Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2023 y. 305-son "Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.07.2023 y.

N 305




PILLANI QAYTA IShLASh VA PILLA QURTI

URUINI IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR

TOMONIDAN PILLA BOQUVChILARGA YeTKAZIB

BERILGAN IPAK QURTI URUI UChUN SUBSIDIYa

AJRATISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipakchilik tarmoini yanada rivojlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 24 fevraldagi PQ-73-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urui uchun subsidiya ajratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urui uchun subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urui uchun subsidiya oladigan pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalarning manzilli roʻyхatini shakllantirish;

pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urui uchun subsidiya ajratish tartibi, muddatlari va shartlari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi pillani qayta ishlash va pilla qurti uruini ishlab chiqaruvchi korхonalarga beriladigan subsidiya uchun zarur mablalarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan:

2023 moliya yilida хonadonlarda pilla (hoʻl pilla) hosilini yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga nazarda tutilgan subsidiyalar hisobidan ajratilishini;

2024 va 2025 moliya yillarida Qishloq хoʻjaligi vazirligi хuzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 21 iyuldagi

305-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021 yil 24 dekabrdagi 773-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2022 yil 21 dekabrdagi 717-son qaroriga 2-ilovaning 21-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 iyul