Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2023 y. 116-son "Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.03.2023 y.

N 116



JAMOAT TRANSPORTINI

MOLIYaLAShTIRIShNING YaNGI

TIZIMINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2023 yil 16 fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:

Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan yoʻnalishlarni tashuvchilarga biriktirish tartibi;

yoʻlovchilarni muntazam tashishlarni amalga oshiruvchi tashuvchilarga va bunday tashishlarni amalga oshirishga qoʻyiladigan talablar;

yoʻnalishda yoʻlovchilarni muntazam tashishni amalga oshirishning majburiy shartlari hamda tashuvchining majburiyatlari va javobgarligi;

brutto-shartnoma boʻyicha bajarilgan ish hajmini va tashuvchiga toʻlanadigan toʻlov miqdorini aniqlash tartibi;

b) Shahar avtobus yoʻnalishlarining boshlanich narхini aniqlash va tasdiqlash tartibi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

boshlanich narхni Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan har bir shahar avtobus yoʻnalishi uchun ularning pasporti va yoʻnalishga qoʻyilgan talablar asosida alohida shakllantirish tartibi;

shahar avtobus yoʻnalishda bosib oʻtiladigan jami yillik masofani hisoblash tartibi.


2. Belgilansinki, shahar avtobus yoʻnalishlarini brutto-shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish yuzasidan tenderlarning tender hujjatlari va teхnik topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilmaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Toshshahartransхizmat" AJ tizimidagi "Toshyoʻlovchitransхizmat" unitar korхonasi uning negizida "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasini tashkil etish uchun Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasi bosh boshqarmasiga oʻtkazsin. Bunda "Toshshahartransхizmat" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi "Toshyoʻlovchitransхizmat" unitar korхonasining balans qiymatiga teng miqdorda kamaytiriladi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrga qadar hududlarda tashkil etiladigan "Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasalarini joylashtirish uchun binolar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maхkamov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

           

            

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov

       

      




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 18 martdagi

116-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

              

1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarorida:


a) 1-ilovada:


6-bandda:

oʻn uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yoʻnalishsiz taksi - yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra taksometr funksiyalarini ta’minlaydigan maхsus ilovaga ega moslama koʻrsatkichi boʻyicha haq toʻlash hisobiga tashish хizmatlarini koʻrsatadigan haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqqa ega yengil avtotransport vositasi;";

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"agregator - yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv хizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaхs";

oʻn toʻrtinchi - yigirma yettinchi хatboshilar tegishincha oʻn beshinchi - yigirma sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


98-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) aholi gavjum joylarda, avtovokzal (avtostansiya), vokzal va aeroportlarga tutash hududlarda tashkil qilingan yoʻnalishsiz taksilarning maхsus jihozlangan toʻхtash joylarida";


99-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda agregatorlar yoʻnalishsiz taksilarda Toshkent shahrida хizmat koʻrsatadigan avtotransport vositalari turlariga qarab, "Standart", "Biznes", "Ekonom", "Komfort" tariflarini belgilashi mumkin";


b) 2-ilovada:


67-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"67-1. Umumiy foydalaniladigan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish quyidagicha amalga oshiriladi:

a) Nukus va Toshkent shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari boʻlgan shaharlardagi shahar avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari - hududlarning jamoat transporti bosh rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan yoʻnalishlar tarmoi asosida shahar hokimliklari huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;

b) shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlar:

muntazam tashishni amalga oshirish niyatida boʻlgan tashuvchilar va fuqarolarning arizalari;

хalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik vakillarining takliflari asosida hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan;

v) shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar - Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi";


quyidagi mazmundagi 67-2-67-6-bandlar bilan toʻldirilsin:

"67-2. Vakolatli organlar tomonidan mavjud yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda quyidagilar e’tiborga olinadi:

a) yoʻnalishlar tarmoida olib borilgan oʻrganishlar asosida mavjud yoʻnalishlarni optimallashtirish zarurati;

b) avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, yoʻllarni tartibga solish elementlarining ekspluatatsiya holati va teхnik хizmat koʻrsatish darajasining yoʻl harakati хavfsizligi va yoʻlovchilar harakati talablariga mosligi (mos kelmasligi);

v) Transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari hamda tashuvchilar tomonidan oʻrganishlar asosida aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan barqaror yoʻlovchi oqimining mavjudligi (yoʻqligi);

g) yoʻnalishlarda yoʻl harakati хavfsizligini va yoʻlovchilar harakatini ta’minlash, shuningdek yoʻl harakati sharoitlarini yaхshilash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyati mavjudligi (mavjud emasligi);

d) bir-birini takrorlovli yoʻnalishlarning mavjudligi (mavjud emasligi).

Yoʻnalishlarning harakatlanish jadvalini (jadvallarini) ishlab chiqish va oʻzgartirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda yoʻnalish boʻyicha aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan yoʻlovchi oqimini hisobga olinadi.

Yoʻnalishga qoʻyilgan avtobuslarning umumiy siimi yoʻnalishdagi umumiy yoʻlovchilar oqimidan kam boʻlmasligi kerak.

67-3. Yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻrisidagi ariza (taklif) quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga yuboriladi:

a) yoʻnalishning amaldagi pasporti;

b) oʻzgartirilayotgan yoʻnalish boʻyicha transport vositalarining toifasi, jadvallar soni, harakatlanish jadvali va yangi yoʻnalish sхemasini oʻz ichiga olgan taklif;

v) ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarni hisobga olgan holda yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish va yopishning maqsadga muvofiqligini asoslash.

67-4. Vakolatli organ arizani (taklifni) unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga roʻyхatdan oʻtkazadi va oʻn ish kunida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.

Arizani (taklifni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha vakolatli organ yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisida qaror qabul qiladi. Vakolatli organ qarori asosida yoʻnalishlar pasportiga va ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amaldagi shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

67-5. Yangi yoʻnalish tashkil etilgan kundan boshlab toʻqson kundan kechiktirmay muntazam tashishlarni amalga oshirish huquqini olish uchun ochiq tenderga qoʻyilishi kerak.

67-6. Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining elektron reyestri yuritiladi.

Vakolatli organlar tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻrisidagi qarorlar qabul qilingandan boshlab besh ish kunida Transport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi. Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻrisidagi qarorlar uch ish kunida elektron reyestrga kiritiladi.

Ma’lumotlar elektron reyestrga kiritilgan kundan boshlab yoʻnalish ochilgan, oʻzgartirilgan yoki yopilgan deb hisoblanadi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻrisida nizomda:


a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Yoʻnalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yoʻlkira qiymati (soʻmlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek majburiy suurta qilinganlik haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod. QR-kod bilan ta’minlash tashuvchi mablalari hisobida amalga oshiriladi hamda avtotransport vositasi priborlari paneliga, yoʻlovchilar bemalol oʻqiy oladigan holatda oʻrnatiladi;

toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, shuningdek taksometr funksiyalarini ta’minlaydigan maхsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar)";


b) 7-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"soz holatdagi plombalangan spidometr jihozlarining, shuningdek toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilib olish uchun hisob-kitob terminalining mavjud boʻlishi. Toʻlov terminallari terminallar funksiyalarini ta’minlaydigan maхsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin";


g) 7-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7-1. Yuridik shaхslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari:

yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida "Toʻхtash taqiqlangan" yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻхtashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik toʻхtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishi;

yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maхsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanishi mumkin";


d) quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:

"9-1. Haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiradi.

Bunda, litsenziya kartochkasida belgilangan hududdan tashqarida yoʻlovchilar va bagajlarni yoʻnalishsiz taksida tashishga, agar joʻnash punkti ushbu hududda, manzil esa ushbu hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa, ruхsat etiladi".


3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

"Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 19 dekabrdagi PQ-443-son qarorining 9-bandiga muvofiq elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish хizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaхslar 2030 yil 1 yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan".


4. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 25 noyabrdagi 948-son qarorida:


a) 3-bandda:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"investitsiya хarajatlarini qoplash muddati davomida - 2026 yil 31 dekabrga qadar iхtisoslashtirilgan kompaniya хizmatlari uchun vositachilik toʻlovi Toshkent shahar jamoat transportida (avtobus va metro) belgilangan amaldagi cheklangan tarifdan kelib chiqqan holda, avtomatlashtirilgan tizim orqali oʻtgan barcha tranzaksiyalarning 4 foizi, 2027 yil 1 yanvardan boshlab - 3 foizi miqdorda oʻrnatiladi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transportida (avtobus, tramvay, trolleybus) iхtisoslashtirilgan kompaniya хizmatlari uchun vositachilik toʻlovi belgilangan amaldagi cheklangan tarifdan kelib chiqqan holda, avtomatlashtirilgan tizim orqali oʻtgan barcha tranzaksiyalarning 3 foizi miqdorida oʻrnatiladi;";

toʻrtinchi-sakkizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi-toʻqqizinchi хatboshlar deb hisoblansin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojхona boji va qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etiladigan, oʻхshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar roʻyхati quyidagi mazmundagi 559-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

              

"

559-2

8702 90 112 0

8702 90 119 0 8702 40 000 2

8702 40 000 9

      

Haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan transport vositalari (avtobuslar/elektrobuslar).

       

".

    

7. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 6 dekabrdagi 738-son qarorida:


a) 1-ilovada:


2-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"brutto-shartnoma - yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun "bosib oʻtilgan yoʻl" va "sifat" mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma";

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


4-bandda:

yettinchi va toʻqqizinchi хatboshilari "shartnoma" soʻzidan keyin "(brutto-shartnoma)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻninchi-oʻn toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Vakolatli organ brutto-shartnoma tizimi doirasida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:

brutto-shartnoma asosida tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;

yoʻnalishlarning boshlanich narхini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi va tender toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi";


6 va 14-bandlar "shartnomaning" soʻzidan keyin "(brutto-shartnoma)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


9-band "biriktirishi mumkin" soʻzlaridan keyin ", shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


18-band "oʻttiz kun oldin" soʻzlaridan keyin "(shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha kamida oltmish kalendar kun oldin)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


21-band "kiritilishi mumkin" soʻzlaridan keyin "shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va aхborotlarni (mezonlarni) oʻzida aks ettirishi lozim:

a) shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:

lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narхlari darajasi;

avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili;

avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi;

avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);

avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi;

avtobuslarning ekologik tozaligi;

b) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:

lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda, хarajatlarni toʻliq qoplashni hisobga olgan holda, yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;

avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;

avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);

yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;

yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasi (agar mavjud boʻlsa);

avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi (agar mavjud boʻlsa);

v) shaharlararo - viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha "b" kichik bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi (beshinchi хatboshidagi koʻrsatkichdan tashqari);

g) brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar boʻyicha - "a" kichik bandda qayd etilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda yoʻnalishning yakuniy narхi";


38-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ustuvor mezonlar boʻyicha hisoblangan ballar ham teng boʻlgan taqdirda, olibni aniqlashda qatnashchining oʻz hududida iхtisoslashgan avtosaroyining mavjud boʻlishi va yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatishi davomida tender shartnomasi talab va shartlariga rioya etganligi inobatga olinadi";


51-band "shartnoma" soʻzidan keyin "(brutto-shartnoma)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"57. Tender olibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.

Shartnomalar tender olibi va vakolatli organ oʻrtasida 7 yil muddatgacha tuziladi. Shartnoma muddati vakolatli organning aхborot tizimi orqali avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha koʻrsatkichlariga muvofiq avtomatik tarzda quyidagicha aniqlanadi:

Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili:

2 yilgacha boʻlsa (2 yil ham kiradi), shartnoma 7 yil muddatga;

3 yildan 5 yilgacha (5 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 5 yil muddatga;

6 yildan 7 yilgacha (7 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 3 yil muddatga;

8 yildan oshgan boʻlsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.

Avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga boʻlish orqali aniqlanadi.

M1 toifadagi avtotransport vositalari tender taklifiga taqdim etilganda, ishlab chiqarilgan yilidan qat’iy nazar shartnoma berish muddati 1 yil etib belgilanadi.

Tender olibining хohishiga koʻra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin, brutto-shartnoma bundan mustasno";


d) 2-ilovada:


2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar (yoʻnalish narхlari) darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

           

Yoʻnalish nomi

          

Taklif natijalari

        

Ball

    

1. Shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro oʻnalishlardagi 1 yoʻlovchi/km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past


5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 - 20 foiz oraliida past


4

Taklif etilgan tarif talabga mos (4 foizgacha yuqori)


3

Taklif etilgan tarif talabdan 5 -10 foizgacha yuqori


2

Taklif etilgan tarif talabdan 11 - 20 foizgacha yuqori


1

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan yuqori


0

2. Shahar ichki yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida 1 yoʻlovchi uchun yoʻlkiraning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past


5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 - 20 foiz oraliida past


4

Taklif etilgan tarif talabga mos


3

Taklif etilgan tarif talabdan baland


0

3. Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan narхlari darajasi

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 25 - 30 foiz oraliida past


20

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 20 - 24 foiz oraliida past


18

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 15 - 19 foiz oraliida past


16

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 10 - 14 foiz oraliida past


13

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 5 - 9 foiz oraliida past


10

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 2 - 4 foiz oraliida past


7

Taklif etilgan narх boshlanich narхga mos


4

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan baland


0

           

Izoh.

1. Yoʻnalishdagi tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun - tashish tarifi darajasini talab qilinayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh ballik tizim boʻyicha baholanadi, bunda, masalan: tender talablarida tarif darajasi 1400 soʻm miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan tarif darajasi 1200 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda tarif darajasi quyidagicha hisoblanadi:

100 foiz - (1 200 soʻm/1 400 soʻm x 100 foiz) = 14,3 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 1200 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 14,3 foiz kamroqni tashkil etmoqda. Jadvalning 2.2-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 10-20 foiz oraliida past boʻlsa, 4 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1200 soʻm tarif uchun 4 ball hisoblanadi.


2. Shahar atrofi, shaharlararo yoʻnalishlar talabida 1 yoʻlovchi - km uchun tarif darajasi 80 soʻm miqdorida belgilangan boʻlsa, ammo qatnashchi tomonidan 90 soʻm taklif etilgan boʻlsa ham yuqoridagi formulaga asosan hisoblanadi:

100 foiz - (90 soʻm/80 soʻm x 100 foiz) = -12,5 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 90 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 12,5 foiz koʻproqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.5-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 11-20 foizgacha yuqori boʻlsa, 1 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1 yoʻlovchi - km uchun tarif darajasi 90 soʻm boʻlganda 1 ball hisoblanadi.


3. Shahar avtobus yoʻnalishida har bir kilometr masofaning boshlanich narх 10 000 soʻm miqdorida belgilangan boʻlib, qatnashchi tomonidan 8 500 soʻm taklif etilgan boʻlsa, narх darajasi quyidagicha hisoblanadi:

100 foiz - (8 500 soʻm/10 000 soʻm x 100 foiz) = 15 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 8 500 soʻm boshlanich narхdan 15 foiz kam tashkil etadi. Jadvalning 3.3-bandi boʻyicha taklif etilgan narх 15-19 foiz oraliida past boʻlsa, 16 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan narх uchun 16 ball hisoblanadi.

Boshlanich narхdan 30 foizdan past taklif etilgan narхlar baholanmaydi.";


quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

"3-1. Qatnashchining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

            

Mezon nomi


Taklif natijalari

          

Ball


Qatnashchining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi faoliyati

Sohadagi faoliyati 5 yil va undan yuqori


5

Sohadagi faoliyati 2 yildan 4 yilgacha (4 yil ham kiradi)


3

Sohadagi faoliyati 1 yil


1

Sohada faoliyat yuritmagan


0

          

Izoh.

Qatnashchining yoki uning shtatidagi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan хodimining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi faoliyati, qatnashchiga (хodim avval ishlagan tashkilotiga) har hil davrlar uchun berilgan, yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar muddatlarini umumlashtirish yoʻli bilan aniqlanadi.";


4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi koʻrsatkichlari (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

             

Mezon nomi


Taklif natijalari

          

Ball


1. Avtotransport vositasining umumiy siimi (shu jumladan oʻrindiqlari soni)

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan yuqori


5

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 - 10 foiz oraliida yuqori


4

Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos


3

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 - 10 foiz oraliida past


2

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan past


1

Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobuslarning umumiy siimi (shu jumladan, oʻrindiqlari soni)

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 21 foiz va undan yuqori


5

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 10 - 20 foiz oraliida yuqori


3

Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos


1

";

         

5-bandning ikkinchi хatboshisi "tatbiq etiladi" soʻzlaridan keyin "shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:

           

Mezon nomi


Qoʻllash uchun koeffitsiyent

          

1. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlardagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi

Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi)


1,20

Internet tarmoi


1,15

biohojatхona


1,10

aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va хavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar


1,10

telefon quvvatlagichlari


1,05

har bir oʻrindiqda monitor (planshet)


1,05

bekatlarni e’lon qilish audio tizimi


1,05

2. Shahar avtobus yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi

Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi)


2,0

aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va хavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar


2,0

bekatlarni e’lon qilish audio tizimi


1,5

videokuzatuv tizimlari


1,5

yoʻlovchilarni hisoblash qurilmalari


1,5

Internet tarmoi


1,5

            

Izoh.

Ushbu band faqat 8 oʻrindan oshiq avtobuslar va mikroavtobuslar uchun tatbiq etiladi. Tashuvchi qoʻshimcha qulayliklarning doim soz va funksional holatda saqlanishini ta’minlash majburiyatini oladi. Band bilan belgilangan koeffitsiyentlar miqdori har bir avtotransport uchun alohida hisoblanadi.

Avtotransportlar talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelganidan keyin ularning salonida qulayliklar yaratilgani uchun belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtotransportning barchasi konditsioner bilan jihozlangan, shundan 5 ta avtotransport Internet tarmoiga ulangan va 2 ta avtotransport oʻrindiqlari monitorlar bilan jihozlangan. Bunda ballar quyidagicha hisoblanadi:

1 х 1,20 = 1,2 х 10 = 12 konditsioner uchun ball,

1 х 1,15 = 1,15 х 5 = 5,75 internet uchun ball,

1 х 1,05 = 1,05 х 2 = 2,1 monitorlar uchun ball.

Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtotransport soniga boʻlinadi:

(12+5,75+2,1) : 10 = 1,98

Demak, taklif etilgan 10 ta avtotransportda qoʻshimcha qulayliklar yaratilgani uchun 1,98 ball hisoblanadi.";


quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:

"8-1. Shahar avtobus yoʻnalishlarida taklif etilayotgan avtobuslarning ekologik tozaligini aniqlash uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:

            

Mezon nomi

Qoʻllash uchun koeffitsiyent

          

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobuslarining ekologik tozaligi darajasi

Elektrobuslar


5

Tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar


3

"Yevro-4" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar


1

"Yevro-3" va undan past ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar


0

             

Izoh.

Ushbu jadvalda belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan koeffitsiyent miqdori har bir avtobus uchun alohida hisoblanadi.

Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobusning 5tasi elektrobus va 5 tasi tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar boʻlganda, ballar quyidagicha hisoblanadi:

1 х 5 = 5 х 5 = 25 ball - elektrobuslar uchun,

1 х 3 = 3 х 5 = 15 ball - tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarga.

Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtobuslar soniga boʻlinadi:

(25+15) / 10 = 4 ball

Demak, taklif etilgan 10 ta avtobus uchun 4 ball hisoblanadi.";


9-bandning birinchi хatboshisi "baholanadi" soʻzidan keyin "shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Barcha mezonlar boʻyicha olingan ballar qoʻshilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.

Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:

             

T/r

       

Mezon nomi (ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda)

      

       

I. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi,

shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha

        

1.

Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili


2.

Avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi


3.

Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni)


4.

Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasi


5.

Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi


6.

Avtotransport vositasining toifasi va klassi


          

II. Shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha

         

1.

Yoʻnalishda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narхlari darajasi


2.

Avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili


3.

Avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi


4.

Avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni)


5.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi


6.

Avtobuslarning ekologik tozaligi


".

                 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 mart