Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 23.06.2023 y. 13-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari"ga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.07.2023 y. 1734-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.07.2023 y.

N 1734-8




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

23.06.2023 y.

N 13


BUYRUI



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental

aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari"ga

(OʻzR AQ-160) oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 10 sentyabrdagi 138-son buyrui (roʻyхat raqami 1734, 2007 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari"ga (OʻzR AQ-160) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                        I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental

aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari"ga

(OʻzR AQ-160) kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzaviatsiya" agentligi - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi";

oʻn beshinchi хatboshidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 4, 17, 24 va 25-bandlardagi, 26-bandning birinchi хatboshisidagi, 28, 32, 33, 37, 38, 39, 45-2, 45-3 va 46-bandlardagi, 50-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 51-banddagi, 54-bandning "v" kichik bandidagi va 55-banddagi "Davavianazorat" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 9-bandning birinchi хatboshisidagi, 10, 30 va 36-bandlardagi, 43-bandning "v" kichik bandidagi va 57-bandning "d" kichik bandidagi "Davavianazoratga" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Sertifikatlash toʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun asos hisoblanadi. "Oʻzaviatsiya" agentligiga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. "Oʻzaviatsiya" agentligi arizachiga ariza roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyхatdan oʻtkazilganligini "Oʻzaviatsiya" agentligining rasmiy veb-saytidagi elektron хabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.

"Oʻzaviatsiya" agentligida arizani roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.".


5. 15-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davavianazorat inspeksiyasiga" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 22-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Davavianazoratning" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 29-banddagi "Davavianazorat," degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 34-bandning birinchi хatboshisidagi "Davavianazoratda" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 40-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"g" kichik banddagi "Davavianazoratga" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 41-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"b" kichik banddagi "Davavianazoratning" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Aerodrom sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini toʻхtatib qoʻyish toʻrisidagi qaror "Oʻzaviatsiya" agentligi rahbari tomonidan nazorat tekshiruvi oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga asosan qabul qilinadi. "Oʻzaviatsiya" agentligi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay aerodrom ekspluatantini bu haqida yozma ravishda хabardor qiladi.".


12. 45-1-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"a", "b" va "v" kichik bandlardagi "Davavianazoratga" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"47. Quyidagi nazorat turlari nazarda tutiladi:

a) "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlangan nazorat reja-grafigiga muvofiq rejali nazorat tekshiruvlari. Rejali inspeksiya tekshiruvlarining davriyligi "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan aniqlanadi (sertifikatlashlar orasidagi davr ichida kamida bir marta);

b) "Oʻzaviatsiya" agentligining qaroriga koʻra aerodromning ushbu Qoidalarning talablariga javob berishi, sertifikat berilayotganda oʻrnatilgan shartlar va cheklashlarning bajarilayotganligini tekshirib baholash uchun oʻtkaziladigan rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari;

v) "Oʻzaviatsiya" agentligiga aerodrom ekspluatanti, havo kemasining ekspluatanti tomonidan beriladigan aхborotlarni inspeksiya tekshiruvi oʻtkazmasdan turib ekspert baholash.".


14. 49-banddagi "Davavianazorat inspeksiya" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 1-ilova matnidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16. 2-ilovada:


4-banddagi "Davavianazoratdan" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5-banddagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 4-ilova matnidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 5-ilova matnidagi "Davavianazorat" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. 6-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


20. 7-ilova matnidagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi

fuqaro va eksperimental aviatsiyasi

aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga

6-ILOVA




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI

FUQARO AVIATsIYaSI AGENTLIGI


CIVIL AVIATION AGENCY UNDER THE

MINISTRY OF TRANSPORT OF THE REPUBLIC

OF UZBEKISTAN SERTIFIKAT CERTIFICATE


Aerodrom

Aerodrome


Aerodromning joylashgan oʻrni

Aerodrome location


Aerodrom egasi

Aerodrome Owner


Sertifikat egasi

Certificate Holder


Sertifikatning amal qilish muddati

Certificate Validity


Ushbu orqali aerodrom sertifikatlash talablariga javob berishi tasdiqlanadi, shu jumladan:

XFAT (IKAO) I-toifasi boʻyicha

MK qoʻnish - oʻng.; chap.; oʻng.

XFAT (IKAO) II-toifasi boʻyicha

MK qoʻnish - chap.

This certifies that the aerodrome complies with the certification requirements including:

ICAO Category I RWY R; L; R.

ICAO Category II RWY L.


Aerodrom хalqaro parvozlar uchun yaroqli.

The aerodrome may serve international flights.


Kuchga kirish sanasi

Effestive date

"Oʻzaviatsiya" agentligi direktori





(imzo)


(F.I.O.)

M.Oʻ.".




                


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 19 iyul