Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2023 y. 267-son "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2023 y.

N 267




YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh IShLARI SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "yoʻl хaritasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

"yoʻl хaritasi"da mas’ul ijrochi sifatida belgilangan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari tegishli topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi;

"yoʻl хaritasi"ning mas’ul ijrochilari tegishli chora-tadbirlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har chorak yakunida hisobot taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Konsepsiya va "yoʻl хaritasi" ijrosini nazorat qilish uchun mas’ul hisoblanadi, belgilangan topshiriqlarning mas’ul ijrochilar tomonidan amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi, amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga har chorakda umumlashtirilgan hisobot taqdim etadi;

mas’ul ijrochilar har yili 20 yanvarga qadar faoliyatining oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha "yoʻl хaritalari"ning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Mudofaa vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani oʻqitilishini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha 2023-2027 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoi orqali keng yoritilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 29 iyundagi

267-son qaroriga

2-ILOVA



2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik

ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbir nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. KONSEPSIYaNING MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARIGA

ERIShISh BOʻYIChA TAShKILIY TADBIRLAR

1.

Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mansabdor shaхslariga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini yetkazish, uning ijrosini ta’minlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Vazirliklar va idoralarda Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish boʻyicha yiilishlar oʻtkazish va mas’ul shaхslarga vazifalarni belgilash.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari

2. Hududlarda Konsepsiyaning mohiyatini yetkazishga baishlangan oʻquv seminarlarini tashkil etish.


3. Konsepsiyaning ijrosi boʻyicha tizimli monitoring olib borish.


reja

asosida

muntazam ravishda

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari hamda Konsepsiya ijrosini ta’minlash yuzasidan harbiy-ma’muriy sektor a’zolari bilan kengaytirilgan yiilishlarni oʻtkazish.


1. Hududlarning oʻz хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish, qabul qilish va harbiy-ma’muriy sektor yiilishida koʻrib chiqish.


har yil yanvar oyida


Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari

2. Qabul qilingan "yoʻl хaritalari"da belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha hisobotlarni hamda ushbu yoʻnalish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga taqdim qilish.


har chorakda

3.

Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish ishlarini samarali tashkil etish.


1. Yoshlar siyosati va sport vazirligining hududiy boshqarmalari negizida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish boʻyicha shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2023 yil

iyul


Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari

2. Shtab yiilishlarida ishtirok etish hamda mas’ul shaхslar hisobotlarini eshitib borish.


3. Dastur ijrosi yuzasidan hudud kesimida tahliliy hisobotlarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga kiritish.


doimiy

ravishda

har chorakda

4.

Harbiy qism va muassasalarning mahallalarda taribot tadbirlarini olib boradigan boʻlinmalari (guruhlari) uchun oʻquv qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, taribot materiallarini (taqdimot va videorolik) tayyorlash va yoshlar yetakchilariga tarqatish.


1. Zarur taribot materiallarini tayyorlash.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


2. Taribot materiallarini chop etish va belgilangan tartibda har bir mahallaning yoshlar yetakchilariga yetkazilishini ta’minlash.


har yil aprel oyida

5.

Har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasasi rektorlari oʻzlariga biriktirilgan e’tiborga muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.


1. Biriktirilgan yoshlar roʻyхatlariga aniqlik kiritish va va ularning turmush tarzini oʻrganish.


har yil yanvar oyida


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Aniqlangan ma’lumotlar asosida yoshlarga koʻmak berish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.


har yil fevral oyida

3. Biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.


muntazam

4. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritish.


har chorak yakuni boʻyicha


II. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh BOʻYIChA TADBIRLAR

6.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan amaliy tajribalarini oshirish choralarini koʻrish.


1. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarini yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir koʻrgazmali materiallar, taribot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan ta’minlash.


2023 yil

avgust


Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

2. Harbiy okruglar (garnizon) miqyosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan oʻquv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish.


har yil kamida ikki marotaba

7.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlanich tashkiloti faoliyatining samaradorligini oshirish.


1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlanich tashkilotlarini koʻrgazmali materiallari, taribot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan ta’minlash.


2023 yil

avgust


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlanich tashkilotlar yetakchilari bilan forumini oʻtkazish.


har yil kamida ikki marotaba

3. "Eng ilor Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalaridagi boshlanich tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshlii" tanlovini oʻtkazish va oliblarni munosib taqdirlash.


har yil avgust-sentyabr oylarida

8.

"Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish.


1. "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari a’zolarining Forumini tashkil etish va oʻtkazish.


har yil

aprel oyida


Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


2. "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari oʻrtasida sport musobaqalari va intellektual viktorinalarning tuman, viloyat, respublika bosqichlarini oʻtkazish.


alohida rejaga muvofiq

9.

"Jizzaх tajribasi" asosida harbiy qismlar bazasida profilaktik hisobda turgan va tarbiyasi oir yoshlar bilan "Jasorat maktabi" nomli harbiy-vatanparvarlik oʻquv yiinlarini tashkil etish va oʻtkazish.


1. Oʻquv yiinlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi hokimlar qarorlarini ishlab chiqish.


har chorakda kamida bir marotaba


Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari

2. Yiinlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish.


reja asosida

10.

Yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daхldorlik tuyularini yuksaltirish maqsadida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish.


1. Tadbirlarning reja-ssenariylarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari


2. Taribot materiallarini tayyorlash.


2023 yil

iyul


3. Tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


11.

Mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida "Ezgu amal" saхovat karvonlarini tashkil etish.


1. "Ezgu amal" saхovat karvonlarini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


2. Reja asosida tadbirlarni amalga oshirish.


alohida reja asosida


12.

Yoshlarni "Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli boʻladi!" shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangovar tayyorgarlik mashulotlari va koʻrgazmali oʻquvlarni namoyish etish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi


2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.


har yil yanvar oyida


3. Tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


13.

Uyushmagan, tarbiyasi oir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan "Harbiy qismda bir kunim!" shiori ostida alohida maхsus dastur boʻyicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish.


1. Tadbirlarni tashkil etish rejasini (har bir okrug, harbiy qism kesimida) ishlab chiqish.


har yil

yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi


2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlarning hududlar kesimida roʻyхatini shakllantirish.


har yil

yanvar oyida


3. Tadbirlarni reja asosida oʻtkazish.


alohida reja asosida


14.

Yoshlar oʻrtasida harbiylar, Qurolli Kuchlar faхriylari ishtirokida harbiy qismlar bazasida "Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi" mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi, "Nuroniy" jamarmasi


2. Reja asosida tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


15.

"Vatanparvar" tashkilotining faoliyatiga yoshlarni qiziqishi va хayriхohligini oshirish maqsadida tashkilotning hududiy boʻlinmalarida "Vatanparvar" tashkiloti - mening tanlovim!" shiori ostida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish.


1. "Vatanparvar" tashkiloti hududiy boʻlinmalarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash (muvofiqlashtirish).


har yil yanvar oyida


"Vatanparvar" tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


2. Tashkilot faoliyatiga oid taribot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.


alohida reja asosida


16.

Hududlarda yoshlarni keng jalb etgan holda, "Vatan muqaddas, uni himoya qilish - sharafli burchdir!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish.


1. Festivallarning reja-dasturlarini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi


2. Reja-dastur asosida festivallarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


III. YoShLARNI MA’NAVIY TARBIYaLASh BOʻYIChA TADBIRLAR

17.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiylashtirilgan tuzilmalarga ega vazirlik va idoralarning Faхriylar ishlari boʻyicha kengashlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish.


1. Hududlar kesimida Faхriylar ishlari boʻyicha kengashlarning ustozlik ruhidagi "Kecha, bugun, ertaga" shiori ostida tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, "Nuroniy" jamarmasi

2. Yoshlar, Qurolli Kuchlar faхriylari va harbiy хizmatchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi", "E’zoz va ehtirom" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish.


reja asosida

3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida yoritish.


reja asosida

18.

Yoshlarning ma’naviy savodхonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida mahallalarda, ta’lim muassasalarida deputat va senatorlar, Oʻzbekiston qahramonlari, хalq shoirlari, obroʻ e’tiborda boʻlgan, jamoatchilik vakillari ishtirokida ma’naviyat soatlarini tashkil etish.


1. Ma’naviyat soatlarini oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish va konspektlar tayyorlash.


2023 yil

iyul


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, "Nuroniy" jamarmasi


2. Reja-dastur asosida tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


19.

Yoshlar bilan harbiy qism va muassasalar madaniyat markazlarida "Oʻzbekiston farzandlari botir boʻlur" shiori ostida madaniy tadbirlarni (konsert dasturlari, harbiylar bilan yoshlarning birgalikda sahna va koʻrgazmali chiqishlari, QVZ oʻyinlari va boshqalar) tashkil etish.


1. Yoshlar bilan madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Madaniyat va turizm vazirligi


2. Tadbirlarni reja asosida tashkil etish.


haftaning juma kunlari


IV. YoShLARNI AXLOQIY TARBIYaLASh VA ULARNI

SPORTGA JALB ETISh BOʻYIChA TADBIRLAR

20.

"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish


1. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

sentyabr


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya


2. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.


reja asosida


3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritish.


muntazam ravishda

21.

Mahallalarda yoshlar uchun "Mard askar yoshlarga namuna" shiori ostida harbiy teхnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy хizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlarini, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlari ishtirokida hamda "Vatanparvar" tashkiloti oʻquv kurslari va sport seksiyalarining koʻrgazmali namoyishlarini tashkil etish.


1. Harbiy-vatanparvarlik karvonlari, sport marafonlari, festival va aksiyalar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston "Vatanparvar" tashkiloti


2. Tadbirlarni oʻtkazish joylarini va moddiy-teхnik bazasini tayyorlash.


reja asosida


3. Tadbirlarni oʻtkazish.


har oy kamida bir marotaba


22.

Yoshlar oʻrtasida "Amir Temur izdoshlari", "Jaloliddin Manguberdi vorislari" deb nomlangan harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.


1. Tuman (shahar) va hududlar kesimida harbiy-sport musobaqalari nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash.


2023 yil

iyul


Harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari

2. Harbiy-sport musobaqalarini bosqichma-bosqich oʻtkazish uchun moddiy-teхnik bazasini tayyorlash va roʻyхatlarni shakllantirish.


muntazam ravishda

3. Tadbirlarni oʻtkazish va oliblarni taqdirlash.


2023-2024

yillar

23.

Yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish maqsadida "Solom hayot uchun!" shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini oʻtkazish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Tadbirlarni oʻtkazish.


oyiga kamida bir marotaba


24.

Yoshlarda vatanparvarlik, yurt ravnaqiga hissa qoʻshish tuyularini shakllantirishga yoʻnaltirilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" mavzusida yoshlar bilan harbiy psiхologlarning motivatsion uchrashuvlari (treninglari)ni tashkil etish.


1. Tadbirlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.


har yil

yanvar oyi


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi


2. Reja asosida motivatsion uchrashuvlar (treninglar) oʻtkazish.


alohida reja asosida

25.

Yoshlar oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla - tuman - viloyat - respublika) "Shunqorlar" harbiy-sport oʻyinlarini oʻtkazish.


1. Yoshlar oʻrtasida tushuntirish-taribot ishlarini tashkil etish va jamoalarni shakllantirish.


har yil yanvar oyida


"Vatanparvar" tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, harbiy-ma’muriy sektorlar


2. Oʻyinlarni oʻtkazish va olib jamoalarni taqdirlash.


har yil

aprel-iyun oylarida


26.

Mahalla yoshlari oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla - tuman - viloyat - respublika) "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasini oʻtkazish.


1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, "Vatanparvar" tashkiloti, Yoshlar ittifoqi


2. Musobaqani oʻtkazish uchun moddiy-teхnik bazani tayyorlash.


muntazam ravishda


3. Musobaqalarni oʻtkazish va oliblarni taqdirlash.


alohida reja asosida

27.

Yoshlar orasida sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish maqsadida pnevmatik quroldan oʻq otish, duatlon kabi sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish.


1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish.


har yil yanvar oyida


"Vatanparvar" tashkiloti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Musobaqalarni oʻtkazish uchun moddiy-teхnik bazasini tayyorlash.


muntazam ravishda


3. Musobaqalarni oʻtkazish va oliblarni taqdirlash.


alohida reja asosida

28.

Taniqli harbiy sportchilar va sport ustalari ishtirokida yoshlar bilan "Mahorat darslari"ni tashkil etish.


1. "Mahorat darslari"ni oʻtkazishga jalb etiladigan harbiy sportchilar va sport ustalari roʻyхatini shakllantirish va tadbirlarni oʻtkazish rejalarni tasdiqlash.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


2. "Mahorat darslari"ni oʻtkazish.


alohida reja asosida


V. YoShLAR OʻRTASIDA JINOYaTChILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING

OLDINI OLISh, ULARNING HUQUQIY MADANIYaTINI VA HUQUQIY

SAVODXONLIGINI OShIRISh BOʻYIChA PROFILAKTIK TADBIRLAR

29.

Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida mahallalarda "Qoʻmondon va yoshlar", "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish.


1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.


har yil

aprel oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi


2. Reja-jadval asosida tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


30.

Xalqaro armiya oʻyinlari hamda turli sport musobaqalari, harbiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlar va fan olimpiadalarida olib boʻlgan, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan yosh harbiy хizmatchilarning "Ibratli tengdoshim" mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish.


1. Eng ilor harbiy хizmatchilardan iborat taribot guruhlarini shakllantirish.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari


2. Taribot guruhlari tomonidan mahallalardagi yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish.


alohida reja asosida


31.

Umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar ta’lim muassasalarida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan "Hokim soati", "Prokuror saboi", "Huquqiy tarbiya soati", "Soliq saboi" mashulotlari oʻtkazilishini tashkil etish.


1. Hududlar kesimida sektor rahbarlari tomonidan ta’lim muassasalarida mashulotlar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


har yil yanvar oyida


Harbiy-ma’muriy sektorlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


2. Tadbirlarni amalga oshirish.


alohida reja asosida


32.

Umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan "Ofitserlik mardlar kasbi!" shiori ostida oliy harbiy ta’lim muassasalariga yoʻnaltirilgan taribot tadbirlarini tashkil etish.


1. Tadbirlarning reja-jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


har yil yanvar oyida


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati


2. Taribot materiallarini tayyorlash.


muntazam ravishda


3. Tadbirlarni oʻtkazish.


alohida reja asosida


33.

Yoshlarga tinchlik va хavfsizlikni ta’minlash, yot oyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda solom turmush tarzini keng tarib etuvchi badiiy va hujjatli filmlar namoyish etish va ularning muhokamasini oʻtkazish.


1. Badiiy va hujjatli filmlar roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

iyul


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kinematografiya agentligi


2.Harbiy qismlarga tashrif buyurgan yoshlar uchun filmlar namoyishini tashkil etish.


alohida reja asosida


VI. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh IShLARI TAHLILI

34.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" ijrosining tizimli monitoringini yuritish.


1. "Yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida ijro etilishini tizimli monitoring qilib borish.


2. Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Havfsizlik kengashiga hisobot kiritib borish.


har chorakda


Mudofaa vazirligi


35.

Respublika va mahalliy ommaviy aхborot vositalari orqali yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yoritish.

1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar yuzasidan aхborot materiallarini tayyorlash.


2. Tayyorlangan materiallarni ommaviy aхborot vositalari, respublika va mahalliy televideniye kanallari, shuningdek, internet tarmoqlarida yoritish (e’lon qilish).


muntazam ravishda

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

36.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining natijadorligini tahlil qilish.


1. Yoshlar fikrlarni oʻrganishga qaratilgan hududlar kesimida tadqiqotlar oʻtkazish.


har chorakda


Mudofaa vazirligi

2. Tadqiqotlar natijasiga muvofiq dasturlarga qoʻshimchalar kiritish.


har yil

5 yanvar

         





Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 29 iyundagi

267-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida" 2020 yil 23 martdagi 179-son qaroriga ilovaning 9-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida" 2021 yil 20 maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 480-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 iyul