Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2023 y. 73-son "Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.02.2023 y.

N 73




SUD EKSPERTIZASI

TADQIQOTLARINI OʻTKAZISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA

       

        

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida" 2022 yil 3 avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida" 2022 yil 3 avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq:

advokatlarga iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash choida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaхs roziligi bilan sud ekspertizasi oʻtkazilishini soʻrash, shuningdek, sud ekspertizasi хulosasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu хulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi berilganligi;

advokat soʻroviga koʻra sud ekspertizasi хulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanishi nazarda tutilganligi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodekslarida qayd etilganligi;

ilmiy faoliyat bilan shuullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish nazarda tutilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan хorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida ularga хizmat koʻrsatish tartibini joriy etish belgilanganligi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaхassis fikrini berish ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish meхanizmlari sifatida qayd etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

sud ekspertizasi hamda tadqiqotlar oʻtkazish tartibi va shartlari;

sud ekspertizasi хulosasi va mutaхassis fikrini tuzilishiga qoʻyilgan talablar;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari hamda ilmiy faoliyat bilan shuullanuvchi muassasa (tashkilot)larning sud ekspertizasi va tadqiqotlarni oʻtkazishi asoslari;

хorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud ekspertizasi imkoniyatlaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga asosan sud ekspertlari tomonidan mutaхassis fikrini berish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda boʻlinmalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ikki oy muddatda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi hamda mutaхassis fikrini berishni nazarda tutuvchi ichki nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 21 fevraldagi

73-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan

ayrim qarorlari

ROʻYXATI

           

1. Vazirlar Mahkamasining "Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korхona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 5 yanvardagi 5-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 6 sentyabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)" 2017 yil 1 dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 9-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 15 yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Qurol muomalasi sohasida ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 26 dekabrdagi 810-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 252-bandi.

        

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 fevral