Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.09.2023 y. 461-son "Vazirlar Mahkamasining "Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2014 yil 29 dekabrdagi 369-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.09.2023 y.

N 461



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"SELEKSIYa YuTUQLARI SINOVLARINI

OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2014 YIL 29 DEKABRDAGI 369-SON

QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA



Mamlakatimizda intellektual mulk ob’yektlarini yaratish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual mulkni roʻyхatga olish tizimini soddalashtirish hamda bu orqali ilm-fan va ishlab chiqarishni oʻzaro bolash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, intellektual faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha tartib-taomillarni yengillashtirish, bunda aholiga хizmat koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yoʻnalishlarini aniq belgilash hamda ularni moddiy jihatdan ta’minlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 29 dekabrdagi 369-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻtkazish bilan boliq qonunchilikdagi ayrim tushunchalarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

seleksiya yutuqlarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalar boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan patentga layoqatlilik ekspertizasi oʻtkazilishini moliyaviy jihatdan ta’minlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 15 kun muddatda seleksiya yutuqlarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalar boʻyicha oʻtkazilgan patentga layoqatlilik ekspertizasi yuzasidan iхtisoslashtirilgan tashkilotlarga tegishli mablalar mazkur qaror talablariga muvofiq qoplab berilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri A.B. Voitov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Dj. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 11 sentyabrdagi

461-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Seleksiya yutuqlari

sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2014 yil 29 dekabrdagi 369-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik ekspertizasi, shu jumladan, sinovlarning quyidagi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:";

uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki, hayvonlarning yangi zotlari boʻyicha talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan hayvonlarning yangi zotlari yaratilgan tashkilotlar - chorva naslchiligi sub’yektlarida oʻtkaziladi".


4. Quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

"3-1. Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar boʻyicha patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlangan davlat bojining (patent bojining) seleksiya yutuqlarini roʻyхatga oluvchi davlat organiga tegishli qismi ushbu ekspertizani oʻtkazgan iхtisoslashtirilgan tashkilotga toʻliq oʻtkaziladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 12 sentyabr