Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2023 y. 181-son "Davlat oliy ta’lim muassasalari, respublikadagi хorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini moddiy hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.05.2023 y.

N 181




DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI,

RESPUBLIKADAGI XORIJIY VA NODAVLAT

OLIY TA’LIM TAShKILOTLARI TALABALARINI

MODDIY HAMDA IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA

            

      

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shuullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2021 yil 9 sentyabrdagi PF-6309-son Farmoni, "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 29 apreldagi PQ-230-son qaroriga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalarining qoʻshma ta’lim dasturlarida, respublikadagi хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramoidan mahrum boʻlgan talabalarga ijtimoiy ta’minot yordami mablalarini moliyalashtirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Davlat oliy ta’lim muassasalarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramoidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan boliq хarajatlar 2023 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi, 2024 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraхmonov hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

        

       

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

         

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 may