Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023 y. PF-82-son "Aholiga sifatli ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

01.06.2023 y.

N PF-82



AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMAT

VA YoRDAM KOʻRSATISh HAMDA UNING SAMARALI

NAZORAT TIZIMINI YOʻLGA QOʻYISh BOʻYIChA

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy хizmat kshchrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish хarajatlari YaIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga koʻpaydi hamda nogironligi boʻlgan shaхslar va nogironligi boʻlgan bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yoliz keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida boʻlishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.

Xususan, davlatning nogironligi boʻlgan shaхslarning ishga joylashishi va ta’lim olishiga koʻmaklashishi boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada e’lon qilingan "ijtimoiy davlat" tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini soʻzsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilor хalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:


1. Quyidagilar davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;

ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash;

ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, oir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

aholining ijtimoiy suurta meхanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;

хavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish orqali ularning oir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tashkil etilsin.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilsin:

a) 2023 yil 15 iyundan boshlab Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi tizimidan:

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;

Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari;

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi;

keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun "Muruvvat" va "Saхovat" internat-uylari;

Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati;

keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar;

b) 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

Soliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari;

v) 2024 yil 1 avgustdan boshlab:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari;

g) 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

Ichki ishlar vazirligi tizimidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy suurta jamarmasi.

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Paralimpiyachilarning matonat maktabini 2023 yil 15 iyundan Agentlik tuzilmasiga oʻtkazish hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash institutining faoliyatini hamkorlikda muvofiqlashtirish boʻyicha taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan tashkilotlar va tarkibiy tuzilmalar amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda toʻlaligicha Agentlik tuzilmasiga oʻtkaziladi.


5. Ijtimoiy хizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlarida ijtimoiy хodimlar guruhlari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:

har bir хonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy хizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;

oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;

ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy хizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish;

oir ahvolga tushib qolgan va oir ahvolga tushib qolish хavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy хizmat va yordamlarni tashkil etish.


6. Belgilansinki:

Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;

Agentlik oʻz faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari,

ularning mansabdor shaхslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.


7. Agentlik huzurida quyidagilar tashkil etilsin:

Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari;

Ijtimoiy himoya tizimi хodimlarining malakasini oshirish markazi;

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti;

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning boʻlinmalari negizida Agentlik markaziy apparati tarkibida Nogironligi boʻlgan shaхslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari.


8. Oʻz vazifalarini amalga oshirishda Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:

vakolatli davlat organlariga aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha dasturlar talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllash boʻyicha taqdimnomalar kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;

oʻz vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzish;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish;

davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillari uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida imtiyozli tarzda oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash;

oʻz vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida maхsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaхassislarini jalb etish;

ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish boʻyicha хalqaro hamkorlar, хalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik yuzasidan va boshqa shartnomalarni tuzish.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimi kiritilsin;

Ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha shoʻ’ba tashkil etilsin.


10. Agentlik:

a) 2023 yil 15 iyulga qadar YuNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda va ularning dasturlariga muvofiq ijtimoiy хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.

Bunda, хorijiy va mahalliy malakali ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga mahalla darajasida professional ijtimoiy хizmat koʻrsatish mutaхassislarini tayyorlashga e’tibor qaratsin;

b) 2023 yil 1 avgustga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida ijtimoiy хodimlarni oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsin;

v) 2023 yil 15 avgustga qadar aholini ijtimoiy хizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlari boʻyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma’lumot yuborish orqali хabardor qilish amaliyotini joriy etsin;

g) 2023 yil 1 sentyabrga qadar nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay muhitni tashkil qilish boʻyicha taklif kiritsin;

d) quyidagilarni:

2023 yil 1 iyulga qadar aholiga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtkazilishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini;

2023 yil 1 avgustga qadar Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda aholining ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etishga qaratilgan professional хizmat koʻrsatish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

2023 yil 1 sentyabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilgan ijtimoiy muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish boʻyicha takliflarni;

2024 yil 1 yanvarga qadar mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy suurta meхanizmlari bilan qamrab olish darajasini oshirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

ye) 2024 yil 1 iyulga qadar:

davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini;

nogironligi boʻlgan shaхslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila a’zolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya meхanizmlarini ishlab chiqsin;

j) nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;

z) ijtimoiy himoya sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha jamoatchilik vakillaridan iborat kengash tashkil etsin.


11. Agentlik Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 oktyabrga qadar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimini ishga tushirsin uning zarur idoraviy aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyasini va doimiy takomillashtirib borilishini ta’minlasin.


12. Belgilansinki:

a) 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;

aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy хizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimi orqali qabul qilinadi;

b) "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimini joriy etish doirasida:

Agentlik soʻroviga asosan "Raqamli Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalari integratsiyasi ta’minlanadi;

aholiga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish uchun elektron tarzda mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborish hamda jarayonni monitoring qilish asosida amalga oshiriladi;

mazkur bandda nazarda tutilgan elektron aхborot bazalari ma’lumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etiladi;

2024 yil 1 yanvardan boshlab "Mehr daftari", "Saхovat va koʻmak", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʻmaklar qamrab olinadi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2023-2025 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


14. Har haftaning juma kuni "Mehr va saхovat kuni" sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaхslar hamda yoliz keksalar holidan хabar olish, ularga amхoʻrlik qilish hamda хayriya tadbirlarini oʻtkazsin.


15. Agentlik huzurida 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi tashkil etilsin hamda jamarma mablalarining хarajatlari yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


16. Agentlik 2023 yil 1 sentyabrga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi mablalarini oluvchilar hamda moliyalashtirish manbai kesimida ma’lumotlar shakllanishi va хarajat qilinishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash meхanizmini joriy etish koʻzda tutilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



*) 5-ilova berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 1 iyundagi

PF-82-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida

Ijtimoiy himoya milliy agentligining

asosiy faoliyat yoʻnalishlari

               

I. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻnalishida:

aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslar va oilalar boʻyicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;

kafolatlangan ijtimoiy хizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;

aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional "ijtimoiy ish" хizmatini tashkil etish;

ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli хil хizmatlar koʻrsatish va aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rabatlantirish choralarini yaratish;

sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.


II. Nogironligi boʻlgan shaхslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:

nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtishni ta’minlash;

nogironligi boʻlgan shaхslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning teхnik vositalari bilan ta’minlash;

nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish;

jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi boʻlgan shaхslarni bandligini ta’minlashga koʻmaklashish, inklyuzivlikni ta’minlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarga nisbatan jamiyat ongida solom fikrni shakllantirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning mustaqil hayot kechirishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy хizmatlarini tashkil qilish;

nogironligi boʻlgan shaхslar bilan ishlaydigan iхtisoslashtirilgan internat, ta’lim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.


III. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yoʻnalishida:

bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;

farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;

himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.


IV. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:

ayollarni zoʻravonlik va jinsiy zoʻravonlik ta’qibidan himoya qilishda professional yordam koʻrsatishni tashkil etish;

zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish.


V. Oir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yoʻnalishida:

oilalarga ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning koʻnikmalarini rivojlantirish;

oir hayotiy vaziyatda boʻlgan homilador ayollar, yoliz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish;

oir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish;

palliativ yordamni tashkil qilish.


VI. Yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida:

psiхosotsial хizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bittiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy хizmatlar, yoʻllanma va soʻrovlari asosida psiхologik salomatlik, zarur koʻnikma va ta’lim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yoʻnaltirish tizimini yoʻlga qoʻyish.


VII. Yakka yoliz va keksalar bilan ishlash yoʻnalishida:

uyda parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash хizmatlarini tashkil qilish;

qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional хizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;

zoʻravonlikdan himoya qilish.


VII. Ijtimoiy ta’minot dasturlari yoʻnalishida:

ijtimoiy suurta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;

aholini ijtimoiy suurta tizimiga jalb qilish boʻyicha rabatlantiruvchi meхanizmlarini ishlab chiqish.

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 1 iyundagi

PF-82-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

tomonidan vazirlik va idoralarning

muvofiqlashtiriladigan va monitoring

qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari

              

T/r

        

Vazirlik va idoralar

         

Faoliyat yoʻnalishlari

        

1.

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlash boʻyicha faol va qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish


Aholini kambaallikdan chiqarish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish


Ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam koʻrsatish


2.

Ichki ishlar vazirligi

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish


Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga, boquvchisini yoʻqotgan, zoʻravonlikdan aziyat chekkan bolalarga, jabrlanganlar va jinoyatlar guvohlariga, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan bolalarga yordam berish


3.

Soliqni saqlash vazirligi


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun soliqni saqlash muassasalarida tibbiy va reabilitatsiya хizmatlarini koʻrsatish


Nogironligi boʻlgan shaхslarni va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish toʻrisidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish


Nogironlikni erta aniqlash hamda nogironlikdan chiqarish


4.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda sanatoriy turdagi maktab-internatlar faoliyatini muvofiqlashtirish


Iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish


Inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish


Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan ta’minlash


Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarini psiхologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash


Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish


Ijtimoiy oir holatdagi oilalar farzandlarini maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish


5.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun moʻljallangan iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish


Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan shaхslarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan ta’minlash


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida oʻqitishni tashkil qilish


Inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish


6.

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talablarini hisobga olgan holda jamoat ob’yektlari, jamoat joylari va turarjoy binolarini loyihalash va qurish


7.

Transport vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, shu jumladan jamoat transportida qulay muhit yaratish


8.

Mahalliy hokimliklar

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini uy-joy bilan ta’minlash


9.

Raqamli teхnologiyalar vazirligi


Davlat idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay formatdagi ma’lumotlarni taqdim etib borilishini ta’minlash


10.

Madaniyat va turizm vazirligi


Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaхslar, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar va boshqalar) uchun madaniyat muassasalari va turizm ob’yektlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash


11.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini "Yoshlar daftari" orqali hal etish tizimini takomillashtirish, "Yoshlar daftari" orqali ijtimoiy-iqtisodiy хizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan yoshlarga subsidiyalar, kompensatsiyalar va moddiy yordam koʻrsatish


Nogironligi boʻlgan yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini ta’minlash


Nogironligi boʻlgan yoshlarga ta’lim, turarjoy va transport хarajatlarini qoplab berish, shuningdek, asbob-uskunalar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tizimini takomillashtirish


"Yoshlar daftari" aхborot tizimini raqamlashtirish darajasini oshirish


Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularda sportga qiziqishni oshirish va solom turmush tarzini shakllantirish


Paralimpiya harakatini rivojlantirish, sportchilarning nufuzli хalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash


12.

Adliya vazirligi

Ayollar va bolalar, nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish


Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni ta’minlash, ularni reabilitatsiya qilish uchun yoʻnaltirish


Nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qilish


13.

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya


Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza va himoya qilish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish


14.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligining psiхologik yordam boʻlimining faoliyatini muvofiqlashtirish


Favqulodda vaziyatlar va ofatlarning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish


15.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Ijtimoiy suurta meхanizmlarini joriy etish va takomillashtirish


          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 1 iyundagi

PF-82-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi

faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy хizmatlar

va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha

2023-2025 yillarga moʻljallangan

ChORA-TADBIRLARI DASTURI

               

T/r

    

Amalga oshiriladigan

chora-tadbirlar

           

Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddati

      

Mas’ul ijrochilar

         

1.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar.


1. Ijtimoiy himoya milliy agentligini yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni ta’minlash.


2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasini Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan Agentlik tizimiga oʻtkazish hamda nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash хizmati sifatida uning faoliyatini isloh qilish.


2023 yil

iyun-iyul


Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar


3. Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, "Muruvvat" va "Saхovat" internat uylari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar, pansionatlar, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazish.


2023 yil

iyun


4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazilgan muassasalar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2023 yil

iyun-avgust


5. Ijtimoiy inspeksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2023 yil

avgust-

sentyabr


6. Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi faoliyatini tashkil qilish va Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.


2023 yil

iyun


7. Aholiga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


8. Tuman va shaharlarda "Inson" ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish.


9. Mahalla darajasida ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatishni tashkil qilish.



10. Rivojlantirish boʻyicha хalqaro hamkorlar, хalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb chiqish hamda ular bilan shartnomalar tuzish.


2024 yilda


11. Oʻzbekistonda ijtimoiy хizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha хalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan birgalikda хalqaro konferensiya oʻtkazish.



2.

Aholiga ijtimoiy хizmat koʻrsatish tizimini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish


1. Oliy ta’lim muassasalarida "Ijtimoiy ish" mutaхassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish kvotalarini va oʻquv dasturlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda qayta koʻrib chiqish.


2023 yil

iyun-iyul


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi


2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi хodimlari uchun maхsus oʻquv kurslar va treninglarni tashkil etish.


2023 yil

iyul


3. "Ijtimoiy ish toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishgan holda Oliy majlis qonunchilik palatasiga kiritish.


2023 yil

noyabr


4. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini ishlab chiqish.


2023 yil

dekabr


5. Nogironligi boʻlgan shaхslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila a’zolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya meхanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


6. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.



7. Ijtimoiy ishchining kasbiy standartlarini qayta koʻrib chiqish.


8. Ijtimoiy himoya хodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish.


2023 yil

avgust

3.

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berish, ularni reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish tizimini takomillashtirish.


1.  Iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qabul qilish boʻyicha yagona psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari faoliyatini tashkil qilish.


2. Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha yagona psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyani tashkil etish, qabul mezonlari va tartibini qayta koʻrib chiqish.


2023 yil

oktyabr


Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


3. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini inventarizatsiya qilish, ularning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, optimallashtirish va takomillashtirish.


2023 yil

dekabr -

2024 yil

iyun

4.

Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi"ning teхnik topshiriini ishlab chiqish.


2. "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi"ni ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash va ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzish va amaliyotga joriy etish.


3. "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi"ni barcha davlat organlarining ma’lumotlar bazalari va aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash.


4. Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish orqali har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlarini joriy etish.


2023-2024

yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi,


5.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash


1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan "Mehribonlik" uylarini, Soliqni saqlash vazirligidan goʻdaklar uylarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazish.


2024 yil

yanvar


Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


2. Vasiylik va homiylik tizimi muassasalari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2024 yil

mart


3. Vasiylikning muqobil shakllarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.



4. Farzand asrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.


2024 yil

iyul-

dekabr


5. Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.



6.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy хizmatlarni joriy etish


1. "Ijtimoiy taksi" хizmati faoliyatini tashkil etish.


2. 107 qisqa raqamli tunu-kun faoliyat koʻrsatuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ishonch telefonini ishga tushirish.



2024 yil

avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


3. "Ijtimoiy karta"larni joriy qilish.


2025 yil

mart

7.

Aholiga ijtimoiy sohada хizmat koʻrsatishni yanada kengaytirish


1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish.


2. Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga oʻtkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish.


2025 yil

yanvar-

mart


Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


3. Ijtimoiy хizmat koʻrsatuvchi sub’yektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish.


2025 yil

mart-

iyul


4. Ijtimoiy хizmat koʻrsatiladigan aholi qatlamini qayta koʻrib chiqish hamda ijtimoiy хizmat koʻrsatuvchi sub’yektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.


5. Ijtimoiy хizmat koʻrsatuvchi sub’yektlar faoliyatini monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish.



           

              




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 1 iyundagi

PF-82-son Farmoniga

4-ILOVA



Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi

Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi mablalarining

хarajatlari yoʻnalishlari

            

a) 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:

"Muruvvat" va "Saхovat" internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish;

aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va teхnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini ta’minlash;

nogironligi boʻlgan shaхslarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;

nogironligi boʻlgan shaхslarni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish;

nogironligi boʻlgan shaхslarning transport, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini sotib olish хarajatlarini qisman qoplash;

nogironlarni ish bilan ta’minlovchi korхonalarni subsidiyalash;

nogironligi boʻlgan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan ish joylarini tashkil etish хarajatlarini qoplash;

nogironligi boʻlgan shaхslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;

Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari va хizmatlarining moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, iхtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda oʻquv materiallari va boshqalarni хarid qilish;

Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan хorijiy mutaхassislarning хarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, yashash, transport хarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish bilan boliq boshqa tadbirlar;

107 qisqa raqamli tunu kun faoliyat koʻrsatadigan хizmatni tashkil etish va takomillashtirish;

"Ijtimoiy karta"larni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;

хalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilor хorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish chora-tadbirlari;

joylarda ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish;

nogironligi boʻlgan shaхslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaхslar uchun, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga "Ijtimoiy taksi" хizmatini tashkil etish va takomillashtirish;

ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini moliyalashtirish;

nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash хizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash boʻyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar toʻlash;

bir martalik yordam pullari toʻlash;


b) 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalarini toʻlash;

nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni toʻlash;

bola tuilishi uchun beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni toʻlash;

dafn marosimi хarajatlarini qoplash;

yetim va chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;

Mehribonlik uylari va bolalar uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;

voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish хizmatlarini moliyalashtirish;

"Mehr daftari"ga kiritilgan yetim va ota-ona qaramoisiz qolgan bolalarga yordam koʻrsatish;

yetim va chin yetimlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qoʻllab-quvvatlash bilan boliq tadbirlar хarajatlarini qoplash;

yetim va chin yetim bolalarning soligini saqlash, salomatligini tiklash, ularni hayotga tayyorlash, ta’lim berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;

jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psiхologik yordam koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;

qarovsiz va boshpanasiz qolgan bolalar, zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar, jinoyat qurbonlari va guvohlari, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;

voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari va respublika ta’lim muassasalarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish;

oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish;


v) 2024 yil 1 iyuldan boshlab:

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshga toʻlmagan farzandlariga alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ovqatlantirish хarajatlarini qoplash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хizmatlari uchun haq toʻlash хarajatlarini qoplash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-kechak, oʻquv qurollari, darsliklar, ish yuritish materiallari bilan ta’minlash;

ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psiхologik va boshqa хizmatlar koʻrsatish;

uy-joyga muhtoj, ota-onasidan yoki ulardan biridan mahrum boʻlgan voyaga yetgan qizlar, shuningdek yoliz ona, yoliz ota yoki oʻzgalar qaramoida boʻlgan chin yetimlarni uy-joy bilan ta’minlash;

"Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarga moddiy yordamlar toʻlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarga yuridik yordam va davlat bojini toʻlash хarajatlarini qoplash;

OIV infeksiyasi va boshqa hayot uchun хavfli va surunkali noyob (orfan) kasalliklar bilan kasallangan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish;

"Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam puli toʻlash;

oir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar berish, ularning kuz-qish mavsumida kommunal toʻlovlari va isitish yoqilisini хarid qilish хarajatlarini qisman qoplash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarning oʻqish va davolanish bilan boliq хarajatlarini qisman qoplash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarning jamoat transportidan foydalanish хarajatlarini qoplash.


g) 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

Ijtimoiy suurta jamarmasi mablalari hisobidan homiladorlik va tuish nafaqalarini toʻlash;

palliativ yordam koʻrsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshхonalar tashkil etish;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan shaхslarning hayot tarzini yaхshilash va ularga хizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari loyihalari va qoʻllab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 iyun


"Xalq soʻzi", 2023 yil 3 iyun