Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot va moliya vazirining 20.05.2023 y. 14-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.05.2023 y. 3435-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.05.2023 y.

N 3435




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING

20.05.2023 y.

N 14


BUYRUI



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlarni

qayta koʻrib chiqish toʻrisida

        

          

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 75-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2021 yil 19 noyabrdagi 2021-49-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 3339, 2021 yil 1 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 10/21/3339/1121-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq 2023 yil 1 iyundan kuchga kiradi.

        

     

Iqtisodiyot va moliya vaziri                                             Sh.D. Kudbiyev

     

     




Buyruqqa

ILOVA



Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlar

         

Sotilayotgan tovarning nomi

   

Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam chakana narх

     

Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida

     

14 400

16 400

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida

        

57 400

66 000

Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida

    

37 000

43 000

       

*) Pivodan tashqari.

         

   

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 30 may