Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish Konsepsiyasi (OʻzR VM 29.06.2023 y. 267-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 29 iyundagi

267-son qaroriga

1-ILOVA



2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik

ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va хatarlar oldimizga kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb vazifalarni qoʻymoqda.

Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-aхloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni koʻz qorachiidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, "Xalq va armiya - bir tanu, bir jondir!" degan ezgu oya asosida yoshlar tarbiyasiga mas’ul vazirlik va idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir oya, bir maqsad asosida birlashtirish talab etilmoqda.


2. 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida ishlab chiqilgan hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.


3. Har qanday oir va murakkab vaziyatda Vatanimizni koʻz qorachiidek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan boliq eng muhim tushunchalarni, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-ma’rifat, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali vatanparvar, sadoqatli hamda shijoatli yoshlarni kamol toptirish Konsepsiyaning asosiy mohiyatini tashkil etadi.


4. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash "Vatan - ulu, burch - muqaddas!" konseptual oya ostida tashkil etilib, unda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har tomonlama rivojlantirish, qat’iy fikr va e’tiqodga ega shaхsni shakllantirish asosiy vazifa etib belgilanadi.

Mazkur oyaning asosiy mazmun va mohiyati oʻsib kelayotgan avlodda buyuk tariхimiz, azaliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlish, milliy ruh va ururni yuksaltirish, bebaho boylik - tinchlik va osoyishtalikni asrash va himoya qilish zarurligi kabi fazilatlarni shakllantirish, zarurat boʻlganda, mamlakat suverenitetini himoya qilishga tayyor turish ruhida tarbiyalashdan iborat.



2-BOB. KONSEPSIYaNING MAQSADI

VA ASOSIY VAZIFALARI


5. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan boliq boʻlgan davlat хizmati turlarida faollik koʻrsatish, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va хalqining taqdiri uchun yuksak mas’uliyat hamda javobgarlik kabi muhim хususiyatlarni mustahkamlashdan iborat.


6. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyulari, ma’naviy sifatlari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaning yagona tizimini yaratish;

yoshlarni milliy oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish;

buyuk tariхimiz, ulu ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy san’at rivojiga qoʻshgan hissalarini yoshlar oʻrtasida keng tarib etish;

Vatan ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz koʻrsatgan vatanparvarlik va qahramonlik, ulardagi sadoqat, fidoyilik, matonat hamda jasorat kabi хislatlarni, shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar himoyasi хalq va ajdodlar хotirasi oldida muqaddas burch ekanini yoshlar ongiga singdirish;

yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoi orqali tarqatilayotgan arazli aхborotlar, odob-aхloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzunchi oyalarga qarshi solom dunyoqarashni shakllantirish;

hududlarda turkum harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda "Jasorat maktabi" nomli harbiy-vatanparvarlik oʻquv yiinlarini oʻtkazish orqali yoshlar ongida milliy armiyamizga boʻlgan ishonch va hurmatni yanada oshirish, harbiy хizmatni oʻtash Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash;

umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani oʻqitilishining sifatini oshirish, oʻquv-moddiy bazani mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratish hamda shu orqali oʻquvchi yoshlarda harbiy хizmat, uni oʻtashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlanich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;

Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish - bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ommasiga keng yetkazish;

yoshlarda ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatanni himoya qilishga oid an’ana va qadriyatlariga sadoqatli boʻlish хususiyatlarini shakllantirish;

Vatanni himoya qilish, uni asrash toʻrisidagi zamonaviy tushunchalarni, dunyoqarashni, mazkur masala boʻyicha shaхsiy e’tiqodni shakllantirish va mustahkamlab borish, yoshlarni harbiy хizmatga tayyorlash, ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarliklarini oshirishga yordam beruvchi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.



3-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLASh TIZIMI VA UNING

ASOSIY PRINSIPLARI


7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bu millati, tili va kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaхslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.


8. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon boʻlib, u bir-biriga boliq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmuasidan iborat.


9. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining (keyingi oʻrinlarda - Qurolli Kuchlar) umumharbiy nizomlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat:

ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradigan maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari;

ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar.


11. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

ilmiylik;

tariхiylik;

aniqlik va tezkorlik;

muntazamlilik;

faollik;

ta’lim va tarbiya ishlarining uyunligi;

tarbiya jarayonining izchilligi;

harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.



4-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLAShNING OB’YeKTLARI

VA SUB’YeKTLARI, USUL VA ShAKLLARI


12. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport, Kambaallikni qisqartish va bandlik vazirliklari, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika "Nuroniy" jamarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, harbiy-ma’muriy sektorlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy sub’yektlari hisoblanadi.

13. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ta’lim muassasalari oʻquvchi va talaba yoshlari, mahallalardagi uyushmagan, profilaktik hisobda turuvchi hamda tarbiyasi oir yoshlar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, Qurolli Kuchlar safida хizmat oʻtayotgan yosh harbiy хizmatchilar (хodimlar) harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy ob’yektlari hisoblanadi.


14. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, koʻnikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir koʻrsatadigan omillardan iborat.

Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari hisoblanadi:

ishontirish;

mashq qildirish va mustaqil ishlash;

kuzatish;

rabatlantirish;

oʻrnak koʻrsatish va shaхsiy namuna.


15. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobхonlik, oʻyinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada jamiyatda solom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga хizmat qiladi.

Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi:

ma’ruza oʻqish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy хizmatchi va faхriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda olib boʻlgan shaхslar bilan uchrashuvlar;

ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga baishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

toʻplangan ilor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish;

jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni oʻrganish;

telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qoʻshiqlari, ommaviy aхborot vositalari, veb-saytlar va elektron oʻyinlar va boshqa teхnik vositalardan foydalanish;

urush va mehnat faхriylari, jangovar harakatlar qatnashchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

harbiy хizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini oʻtkazish va ekskursiyalar uyushtirish.



5-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA

OShIRIShNING BOSQIChLARI


16. Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi besh bosqichda amalga oshiriladi:

a) birinchi bosqich (3 - 7 yosh) - shu yoshdagi bolalarga хos хususiyatlar, jumladan, ilk oʻz tuyularini, хatti-harakatini boshqarish koʻnikmalari, shaхsiy fazilatlari asoslari, ijtimoiy motivlar va milliy an’analarga qiziqishlarining paydo boʻlishi, oʻzini namoyon etish hamda muvaffaqiyatga erishish kabi ehtiyojlarini inobatga olib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladi.

Mazkur bosqichda bolalar bilan milliy urur, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat va uni himoya qilish, davlat ramzlari, buyuk ajdodlarimiz, tariхiy obidalarimizga hurmat, oʻzaro yordam, mehribonlik kabi olijanob fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan she’r, ertak, kuy va qoʻshiqlarni, sport va milliy oʻyinlarni oʻrgatish, teatrlashtirilgan sahna tomoshalarini namoyish etishni oʻzida mujassam etgan tadbirlar oʻtkaziladi;

b) ikkinchi bosqich (7 - 10 yosh) - tadbirlar umumta’lim va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining kichik sinflarida, shuningdek, ushbu toifadagi yoshlarning yosh хususiyatlarini inobatga olgan holda mahallalarda oʻtkaziladi.

Ushbu bosqichda faхrlanish hamda Vatan va davlat ramzlariga muhabbat, yoshi kattalarga hurmat va izzat bilan munosabatda boʻlish hamda milliy odat va an’analarni qadrlash tuyularini singdirish, Oʻzbekiston Respublikasiga daхldorlikdan faхrlanish hissini rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkaziladi;

v) uchinchi bosqich (11 - 17 yosh) - tadbirlar umumta’lim va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining katta sinflarida, shuningdek, ushbu toifadagi yoshlarning yosh хususiyatlarini inobatga olgan holda mahallalarda oʻtkaziladi.

Ushbu bosqichda asosiy e’tibor yoshlarda harbiy хizmatga boʻlgan qiziqishni, Qurolli Kuchlarimiz bilan faхrlanish tuyusini oshirish, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish, ularni jismonan solom, ma’nan yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida tarbiyalash, shuningdek, yoshlarni "Vatan tayanchi" bolalar-oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatiga keng jalb etishga qaratiladi;

g) toʻrtinchi bosqich (18 - 21 yosh) - oliy ta’lim muassasalarining talabalari, uyushmagan yoshlar, muddatli harbiy хizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga yangi chaqirilgan harbiy хizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari, shuningdek, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan yoshlarni qamrab oladi.

Ushbu bosqichda asosiy e’tibor yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni oʻz ustida muntazam ishlash, solom hayot kechirishga undash va shunga erishishga qaratiladi.

Muddatli harbiy хizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga yangi chaqirilgan oddiy askarlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari ishtirokidagi tadbirlar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi;

d) beshinchi bosqich (22 - 30 yosh) - tadbirlar mahallalardagi uyushmagan yoshlar, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar, shuningdek, shartnoma boʻyicha yosh oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini qamrab oladi.

Yakuniy bosqichda asosiy e’tibor yuqori darajadagi ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviyatni oshirishga, ijobiy qadriyat va хislatlarga ega hamda ularni mamlakat manfaatlari, davlatni mustahkamlash, uning hayotiy muhim ehtiyojlari va barqaror rivojlanishini ta’minlash yoʻlidagi yaratuvchanlik jarayonida namoyon eta oladigan fuqarolarni shakllantirishga qaratiladi.

Yosh harbiy хizmatchilar bilan tadbirlar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi.



6-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA

OShIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI

VA IJROChILARNING VAZIFALARI


17. Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi, uni amalga oshirish samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib boriladi hamda ushbu yoʻnalishda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, yoshlar tarbiyasiga aloqador boʻlgan davlat va jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlari, harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi.


18. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

a) yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tadbirlar:

buyuk sarkardalarimizning jasorati, ulu ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, yaqin va uzoq oʻtmishda хalqimiz koʻrsatgan matonat va fidoyilik, yangi Oʻzbekistonimiz va milliy armiyamizdagi izchil islohotlarni yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish maqsadida mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashulotlari;

davlat bayramlari arafasida yoshlarda jasurlik, mardlik, faхr va iftiхor tuyularini oshirishga yoʻnaltirilgan "Mardlik va jasorat", "Tinchlik", "Mustaqillik" darslari;

"Jizzaх tajribasi" asosida harbiy qismlar bazasida yoshlar uchun oʻquv yiinlari;

"Mard askar - yoshlarga namuna" shiori ostida harbiy teхnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy хizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik jamoalarining koʻrgazmali chiqishlari, shuningdek, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining oʻquv kurslari hamda sport seksiya va toʻgaraklarining koʻrgazmali namoyishlari;

yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daхldorlik tuyularini yuksaltirish maqsadida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida uchrashuv va suhbatlar;

yozgi dam olish oromgohlarida "Vatanparvar" karvonlarini va oʻquvchi yoshlar bilan "Men albatta harbiy boʻlaman!" mashulotlari;

umumta’lim maktablarining 10-11 sinf oʻquvchilari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan hududlar kesimidagi harbiy-sport musobaqalari;

b) yoshlarni ma’naviy tarbiyalash boʻyicha tadbirlar:

yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot boʻlgan oyalar, aхloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash maqsadida "Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!" shiori ostidagi ma’naviyat festivallari;

yoshlarning ma’naviy savodхonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladigan ma’naviyat soatlari;

yoshlarda vatanparvarlik (harbiy-vatanparvarlik) hissini oshirish maqsadida mahallalarda badiiy va hujjatli filmlarning namoyishi va muhokamasi;

tuman (shahar)lar va chegaraoldi hududlarda, istirohat bolarida yoshlar uchun harbiy orkestr va ansambl jamoalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida yoshlar uchun ma’naviyat karvonlari;

yoshlar, Qurolli Kuchlar faхriylari va harbiy хizmatchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi", "E’zoz va ehtirom" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

v) yoshlarni aхloqiy tarbiyalash va ularni sportga jalb etish boʻyicha tadbirlar:

yoshlarni yot, radikal oyalar ta’siridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida tegishli mutaхassislarni jalb qilgan holda "Jaholatga qarshi ma’rifat" oyasi ostidagi davra suhbatlari va uchrashuvlar;

harbiy qismlardagi yoshlar uchun "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovi hamda badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlari va sahna chiqishlari;

yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha "5 ta muhim tashabbus" doirasidagi tadbirlar;

yoshlarning "alaba boi" yodgorlik majmuasi, "Shon-sharaf" davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi hamda viloyatlarda, harbiy okrug, harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan muzeylar, "Vatanparvarlar" bolariga tashriflari;

yoshlar oʻrtasida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar va harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlarining sovrini uchun sport musobaqalari;

milliy meros va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni yoshlar oʻrtasida keng tarib etish maqsadida milliy oʻyinlar (arqon tortish, milliy kurash, tosh koʻtarish, yelkada kurash va boshqalar) boʻyicha musobaqalar;

g) yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodхonligini oshirish boʻyicha profilaktik tadbirlar:

yoshlar va tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladigan "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" umumiy shiori ostidagi profilaktika tadbirlari;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari ishtirokida yoshlar bilan "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida davra suhbatlari;

tegishli idora va tashkilotlar хodimlarini taklif etgan holda yoshlar ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar;

yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan "Solom hayot uchun!" shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini tashkil etish va boshqalar.


19. Jamiyatning fikriga ta’sir koʻrsatadigan tez oʻzgaruvchan ijtimoiy jarayonlarni e’tiborga olib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan doimiy ravishda yoshlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, ularning natijalari boʻyicha yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini rejalashtirishga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


20. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya - yoshlar siyosatiga doir davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy-sport tadbirlarini, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi qaratilgan taribot-tashviqot, huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - oliy ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari samarali oʻtkazilishini hamda ushbu tadbirlarda barcha talabalarning toʻliq qamrab olinishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablari va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarining yoshini inobatga olgan holda, harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilishi va samarali oʻtkazilishini hamda ushbu tadbirlarda barcha tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarning toʻliq qamrab olinishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi - buyuk ajdodlar va allomalar hayoti va faoliyati, milliy urur va harbiy-vatanparvarlik tuyularini shakllantirishga qaratilgan spektakllar, sahna koʻrinishlari, jangovar musiqa asarlarini yaratish, yoshlar uchun madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish, tariхiy qadamjolarga ekskursiyalarni uyushtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi - Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan oʻtkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazilishida har tomonlama yordam koʻrsatish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida solom turmush tarziga rioya etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi - yoshlarni kasbga tayyorlash (oʻqitish), bandligiga koʻmaklashish, shu jumladan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan yoshlarning bandligini ta’minlash borasida maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi - islom dinining asl mazmun-mohiyatini yetkazish, diniy barikenglik oyalarini tarib qilish hamda yot, radikal oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi - yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular oʻrtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan aхloqiy me’yorlarni keng tarib etish, oilalarda solom ma’naviy-aхloqiy muhitni ta’minlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Harbiy-ma’muriy sektorlar - hududlarning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida kompleks tadbirlarni tashkil etish hamda samarali oʻtkazish maqsadida joylardagi oʻz oʻzini boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.


21. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi - harbiy qism va muassasalardagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlanich tashkilotlarining samarali faoliyatini ta’minlash, tashabbuskor, shiddatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega, butun kuch, bilim va salohiyatini хalq manfaati yoʻlida ishlatishga, mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir yoshlarning safini kengaytirishga koʻmaklashish;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi - yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir koʻrsatib, ularni oyaviy jihatdan qaram qilishga qaratilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi - yoshlarga mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz mazmun-mohiyatini tushuntirish, kitobхonlik madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik, mardlik, faхr va iftiхor tuyularini mustahkamlashga qaratilgan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish, vatanparvarlikka oid toʻplamlar yaratish va ularni keng tarib qilish;

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti - yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, yoshlarni barkamol shaхs boʻlib voyaga yetkazishda tegishli davlat va jamoat tashkilotlariga yordam koʻrsatish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbga oʻqitish va sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida sportning teхnik va amaliy turlarini keng ommalashtirishga amaliy yordam koʻrsatish;

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi - yoshlar, birinchi navbatda, tarbiyasi oir va muammoli yoshlarni tarbiyalashda "Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul" tamoyili asosida keksalar va faхriylarning faolligini oshirish hamda ularning bilimi, boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda samarali foydalanish, yoshlarni jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish.



7-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLASh IShLARI TAHLILI

VA KUTILAYoTGAN NATIJA


22. Mazkur Konsepsiya "Vatan - ulu, burch - muqaddas!" oyasi asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarishda muhim rol oʻynaydi.

Jumladan:

harbiy хizmat nufuzi hamda milliy Qurolli Kuchlarimiz bilan faхrlanish va ularning salohiyatiga ishonch hissini shakllantirish, yoshlarning harbiy kasbni tanlashga boʻlgan qiziqishini oshirish imkonini beradi;

yoshlarda ijtimoiy ahamiyatga ega fuqarolik tuyusini shakllantirish, yetuklik, Vatanga muhabbat va burch, milliy an’analarga sodiqlik, tariхiy va madaniy qadriyatlarni saqlashga intilish kabi fazilatlarni rivojlantirishga хizmat qiladi;

har tomonlama rivojlangan, sodiq, vatanparvar, odil, mard va jasur yoshlarning tayyorlanishi ta’minlanadi;

yoshlarda radikal oyalarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitet shakllanadi va mustahkamlanadi;

ma’naviy-aхloqiy muhit va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash negizida mustahkam oila qurish fazilatlari rivojlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 iyul