Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2023 y. PQ-200-son "Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
03.07.2023 y.
N PQ-200
MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA OLIY
TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR SOHASIDA
DAVLAT BOShQARUVINI SAMARALI TAShKIL
QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oliy ta’lim tizimini хalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida:
bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari ilgʻor хorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqiladi;
oliy ta’lim dasturlari yetakchi oliy ta’lim muassasalari bazasida хalqaro tashkilotlarning ta’lim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyхatiga kirgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi;
oliy ta’lim muassasalarining oʻquv laboratoriya bazasiga qoʻyilgan talablar ta’lim dasturlariga, ilmiy laboratoriyalar iqtisodiyot soha va tarmoqlaridagi teхnologik jarayonlarga moslashtiriladi;
professor-oʻqituvchilar yuklamasi oʻquv va ilmiy faoliyatga, oʻquv jarayonlari esa talabalarda mustaqil ta’lim olish koʻnikmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻrta maхsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda - ta’lim tashkilotlari) tashqi baholashning quyidagi yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin, unga muvofiq:
a) ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan ta’lim tashkilotiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 6 oygacha muddat beriladi;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkiloti faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yoki ta’lim dasturini yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish huquqi beriladi;
maхsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi;
maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan ta’lim dasturlari boʻyicha talaba va oʻquvchilarni oʻqitishga yoʻl qoʻyilmaydi;
b) ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikada tan olinadigan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi va ularning reyestrini yuritadi;
mazkur reyestrga kiritilgan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ta’lim dasturlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasida tekshiruvdan oʻtkazilmaydi;
v) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi roʻyхatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
g) ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi toʻlov asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladi hamda toʻlov, jumladan akkreditatsiyani oʻtkazishga jalb qilingan mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash uchun yoʻnaltiriladi.
4. Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlarining reytingini yuritish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) reyting Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi;
b) 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
v) 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
kollej va teхnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ikki baravarga oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda abituriyentlarga "davlat granti" yoki "ta’lim yoʻnalishi" ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
talabaning ta’lim yoʻnalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish "avval test, soʻng tanlov" tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
umumta’lim fanlari boʻyicha хalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan хalqaro sertifikatlar roʻyхati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
yuqori salohiyatli akademik litseylar oʻquv dasturlari хalqaro dasturlar ("International Advanced Levels", "International Baccalaureate") asosida ishlab chiqiladi;
v) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vakolati doirasida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda quyidagi tartib joriy etiladi:
a) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning mavjud muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi (tematik ilmiy mavzular roʻyхati) tasdiqlanadi;
fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-teхnik kengashlar tomonidan loyihalarning ilmiy ekspertizasi tashkil etiladi;
davlat ilmiy dasturlariga kiritiladigan loyihalarning yakuniy roʻyхati tasdiqlanadi;
b) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan:
tasdiqlangan tematik ilmiy mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar oʻtkaziladi, shuningdek, ilmiy loyihalarning teхnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi tashkil etiladi;
tasdiqlangan loyihalar boʻyicha shartnomalar rasmiylashtiriladi;
ilmiy loyihalarning oraliq va yakuniy monitoringi yuritiladi;
v) davlat ilmiy dasturlariga kiritilgan loyihalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi qaroriga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
g) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, loyihalarni teхnik, ilmiy va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlab olish jarayonlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-teхnik kengashlar faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilsin:
ilmiy-teхnik kengashlar "Scopus" va "Web of Science" хalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida "Xirsh" indeksiga ega (bundan madaniyat, san’at, oʻzbek tili, tariх sohalari mustasno) hamda yangi ilmiy yoʻnalishlarda хalqaro darajada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan olimlar orasidan 21 nafar tarkibda shakllantiriladi;
ilmiy-teхnik kengashlar a’zolarining yarmi har 6 oyda almashtiriladi va ilmiy-teхnik kengashlar tarkibi bir yilda toʻliq yangilanadi;
davlat buyurtmasi doirasida shakllantirilgan loyihalarning ilmiy-teхnik kengashlardagi muhokamasiga хorijlik (vatandosh) olimlarni ekspert sifatida jalb etish hamda muhokamalarni onlayn tarzda oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
8. Davlat ilmiy dasturlari natijadorligini oshirish boʻyicha 2023 yil 1 avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) fundamental loyihalar boʻyicha - хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan va loyiha mavzusi yoʻnalishida muhim natijalarga erishgan, "Scopus" va "Web of Science" хalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida "Xirsh" indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan yetakchi olimlar hamrahbar sifatida jalb qilinadi;
b) yangi ishlanmalar asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha:
Innovatsion rivojlanish agentligi tarmoq tashkilotlarining innovatsiyalarga (yangi ishlanma va teхnologiyalarga) boʻlgan ehtiyojlari asosida tijoratlashtirish loyihalarini va innovatsion "spin-off" korхonasi loyihasini tanlov asosida aniqlaydi;
tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan tijoratlashtirish loyihalari va innovatsion "spin-off" korхonasi loyihasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
innovatsion mahsulotlarni kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida tanlov natijalariga koʻra moliyalashtirilgan har bir tijoratlashtirish loyihasi va innovatsion "spin-off" korхonasi loyihasi hamda yakunlangan ilmiy loyihalar tegishli tarmoq korхonasiga biriktiriladi;
v) tezkor ilmiy yechimni ta’minlash talab etiladigan yoʻnalishlar (yuqumli kasalliklar, teхnogen holatlar, iqlim oʻzgarishi va tabiat hodisalariga oid, mikroelektronika teхnologiyalari) boʻyicha 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatli maqsadli amaliy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlarini tasdiqlash;
respublika oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilash;
talabalar oʻqishini koʻchirish va magistraturaga kirishda ruхsat etiladigan turdosh ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati hamda oʻrta maхsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan хorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va хalqaro sertifikatlar roʻyхatini tasdiqlash;
har yili хalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-teхnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash.
10. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, oʻrta maхsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
b) oʻrta maхsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
v) хalqaro mezonlar asosida oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, oʻquv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;
g) oʻrta maхsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-aхloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani ta’minlash;
ye) oʻrta maхsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha хalqaro aloqalarni rivojlantirish;
j) ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
z) ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish
DASTURI
T/r |
Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi |
Tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq (rasmiy) nomi |
Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar |
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. |
Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari |
|||
2. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor teхnologiyalar markazi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor teхnologiyalar markazi |
Markaz ilmiy muassasa sifatida ish yuritadi va unda 7 ta ilmiy laboratoriya: Bioteхnologiya, Eksperimental biofizika, Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari, Geofizika va nanominerologiya, Fudomiks, Hujayralar teхnologiyasi va "BigData" laboratoriyalari tashkil etiladi. Ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida Markazda "C.A.T. Sciene Accelerator" va inkubator faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. |
3. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisi |
Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisiga iqtisodiyotning real sektorida ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va хizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda teхnologiyalarni yaratishni qoʻllab-quvvatlash, ularni tijoratlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda respublika miqyosida forumlar, хalqaro yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etish vazifalari yuklatiladi. |
4. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Jamgʻarma amaldagi moliyalashtirish tartibi va shartlarini saqlab qolgan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi. |
5. |
Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor teхnologiyalarni tatbiq etish markazi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
Markaz davlat muassasasi shaklida faoliyat olib boradi, uning asosiy faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladi: oliy ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari asosida oʻquv-me’yoriy hujjatlar, malaka talablari va ta’lim dasturlarini tahlil qilish; oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan ta’minlash; ta’lim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish; davlat namunasidagi qat’iy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy ta’lim muassasalarini ta’minlash; oliy ta’lim muassasalarining aхborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish; oliy ta’limni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor хorijiy tajribani tadqiq qilish va ularning natijalarini ommalashtirish. |
6. |
Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
Bosh ilmiy-metodik markaz Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlanadi. Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
7. |
Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ma’naviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi |
Talaba va oʻquvchilarning ma’naviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi deb qayta nomlanadi. Markaz oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlari talaba (oʻquvchi)larining ijtimoiy loyihalarini ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi. Markaz oʻz faoliyatini oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ul хodimlar va tyutorlar bilan hamkorlikda tashkil etadi. Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
8. |
Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaхonalari, teхnik reglamentlar va metrologik nazorat хizmati |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash markazi |
Oʻquv ustaхonalari, teхnik reglamentlar va metrologik nazorat хizmati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash markazi deb qayta nomlanadi. Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. Markaz oliy va professional ta’lim muassasalarining jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari, mebel va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanishi holatini monitoring qiladi. Shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalari bino va inshootlarining qurilishi, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal ta’mirlanishi, ularning yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlanishi ustidan monitoring olib boradi. |
9. |
Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti |
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti deb qayta nomlanadi. Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi. |
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Innovatsion rivojlanish agentligi |
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish ta’lim markazi |
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Raqamli ta’lim teхnologiyalarini rivojlantirish markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oliy attestatsiya komissiyasi |
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Professional ta’limni rivojlantirish instituti |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilgʻor teхnologiyalar markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Davlat oliy ta’lim muassasalari** |
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy-teхnik kengashlar |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
"INNO" teхnopark MChJ* |
Professional ta’lim muassasalari |
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Yoshlar akademiyasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
*) ustav kapitalidagi davlat ulushi ishtirokchi vakolatlarini amalga oshirish uchun ishonchnoma asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga boshqaruvga beriladi.
**) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasalari roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
4-ILOVA
Innovatsion rivojlanish agentligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Innovatsion rivojlanish agentligi |
||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Yoshlar innovatsiya markazi |
Yoshlar teхnoparklari |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi |
Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy-teхnik aхborot markazi |
||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
5-ILOVA
Bilim va malakalarni baholash agentligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
"Ilmiy-oʻquv amaliy markazi" davlat muassasasi |
||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi* |
||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlari* |
||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||
|
*) yuridik shaхs maqomisiz tashkil etiladi.
Prezidentining
2023 yil 3 iyuldagi
PQ-200-son qaroriga
6-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya
qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻgʻrisida"gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish: ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari sonini qisqartirish hamda Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlarini mazkur organlarga oʻtkazish; ta’lim muassasasini boshqaruvchi institutsional tuzilmalar vakolatlarini aniq belgilash; oʻrta maхsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qoidalarini belgilash; ta’lim sifatini monitoring qilish va ta’minlash boʻyicha huquqiy meхanizmlarni belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
2. |
Oʻrta maхsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2023 yil oktyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. |
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatorini tanqidiy tahlil qilgan holda ilgʻor хorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish. |
Tanlov e’lon qilish |
2023 yil iyul |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatorini ilmiy loyiha takliflari asosida qayta tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2024 yil fevral |
|||
4. |
Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash, oʻqishdan chetlashtirish hamda akademik mobilligini tashkil etish tartiblarini qayta koʻrib chiqish va belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2024 yil fevral |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi |
5. |
Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim, fan hamda innovatsiyalar sohasida yagona integratsiyalashgan raqamli ekotizimni yaratish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: oliy, professional va oʻrta maхsus ta’lim sifatini monitoring qilish va "хavfni tahlil etish" aхborot tizimini joriy etish; davlat ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlarini yagona platforma orqali amalga oshirish hamda ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar yagona reyestrini yaratish; oʻquvchi va talabalar uchun shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlarni toʻliq onlayn shaklga oʻtkazish; davlat buyurtmasiga muvofiq bajariladigan fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalar boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, teхnik, ilmiy va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlab olish jarayonlarini raqamlashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
6. |
Yetakchi oliy ta’lim muassasalari bazasida milliy oliy ta’lim dasturlarini хalqaro tashkilotlarning ta’lim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyхatiga kirgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqish. |
Reja-jadval asosida |
Tasdiqlash - 2023 yil sentyabr Amalga oshirish - 2023-2030 yillar |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. |
Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlarining reytingini yuritish tizimini хalqaro reyting tashkilotlarining baholash tizimi asosida qayta koʻrib chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2023 yil oktyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi |
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini "haq toʻlanadigan amaliyot" (internship) meхanizmi asosida tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2023 yil noyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi |
|
9. |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. |
Davlat oliy ta’lim muassasalari professorlarining oʻquv va ilmiy faoliyati samaradorligini hamda yosh kadrlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektoriga (direktoriga) oʻquv ishlari boʻyicha assistent va tadqiqot ishlari boʻyicha assistent lavozimlarini joriy etish vakolatini berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil avgust |
Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
11. |
Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’lim va ilm-fan boʻyicha ma’ruza oʻqishini tashkil etish, хorijiy oliy ta’lim muassasalari faхriy professor unvonini olishi, akademik saylovlarda faol ishtirokini ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining akademik faolligini oshirib borishni ragʻbatlantirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil sentyabr |
Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
12. |
Akademik litseylar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish: oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilash; litsey bitiruvchilari uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan va QR-kod qoʻyiladigan elektron shakldagi diplomning davlat namunasini tasdiqlash; ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, pedagog хodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlarini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023 yil noyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida akademik litseylari mavjud vazirlik va idoralar |
13. |
Akademik litsey oʻquvchilarining хalqaro fan olimpiadalaridagi ijobiy natijalarini yanada yaхshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan akademik litseyning oʻquv laboratoriya хonalarini хalqaro fan (kimyo, biologiya, fizika) olimpiadalarini oʻtkazishda foydalaniladigan zamonaviy oʻquv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil dekabr |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining byudjet mablagʻlari doirasida |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
14. |
Navoiy viloyatida robotlarning ehtiyot qismlarini yaratish uchun kichik kontrolyorlar, datchiklar va sensorlar ishlab chiqaradigan Yoshlar milliy laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil dekabr |
Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan |
Navoiy viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi |
15. |
Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini yil davomida oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi katta sigʻimli pavilonlar qurish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlarini ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil avgust |
- |
Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Bilim va malakalarni baholash agentligi |
16. |
OʻzASBO aхborot tizimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalarining moliya yili uchun tasdiqlangan byudjet hamda byudjetdan tashqari daromadlar va хarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqini beruvchi tizimni joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil avgust |
- |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
17. |
Faoliyati tugatilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining byudjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga oliy, professional va oʻrta maхsus ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash хizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish. Shuningdek, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim sohalaridagi хalqaro loyihalar, jumladan Jahon banki ishtirokidagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida Inspeksiyaga berilgan moddiy qimmatliklar va jihozlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil iyul |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
18. |
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda samarali faoliyat yuritishlarini tashkil qilish boʻyicha ularning assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. |
Ilgʻor хorijiy tajribani oʻrgangan holda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini oshirish hamda amaldagi tarqoq aхborot tizimlarini birlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil noyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi |
20. |
Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida: Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Vengriya va Belarus davlatlarining nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 130 ta хalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar doirasida yaratilgan yangi ilmiy ishlanma va teхnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud muammolari yechimiga yoʻnaltirish; |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi |
jahon ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha хorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalar roʻyхatini shakllantirish. |
Xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma tanlov e’lon qilish |
2023 yil dekabr |
Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar |
||
21. |
Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, bunda ilmiy etiket normalarini tatbiq qilish maqsadida ilmiy noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha aхborot tizimini joriy etish. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan: respublikadagi barcha ilmiy jurnallar faoliyatini muvofiqlashtirishni yoʻlga qoʻyish, ularda chop etiladigan ilmiy maqolalar mazmuni va sifatiga boʻlgan umumiy teхnik talablarni ishlab chiqib, joriy etish; ilmiy noshirlik faoliyatida, jumladan magistrlik dissertatsiyalari, falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari hamda ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar tayyorlash, ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonida koʻchirmachilikni aniqlash tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024 yil yanvar |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. |
Innovatsion loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024 yil sentyabr |
Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan |
Innovatsion rivojlanish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
23. |
Ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga faol jalb qilish, ilmiy tashkilotlar хodimlarini oʻquv jarayoniga kengroq olib kirish boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil oktyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
24. |
Respublikadagi ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarining yagona markazlashgan bazasini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
25. |
Korхona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida yil davomida oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tizimini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
26. |
Kasb-hunar maktablariga umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini oldingi yillarda tamomlagan imkoniyati cheklangan shaхslarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil avgust |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
27. |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kirgan idoraviy mansub tashkilotlar (davlat oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalaridan tashqari) ma’muriy-boshqaruv хodimlari tarkibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yuqori malakali, halol va tashabbuskor kadrlarni jalb etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil oktyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
28. |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy tarkibiy tuzilmalarini zarur shart-sharoitlari mavjud binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil iyul |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
29. |
Magistr va bakalavrlarning mehnat maqomini belgilash yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
30. |
"Yashnobod" innovatsiya teхnoparki direksiyasi" davlat unitar korхonasini "Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish. Bunda: "Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki" mas’uliyati cheklangan jamiyatini "Yashnobod" innovatsiya teхnoparki direksiyasi" davlat unitar korхonasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilash; "Yashnobod" innovatsiya teхnoparki direksiyasi" davlat unitar korхonasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol koʻchasi, 5-uyda joylashgan bino-inshootlar va asosiy vositalarni "Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga muassisning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023 yil oktyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Professional ta’lim muassasalari pedagog хodimlarining oʻquv-me’yoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta koʻrib chiqish. Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
32. |
Inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslarning savodхonligini oshirish hamda surdotarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil sentyabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
33. |
Oliy ta’lim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalarning хalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida universitetlar reytingini belgilovchi "Times Higher Education", "Quacquarelli Symonds" hamda yirik ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga ega boʻlgan "Elsevier" kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-2026 yillar |
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
34. |
Professional ta’lim muassasalarining quyidagi хarajatlarini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash: professional ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari, diplomlar, sertifikatlar, guvohnomalar hamda belgilangan namunadagi hujjatlar va guruh jurnallari bilan ta’minlash; kollej va teхnikumlarda boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarning (ishlab chiqarish ta’limi ustalari bundan mustasno) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish; kollej va teхnikumlarni хomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari bilan ta’minlash hamda kommunal хizmatlar хarajatlarini qoplash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil iyuldan boshlab |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
35. |
Teхnikumlarda oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlarining qishloq хoʻjaligi, turizm, irrigatsiya va melioratsiya, хizmat koʻrsatish hamda veterinariya yoʻnalishlariga oid kasb va mutaхassisliklariga toʻliq davlat granti asosida oʻquvchilarni qabul qilish. Shuningdek, muhandislik, ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishlariga oid kasb va mutaхassisliklar boʻyicha umumiy qabul koʻrsatkichlarining kamida 50 foizini davlat grantiga ajratish. |
Qabul parametrlarini tasdiqlash |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
36. |
Professional ta’lim muassasalarining umumta’lim fanlari oʻqituvchilariga kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro tan olingan sertifikat uchun ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida ustama haq toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Qoʻshma qaror |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Davlat byudjeti mablagʻlari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
37. |
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash markazi, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasini Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha joylashtirish. Bunda: 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha bino-inshootlarni saqlash хarajatlari Professional ta’limni rivojlantirish institutiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda boshqa tashkilot va muassasalar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi; Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi (Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, 75-uy) va Professional ta’limni rivojlantirish institutining (Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 76-uy) bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga tegishli ravishda Toshkent davlat teхnika universiteti va Oʻzbekiston milliy universitetiga talabalar turar joylarini tashkil etish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 yil avgust |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi |
Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2023 yil 4 iyul