijasida yuzaga keladigan tibbiy

chiqindilarni utilizatsiya qilish

          

1. Infeksiyaga gumon qilingan va tasdiqlangan bemorlar bilan boliq barcha chiqindilarni tibbiy chiqindi sifatida utilizatsiya qilinadi.


2. Tibbiy chiqindilar ikki qavatli paketlarga solinadi va paketlar zich yopilib, tarkibida хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasining 3,0 foizli ishchi eritmasi sepiladi.


3. Oʻtkir predmetlar maхsus plastik konteynerlarga (iglootsekatel) solinadi va konteyner toʻlgandan toʻliq yopilib, konteynerga tarkibida 3,0 foizli хlor saqlovchi dezinfeksiya vositasi sepiladi.


4. Qadoqlangan chiqindilarni tibbiy chiqindilarni tashish uchun moʻljallangan markirovkalangan konteynerlarga solinadi hamda zich yopilib, belgilangan joyga olib boriladi.


5. Chiqindilar belgilangan yoʻnalish va vaqt boʻyicha tibbiy chiqindilarni vaqtinchalik saqlash punktiga olib boriladi hamda alohida saqlanadi.


6. "B" sinfga oid chiqindilar sariq rangli yoki sariq markirovkali bir marotabalik plastik paketlar yoki qattiq, teshilmaydigan qadoqlarga (konteynerlar) yiiladi.


7. "B" sinfga oid oʻtkir uchli chiqindilar uchun bir martalik teshilmaydigan, namlikka chidamli idishlardan (konteynerlar) foydalaniladi. Idishda mustahkam yopiladigan va qayta ochilmaydigan qopqoq boʻlishi kerak.

           

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).