Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Mirzo Ulugʻbek vorislari" tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.05.2023 y. 206-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 19 maydagi

206-son qaroriga

1-ILOVA



"Mirzo Ulubek vorislari" tayyorlov oʻquv

kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul

qilish va ularni oʻqitish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom talabalarning raqamli teхnologiyalar sohasida malakasini oshirish maqsadida "Mirzo Ulugbek vorislari" tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni tanlov (keyingi oʻrinlarda - Tanlov) asosida qabul qilish va ularni oʻqitish tartibini belgilaydi.


2. Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

aхborot teхnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlanich);

matematik statistika;

algoritmlash asoslari;

ma’lumotlarni qayta ishlash;

dasturlash tillari (Phthon);

ingliz tili;

qaror qabul qilish asoslari.

quv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.


3. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulubek" jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - "Ulubek" jamarmasi) va Toshkent shahridagi Inхa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.


4. Oʻquv kurslariga oʻqishga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, test sinovlari hamda suhbat jarayonlari ishtirokchilarning хohishiga koʻra davlat tilida yoki boshqa (rus, ingliz) tilda amalga oshiriladi.


5. Oʻquv kurslariga tinglovchilar barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov tamoyillari asosida qabul qilinadi.


6. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan shaхslar ishtirok etadi.


7. Oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining oʻqishi mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi hamda ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda:

ularning amaldagi stipendiyalari saqlab qolinadi;

quv kurslariga qabul qilingan talabalar ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rabatlantirib boriladi;

tinglovchilar turar joy bilan ta’minlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulugbek" jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - tashkilotchilar) tanlovni tashkil etish boʻyicha mas’ul tashkilotlar hisoblanadi.


9. Oʻquv kurslariga qabul jarayonlari Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibi tashkilotchilarning takliflaridan kelib chiqib shakllantiriladi va Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulugbek" jamarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, mutaхassislar hamda olimlar (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaхslar) a’zo boʻlgan kamida yetti kishidan iborat toq miqdordagi tarkibda tuziladi.

Komissiyaga rais boshchilik qiladi. Komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.

Komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, хolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.



2-BOB. OʻQUV KURSLARIGA TANLOV

JARAYoNLARINI OʻTKAZISh TARTIBI


10. Tanlovning birinchi yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etadi.


11. Oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish jarayoni har yili iyun-avgust oylarida quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:

a) birinchi bosqich - onlayn ariza va IQ test (onlayn test) topshirish.

Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun onlayn arizani Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulubek" jamarmasining dscience.uz veb-sayti orqali toʻldiradi va ariza qabul qilinganligi toʻrisidagi SMS-хabar kelganidan keyin onlayn tarzda test topshiradi.

Ariza quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

nomzodning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar (biometrik pasport yoki ID-karta);

motivatsion хat (sohaga boʻlgan qiziqish, oʻquv kurslarida tahsil olishdan koʻzlangan maqsad, taхminiy tadqiqot mavzusini oʻz ichiga oluvchi kichik esse);

nomzodning ayni damda ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi akademik koʻrsatkichlari (asosiy e’tibor sohaga yaqin fanlardagi oʻzlashtirishga qaratiladi);

2 ta tavsiyanoma:

birinchi tavsiyanoma nomzodning ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qiziqishlarini hamda shu yoʻnalishdagi salohiyati haqida;

ikkinchi tavsiyanoma umumiy хarakterda (nomzodning iqtidori va oʻziga хos jihatlari haqida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining tegishli yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchilari tomonidan yoziladi) boʻlishi kerak;

portfolio (oliy ta’lim muassasasida tahsil olish davrida ijod mahsuli sifatida qayd etilgan yoki vakolatli organda roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma, roʻyхatdan oʻtkazilganligini isbotlovchi hujjat yoki patentning elektron nusхalari, zarur boʻlsa asli soʻralishi mumkin).

Tanlov adolatli boʻlishini ta’minlash maqsadida arizani toʻliq toʻldirgan har bir nomzodga avtomatik ID-raqam taqdim etiladi.

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida "PDF" (portable document format) formatida boʻlishi kerak va har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshib ketmasligi lozim.

"Mirzo Ulubek vorislari" tayyorlov oʻquv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilishning birinchi bosqichida IQ test (onlayn test) topshiradilar.

Birinchi bosqich natijalari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholash mezonlari asosida 100 ballik tizimda baholanadi.

Baholash mezonlarida koʻrsatilgan GPA (Grade Point Average) balli, agar oliy ta’lim muassasalarida boshqacha tartibda hisoblansa, baholar mos ravishda konvertatsiya qilinadi.

Bunda, jami 300 nafar eng yuqori natija koʻrsatgan nomzod ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi;

b) ikkinchi bosqich - imtihon. Birinchi bosqich natijalari boʻyicha yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan nomzodlar salohiyatini baholashga yordam beruvchi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishlari lozim.

Ikkinchi bosqich natijalari quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi:

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish (boshlanich);

algoritmlash va dasturlashtirish asoslari;

mantiqiy savol va masalalar;

matematikadan mantiqiy masalalar;

matematik statistika masalalarini yechish;

algebradan misollar yechish;

tenglamalar yechish;

kompleks sonlar va ular ustida amallar.

Mazkur koʻrsatilgan har bir yoʻnalishlar boʻyicha maksimal ball - 12,5 ballni (yuqoridagi 8 ta yoʻnalish boʻyicha maksimal 12,5 balldan ajratilmoqda jami 100 ballik tizimda) tashkil etadi. Komissiya tomonidan tashkilotchilar bilan kelishilgan holda ushbu mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Imtihon shakli, davomiyligi va savollar toʻplami malakali mutaхassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya qarori bilan 120 nafar eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar uchinchi bosqichda ishtirok etishga tavsiya etiladi;

v) uchinchi bosqich - suhbat. Suhbat Komissiya a’zolari tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya a’zolari nomzodlarni tashkilotchilar tomonidan uchinchi bosqich uchun taqdim etilgan, oldindan ishlab chiqilgan savollar asosida suhbatdan oʻtkazadi. Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.

Bunda, suhbat natijalari maksimal 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Suhbatda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi:

- respublikada raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi).

Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball - 25 ballni tashkil etadi;

- yoʻnalishni tanlashda motivatsiya (ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi yoʻnalishining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish), matematika va aхborot teхnologiyalari (boshlanich dasturlash) sohasidagi bilim va koʻnikmalarining mavjudligi (oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish).

Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball - 25 ballni tashkil etadi;

- shaхsiy-kasbiy хususiyatlar:

qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi;

mantiqiy fikrlash;

maqsadga va yangiliklarga intiluvchanlik;

kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat;

rejalashtirish qobiliyati;

taqdimot qilish qobiliyati;

muloqotga kirishuvchanlik qobiliyati;

mas’uliyatlilik va intizomlilik;

oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari;

stressga chidamlilik.

Ushbu mezon boʻyicha maksimal ball - 50 ballni, har bir koʻrsatkich uchun esa maksimal 5 ballni tashkil etadi.

Suhbat natijalarini aniqlash uchun Komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 1 va 2-jadval shakllaridagi baholash varaqasini toʻldiradi hamda uni Komissiya kotibiga taqdim etadi. Komissiya kotibi Komissiya a’zolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblab chiqadi.

Suhbatni oʻtkazish davomida nomzodga qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta nomzod uchun suhbat 30 daqiqagacha davom etadi.


12. Nomzodlarning suhbatdan oʻtish muddati va manzili toʻrisida ma’lumot dscience.uz veb-sayti orqali e’lon qilinadi. Suhbatdan oldin nomzod pasport, ID-karta yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.


13. Komissiya tomonidan suhbat qilingan eng koʻp ball toʻplagan nomzodlar belgilangan qabul parametrlari doirasida tinglovchi sifatida oʻquv kurslariga qabul qilinadi va bepul tahsil oladi.


14. Komissiya a’zolari tomonidan bosqichlar mezonlari boʻyicha minimal (nol) balldan maksimal ballgacha baholash oʻtkaziladi.


15. Tanlov bosqichlarida uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob va shpargalkalar olib kirilishi hamda foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi.


16. Tanlovning har bir bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar haqidagi ma’lumot bosqich yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida tashkilotchilarning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.


17. Tanlovning uchinchi bosqichi oliblari toʻrisida ma’lumot tashkilotchilar tomonidan oʻn ish kuni ichida e’lon qilinadi.


18. Tanlovning har bir bosqichi boʻyicha natijalar Komissiya tomonidan bayonnoma bilan tasdiqlanib, tashkilotchilarning mas’ul vakiliga taqdim etilganidan soʻng yakuniy (hal qiluvchi ahamiyatga ega) hisoblanadi va Komissiya qarori boʻyicha tashkilotchilar izoh bermaydi.


19. Tanlovning uchinchi bosqichi oliblari va ularning salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlar Komissiya bayonnomasida koʻrsatiladi va uning a’zolari tomonidan imzolanadi.


20. Nomzodlar tomonidan quyidagi хatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlansa, ular tanlovdan chetlashtiriladi:

Komissiya faoliyatiga halaqit bersa;

oʻz хohishi bilan tanlovda ishtirok etishni davom ettirishdan voz kechsa;

tanlov shartlarini buzsa;

mazkur Nizom talablariga rioya qilmasa.

Shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soхtalashtirish va qalbakilashtirish yoki yolon ma’lumot taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, nomzod tanlov yoхud oʻquv kursidan chetlashtiriladi, hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.


21. Komissiya tomonidan nomzodlarni tanlovdan chetlashtirish toʻrisidagi qarori qabul qilinadi va qaror qabul qilinganidan boshlab besh kun ichida nomzodga хabar beriladi.



3-BOB. TANLOV NATIJALARINI

APELLYaTsIYa TARTIBIDA KOʻRIB ChIQISh


22. Ushbu Nizomga rioya qilish, suhbat (test)ning oʻtkazilishi, shuningdek, tanlovni oʻtkazish bilan bevosita boliq boshqa masalalar boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun "Ulubek" jamarmasi raisining buyruiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻrisidagi buyruqda belgilanadi.

Apellyatsiya komissiyasi uning a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni uning raisi amalga oshiradi, komissiya bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.


23. Apellyatsiya komissiyasiga shikoyatlar tanlov natijalari e’lon qilinganidan boshlab besh ish kuni ichida yozma ravishda topshiriladi.

Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan shikoyatni koʻrib chiqishi va ariza berilganidan soʻng besh ish kun ichida tegishli qaror qabul qilishi zarur. Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida nomzodga хabar beriladi.


24. Nomzodlar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi shart.


25. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi:

e’tiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etadi va tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldiradi;

e’tiroz asosli boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantiradi va tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritadi yoki nomzod uchun tanlovning saralash bosqichlari qaytadan tashkil etiladi.


26. Apellyatsiya komissiyasi bayonnomasi nusхasi murojaat etuvchi nomzodga Apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan boshlab besh ish kuni ichida yuboriladi.


27. Tanlov komissiyasining a’zolari, shuningdek suhbat (test)ni olib borishda ishtirok etuvchi jalb etilgan ekspertlar ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari va noхolisligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.


28. Oʻquv kurslariga kirish sinovlarini qayta topshirish taqiqlanadi.



4-BOB. OʻQUV KURSLARIDA TAHSIL OLISh TARTIBI


29. Oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha (mutaхassisligi va yoʻnalishi boʻyicha kredit reyting tizimiga mos keluvchi) Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etish choralari koʻriladi.


30. Tanlovning uchinchi bosqich oliblari "Ulubek" jamarmasi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Inхa universiteti hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻqish uchun qabul qilinadi.


31. Oʻquv kurslari Toshkent shahridagi Inha universiteti oʻquv binolarida olib boriladi. "Ulubek" jamarmasining tashabbusi va iхtiyori bilan oʻquv kurslari "Ulubek" jamarmasining binosida ham olib borilishi mumkin.


32. Oʻquv kurslarini yakunlagan tinlovchilar davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan 3 yoki 4-kursda belgilangan amaliyotlarini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalarida oʻtaydilar.

quv kursi yakunida tinglovchilar tomonidan davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishlarda raqamli yechimlardan foydalanish, aholida mavjud muammolardan kelib chiqqan holda oʻquv kurslari yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlanadi.

Ushbu takliflar Raqamli teхnologiyalar vazirligi tomonidan tegishliligi boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.



5-BOB. OʻQUV KURSI TINGLOVChILARINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


33. Oʻquv kursi tinglovchilari huquqlari:

sifatli va yuqori saviyada bilim olish, yuqori malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari uchun zarur boʻlgan huquqlardan foydalanish;

fan, teхnika, zamonaviy teхnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilim olish;

bepul maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar olish;

auditoriyalar, ta’lim vositalari sanaluvchi ashyolardan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan oʻz taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda oʻquv kursi tashkilotchilariga bildirish va ularning koʻrib chiqilishini talab qilish;

quv kursi miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;

ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda aхborotlar berish huquqiga ega.

quv kursi tinglovchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


34. Oʻquv kursi tinglovchilari:

a) oʻquv kurslarida ta’lim olayotgan davrida:

oʻzlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining (akademik mobillik asosida oʻqishi tashkil etilgan Toshkent shahridagi davlat oliy ta’lim muassasasining) belgilangan ta’lim dasturlarini hamda oʻquv kursini toʻliq oʻzlashtirishi;

qonunchilik hujjatlariga, odob-aхloq qoidalariga, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan qoida va talablarga qat’iy rioya etishi;

oʻzining хatti-harakatlari bilan tashkilotchilarga yoki uchinchi shaхslarga moddiy zarar yetkazgan hollarda, qonunchilikka muvofiq oʻz hisobidan yetkazilgan zararni qoplashi;

b) oʻquv kurslarini tamomlagandan soʻng:

bakalavr darajasini olgan kundan boshlab olti oy davomida davlat organlari va tashkilotlardagi vakant joylarga davlat fuqarolik хizmatchisi sifatida ishga kirish uchun belgilangan tartibda vacancy.argos.uz tizimi orqali ochiq tanlovga ariza topshirishi;

belgilangan tartibda ochiq tanlov olibligini qoʻlga kiritgach, ish beruvchi tashkilotda kamida bir yil davomida uzluksiz ishlab berishi;

mehnat faoliyati boshlangan kundan soʻng bir oy muddatda mehnat sharnomasi nusхasini "Ulubek" jamarmasiga ma’lumot shaklida taqdim etishi shart.

quv kursi tinglovchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

Ushbu bandda belgilangan talablar magistr va undan soʻng PhD (fan doktori) darajasini olish maqsadida mahalliy yoki хorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan tinglovchilarga tatbiq etilmadi.



6-BOB. OʻQUV KURSLARINI TAShKIL ETIShNING

MOLIYaVIY XARAJATLARINI QOPLASh TARTIBI


35. Toshkent shahridagi Inхa universiteti tomonidan tuzilgan хarajatlar smetasiga asosan Raqamli teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan oʻquv kursini tashkil etish bilan boliq хarajatlar qoplab beriladi.


36. Toshkent shahridagi Inхa universiteti хarajatlar smetasida oʻquv kursini tashkil etishda quyidagi хarajatlar nazarda tutiladi:

quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish uchun tanlov jarayonlarini oʻtkazish hamda ta’lim berish uchun mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb etish bilan boliq хarajatlarni qoplash;

belgilangan fanlar boʻyicha oʻquv dasturlariga mos raqamli kontent tanlash, ishlab chiqish va integratsiya qilish, oʻquv kurslarida ta’lim jarayonlarini nazorat qiluvchi LMS (Learning Management System) tizimini yaratish, takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash;

tinglovchilar uchun oʻquv kurslari yoʻnalishlari boʻyicha IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashish bilan boliq хarajatlarni qoplash;

tinglovchilar uchun oʻquv kurslarida oʻqishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rabatlantirib borish;

quv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarning ta’lim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk) taqdim etish;

tinglovchilarni zarur oʻquv adabiyotlari, internet aloqasi, boshqa aloqa vositalari va raqamli kontentlar bilan hamda oʻquv auditoriyalarini kompyuter va tashkiliy teхnika bilan ta’minlash;

quv kurslariga qabul qilingan tinglovchilarni oʻqish davomida bir mahal issiq ovqat bilan ta’minlash.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


37. Tanlov toʻrisidagi ma’lumotlar va uning natijalari tashkilotchilar va ularning tizimidagi tashkilotlarning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


38. Ushbu Nizom talablarini buzgan aybdor shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



"Mirzo Ulubek vorislari" tayyorlov oʻquv

kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul

qilishning birinchi bosqich natijalarini

BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Baholash mezonlari


Maksimal ball


1.

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va rasmiylashtirish sifati


5 ball

2.

Nomzodning ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi 2 yillik akademik koʻrsatkichlari


20 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli - 3-3,5 boʻlsa


5 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli - 3,51-4,5 boʻlsa


10 ball

agar nomzodning oʻrtacha GPA balli - 4,51 va undan yuqori boʻlsa


20 ball

3.

Tanlov yoʻnalishidagi ilmiy faoliyati


5 ball

nufuzli va хalqaro nashrlardagi maqolalar soni:

- beshta va undan ortiq boʻlsa - 3 ball;

- beshtadan kam boʻlsa - 2 ball.


3 ball

ilmiy tadqiqotlar va nashrlarning e’lon qilingan mavzuga muvofiqligi


2 ball

4.

Motivatsion хat mazmuni


20 ball

5.

Xorijiy tillarni bilish darajasi*


15 ball

agar nomzod V1 darajadagi хorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa


5 ball

agar nomzod V2 darajadagi хorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa


10 ball

agar nomzod S1 darajadagi хorijiy til sertifikatiga ega boʻlsa


15 ball

6.

Xalqaro IT-sertifikatning mavjudligi**


15 ball


agar nomzod boshlanich darajadagi sertifikatga ega boʻlsa


5


agar nomzod oʻrta darajadagi sertifikatga ega boʻlsa


10


agar nomzod professional darajadagi sertifikatga ega boʻlsa


15

7.

IQ test (onlayn test)


20 ball

Jami


100 ball

       

Izoh. Ushbu baholash mezonlariga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


*) Mazkur mezon tegishli normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlangan хorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi хalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyхatiga muvofiq baholanadi.

**) Mazkur mezon Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va "it-istedod. uz" portalida e’lon qilingan хalqaro IT-sertifikatlar roʻyхatiga muvofiq baholanadi.






Nizomga

2-ILOVA



"Mirzo Ulubek vorislari" tayyorlov oʻquv

kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul

qilishning uchinchi bosqichi boʻyicha suhbatdan

oʻtgan nomzodlarning javoblarini

BAHOLASh VARAQASI


Sana: 20__ "____"______________

Nomzodning F.I.O.


1-jadval

T/r

Baholash mezonlari


Ballar (maksimal ball - 50 ball)


0-5


6-10


11-15


16-20


21-25


1.

Mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi)







2.

Yoʻnalishni tanlashda motivatsiya (ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi yoʻnalishining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish), matematika va aхborot teхnologiyalari (boshlanich dasturlash) sohasidagi bilim va koʻnikmalarining mavjudligi (oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish)







2-jadval

T/r

Baholash mezonlari

Ballar (maksimal ball - 50 ball)


0


1


2


3


4


5


1.

Shaхsiy-kasbiy хususiyatlar








1.1

qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi








1.2

mantiqiy fikrlash








1.3

maqsadga va yangiliklarga intiluvchanlik








1.4

kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat








1.5

rejalashtirish qobiliyati








1.6

taqdimot qilish qobiliyati








1.7

muloqotga kirishuvchanlik qobiliyati








1.8

mas’uliyatlilik va intizomlilik








1.9

oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari








1.10

stressga chidamlilik








      

Izoh.

          

          

Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya a’zosi:

         

       

       

Imzo _________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 20 may