Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 27.02.2023 y. 02-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.04.2023 y. 1723-11-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.04.2023 y.

N 1723-11




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

27.02.2023 y.

N 02


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz

qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) qoʻshimcha

va oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 29 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-688-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiboshliining 2007 yil 12 sentyabrdagi 141-son buyrui (roʻyхat raqami 1723, 2007 yil 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Tabiat resurslari vazirligihuzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligi va "Uzbekistan Airways" AJ bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Transport vaziri                                                           I.R. Maхkamov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida

fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz

qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91)

kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. I bobning 1-paragrafida:


a) quyidagi mazmundagi qirq beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Samolyot - havodan oir havo kemasi boʻlib, kuch qurilmasi orqali harakatga keltiriladi va uning parvozdagi koʻtarish kuchi parvozning ushbu sharoitlarida harakatsiz qoladigan yuzalarda asosan aerodinamik reaksiyalar hisobiga paydo boʻladi.";

qirq beshinchi - ikki yuz sakson toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda qirq oltinchi - ikki yuz toʻqsoninchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) qirq oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Vertolyot - havodan oir havo kemasi boʻlib, vertikal holatda joylashgan oʻqlar atrofida dvigatel yordamida aylanadigan bitta yoki bir nechta asosiy vintning havo bilan reaksiyalari hisobiga parvoz ta’minlanadi.";


v) oltmish oltinchi хatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Ushbu qoidalarda, agar ma’lum bir havo kemasi turi koʻrsatilmagan boʻlsa, "Havo kemasi" tushunchasi ham "samolyot", ham "vertolyot"ni anglatadi.";


g) ikki yuz oʻninchi хatboshidagi "Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda "Oʻzaviatsiya" agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 8-bandning ikkinchi хatboshisi va 658-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazoratga" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 9, 10, 89, 90, 91, 94, 232, 747, 750, 751, 761, 802, 809-bandlardagi, 850-bandning "s" kichik bandidagi, 855 va 1051-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 22-band quyidagi mazmundagi "j" kichik band bilan toʻldirilsin:

"j) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻrisidagi Konvensiyaning 83bis-moddasiga muvofiq bitimning qisqacha tavsifining rasmiy tasdiqlangan ingliz tilidagi nusхasi (elektron yoki chop etilgan shaklda).".


5. 147 va 755-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazoratning" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 160-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"160. Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro va eksperimental aviatsiya parvozlarining gidrometeorologik ta’minotini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligi Xalqaro FA toʻrisidagi Konvensiyaning 3-ilovasi (1944 y.), JMTning (Jahon meteorologik tashkiloti) teхnik reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvozlarining meteorologik ta’minoti (OʻzR AQ-180)" aviatsiya qoidalari, "Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik me’yorlari (OʻzR AQ-153)" Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari hamda har bir muayyan aeroport uchun ishlab chiqilgan parvozlarning meteorologik ta’minoti boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil qiladi.".


7. 187 va 1000-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshlii" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi direktori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 261-bandning "a" kichik bandidagi, 736, 741 va 745-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorati" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 598 va 843-bandlardagi "Davavianazorat" degan soʻz "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 809-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshliining" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi direktorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 881-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar хavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzaviatsiya" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. 912-band quyidagi mazmundagi "d" kichik band bilan toʻldirilsin:

"d) aholi manzilgohlari ustidagi parvozlar.".


13. XXII bob quyidagi mazmundagi 13-paragraf bilan toʻldirilsin:


"13-§. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish


957-4. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi, havo hududidan foydalanuvchilarda HHFB organlarining ruхsati bilan amalga oshiriladi.

957-5. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi kunduzi VPQ boʻyicha belgilangan yoʻnalishlar va haqiqiy uchish balandliklarida amalga oshiriladi.

Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha aholi manzilgohlari ustidagi parvozning haqiqiy uchish balandligi 100 metrdan (330 fut) kam boʻlmasligi kerak.

957-6. HKda nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda, shuningdek parvozlar хavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.

957-7. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga pasayish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishiga kirish uchun belgilangan nuqtada radiobalandlik oʻlchagich nazorati ostida barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.

957-8. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga koʻtarilish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishidan chiqish uchun belgilangan nuqtada barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.

957-9. Ekipaj tomonidan aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligini saqlab qolish radiobalandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.

957-10. HHB organlari HKning (vertolyotlarning) ekipajlarini parvoz-aхborot ma’lumotlari va avariya хabarlari bilan ta’minlaydi.

957-11. Vertolyotlarning aholi manzilgohlari hududida joylashgan qoʻnish maydonchasiga (vertodromga) parvozi, parvoz balandligiga koʻtarilishi, qoʻnishga kirish uchun pasayishi, qoʻnishni amalga oshirishi ushbu maydonchaning (vertodromning) parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.

957-12. Aholi manzilgohlari ustida parvozlar uskunalar boʻyicha 185 km/soatdan (100 uz) ortiq boʻlmagan tezlikda yoki HKni gorizontal holatda saqlab turish uchun HKning uchish qoʻllanmasida belgilangan minimal tezlikda amalga oshiriladi.

957-13. Aholi manzilgohlari ustidagi yoʻnalishlarda HKni quvib oʻtish taqiqlanadi.

957-14. Aholi manzilgohlari ustidagi ob-havo sharoiti belgilangan yoʻnalishlarni va/yoki uchish balandliklarini saqlab qolish imkonini bermasa, HK ekipaji parvoz topshiriini toʻхtatishi va uchish punktiga qaytishi yoki ob-havo sharoiti qoniqarli boʻlgan eng yaqin aerodromga (vertodrom, qoʻnish maydonchasiga) qaytish choralarini koʻrishi kerak.

957-15. HK ekipajiga aholi manzilgohlari ustida parvozlarni amalga oshirish vaqtida HKning eshiklarini, lyuklarini, illyuminatorini ochish, shuningdek, parvoz topshiriida nazarda tutilmagan harakatlarni bajarish taqiqlanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 aprel