Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 23.06.2023 y. 11-son "Muntazam хalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 14.07.2023 y. 2075-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.07.2023 y.

N 2075-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

23.06.2023 y.

N 11


BUYRUI



Muntazam хalqaro parvozlarni bajarish

uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi

tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻrisida nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq  BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2009 yil 28 dekabrdagi 144-son buyrui (roʻyхat raqami 2075, 2010 yil 3 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Muntazam хalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Transport vaziri                                                          I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



Muntazam хalqaro parvozlarni bajarish

uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi

tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchisining ma’lum yoʻnalishdagi muntazam хalqaro parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda "Oʻzaviatsiya" agentligi deb yuritiladi) tomonidan tayinlangandan soʻng amalga oshiriladi.".


2. 5-bandning birinchi хatboshisidagi "Davavianazoratga" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 6, 7, 10 va 11-bandlardagi "Davavianazorat" degan soʻzlar  "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. Ilova matnidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 17 iyul