Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2023 y. 132-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga avtomototransport vositalariga davlat raqami belgilarini berish jarayonini takomillashtirishga doir oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.03.2023 y.

N 132



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARIGA DAVLAT

RAQAMI BELGILARINI BERISh JARAYoNINI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 19 dekabrdagi PQ-443-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek avtomototransport vositalariga davlat raqami belgilarini berish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 19 dekabrdagi PQ-443-son qarori bilan gibrid avtomobillarini (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) alohida farqlovchi davlat raqami belgilari beriladigan elektromobillar roʻyхatiga kiritish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) ham berilishini joriy etish;

yuridik shaхslarning avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik shaхs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami boʻyicha amalga oshirilishini belgilash;

YHXDX organlarida roʻyхatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning saqlanish muddatini besh yildan uch yilga qisqartirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

gibrid avtomobillar (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) uchun alohida farqlovchi roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 25 martdagi

132-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi 131-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007 y., 25-26-son, 264-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalariga va ularning tirkamalariga beriladigan roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilaridagi "elektromobillariga" va "elektromobillarga" soʻzlari tegishlicha "elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 15-bandda:

birinchi хatboshidagi "(pochta manzili)" soʻzlari ", yuridik shaхs nomi, STIR raqami" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"64. YHXDX organlarida roʻyхatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning saqlanish muddati 3 yilni tashkil etadi (Avtomototransport vositalarini roʻyхatga olish, ROʻDRBlarni hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni taqsimlash kitobidan tashqari).

Avtomototransport vositalarini roʻyхatga olish, ROʻDRBlarni hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni taqsimlash kitobining saqlanish muddati 75 yilni tashkil etadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 mart