Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2023 y. 405-son "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida" 2021 yil 15 oktyabrdagi 649-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2023 y.

N 405




MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA MADANIY

MEROS SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVINI SAMARALI

TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI BELGILANGANLIGI

MUNOSABATI BILAN VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA MADANIY

MEROS VAZIRLIGI HUZURIDAGI MADANIY MEROS

AGENTLIGI TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

TOʻRISIDA" 2021 YIL 15 OKTYaBRDAGI 649-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 1 iyundagi PQ-177-son qarori bilan madaniy meros sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilib, Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi hamda uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) Agentlikka madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, ishini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi boʻyicha tavsiyalar berish vazifalari yuklatildi.

Agentlik direktori jamoatchilik asosida Jamarma raisining oʻrinbosari hisoblanishi va u Agentlik faoliyatiga oid masalalarni Jamarma raisi bilan bamaslahat holda olib borishi belgilandi.

Shunga koʻra, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻrisidagi" 2021 yil 15 oktyabrdagi 649-son qarorini yuqorida qayd etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiklashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son Farmoni hamda "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 1 iyundagi PQ-177-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 15 oktyabrdagi 649-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

Agentlik alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilanganligi munosabati bilan ushbu qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiqlashtirish;

Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilanganligi, uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanganligi, shuningdek, Jamarma bilan oʻzaro hamkorlik masalalari nazarda tutilganligi munosabati bilan ushbu qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PQ-177-son qaroriga muvofiqlashtirish.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdukarimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 21 avgustdagi

405-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy

meros agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"

2021 yil 15 oktyabrdagi 649-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Nomidagi, 1-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Ilovada:


a) nomidagi va 1-banddagi "Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Agentlik oʻz faoliyatini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi bilan maslahatlashgan holda olib boradi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi Agentlikka madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadi, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, ishini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi boʻyicha tavsiyalar beradi";


v) 5-banddagi ", shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirining qarorlari hamda buyruqlariga" soʻzlari chiqarib tashlansin;


g) 8-bandda:


"a" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


"b" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "pri Ministerstve turizma i kul’turnogo naslediya" soʻzlari chiqarib tashlansin;


"v" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "under the Ministry of tourism and cultural heritage" soʻzlari chiqarib tashlansin;


d) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Agentlikning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy, 100029";


ye) 10-bandda:

toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi "Abdulla Qodiriy memorial muzeyi" soʻzlaridan keyin ", Toʻra Sulaymon uy muzeyi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

yettinchi хatboshidagi "Samarqand arхeologiya instituti" soʻzlari "Yahyo ulomov nomidagi Samarqand arхeologiya instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻninchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

""Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti", "Madaniy meros ob’yektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy markazlari";


j) 13-bandning "v" kichik bandida:

uchinchi хatboshidagi "belgilangan tartibda" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi bilan kelishgan holda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) bilan kelishgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻn ikkinchi хatboshidagi "Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va sport vaziri" soʻzlari "Agentlik direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 14-bandning "a" kichik bandi beshinchi va oltinchi хatboshilaridagi, 15-bandning "b" kichik bandi toʻrtinchi хatboshisidagi, 16-bandning "b" kichik bandi oltinchi хatboshisidagi "Inspeksiya bilan kelishgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


i) 18-bandda:


13-kichik banddagi "Turizm va madaniy meros vaziri" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-kichik banddagi "Turizm va madaniy meros vazirligi" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


k) 20-bandning 7-kichik bandidagi ", zarur boʻlganda, Inspeksiya," soʻzlari chiqarib tashlansin;


l) 22-bandda:


2-kichik banddagi ", Turizm va madaniy meros vazirining qarorlari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


4-kichik banddagi ", Turizm va madaniy meros vazirining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


14-kichik banddagi "Vazirlik rahbarlari va хodimlarining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


19-kichik banddagi "Vazirlik" soʻzi "Agentlik" soʻzi bilan almashtirilsin;


22-kichik banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


25-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"25) Agentlik markaziy apparati хodimlarini (direktor oʻrinbosarlaridan tashqari) tayinlash, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.

Bunda ushbu kichik bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan rahbarlar va хodimlarni, shu jumladan, davlat muzeylari direktorlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi;";


27-kichik band "hududiy boshqarmalarining" soʻzlaridan keyin ", shuningdek, Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmalarini," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


28-kichik banddagi "boʻyicha takliflarni Inspeksiya bilan kelishilgan holda Turizm va madaniy meros vaziriga kiritish" soʻzlari chiqarib tashlansin;


33-kichik banddagi "turizm va madaniy meros vazirining" soʻzlari "Agentlik direktorining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


m) quyidagi mazmundagi 22-1-band bilan toʻldirilsin:

"22-1. Agentlik direktori jamoatchilik asosida Jamarma raisining oʻrinbosari hisoblanadi hamda u Agentlik faoliyatiga oid masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi raisi bilan bamaslahat holda olib boradi";


n) 23-bandda:


"b" kichik bandning birinchi хatboshisidagi " - bosh me’mor" soʻzlari chiqarib tashlansin;


"g" kichik bandning toʻqqizinchi хatboshisidagi "Turizm va madaniy meros vazirligi hay’ati, turizm va madaniy meros vaziri va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


o) 24-bandda:


6-kichik banddagi "Turizm va madaniy meros vazirligi hay’ati, turizm va madaniy meros vaziri va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


18-kichik banddagi "hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


p) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"30. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi";


r) 34-bandning birinchi хatboshisidagi "turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


s) 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"35. Agentlik direktori Agentlik markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi";


t) 2-paragraf (Agentlikning Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


u) 40-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Inspeksiya bilan kelishilgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


f) 48-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


х) 51-bandning birinchi хatboshisidagi "Inspeksiya," soʻzi chiqarib tashlansin;


s) 53-banddagi "Turizm va madaniy meros vaziriga va" soʻzlari chiqarib tashlansin;


ch) 54-banddagi "Turizm va madaniy meros vaziri" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 avgust