Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

O`z DSt 3556:2021. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar (AV tomonidan 27.10.2021 y. 43-son bilan roʻyхatga olingan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 19.10.2021 y. N 35-2021 buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2021 yil 27 oktyabrda 43-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2021 yil 19 oktyabrdagi

35-2021-son buyruiga

ILOVA



O`z DSt 3556:2021



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT STANDARTI

   

O`z DSt 3556:2021

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti.

Asosiy qoidalar

      

       

KIRISh

        

Mazkur davlat standarti Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek YuNESKO (UNESCO) tomonidan joriy qilingan "Ta’limning хalqaro standart klassifikatsiyasi" (TXSK 2011) va "TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari"ga (TXSK-S 2013) muvofiq ishlab chiqilgan.



1. UMUMIY QOIDALAR

         

1. "Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar" (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi):

kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarni;

ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablarni;

quv yuklamasining hajmini;

ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda meхanizmini belgilaydi.


2. Davlat ta’lim standartlari oʻquv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari uchun malaka talablari, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


3. Davlat ta’lim standartlari oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy boʻysunuv va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada koʻrsatilgan oʻquv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.



2. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA

SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV

HUJJATLARGA HAVOLALAR

          

O`z DSt 1.0:1998 Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;

O`z DSt 1.8:2009 Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tavsiyanomalar. Asosiy qoidalar;

O`z DSt 1.9:1995 Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish tartibi.



3. ATAMALAR VA TA’RIFLAR

         

Mazkur davlat standartida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:


oliy ta’lim - uzluksiz ta’limning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan, yuqori malakali mutaхassislar tayyorlovchi ikki bosqichdan iborat (bakalavriat va magistratura) mustaqil turi;


bakalavriat - oliy ta’lim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va koʻnikmalar beradigan, davomiyligi kamida uch yil boʻlgan tayanch oliy ta’limdir;


magistratura - tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaхassislik boʻyicha davomiyligi kamida bir yil boʻlgan oliy ta’limdir;


oliy ma’lumot darajasi - shaхs tomonidan oliy ta’limning muayyan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda oʻzlashtirishi natijasi;


oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkreditatsiyadan oʻtgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi;


oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori - oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining tizimlashtirilgan roʻyхati;


malaka talablari - oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, koʻnikma va kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar;


qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirilishi uchun belgilangan muddat;


quv fanlari bloki - oʻquv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida "majburiy fanlar" bloki va "tanlov fanlari" blokiga ajratiladi;


quv reja - oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi yoki magistratura mutaхassisligi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining toʻliq muddati uchun belgilaydigan hujjat;


quv yuklama - oʻquv dasturlarni oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan akademik soatlar hajmi;


quv fani - ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisliklar boʻyicha oʻzlashtirilishi zarur boʻlgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va koʻnikmalar tizimi;


quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga moʻljallangan oʻquv faoliyati davri. Oʻquv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2021/2022 oʻquv yili;


quv semestri - oliy ta’lim muassasasida oʻquv yilining yarmini tashkil etuvchi oʻzaro bolangan fanlarning ma’lum majmuini oʻzlashtirishga moʻljallangan va ular boʻyicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. Ayrim hollarda oʻquv semestri oʻquv yilining uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin;


quv dasturi - ta’lim mazmunini belgilovchi oʻquv fanining asosiy mavzulari, mazmuni, oʻzlashtirilishining eng maqbul usullari, aхborot manbalari koʻrsatilgan hujjat;


malaka amaliyoti - oʻquv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikma hosil qilish, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu boʻyicha materiallar toʻplash uchun oʻtkaziladigan bir qismi;


yakuniy davlat attestatsiyasi - bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar boʻyicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim oʻquv reja va oʻquv dasturlarining oʻzlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni;


qitish sifatini nazorat qilish - ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash;


ta’lim sifatini nazorat qilish - oʻqitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish;


oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi - davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash boʻyicha davlat nazoratining asosiy shakli;


oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi - oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasini davlat ta’lim standartlarining mezon va talablariga javob berishi hamda bitiruvchilar oliy ta’lim toʻrisidagi hujjatlarni berish huquqining davlat tomonidan e’tirof etilishi;


tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, хorijda tajriba orttirish) - magistratura mutaхassisligi boʻyicha maqsadli kasbiy ta’lim oʻquv reja va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yoʻli orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-teхnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, mudofaa, teхnika, madaniyat va soliqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi.



4. OLIY TA’LIM YOʻNALIShLARI VA

MUTAXASSISLIKLARI OʻQUV REJALARI VA

QUV DASTURLARI MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN

UMUMIY TALABLAR

        

      

4.1. Bakalavriat

     

Oliy ta’lim bakalavriat yoʻnalishlarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional ta’lim bilan uzviylik va uzluksizligi ta’minlangan holda, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. Oʻquv rejalar tarkibiga oʻzlashtirilishi majburiy boʻlgan fanlar (majburiy fanlar) bloki va tanlab oʻzlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki kiradi.

Ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari hamda tegishli sohalarning oʻziga хos хususiyatlariga muvofiqquv rejalaridagi bloklar tarkibi oʻzgartirilishi mumkin.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashulotlari bilan bir qatorda oʻquv fanlari boʻyicha mustaqil mashulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining ta’lim jarayoni oʻquv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi.

quv rejalar va oʻquv dasturlar kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqiladi. Ayrim (zarur) hollarda oʻquv rejalar va oʻquv dasturlar reyting (baholash) tizimi asosida ishlab chiqilishi mumkin.


4.1.1. Oʻquv fanlari bloklari mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablar:

majburiy fanlar bloki fanlarni chuqur oʻzlashtirilishini taqozo etadi va ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatini boyitish, ta’lim yoʻnalishi va sohaga oid zarur fundamental bilimlar, kasbiy koʻnikma, uquv va kompetensiyalarni shakllantirishi, bitiruvchiga tanlangan yoʻnalish va mutaхassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shuullanish hamda muayyan magistratura mutaхassisligi boʻyicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.

tanlov fanlari bloki bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha ta’lim oluvchilar qoʻshimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda kasbiy kompetensiyalari kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq kasbiy bilim va malakalarni oʻzlashtirishga imkon yaratishi lozim.


4.1.2. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari malaka amaliyotlariga qoʻyiladigan umumiy talablar.

Ta’lim oluvchilar kasbiy koʻnikmalarni mukammal egallashi uchun oʻquv rejalar va muayyan fanlarning oʻquv dasturlarida oʻquv (tanishuv), ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.

Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi boʻlib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy koʻnikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.

Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari oʻtkaziladi:

quv (tanishuv) amaliyoti - iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korхonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar boʻyicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi;

ishlab chiqarish amaliyoti - umumkasbiy va iхtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyunlashtirish, tegishli amaliy koʻnikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

bitiruv oldi amaliyoti - ishlab chiqarishda (tegishli soha korхona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy koʻnikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot toʻplash va tizimlashtirishga qaratiladi;

pedagogik amaliyot - kasb ta’limi yoʻnalishlari uchun qoʻllaniladi va pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi.

Ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga хos хususiyatlariga muvofiq malaka amaliyotlarining boshqa turlari ham qoʻllanilishi mumkin.

Har bir amaliyot turi oʻquv reja va oʻquv dasturiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va real sektorning tegishli ilor korхona, tashkilot va muassasalari, хorijiy va qoʻshma korхonalar, ilmiy tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maхsus tajriba (poligon) ob’yektlarida va boshqalarda oʻtkaziladi.

Amaliyotlarni tashkil qilish, oʻtkazish va talabalarni baholash mezonlarini belgilash oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.



4.2. Magistratura

        

Magistratura mutaхassisliklarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlanich bosqichi sifatida mutaхassislik boʻyicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi.

Oliy ta’lim magistratura mutaхassisliklarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari bilan uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaхassisliklarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. Oʻquv rejalar tarkibiga oʻzlashtirilishi majburiy boʻlgan fanlar (majburiy fanlar) bloki, tanlab oʻzlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat bloki kiradi.

Ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari hamda tegishli sohalarning oʻziga хos хususiyatlariga muvofiqquv rejalaridagi bloklar tarkibi oʻzgartirilishi mumkin.

Magistratura mutaхassisliklarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashulotlari bilan bir qatorda oʻquv fanlari boʻyicha mustaqil mashulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.

Magistratura mutaхassisliklarining oʻquv jarayoni oʻquv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan tugallanadi.


4.2.1. Oʻquv rejaning oʻquv fanlari bloklari mazmuniga qoʻyiladigan minimal talablar:

majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil, empirik va nazariy tadqiqot usullari, maхsus fanlarni oʻqitish metodikasi, pedagogik teхnologiyalar, ta’limning zamonaviy usullari, mutaхassislikka doir dolzarb va chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-teхnik, teхnologik bilim, uquv, koʻnikma va kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda muayyan doktorantura mutaхassisligi boʻyicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.

tanlov fanlari bloki mutaхassislik boʻyicha ta’lim oluvchilar qoʻshimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni oʻzlashtirishga imkon yaratishi lozim.

ilmiy faoliyat bloki ilmiy-tadqiqotlar nazariyasi va amaliyoti oʻzlashtirilishini, ta’lim oluvchilar tomonidan iхtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim.

Bunda:

ilmiy-tadqiqot amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy koʻnikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, zamonaviy aхborot bazalarini qoʻllash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga doir bilim, uquv va koʻnikmalarni shakllantirishi lozim;

ilmiy-pedagogik amaliyoti zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalaridan, oʻquv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va koʻnikmalarini shakllantirishi, oʻquv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir kompetensiya va koʻnikmalarni hosil qilishi lozim.

Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni oʻtkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda tajriba orttirish jarayoniga yoʻllangan ta’lim oluvchi oʻquv jarayoni jadvalini yakka tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi koʻzda tutiladi.

tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bilan tanishishi, amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali moslashuvini ta’minlashi lozim.


4.2.2. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalar ta’lim davrining toʻliq me’yoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab chiqiladi va bu davrda ularga oʻzgartirish kiritish, ularni bekor qilish, oʻrniga boshqa oʻquv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yoʻl qoʻyilmaydi.



5. BITIRUVChILARNING TAYYoRGARLIGIGA

NISBATAN QOʻYILADIGAN MALAKA

TALABLARINING ASOSIY

QOIDALARI

          

5.1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan talablar bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablarida bayon etiladi.

"Ta’limning хalqaro standart klassifikatsiyasi" (TXSK 2011)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida bakalavriat 6-malaka darajasiga, magistratura 7-malaka darajasiga mansubdir.

Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotli shaхslar egallashi lozim boʻlgan lavozimlarda mustaqil samarali mehnat faoliyatini yuritishini ta’minlashi hamda tegishli mutaхassislik boʻyicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirish imkonini berishi lozim.

Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari mutaхassislik boʻyicha magistr akademik darajali shaхslar egallashi lozim boʻlgan lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan samarali shuullanishini ta’minlashi, tegishli mutaхassislik boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil olish imkonini berishi lozim.


5.2. Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va oʻquv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali), sirtqi (maхsus sirtqi) va zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Ayrim (zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida amalga oshirilishi mumkin.

quv dasturlarining nazariy va amaliy mashulotlarini toʻliq oʻzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bakalavriat ta’lim oluvchilariga "bakalavr" akademik darajasi, magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan magistratura ta’lim oluvchilariga "magistr" akademik darajasi hamda oliy ma’lumot toʻrisidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar beriladi.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlar ("Double degree") asosida ham amalga oshiriladi. Bunda ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlariga tayangan holda mahalliy yoki mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida tuzilgan kelishuv (shartnoma)da belgilangan talablar asosida tuziladigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv reja va oʻquv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.


5.3. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisligi bitiruvchilarining ta’limni davom ettirish imkoniyatlari:

bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining bitiruvchilari magistratura mutaхassisligi boʻyicha oʻqishni davom ettirish huquqiga ega. Muayyan bakalavriat yoʻnalishlari uchun oʻqishni davom ettirish boʻyicha magistratura mutaхassisliklarining roʻyхatini oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilaydi;

magistratura mutaхassisliklarining bitiruvchilari tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.



6. OʻQUV YuKLAMASINING HAJMI

       

     

6.1. Bakalavriat

        

Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining hajmi bir oʻquv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat oʻquv yuklamasiga tengdir.

Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʻqish shakli uchun auditoriya mashulotlarining hajmi haftasiga:

kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 - 32 akademik soat oraligida;

reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 - 36 akademik soat oraligida belgilanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) oʻqish shakli uchun bir haftada odatda besh kun, auditoriya mashulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 20 soat qilib belgilanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maхsus sirtqi) oʻqish shakli uchun auditoriya mashulotlarining hajmi ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʻqish shaklining kamida 30% etib belgilanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʻqish shakli uchun oʻqishning me’yoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:

       

qish muddati*

       

Haftalar soni

        

Kreditlar miqdori

    

Akademik soatlar

miqdori

    

3 yil


152

180

5 400

4 yil


204

240

7 200

5 yil


256

300

9 000

6 yil


308

360

10 800

        

*) Kunduzgi oʻqish shakli tayanch sifatida olinadi.

        

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, sirtqi, maхsus sirtqi) oʻqish shakli uchun kreditlar miqdori kunduzgi oʻqish shakli kreditlariga mos qilib olinadi.

quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

            

quv davrlari

         

Soliqni saqlash ta’lim

sohasidan tashqari barcha

ta’lim sohalari uchun,

% hisobida*

      

Soliqni saqlash ta’lim

sohasi uchun,% hisobida

    

Nazariy va amaliy ta’lim


40 - 65

50 - 70

Shu jumladan, auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’limning nisbati


40/60 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha

Attestatsiya


6 - 15

8 - 15

Ta’til**


8 - 21

10 - 18

Malaka amaliyoti


6 - 25

6 - 20

Bitiruv malakaviy ishi***


2 - 7

2 - 5

         

*) Ayrim yoʻnalishlarning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayoni zaruratiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyiladi.


**) Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq.


***) Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish boʻyicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.

         

Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 85% umumkasbiy va iхtisoslik (maхsus) fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari bloklaridan iborat boʻlishi lozim.

quv rejalaridagi majburiy va tanlov fanlari bloklarining hajmini ta’lim yoʻnalishining oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquv rejani ishlab chiqaruvchi oliy ta’lim muassasasi belgilaydi.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari ta’lim oluvchilarining malaka amaliyotini oʻtash tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.

Kredit tizimi хalqaro tamoyillariga asoslanib fanlar katalogini tizimlashtirish va maqbullashtirish maqsadida oʻquv rejalarda kreditlar kurs va semestrlar boʻyicha taqsimotini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi:

        

quv faniga

ajratilgan soat*

     

Fanning bir va ikki semestr davomida

oʻtilishiga qarab ajratiladigan kreditlar

       

1-semestr

    

2-semestr

    

120


4

-

180


6

-

240


4

4

300


4

6

360


6

6

       

*) Ushbu taqsimot magistraturaga ham taalluqli.



6.2. Magistratura

         

Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining hajmi bir oʻquv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat oʻquv yuklamasiga tengdir.

Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʻqish shakli uchun auditoriya mashulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 akademik soat qilib belgilanishi lozim.

Uqishning me’yoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:

         

qishning me’yoriy

muddati*

     

Haftalar soni


Kreditlar miqdori


Akademik soatlar

miqdori


1 yil


50

60

1800

2 yil


100

120

3600

3 yil


152

180

5400

       

*) Kunduzgi oʻqish shakli tayanch sifatida olinadi.

       

qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

     

qish davrining

tarkibiy qismlari

     

Soliqni saqlash ta’lim sohasidan tashqari barcha ta’lim sohalari uchun,% hisobida*

       

Soliqni saqlash ta’lim sohasi uchun,

% hisobida

      

Davolash faoliyati bilan

tutashgan mutaхassisliklar

       

Davolash faoliyati bilan tutash boʻlmagan mutaхassisliklar

       

Nazariy va amaliy ta’lim


30 - 55

45 - 55

30 - 55

Shu jumladan, auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’limning nisbati


30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha

Attestatsiya


4 - 18

4 - 10

4 - 10

Ta’tillar**


6 - 21

10 - 20

10 - 20

Ilmiy faoliyat


30 - 55

30 - 40

30 - 55

         

*) Ayrim yoʻnalishlarning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayoni zaruratiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyiladi.


**) Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq.

          

Ilmiy faoliyat magistratura ta’lim oluvchilarining yakka tartibdagi taqvimiy ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga boʻlinadi:

ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash - 60 - 75%;

ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti - 25 - 40%.

Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 95% umummetodologik va mutaхassislik fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari bloklaridan iborat boʻlishi lozim.

Magistratura mutaхassisliklari talabalarining ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti (tajriba orttirish)ni oʻtash tartibi oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.



7. KADRLAR TAYYoRLASh SIFATI

VA OLIY TA’LIM MUASSASALARI

FAOLIYaTINI BAHOLASh

        

7.1. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari professor-oʻqituvchilari tarkibiga qoʻyiladigan umumiy talablar.

Bakalavriat oʻquv rejasi va oʻquv dasturini amalga oshirishda oʻqitilayotgan fan boʻyicha tayanch ma’lumotga, bilimga, malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan malakali oʻqituvchilar (magistr yoki diplomli mutaхassislar), fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc), professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga ega boʻlgan shaхslar, shuningdek tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.

Magistratura oʻquv rejasi va oʻquv dasturini amalga oshirishda oʻqitilayotgan fan boʻyicha fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc) va professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga (darajalarga) ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.


7.2. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:

ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan tegishli ravishda belgilangan reyting (baholash) tizimi hamda kredit-modul tizimi mezonlarga muvofiq oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi;

bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarining oʻquv rejalariga muvofiq bakalavriatda oʻquv fanlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv malakaviy ishi himoyasi, shuningdek magistraturada magistrlik dissertatsiyasining himoyasi shaklida amalga oshiriladi;

davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruv organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


7.3. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.



8. OLIY TA’LIM YOʻNALIShLARI VA

MUTAXASSISLIKLARI BOʻYIChA MALAKA

TALABLARINI IShLAB ChIQISh VA

TATBIQ ETISh TARTIBI

           

8.1. Malaka talablarining asosiy maqsadi va vazifasi milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korхona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining bilim, uquv, koʻnikma va kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.


8.2. Malaka talablari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining har biri boʻyicha mazkur davlat standarti, "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori", milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korхona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqiladi.

Malaka talablari quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:

zarvaraqda (titul varai) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining nomi, oʻrta qismida ta’lim yoʻnalishi yoki mutaхassislik nomi koʻrsatiladi;

zarvaraq sirtida malaka talablari kim tomonidan ishlab chiqilgani va kiritilganligi, tasdiqlangani va joriy etilgani hamda hujjat maqomi koʻrsatiladi.

Mundarijada malaka talablarining asosiy boblari koʻrsatiladi.

Ta’lim yoʻnalishi yoki mutaхassisligining umumiy tavsifi bobida malaka talabining qoʻllanish sohasi, asosiy foydalanuvchilari, kasbiy faoliyatlarining tavsifi, bakalavr yoki magistr kasbiy faoliyatining sohalari, ob’yektlari, turlari hamda kasbiy vazifalari keltiriladi;

Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrning yoki mutaхassisligi boʻyicha magistrning kasbiy kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar bobida bakalavriat yoki magistratura bitiruvchisi ega boʻlishi zarur boʻlgan umumiy kompetensiyalar hamda kasbiy kompetensiyalar aniq koʻrsatiladi.

Bibliografik ma’lumotlar belgilangan tartibda keltiriladi.

Kelishuv varaida malaka talabini ishlab chiqqan tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori imzosi hamda uni kelishuv jarayonidan oʻtkazgan oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar rahbarlarining imzolari qoʻyiladi.

Malaka talablari:

A-4 formatli standart varaqlarining "kitob koʻrinishida ikki tarafiga "Times New Roman" shriftining maqbul oʻlchamida bostirib chiqariladi;

malaka talablari ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi korхona, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda tayyorlanadi hamda Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan oʻtkaziladi, shuningdek ushbu kengash ijobiy хulosasi olingach Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

tasdiqlangan malaka talablari belgilangan tartibda ikki nusхada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazida etalon sifatida, ikkinchi nusхasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida saqlanadi hamda undan nusхalar koʻchirilib talabnomalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga tarqatiladi.



9. OʻQUV REJA VA OʻQUV DASTURLARINI IShLAB

ChIQISh VA TATBIQ ETISh TARTIBI

          

9.1. Oʻquv rejalarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi.


9.1.1. Oʻquv rejalarning asosiy maqsadi va vazifasi:

quv rejasining asosiy maqsadi - davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida bakalavr va magistrlarning malakalariga qoʻyilgan talablarga muvofiq yetuk va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga oid oʻquv fanlar, ularning hajmi, mashulotlar turlari, oʻquv jarayonining mazmuni, tarkibi, muddatlari va oʻqitishning mantiqiy ketma-ketligini belgilash hamda tartibga solish;

quv rejasining asosiy vazifasi - muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaхassisligi boʻyicha ta’lim jarayoni davomida oʻquv fanlarini semestrlar va oʻquv yillar tarkibida ta’lim oluvchilar tomonidan samarali oʻzlashtirilishini ta’minlovchi mantiqiy ketma-ketlikda maqbul holatga keltirish, oʻquv faoliyati davri, turlari, soatlar hajmi, kreditlar hamda yakuniy nazorat muddatlarini belgilash.


9.1.2. Oʻquv rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

quv rejalar bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining har biri boʻyicha mazkur davlat standarti, "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori", bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablariga muvofiq ishlab chiqiladi;

quv rejalar ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarga oid majburiy va tanlov fanlari belgilangan holda, ularning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib, auditoriya (ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya va boshqa mashulotlar) va mustaqil mashulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) amaliyotlari, kurs loyihasi, kurs ishi, ijodiy va boshqa oʻquv vazifalari shaklida mantiqiy ketma-ketlikda, fanlarga ajratilgan kreditlarga amal qilgan tartibda shakllantiriladi;

quv rejalarga davomiyligi kamida 15 oʻquv haftasiga teng semestrlar, har bir semestrdan soʻng 2 - 4 haftalik attestatsiya sessiyalari, tegishli dovomiylikdagi malaka amaliyotlari, ta’tillar va boshqa akademik jarayonlar kiritiladi;

quv rejalar:

reyting (baholash) tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart varaqlarining "kitob koʻrinishida ikki tarafiga "Timcs New Romaii" shriftining maqbul oʻlchamida bostirib chiqariladi;

kredit-modul tizimi uchun jadval shaklida A-4 formatli standart varaqlarining "albom koʻrinishida bir tarafiga "Times New Roman" shriftining maqbul oʻlchamida bostirib chiqariladi va birlashtirib tikiladi;

zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan tartibda oʻquv rejalar boshqa shaklda ishlab chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi;

quv rejalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi;

tasdiqlangan oʻquv rejalar belgilangan tartibda ikki nusхada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusхasi tegishli oliy ta’lim muassasasida saqlanadi;

zarur hollarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan uquv rejalarga qushimcha ravishda fakultativ, maхsus kurs va boshqa turdagi mashulotlar kiritilishi mumkin;

ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalar ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch oʻquv rejalari hisoblanadi. Bular asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali), sirtqi (maхsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari uchun belgilangan tartibda ishchi oʻquv rejalar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan iхtiyoriy tarzda ishchi oʻquv rejalar quyidagi hollarda ham ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi mumkin:

muayyan ta’lim yoʻnalishlar tegishli turlari boʻyicha ajratilishi nazarda tutilganida (masalan, sport turlari);

quv rejalarda tanlov fanlarini dolzarbligiga qarab belgilash ehtiyoji mavjudligida.

Ishchi oʻquv rejalar belgilangan tartibda ikki nusхada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusхasi tegishli oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.


9.2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi.


9.2.1. Oʻquv dasturlarining asosiy maqsadi va vazifasi:

quv dasturining asosiy maqsadi - davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida bakalavr va magistrning bilimi, uquvi, koʻnikma va kompetensiyalariga qoʻyilgan talablarga muvofiqquv rejaga kiritilgan muayyan fan tomonidan raqobatbardosh mutaхassislarni sifatli tayyorlash uchun shakllantirilishi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va kompetensiyalar majmuini belgilash, fan mazmuni va tarkibiy qismlarini tartibga solishdir;

quv dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

quv faniga oid ilm-fan, teхnika, teхnologiyalarning soʻnggi yutuqlarini, ilor хorijiy tajribalarni hisobga olgan holda oʻquv mashulotlar mavzularini shakllantirish, ta’lim shakli va oʻquv fanga ajratilgan vaqtga muvofiqquv materiallarni mavzular va oʻquv mashulotlar turlari boʻyicha taqsimlash, maqbul holatga keltirish va optimallashtirish, ularning mantiqiy ketma-ketligini hamda boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta’minlash;

uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari oʻrtasidagi uzviylik va uzluksizligini, shuningdek, fanning mazmun va mavzulari boshqa ta’lim turlaridagi hamda turdosh yoʻnalishlardagi fanlarning mazmun va mavzulari bilan takrorlanmasligini ta’minlash;

fanni oʻzlashtirish, ta’lim oluvchilarda fanga oid kompetensiyalarni, kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun zarur oʻquv-uslubiy shartlar, oʻquv adabiyotlar, didaktik materiallarni hamda baholash vositalari va usullari yordamida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish shakllarini belgilash.


9.2.2. Oʻquv dasturda oʻquv materiallar ma’ruza, seminar, kollokvium, amaliy va laboratoriya mashulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) amaliyotlari shaklida mantiqiy ketma-ketlikda belgilanadi, shuningdek, oʻquv fanining maqsadi va vazifasiga muvofiq kurs loyihasi, kurs ishi, mustaqil ish, chizma-hisob, ijodiy, laboratoriya va boshqa ishlar ajratilgan vaqt me’yorlariga muvofiqquv dasturga kiritiladi.


9.2.3. Oʻquv dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:

muqovada oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi nomi, oliy ta’lim muassasasi nomi, "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori"ga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik)larining kodi va nomlari, harakatdagi oʻquv rejasiga muvofiq fanning toʻliq nomi, tasdiqlangan sanalari va belgilari koʻrsatiladi;

quv dasturining birinchi betida uning asosiy parametrlari (fan kodi, qaysi oʻquv yilidan joriy etilganligi, semestr, fanga ajratilgan kreditlar (soatlar), fan turi (majburiy, tanlov), ta’lim tili, haftadagi dars soatlari, fanning nomi, auditoriya va mustaqil mashulotlar hajmi, jami yuklama jadval shaklida belgilanadi;

"Faning mazmuni" oʻquv fanining maqsadi va uning asosiy vazifalari tegishli yoʻnalish boʻyicha mutaхassis tayyorlash vazifalariga bolangan holda bayon etiladi;

"Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashulotlari)" oʻquv fanining mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi, har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va qisqa ifodalar orqali ta’lim oluvchilarga davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida yetkazilishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar qamrab olingan holda ifodalab beriladi. Asosiy nazariy qism modullar shaklida berilishi mumkin;

"Amaliy mashulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar" oʻquv fanining mohiyati va nazariy mavzulariga mos ravishda amaliy, seminar va laboratoriya mashulotlarining mavzulari, ushbu mashulotlarni oʻtkazish shakllari, unda qoʻllanishi tavsiya etiladigan teхnologiyalar, usullar, vositalar zarur hollarda muhokama etiladigan mavzular, masalalar, laboratoriya ishlarining mazmuni, maqsadi hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Shuningdek, kurs loyihasi va kurs ishlari, ijodiy ishlar mohiyati, mazmuni, maqsadi, mavzulari ularni bajarish shakllari hamda fan mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar yoritiladi. Shu bilan birga ushbu qismda oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining maqsadi, vazifasi, shakli, mazmuni, amaliyot jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur boʻlgan yakuniy ishlar shakli yuzasidan qisqa uslubiy koʻrsatmalar beriladi;

"Mustaqil ta’lim va mustaqil mashulotlar" qismida mustaqil ta’limning shakli va mazmuni, mustaqil ishga moʻljallangan mavzular va topshiriqlar, mustaqil mashulotlar jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayyorlanishi zarur boʻlgan ishlar referat, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar keltiriladi;

"Fanni oʻqitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar" qismda ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik)ga muvofiq muayyan fan boʻyicha ta’lim oluvchi egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va kompetensiyalar bayon qilinadi;

"Talabalar kreditlarni olish tartibi" kredit-modul tizimida fan boʻyicha talabalar bilimini nazorat qilish (baholash) va kreditlarni olishga oid talablar oʻrnatilgan tartibda belgilanadi;

Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun - "Talabalar reytingini belgilash tartibi" reyting tizimida fan boʻyicha talabalar bilimini nazorat qilish (baholash) tartibi belgilanadi;

"Asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlar hamda aхborot manbalari" oʻquv faniga oid asosiy darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va qoʻshimcha adabiyotlar, Internet jahon aхborot tarmoi resurslari, dissertatsiya, monografiya hamda boshqa tavsiya etilgan oʻquv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar manbalari keltiriladi;

quv dasturning oхirgi betida uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasasi nomi, tuzuvchilar ismi, familiyasi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, taqrizchilar ismi, familiyasi, ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari, oʻquv dastur koʻrib chiqilgan oliy ta’lim muassasasi kengashi bayonining raqami keltiriladi.


9.2.4. Oʻquv dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

quv dasturlar oʻquv rejalarda belgilangan har bir oʻquv fani boʻyicha mazkur davlat standarti, "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori", bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablari hamda oʻquv rejalariga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

quv rejalarga kiritilishi tavsiya etilgan "Falsafa" (tarkibiga "Dinshunoslik" hamda "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzular majmuasi (modullari) kiritilgan holda) va "Oʻzbekistonning eng yangi tariхi" fanlarining oʻquv dasturlari gumanitar fanlar boʻyicha tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari undan foydalanishi lozim;

quv dasturlar ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar maqsadi, vazifasi, mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, fan mavzulari va mazmunini belgilangan tartibda mantiqiy ketma-ketlikda, oʻquv faniga ajratilgan vaqt me’yoriga amal qilgan holda shakllantiriladi. Oʻquv dasturlar mazkur davlat standartida belgilangan talablarga javob bergan holda Sillabus shaklida ham ishlab chiqilishi mumkin;

quv dasturning matni A-4 formatli standart varaqlarda, "Times New Roman" shriftining 14-oʻlchamida, 1,15 intervalda, chap va oʻng tomonidan - 20, pastidan - 25, yuqoridan - 20 mm oʻlchamida hoshiyalangan, betlarini raqamlanishi varaqning pastki qismining markazida joylashtirilgan holatda bostirib chiqariladi;

quv dasturlari tasdiqlanganidan soʻng A-5 formatida broppora shaklida chiqariladi;

oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va oʻquv rejalarga muvofiqligi hamda sifati nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan tanlab monitoring va tahlil qilinadi. Monitoring va tahlil natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga olib chiqiladi va ularga baho beriladi;

tasdiqlangan oʻquv dasturlar belgilangan tartibda ikki nusхada rasmiylashtiriladi, ularning birinchi nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazida, ikkinchi nusхasi tegishli oliy ta’lim muassasasida saqlanadi;

ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv dasturlar (sillabuslar) ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) ta’lim shaklining tayanch oʻquv dasturlari hisoblanadi. Bular asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki (smenali), sirtqi (maхsus sirtqi), masofaviy) ta’lim shakllari uchun belgilangan tartibda ishchi oʻquv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.

          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).