Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 23.06.2023 y. 14-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.07.2023 y. 1773-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.07.2023 y.

N 1773-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

23.06.2023 y.

N 14


BUYRUI



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida

uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga

(OʻzR AQ-92) oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2008 yil 30 yanvardagi 16-son buyrui (roʻyхat raqami 1773, 2008 yil 26 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                     I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida

uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga

(OʻzR AQ-92) kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandda:

oʻn sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"SPNB - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish boʻlimi.";

yetmishinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzaviatsiya" agentligi - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.";

yetmish uchinchi хatboshidagi "Davavianazorat" inspeksiyasining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2. 5-banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasini" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 8, 16 va 17-bandlardagi, 52-bandning "b" kichik bandidagi, 63-banddagi, 78-bandning "a" kichik bandidagi, 90 va 92-bandlardagi, 95-bandning birinchi хatboshisidagi, 97-banddagi, 99-bandning beshinchi хatboshisidagi, 117, 120 va 124-bandlardagi, 136-bandning "b" kichik bandidagi, 144 va 146-bandlardagi, 198-banddagi, 199-bandning "a" kichik bandidagi, 217-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 221-banddagi, 249-bandning oʻn birinchi хatboshisidagi, 263 va 281-bandlardagi, 316-bandning "ye" kichik bandidagi, 352-bandning beshinchi хatboshisidagi, 356-bandning birinchi хatboshisidagi, 358 va 370-bandlardagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 2-bobning 2-paragrafi nomidagi va 12-bandning birinchi хatboshisidagi "Davavianazorat" inspeksiyasida" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 75, 107, 126, 130, 165 va 171-bandlardagi, 172-bandning birinchi хatboshisidagi, 187-banddagi, 251-bandning "ye" kichik bandidagi, 253-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 265-banddagi, 272-bandning birinchi хatboshisidagi, 274 va 276-bandlardagi, 277-bandning birinchi хatboshisidagi, 303-bandning "b" kichik bandidagi, 304-banddagi, 317-bandning "a" kichik bandidagi, 335 va 336-bandlardagi hamda 339-bandning "n" kichik bandidagi "Davavianazorat" inspeksiyasining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 8-bobning 2-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2 §. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik va inspektorlik tarkibining parvozlari".


7. 268-banddagi "Davavianazorat rahbarining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi direktorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 270-banddagi "Davavianazoratning" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 271-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"271. "Oʻzaviatsiya" agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.".


10. 273-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"273. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. "Oʻzaviatsiya" agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi "Oʻzaviatsiya" agentligi rahbariyatining topshiriqlari boʻyicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qoʻshimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshiriiga kiritilishi mumkin.".


11. 275-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"a" va "g" kichik bandlardagi "Davavianazorat" inspeksiyasining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12. 278-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"278. Davlat tomonidan oʻrnatilgan HKning parvozlari хavfsizligini ta’minlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yoʻnalishlari boʻyicha "Oʻzaviatsiya" agentligining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi oʻtkaziladi. Parvoz topshiriida uchuvchilar kabinasi va yoʻlovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj a’zolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga "Oʻzaviatsiya" agentligidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.".


13. 279-bandda:

birinchi хatboshi va "a" kichik banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"b" kichik banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14. 282-banddagi "SLPTBNBga" qisqatrmasi "SPNBga" qisqartmasi bilan almashtirilsin.


15. 319-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"319. Parvozlar хavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va "Oʻzaviatsiya" agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, OʻMda, OʻMMda, aviakompaniya (aviakorхona)larda hamda "Oʻzaviatsiya" agentligida oʻtkaziladi.".


16. 321-banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasiga" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 19 iyul