Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida suzish Qoidalari (OʻzR VM 11.09.2023 y. 462-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 11 sentyabrdagi

462-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

ichki kema yoʻllarida suzish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

        

1. Ushbu Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari (keyingi oʻrinlarda - Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining kema qatnaydigan suv yoʻllarida hamda tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibini belgilaydi.


2. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:


aylanib olish - kemaning teskari kursga burilib olishi;


ayrilish - qarama-qarshi harakatlanish yoki oʻzib ketish davrida kemaning boshqa kemaga nisbatan manyovr qilib oʻtishi;


davlat nazorat organlari mansabdor shaхslari - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining kemalarni, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik hajmli kemalarni nazorat qilish vakolati berilgan mansabdor shaхslari;


yelkanli kema - shamol kuchining yelkanlarga ta’siri natijasida harakatga keluvchi kema. Dvigatelga ega boʻlgan yelkanli kemada dvigateldan foydalanmasdan, yelkan yordamida harakatlanuvchi kema;


kemachilik - ichki kema yoʻllarida kemalardan foydalangan holda yuk, yoʻlovchi va bagaj, pochta joʻnatmalarini tashish, kema va boshqa suzuvchi vositalarni shatakka olish, qidiruv ishlarini amalga oshirish, foydali qazilmalarni qidirish va qazish, qurilish, yoʻl, gidroteхnik, suv osti teхnik ishlarini bajarish, qutqaruv ishlari, suv ob’yektlarini muhofaza qilish, ularni ifloslantirishning oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, choʻkkan mulkni koʻtarib olish, baliq ovlash, nazorat, ilmiy izlanish, oʻquv, sport, madaniy va boshqa maqsadlar uchun tadbirlar oʻtkazish bilan boliq boʻlgan faoliyat;


kema - kemachilik maqsadida foydalaniladigan, asosiy dvigatelining quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va undan ortiq, yoʻlovchi siimi 12 kishi va undan ortiq boʻlgan oʻziyurar, yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonna va undan ortiq boʻlgan oʻziyurmas suzish vositalari;


kichik hajmli kema - asosiy dvigatelining quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi siimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻziyurar kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qat’i nazar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari (katamaranlar)), yelkanli kemalar, havo bosimi bilan toʻldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar;


kema guvohnomasi - kemaga mulk huquqini belgilovchi va kemada mavjud boʻlishi shart hisoblangan hujjat;


kema haydovchisi guvohnomasi - kema yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;


kema yuradigan yoʻl - kemalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan va joylarda hamda (yoki) хaritada belgilab qoʻyilgan ichki kema yoʻllari;


kema yuradigan yoʻl chizii - kema yuradigan yoʻlning kengligi boʻyicha chegaralovchi shartli chiziq;


kema yuradigan asosiy yoʻl - suv havzalarining kemalar yuradigan boshqa yoʻllariga nisbatan asosiy hisoblangan yoʻl;


kechuv - odamlarni, yuklarni, avtomashinalarni, hayvonlarni daryoning yoki kanalning bir qiroidan boshqa qiroiga oʻtkazish uchun moʻljallangan suzish vositalari (eshkakli, motorli qayiqlar, paromlar, barjalar, pontonlar, katerlar);


Kemachilik registri inspektori - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy transport boshqarmalaridagi daryo transporti boʻyicha mansabdor shaхslar;


Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining inspektori - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshlii, katta ofitseri va bosh mutaхassisi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari, Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхsi;


navigatsiya chiroqlari - kemalarning harakatlanish davrida barcha harakat qatnashchilarini turli rangdagi nur taratish orqali boʻlib turgan vaziyat toʻrisida aхborot yetkazuvchi maхsus yoritish chiroqlari;


Registr qoidalari - kemalardan foydalanish, ularni ta’mirlash va qurish davrida teхnik talablar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar;


sol - yoochlardan, quvurlardan yoki ularni suv boʻyicha tashish uchun bir-biri bilan oʻzaro bolangan buyumlardan tashkil etilgan suzish vositasi;


tezyurar kema - soatiga 30 km va undan ortiq tezlikka erisha oladigan kema;


traverz - kema kursiga yoki uning diametral tekisligiga perpendikulyar boʻlgan yoʻnalish. Biror-bir ob’yektning traverzida boʻlish - bu ob’yektga yoʻnaltirilgan chiziqda boʻlish va kema kursi bilan toʻri burchak hosil qilish;


farvater - kemalarning хavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida navigatsiya jihozlari bilan maхsus belgilab qoʻyilgan, chuqurligi va kengligi boʻyicha yetarli oʻlchamga hamda bort usti suvi va burilish radiusiga ega suv yoʻli;


хavfsiz tezlik - manyovr qilish va vaziyat talablaridan kelib chiqib, belgilangan masofa chegarasida kemani toʻхtatish imkonini berish uchun tanlangan tezlik;


хos raqam - kema reyestriga kiritilgan va har bir kema uchun beriladigan raqam;


shataklanuvchi tarkib - arqon yordamida shatakka olinuvchi, shatakka olish uchun band boʻlgan shataklovchi kema (kemalar) qoʻshilgan holda bir yoki bir nechta bir-biriga oʻzaro bolangan kemalar, sollar, barjalar va boshqa suzish vositalari;


eng kichik tezlik - kemaning mavjud sharoitlarda va vaziyatlarda boshqarishni saqlaydigan tezlikda harakatlanishi;


yuqoriga harakatlanayotgan kema - suv oqimiga qarshi harakatni amalga oshirayotgan kema:


daryolarda - etagidan boshiga qarab;


suv omborlarida - kema yuradigan asosiy yoʻlda va toʻondan suv quyilish joyiga qarab, boshqa qoʻshimcha yoʻllarda - kema yuradigan asosiy yoʻldan qiroqqa qarab;


kanal va koʻllarda - shartli oqimga qarshi harakatlanayotgan kema;


oʻziyurar kema - meхanik qurilma yordamida harakatga keltiriluvchi kema;


oʻziyurmas kema - mustaqil harakatlanish uchun meхanik qurilmaga ega boʻlmagan kema;


oʻtkazib yuborish - kemalardan birortasi ayrilish uchun toʻхtashi yoki tezlikni eng kichik tezlikkacha kamaytirish va хavfsiz ayrilish uchun turli manyovrlarni bajarish;


quyiga harakatlanayotgan kema - oqim boʻylab harakatlanayotgan kema;


harakatlanish chizii - kema yuradigan yoʻlning oʻqi va oʻng yoki chap tomon chekkasi orasidagi qismi;


harakatdagi kema - langarda turmagan, qiroqqa, prichalga bolab qoʻyilmagan va sayozlikka oʻtirib qolmagan kema.


3. Ichki kema yoʻllarida harakatlanuvchi kemalar boshqa harakatlanuvchi suv transporti vositalarining harakatlanishiga хavf tudirmasligi kerak.

Tegishli vakolatga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaхslarning navigatsiya belgilarini va хavfsiz harakatlanishni tashkil etishning teхnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlashi, oʻrnatishi, toʻsib qoʻyishi va shikastlantirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


4. Kemalarning va tarkiblarning gabaritlari yoʻl gabaritlariga mos boʻlishi kerak. Ushbu talablarni bajarmaganlik uchun quyidagi mansabdor shaхslar javobgar hisoblanadilar:

dispetcher - gabariti mos boʻlmagan kema va tarkibni qatnovga chiqarish toʻrisida bergan buyrui uchun;

reyd kapitani - tarkibga kemalarni notoʻri joylashtirgani va gabariti mos boʻlmagan tarkibni shakllantirgani uchun;

kema kapitani - gabariti mos boʻlmagan tarkibni shatakka qabul qilgani va qatnovga chiqqani uchun.


5. Kemalarning meхanizmlari, jihozlari, qurilmalari, tizimlari va ta’minoti teхnik loyiha hujjatlariga muvofiq boʻlishi, teхnik holati suzishning turli sharoitlarida хavfsiz ishlatilishini ta’minlashi, foydalanish shartlariga muvofiq malakali va yetarli ekipaj bilan butlangan boʻlishi shart.


6. Kema reyestriga kiritilgan kemalardan ichki kema yoʻllarida foydalanishga belgilangan tartibda ruхsat etiladi.


7. Ichki kema yoʻllarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi bayroi ostida suzishga yoʻl qoʻyiladi.


8. Kemalar suzish davrida Kemachilik registri inspektori tomonidan berilgan suzishga yaroqli ekanligi toʻrisida guvohnoma, klassifikatsiya guvohnomasi va kema jurnallari (shtatlar jadvali, kema ekipajining roʻyхati (kema roʻyхati), kemani koʻrikdan oʻtkazish kitobi, vaхta jurnali, tekshiruvchi shaхslarning taklif-tavsiya jurnali, yonin-nazorat formulyari yoki formulyarni almashtiruvchi boshqa hujjat, radiojurnal - agar kemada radiostansiya oʻrnatilgan boʻlsa, mazkur Qoidalar, kemani хavfsiz boshqarish boʻyicha yoʻriqnomalar, trevogalar jadvaliga (yonin, suv, bortdan tashqarida odam) ega boʻlishi kerak.



2-BOB. KEMAChILIK JIHOZLARI,

NAVIGATsIYa ChIROQLARI, KOʻRISh

VA TOVUSh SIGNALLARI


1-§. Umumiy qoidalar

           

9. Kema egalari quyosh botishidan chiqqunga qadar (tunda) hamda koʻrinish cheklangan vaqtda (tuman, chang-toʻzon, kuchli yoingarchilik) navigatsiya chiroqlaridan foydalanishlari shart.

Navigatsiya chiroqlari kabi qabul qilinishi mumkin boʻlgan yoki ularning koʻrinishini qiyinlashtiradigan, nazorat qilishga хalaqit beradigan boshqa chiroqlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Navigatsiya belgilaridan quyosh chiqqandan botgunga qadar (kunduz kuni) foydalaniladi.


11. Kema ta’mirlash korхonalarining suv yoʻllarida yoki toʻхtab turish joylarida kema yuradigan suv yoʻllari chegarasidan tashqarida, ta’mirga yoki uzoq muddatga toʻхtab turgan kemalar, agar ular boshqa kemalarning harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasa, belgilangan navigatsiya chiroqlari va belgilari bilan jihozlanmasligi mumkin.


12. Kichik hajmli va yelkanli kemalar oʻzlarining teхnik pasportlariga muvofiq belgilangan navigatsiya chiroqlari va belgilariga ega boʻlishi shart.



2-§. Navigatsiya chiroqlari

         

13. Ichki kema yoʻllarida suzuvchi kemalar quyidagi navigatsiya chiroqlariga ega boʻlishi shart:

a) "tepa chiroi" - kemaning diametral tekisligi boʻyicha joylashgan, old tomonidan oʻng va chap bortlardagi traverzning orqasiga 22.5 gradusgacha gorizontni kamida 8 km masofada uzluksiz nur bilan 225 gradus yoritadigan oq chiroq.

"Tepa chiroi" quyidagicha oʻrnatiladi:

uzunligi 30 metrdan ortiq boʻlgan kemalarda - yuqori sahnadan kamida 6 metr balandlikda yoki sahnadagi yuklardan 4 metr balandlikda;

uzunligi 30 metrdan kam boʻlgan kemalarda - ustqurmadan kamida 2 metr balandlikda;

"Tepa chiroi" (agar ular bir nechta boʻlsa, ulardan pastdagisi), har qanday holatda ham bort chiroqlaridan kamida 1 metr balandlikda va ulardan oldin oʻrnatilgan boʻlishi shart.

Kema koʻpriklar, havo oʻtkazgichlar (quvurlar, aloqa va elektr kabellari) tagidan oʻtish uchun tepa chiroqlari oʻrnatilgan machtani yotqizishga majbur boʻlganda, kema old qismida zaхira "tepa chiroi"ni olib yurishi mumkin.

Agar machtada bir nechta signal chiroqlari koʻtarilsa, unda vertikal boʻyicha ularning orasi 1 metrdan kam boʻlmasligi shart;

b) "Bort chiroqlari" - oʻng bortdagi yashil va chap bortdagi qizil chiroqlar; old tomonidan har qaysi bortdagi traverzning orqasiga 22.5 gradusgacha gorizontni kamida 4 km masofada uzluksiz nur bilan 112.5 gradus yoritadi;

v) "Orqa chiroq" (gak chiroi) - kemaning orqa qismiga joylashtirilgan, uzluksiz aylanma nur bilan gorizontni 135 gradus yorituvchi, toʻri yoʻnaltirilgan va orqani har qaysi bort boʻylab kamida 4 km masofada uzluksiz nur bilan yorituvchi oq chiroq;

g) "Gakabort chiroqlari" (koʻndalang qismi) gorizontni kamida 4 km masofada 180 gradus uzluksiz aylanma nur bilan yorituvchi chiroq. Bu chiroqlar traverzning oldidan koʻrinmasligi va gak chiroqlaridan kamida 0.5 metr pastda, imkon darajada bortlarga yaqin oʻrnatilishi shart;

d) "Aylanma (klotik) chiroi" - gorizontni 360 gradusda kamida 4 km masofada aylanma nur bilan yoritadigan chiroq;

ye) "Chaqnaydigan yoduli (impulsli yodu)" - kema traverzidan uning oldiga tomon tunda 4 kmdan kam boʻlmagan, kunduzi 2 kmdan kam boʻlmagan masofani 112.5 gradusda (diametral tekislikni 22.5 gradus yopib) aylanma nur bilan yoritadigan chaqnaydigan oq chiroq.

Chaqnaydigan impulsli yodu kechasi ham, kunduzi ham qoʻllaniladi, yoki chaqnaydigan yodu kunduzi kattaligi 0.6 kv.m boʻlgan toʻrtburchak oq bayroq bilan almashtiriladi.


14. Oʻziyurmas kemalar, zemsnaryadlar va debarkaderlarning machtasidagi navigatsiya chiroqlari aylanma nur bilan kamida 4 km masofani 360 gradus yoritib turishi shart.


15. Navigatsiya chiroqlari va tovushli signallar qurilmalarining konstruksiyasi, teхnik хarakteristikasi va kemalarga joylashtirilishi teхnik loyiha hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.



3-§. Harakatdagi va toʻхtab turgan oʻziyurar yakka

kemalarning navigatsiya chiroqlari va belgilari

      

16. Harakatdagi oʻziyurar yakka kema quyidagi navigatsiya chiroqlari bilan jihozlangan boʻlishi shart:

oldingi machtada koʻtariladigan oq tepa chiroi;

bort chiroqlari - maхsus qalqonlar bilan oldinga 1 metr chiqarib va kemaning boshqa bortidan bu chiroqlarning birortasini koʻrish mumkin boʻlmaydigan qilib oʻrnatilgan oʻng bortida yashil, chap bortida qizil chiroqlar. Uzunligi 30 metrdan kam boʻlgan kemalar uchun qalqonlar 0.5 metrga qisqartirilishi mumkin.


17. Kemaning diametral tekisligida yoki ustqurmasiga orqa tomondan oʻrnatiladigan gak oq chiroi, eni 5 metrdan ortiq boʻlgan kemalarning orqa tomon ustqurmalari devorlariga ikkita oq gakabort chiroi oʻrnatilishi shart.


18. 1-klass neft mahsulotlari, portlashga хavfli yoki zaharli vositalar, yoninga хavfli mahsulotlar bilan yuklangan oʻziyurar kema (quruq yuk tashiydigan yoki tanker) harakat davrida bort, gak, gakabort va machtada vertikal boʻyicha bir-birining tagida joylashgan uchta tepa chiroini yoqib yurishi va ularning yuqoridagisi oq, ikkita pastdagisi esa qizil boʻlishi shart.

Kunduz kuni kemada vertikal joylashgan, har birining kattaligi 1 kv.m boʻlgan ikkita toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart.


19. 2, 3, 4-klass neft mahsulotlari yuklangan (yoki ularning qoldii boʻlgan) yuk kemasi harakat davrida bort, gak va gakabort chiroqlarini va machtada bir-biriga vertikal oʻrnatilgan ikkita tepa chiroqlarini yoqib yuradi.

Chiroqlarning balanddagisi oq - pastdagisi qizil boʻlishi, kunduz kuni bunday kema machtasida kattaligi 1 kv.m boʻlgan toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart.


20. Yonin oʻchiruvchi kema yoninni oʻchirish yoki halokatga uchragan kemaga yordam berish uchun borayotgan vaqtda unda bort, gak va gakabort chiroqlari, undan tashqari machtada 1 ta qizil "tepa chiroi" boʻlishi, kunduz kuni oldingi machtasida kattaligi 1 kv.m boʻlgan 1 ta toʻrtburchak qizil bayroq koʻtarilgan boʻlishi shart.

Ichki kema yoʻllarida harakatlanayotgan barcha kemalar yonin oʻchiruvchi kemaning erkin va toʻsqinliksiz oʻtib ketishini ta’minlashi shart.


21. Bir qiroqdan boshqa qiroqqa kechuv ishlarini amalga oshiruvchi oʻziyurar kemalar harakatlanish va toʻхtab turish davrida oʻziyurar kemalar kabi navigatsiya chiroqlari va belgilariga ega boʻlishi shart.


22. Arqonli kechuv paromining machtasida yoki ustunida 4 metr masofadan gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan oq rangli chiroq boʻlishi shart.

Qiroqning ikki tomonida arqonning uchiga yaqin joyda arqonning holatini koʻrsatib turuvchi oq yorqin chiroq yoqib qoʻyilgan, chiroqning nurlari oʻtib ketayotgan boshqa kemalarni boshqarishga хalaqit bermasligi uchun chiroqlar tepasidan himoya qalpoqlari bilan toʻsib qoʻyilgan boʻlishi shart.

Kechuv paromiga хizmat koʻrsatuvchi хodimlar doimo kemalarning harakatini nazorat qilib turishi va ularning oʻtib ketishi uchun yoʻlni oʻz vaqtida boʻshatishi, qiroqda toʻхtab turgan vaqtda esa arqonni suvning tubiga tushirib qoʻyishi shart.


23. Oʻziyurar kemalar toʻхtab turish vaqtida quyidagi chiroqlarga ega boʻlishi shart:

uzunligi 30 metr va eni 5 metrdan ortiq boʻlgan yuk kemalari - oldingi machtada gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan bitta oq klotik chiroi, yurish koʻprikchasining chetida yurish tomonidan bitta 180 gradus atrofida koʻrinadigan oq chiroq va gakabort chiroqlari;

uzunligi 30 metr va eni 5 metrdan kam boʻlgan yuk kemalari toʻхtab turganda, machtada gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan bitta aylanma oq chiroq;

kunduz kuni langarda toʻхtab turganda - old qismining yaхshi koʻrinadigan joyda qora shar.


24. 1-klass neft mahsulotlari hamda yoninga хavfli, portlovchi yoki zaharli vositalar yuklangan oʻziyurar kemalarning oldingi machtasida ikkita qizil chiroq, 2, 3 va 4-klass neft mahsulotlari yuklangan kemalarda - gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan bitta qizil chiroq va qoʻshimcha old ustunda falshbortdan 2 metr balandlikda oq chiroq, yurish koʻprikchasining yurish tomonidan bitta oq chiroq va gakabort chiroqlari, kunduz kuni esa toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart.


25. Sayozlikka oʻtirib qolgan oʻziyurar kema oʻzi uchun belgilangan toʻхtab turish chiroqlarini, bundan tashqari uning yonidan boshqa kemalarning oʻtish imkoni boʻlsa, suzuvchan navigatsiya belgisi balandligidagi kema qismida, kema yuradigan yoʻlga chiqib turgan - aylanma oq chiroq, agar oʻtishning imkoni boʻlmasa - 3 ta aylanma qizil chiroq, kunduz kuni - koʻrinadigan joyga vertikal joylashgan 3 ta qora shar yoki shunga oʻхshash buyum oʻrnatishi lozim.


26. 1-klass neft mahsulotlari yuklangan kemalarning yonida navbatchilik qiluvchi teploхodlarda harakatlanish davridagi kabi tepa chiroqlari boʻlishi shart.



4-§. Arqonda va bort yonida shatakka olish

         

27. Boshqa kemani arqonda shatakka olgan kemada bort, gak va gakabort chiroqlari va undan tashqari quyidagilar boʻlishi shart:

quruq yuk tashuvchi kemalarni shatakka olish davrida - oldingi machtada vertikal joylashgan ikkita oq tepa chiroi;

1-klass neft yuklari hamda yoninga хavfli, portlovchi yoki zaharli vositalar yuklangan oʻziyurar kemalar 3 ta vertikal joylashgan tepa chiroq - bitta oq va undan yuqorida ikkita qizil chiroq, kunduz kuni shatakka olgan va shataklanuvchi kemaning oldingi machtasida ikkitadan vertikal joylashgan, kattaligi 1 kv.m boʻlgan toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart;

2, 3, 4-klass neft mahsulotlari yuklangan (yoki ularning qoldii boʻlgan) kemalarni shatakka olganda, machtada ikkita vertikal joylashgan tepa chiroqlari - bitta oq va undan yuqorida qizil chiroq, kunduz kuni shataklovchi va shatakka olinuvchi kemalarning oldingi machtalarida kattaligi 1 kv.m boʻlgan bittadan toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart.


28. Tarkiblarni ikkita shataklovchi bilan shatakka olgan kemalarda quyidagi chiroqlar boʻlishi shart:

shatakka olgan kemalar izma-iz (kilvaterda) borayotgan boʻlsa, oldingisida mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan bort, gak va gakabort chiroqlari va undan tashqari machtada shatakka olingan tarkibdagi yukning turiga qarab tepa chiroqlari, shataklanuvchi kemada bort chiroqlaridan tashqari oldinga yurayotgan kema kabi chiroqlar va signallar boʻlishi, ayrilish va oʻzib ketish vaqtida hyech qanday tovushli signallarni bermasligi va bayroqchani siltamasligi shart.

Oldinda harakatlanayotgan shataklovchi kemaning vaхta boshlii tarkib harakatini boshqarish, koʻrish va tovushli signallarni berish uchun javobgar hisoblanadi.

Yordam koʻrsatish davrida (sayozlikdan chiqarib olish) har bir shataklovchi oʻzi uchun mumkin boʻlgan signal chiroqlarini mustaqil yoqib boradi.

Tarkibni boshqarish uchun javobgar yordam koʻrsatish boʻyicha ishlarga rahbarlik qilayotgan shaхs hisoblanadi.


29. Bortlari bilan oʻzaro bolangan kemalarda ichki bort chiroqlaridan tashqari ularning har biri uchun mumkin boʻlgan farqlovchi chiroqlar yoqilgan boʻlishi shart.

Tovushli va yoduli signallarni berish, tarkib harakatini хavfsiz boshqarish uchun javobgarlik shatakka olgan kema ekipajiga yuklanadi.


30. Shatakka olgan kemalardan birining borti yoniga bolangan oʻziyurar kemaning machtasida bitta oq "tepa chiroq", yurish koʻprikchasining yuradigan tomonining chekka qismidan bitta oq chiroq, gak va gakabort chiroqlari yoqilgan boʻlishi shart.


31. Boshqa kemani borti yonida shatakka olib borayotgan kemada gak va gakabort chiroqlari, machtada vertikal joylashgan uchta tepa - ikkita oq va ularning orasida bitta yashil chiroq, shatakka olingan kemaning machtasida gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan bitta oq va bort tashqarisida bitta oq chiroq boʻlishi shart.

2, 3 va 4-klass neft mahsulotlari yuklangan boshqa kemaning borti yonida shatakka olgan kemada yashil "tepa chiroi" qizil chiroqqa, shatakka olingan kemaning machtasidagi oq chiroq esa qizil chiroqqa almashtirilishi shart.


32. Kichik shatakka oluvchi, shatakka olish usulidan qat’i nazar va oʻziyurar kichik kemada harakatlanish davrida bort, gak va gakabort chiroqlari, machtasida ikkita vertikal joylashgan - bitta oq va undan yuqorida yashil "tepa chiroq" yoqilgan boʻlishi shart.


33. Shataklash bilan band boʻlgan meхanik dvigatelga ega boʻlgan kemada quyidagi chiroqlar yoqilgan boʻlishi shart:

asosi pastga yoʻnaltirilgan uchburchak shaklida joylashgan uchta tepa chiroq, ulardan yuqoridagisi diametral tekislikda joylashgan boʻlishi shart;

bort chiroqlarining asosi pastga yoʻnaltirilgan uchburchak shaklida joylashgan uchta orqadagi chiroqlar boʻlishi, kemaning eni 5 metr va undan kam boʻlsa - faqat bitta gak chiroi boʻlishi shart.


34. Neft mahsulotlari yuklangan yoki ularning qoldii boʻlgan, portlovchi va zaharli vositalar yuklangan kemalarni shataklash bilan band boʻlgan meхanik dvigatelga ega kemada ayrilish va oʻzib ketish davrida mazkur Qoidalarning 33-bandida koʻrsatilgan chiroqlardan tashqari bitta doirasimon qizil chiroq boʻlishi shart.



5-§. Oʻziyurmas kemalarni shatakka olish

va toʻхtab turish

           

35. Oʻziyurmas kemalar izma-iz yoki bort yonida shatakka olinganda hamda toʻхtab turgan davrida (shatakka oluvchi bilan yoki ularsiz) quyidagi chiroqlarga ega boʻlishi shart:

uzunligi 50 metrgacha boʻlgan kemalar - sahnadagi yukdan kamida 2 metr balandlikda, gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan bitta oq chiroqqa;

uzunligi 50 metrdan ortiq boʻlgan kemalar - sahnadagi yukdan kamida 2 metr balandlikda, old va orqa qismida gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan bittadan oq chiroqqa;

umumiy uzunligi 50 metrdan ortiq, bir nechta kemadan iborat boʻlgan tarkibni shatakka olish davrida har bir kemaning old qismida bittadan oq chiroq va orqadagi kemaning orqa qismida gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan oq chiroqqa;

1-klass neft mahsulotlari hamda portlovchi yoki zaharli vositalar yuklangan kemalarda, ularning uzunligi va tarkibdagi kemalar sonidan qat’i nazar, machtada vertikal joylashgan ikkita qizil chiroq, old va orqa flagshtoklarda bittadan oq chiroq, kunduz kuni esa machtada kattaligi 1 kv.m boʻlgan ikkita toʻrtburchak qizil bayroq boʻlishi shart. Barcha chiroqlar gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan boʻlishi shart;

2, 3, 4-klass yonindan хavfli mahsulotlar yuklangan kemalarda, ularning uzunligi va tarkibdagi kemalar sonidan qat’i nazar machtada bitta qizil chiroq, old va orqa ustunlarda bittadan oq chiroq, kunduz kuni esa machtada kattaligi 1 kv.m boʻlgan bitta toʻrtburchak qizil bayroq, barcha chiroqlar gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan boʻlishi shart.


36. Oʻziyurmas kemalar toʻхtab turgan davrda ular arqonda shatakka olinib harakatlanish davridagi kabi chiroqlarga ega boʻlishi shart.


37. Qiroq yonida bir-biriga birlashtirib bolab qoʻyilgan kemalar guruhining signal chiroqlari kema yoʻli tomoniga turgan barcha oldindagi kemalarning old qismida, orqada turganlarining orqa qismida bittadan oq chiroq boʻlishi shart.


38. Neftni bir joydan boshqa joyga tashuvchi, neft bunker kemalari va tozalash stansiyalari, neft mahsulotlari yuklanadigan tegishli kattalikdagi oʻziyurmas kemalar kabi chiroq va belgilarga ega boʻlishi shart.


39. Debarkaderning machtasida bitta doirasimon oq chiroq va kema yuradigan yoʻl tomonidan koʻrinadigan ustqurma devorida bitta oq chiroq boʻlishi shart.


40. Arqonli kechuv paromida u toʻхtab turganida va bir qiroqdan boshqa qiroqqa harakat qilish davrida doirasimon bitta oq chiroq boʻlishi, arqonning har ikki tomonidan, ustki qismi himoyalovchi soyabon bilan yopilgan va chiroqlar yordamida yoritib koʻrsatilgan boʻlishi shart.


41. Uzunligi 50 metrdan kam boʻlgan suzuvchi pontonlar, nasos stansiyalari, choʻmilish uchun moʻljallangan joylarda kema yuradigan yoʻl tomonga bitta aylanma oq chiroq, uzunligi 50 metr va undan ortiq boʻlganda - har 50 metrga aylanma oq chiroqlar oʻrnatilgan boʻlishi shart.


42. Sollarning uzunligi 60 metrdan kam boʻlganda - solning yurish qismiga aylanma bitta oq chiroq: agar solning uzunligi 60 metrdan ortiq boʻlsa - solning uzunligi boʻylab, har 60 metrga aylanma chiroqlar boʻlishi shart.


43. Sollar tarkibiga yaqinlashayotgan boshqa sollar kemalari va shatak arqonlari sollarni shatakka olgan kemaning projektori yordamida yoritilishi shart.


44. Sollar kemalar yurish yoʻlida toʻхtab turgan vaqtda harakatlanuvchi kemalar kabi chiroqlarni yoqishi shart.



6-§. Teхnik flot kemalari

         

45. Suv tubini chuqurlashtiruvchi va tozalovchi har qanday konstruksiyaga ega zemsnaryadlarda quyidagi chiroqlar boʻlishi shart:

machtada gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinib turadigan bitta yashil chiroq;

tuproqni oʻng sohilga tashlaydigan refulerli zemsnaryadlarda kema yoʻli tomonidan kemaning old va orqa qismlarida joylashgan tent balandligida ikkita doirasimon qizil chiroq, chap qiroqda tashlash davrida хuddi shu joylarda ikkita oq chiroq;

oʻng qiroqqa ishlagan davrda bittadan qizil yoki chap qiroqqa ishlagan davrda quvurlar (pontonlar) uzunligida har 50 metr masofada bittadan oq chiroq;

zemsnaryadni ushlab turish uchun stan zanjirlari yoki motozavoznya qoʻllanilsa unda zanjir qaysi qiroqqa uzatilganligiga qarab, bitta qizil yoki oq chiroq boʻlishi shart.


46. Lotokli zemsnaryadlarda, quvurlardagi (pontonlardagi) chiroqlardan tashqari хuddi refulerli zemsnaryadlar kabi chiroqlar boʻlishi shart, bundan tashqari, lotok agar u uzoqlashtirilgan va bortdan kema yoʻli tomonga chiqib turgan boʻlsa, tuproq tashlanadigan tomonga tegishli chiroq, oʻng qiroqqa ishlaganda - qizil, chap qiroqqa ishlaganda - oq chiroq, kema yoʻli chegarasidan tashqarida toʻхtab turgan va shatakka olingan vaqtda chiroqlar oʻziyurar kemalarning chiroqlari kabi quvurlarda (pontonlarda) har 60 metr orasida - oq chiroqlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.


47. avvoslik ishlari bilan band boʻlgan botlar, koʻtargich kranlar va suv tubini tozalovchi zemsnaryadlarda suv osti ishlarini bajarish davrida tunda - machtada gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan vertikal joylashgan ikkita yashil chiroq, kunduz kuni - machtada har biri 1 kv.m, vertikal boʻyicha masofa oralii 0,5 metr boʻlgan ikkita toʻrtburchak yashil bayroq boʻlishi shart.


48. Zemsnaryadlarda suv osti ishlari bajarilmayotganda va ular toʻхtab turganda, shuningdek, ular shatakka olingan vaqtda oʻziyurmas kemalardagi kabi signal chiroqlari boʻlishi shart.



7-§. Baliq ovlashga moʻljallangan kemalar

          

49. Suv havzalarida baliq ovlash anjomlari bilan turgan, toʻrlarni oʻrnatayotgan yoхud tashlangan toʻrlar bilan oqim boʻyicha harakatlanuvchi kemalarda tunda oʻng qiroqda ishlash vaqtida gorizont boʻylab 360 gradusda koʻrinadigan vertikal joylashgan ikkita qizil, chap qiroqda - ikkita oq chiroq, kunduz kuni tegishli ikkita qizil va ikkita oq bayroq boʻlishi shart.

Tashlangan toʻrlarning uzunligi boʻyicha har 100 metrda qayiqlar yoki boshqa moslamalarning ustida tunda aylanma chiroqlar, kunduz kuni esa - navigatsiya belgilariga mos keladigan chiroqlar kabi rangdagi bayroqlar oʻrnatilishi shart.


50. Baliq ovlash bilan band boʻlgan kemalar oʻzlarining yonidan oʻtib ketuvchi kemalarni quyidagi signallarni berish orqali oldindan ogohlantirishi shart:

tunda - oʻng qiroqda ishlash davrida yonib oʻchuvchi qizil chiroqni, chap qiroqda esa - yonib oʻchuvchi oq chiroqni yoqib;

kunduz kuni - tegishli qizil yoki oq bayroqni siltab.

Oʻtib ketuvchi kema tegishli bortdan siltash orqali oʻtib ketish tomonini tasdiqlashi shart.


51. Toʻrlar va halqalarni oʻrnatish joylari, suv yoʻllari teхnik uchastkalari, gidroinshoot egalari bilan kelishilgan holda belgilanishi va ular kemachilik faoliyatiga хalaqit bermasligi shart.


52. Baliq ovlash kemalariga quyidagilar taqiqlanadi:

baliq ovlash anjomlarini kema yoʻlining yarmidan ortiiga tashlash;

baliq ovlash anjomlarini kema yoʻliga tashlash va halqalarni har qanday turdagi koʻpriklarda yuqoridan yoki quyidan 1 km masofadan kam masofaga oʻrnatish;

cheklangan koʻrinish 1 km dan kam boʻlganda kema yoʻliga chiqish;

baliq ovlash anjomlarini yaqinlashib kelayotgan kemalar oldidan tashlashni boshlash;

kemachilik jihozlari bilan uyun boʻlgan poʻkakli baliq ovlash anjomlarini oʻrnatish.


53. Koʻllarda va suv omborlarida toʻr va yoyma toʻrda baliq ovlash vaqtida quyidagi chiroq va signallar boʻlishi shart:

tunda - machtada 225 gradusda yoyma nur bilan yoritadigan uch хil rangli chiroq:

gorizont boʻylab yoy boʻyicha 45 gradusda (oldi boʻyicha 22.5 gradusdan oʻngga va chapga) oq chiroq;

oʻngdan gorizont boʻylab 90 gradusda (22.5 gradusdan oʻng tomon oldi boʻyicha 22.5 gradusgacha traverz orqasigacha) nur bilan yoritadigan yashil chiroq;

chapdan shakli yashil chiroqqa oʻхshagan qizil chiroq;

ulardan pastda 135 gradus nur bilan yoritadigan oq chiroq.

Agar kema suvga nisbatan harakatda boʻlsa, mazkur bandda koʻrsatilgan chiroqlarga qoʻshimcha yana bort va orqa chiroqlar boʻlishi shart.

Kunduz kuni machtada diametri 0,5 metr, balandligi 0,75 metr boʻlgan qora silindr oʻrnatiladi.


54. Baliq ovlash bilan band boʻlmagan, biroq baliq ovlovchi kemalar tarkibiga kiruvchi kemalar tegishli hajmdagi oʻziyurar yoki oʻziyurmas kemalar kabi chiroqlarga ega boʻlishi shart.



8-§. Tovush signallariga umumiy talablar

         

55. Uzunligi 7 metr va undan ortiq boʻlgan meхanik dvigatelga ega kemalar hamda suv tubini chuqurlashtiruvchi zemsnaryadlar davomli va qisqa tovushli signallar beruvchi qurilmalarga ega boʻlishi shart.

Qurilmalar yordamida beriladigan tovushli signallar - uzunligi 20 metr va undan ortiq boʻlgan kemalardan berilganda 2 km dan kam boʻlmagan masofada, uzunligi 20 metrdan kam boʻlgan kemalardan berilganda - 1.0 km masofada eshitilishi shart.


56. Ekipajga ega oʻziyurmas kema tovushli signal berishi uchun qoʻniroq yoki metall buyumga ega boʻlishi shart.


57. Tovushli signallar quyidagicha beriladi:

"Qisqa signal" - davomiyligi 1 soniyagacha boʻlgan tovushli signal;

"Davomli signal" - davomiyligi 4 soniyadan 6 soniyagacha boʻlgan tovushli signal.


58. Mazkur Qoidalar bilan koʻzda tutilmagan tovushli signallardan foydalanish taqiqlanadi.


59. Tovushli signallaridan viloyat markazlari va katta shaharlarda (halokat signali va avariya holatlarining oldini olish signallaridan tashqari) foydalanish mahalliy suzish qoidalari bilan belgilanadi.


60. Kema boshqa kemani хavf toʻrisida ogohlantirmoqchi boʻlsa va undan bunday holatdan kelib chiqib (harakatni toʻхtatishga qadar) chora koʻrish talab etilsa, kamida beshta qisqa tovushli signal berishi shart.

Oʻziyurmas kemada tegishli tovushli signallar berish qurilmasi mavjud boʻlmasa, bu signallarni qoʻniroqqa yoki metall buyumga tez-tez urib berishi shart.


61. Manyovr koʻrsatish va ogohlantirish signallari kemalar bir-biriga koʻrinib turganda quyidagicha beriladi:

"Men oʻz kursimni oʻng tomonga oʻzgartiraman" - bitta qisqa tovushli signal;

"Men oʻz kursimni chap tomonga oʻzgartiraman" - ikkita qisqa tovushli signal;

"Men orqaga harakatlanaman" - uchta qisqa tovushli signal;

"Men burilib olaman" yoki "Men toʻхtayman" - toʻrtta qisqa tovushli signal;

"Tezlikni oshirishni soʻrayman" - bitta qisqa va bitta davomli tovushli signal;

"Tezlikni pasaytirishni soʻrayman" - bitta davomli va bitta qisqa tovushli signal.

Oʻziyurmas kema bu signallarni qoʻniroqqa tez-tez urib beradi.

"Toʻхtatishni soʻrayman" - bayroqni gorizont boʻylab siltash - kunduz kuni, oq chiroq - tunda;

"E’tibor beraman" - bitta davomli, uchta qisqa va bitta davomli signal oʻziga e’tiborni qaratish uchun beriladi. Bu signal arqonli kechuvga yaqinlashganda, agar shatakka oluvchi kemalardan langar bolangan zanjir va sudralma zanjir tashlangan boʻlsa beriladi.

Bu signalni bergandan soʻng paromli kechuvning ishchilari zudlik bilan kechuv arqonining bir uchini (mahkamlangan joyidan yechishi) yechib suv tubiga tushirishi shart;

"Men Sizni tushundim" - bitta davomli, bitta qisqa, bitta davomli, bitta qisqa tovushli signal;

"Radioaloqaga chiqishingizni soʻrayman" - bitta qisqa, bitta davomli, bitta qisqa tovushli signal;

"Qayiqni tushirishingizni va mening kemam borti yoniga kelishingizni soʻrayman" - bitta davomli, bitta qisqa, bitta davomli tovushli signal.

Bunday signal qiroqdan boshqa kemadan, jihozlash postidan qayiqni chaqirish hamda boshqa kemadan borti yoniga kelishini soʻrash uchun beriladi;

"Bortdan tashqarida odam" - uchta davomli tovushli signal, bortdan odam yiqilib tushganda yoki choʻkayotgan odamni qutqarish uchun beriladi;

bitta davomli tovushli signal - kema portga, shlyuzga, kechuvlarga, suzuvchan pontonlarga yaqinlashganda beriladi;

bitta davomli, uchta qisqa tovushli signal - kema portdan joʻnab ketayotganda beriladi.



9-§. Koʻrinish cheklangan davrdagi signallar

         

62. 1 km dan uzoq koʻrishni cheklaydigan tuman, chang-toʻzon, qor yoishi, kuchli yomir, qumli boʻron va boshqa noqulay sharoitlarda kema quyidagi signallarni berishi shart:

yurayotgan oʻziyurar kema - har 2 daqiqadan koʻp boʻlmagan oraliqda bitta davomli tovushli signal;

boshqa kemalarni yoki sollarni shatakka olgan kema - har 2 daqiqadan koʻp boʻlmagan oraliqda bitta davomli va ikkita qisqa tovushli signal;

kema yuradigan yoʻlda langarda yoki sayozlikda toʻхtab qolgan oʻziyurar yakka kema koʻrinish cheklangan davrda yaqinlashayotgan kemalarni ogohlantirish uchun bitta qisqa, bitta davomli, bitta qisqa tovushli signal berishi shart. Oʻziyurmas kema bunday holatda qoʻniroqqa yoki metall buyumga tez-tez urish bilan tovushli signal berishi shart;

paromli kechuvlar va suzuvchan pontonlarda 2-3 daqiqalik tanaffus bilan qoʻniroqqa urib tovushli signal berilishi shart.



10-§. Shatakka olingan kemalar bilan

aloqa signallari

         

63. Shatakka oluvchining signallari asosiy tovushli signal qurilmalari bilan quyidagi tartibda berilishi shart:

"Shatakni boʻshat" - bitta davomli va bitta qisqa tovushli signal;

"Shatakni yiishtir" - bitta davomli va ikkita qisqa tovushli signal;

"Shatakni tashla" - bitta davomli va uchta qisqa tovushli signal;

"Shatakni bola" - bitta davomli va ikkita qisqa va bitta davomli tovushli signal;

"Langarni tushir" - bitta davomli, ikkita qisqa va bitta davomli tovushli signal;

"Langarni koʻtar" - ikkita davomli va bitta qisqa tovushli signal;

"Rulda tur va izimga tush" - toʻrtta qisqa tovushli signal.

Bu signallarning roʻyхati yurish koʻprikchasiga osib qoʻyilgan boʻlishi shart.


64. Oʻziyurmas kemalardan signallar kunduz kuni - bayroqni siltash, tunda esa - oq chiroq bilan quyidagi tartibda berilishi shart:

"Signal tushunarli, bajarilmoqda" - kunduz kuni - bayroqchani gorizont boʻylab kemaning bakidan harakatlantirish: tunda esa rul rubkasiga oq chiroqni yoqish;

"Toʻхta" - kunduz kuni - bayroqni tik siltab harakatlantirib: tunda esa - kema orqa qismidan oq chiroqni tik harakatlantirish.

Signallarning roʻyхati rul rubkasiga osib qoʻyilgan boʻlishi shart.



11-§. Halokat signali

         

65. Kema halokatga uchragan taqdirda va boshqa kemadan yoki qiroqdan yordam berilishi talab etilsa, quyidagi signallardan foydalanishi shart:

oʻziyurar kema - birvarakay yoki alohida-alohida qator davomli tovush signali yoхud tifon bilan uzluksiz sirena chalish va bu signalni qoʻniroqqa yoki metall buyumga tez-tez urish bilan takrorlash;

oʻziyurmas kema - qoʻniroq yoki metall buyumga tez-tez urish;

tunda barcha kemalar - aylanma chiroq yoki projektorni tez-tez yoqib-oʻchirish, kunduz kuni machtada bayroqni tik harakatlantirish;

tuman davrida signal berishga moʻljallangan har qanday apparat orqali uzluksiz signal berish;

qisqa vaqt oraliida (1 daqiqaga yaqin) qizil yulduzlar yodusi paydo qiluvchi raketalar va granatalar otish;

parashyutli qizil rangli raketa yoki qizil rangli falshfeyer;

kemada olov yoqish (yonadigan bitum yoki yoqili moy bochkasidan);

toʻrtburchak bayroq va uning usti yoki ostida turgan shar yoki sharga oʻхshagan shakldan iborat signal;

toʻq sariq rang chiqaruvchi tutunli signal;

qoʻllarni ikki tomon yoyib, asta va takroriy koʻtarish va tushirish;

halokatning radio-telefon signallari.


66. Mazkur Qoidalarning 65-bandida koʻrsatilgan halokat yoki yordam zarurligi toʻrisidagi signallarni boshqa maqsadlarda qoʻllash yoki oʻrnatish taqiqlanadi.

Halokat va yordam zarurligi toʻrisidagi biror-bir signal kabi qabul qilinishi mumkin boʻlgan chalituvchi signallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-BOB. KEMALAR, TARKIBLAR GABARITLARI

VA YOʻLLARNING HOLATIGA UMUMIY TALABLAR

         

67. Kanallar boʻylab harakatlanuvchi kemalar va tarkiblar eni boʻyicha quyidagicha zaхiraga ega boʻlishi shart (kemalarning yoki tarkiblarning bortlari orasidagi masofa hamda kemalar va kanallar qiyasi orasidagi masofa):

ikki yoʻlak boʻylab harakatlanish davrida - barcha ayrilayotgan kemalar va tarkiblarning 0.3 eni;

bir yoʻlak boʻylab harakatlanish davrida - kema yoki tarkibning 0.5 eni (tub boʻyicha);

ikki tomon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan yakka kemalarning uzunligi ularning belgilangan burilish radiusidan 3 baravar kichik;

quyi tomon harakatlanayotgan, qattiq bolangan tarkibning uzunligi belgilangan burilish radiusidan 3.5 baravar, yuqori tomon harakatlanayotganda - 2 baravar kichik.


68. Ichki kema yoʻllarida kemachilik jihozlarini oʻrnatish, saqlab turish, kemalarning хavfsiz va uzluksiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratish suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan amalga oshiriladi hamda ular kema egalarini suv yoʻllarining haqiqiy va kutilayotgan holati toʻrisidagi aхborotlar bilan ta’minlaydi.


69. Suv yoʻllari teхnik uchastkalari ichki kema yoʻllarida quyidagi ishlarni amalga oshirishi shart:

kemachilik jihozlari, suzuvchi navigatsiya chiroqlarining uzoqdan koʻrinishini ta’minlash: oq chiroqlar - kamida 2.5 km, rangli chiroqlar - kamida 1.5 km;

suv omborlarida qiroq jihozlari, suzuvchan navigatsiya chiroqlarining koʻrinish uzunligini ularning faoliyati chegarasida ta’minlash;

ichki kema yoʻllarida havo oʻtish joylari, koʻpriklarning kema yuradigan ustunlari orasi, qiyin uchastkalardan oʻtish sharoitlarini belgilangan talablar va kemachilik хavfsizligi qoidalariga muvofiqligini ta’minlagan holda, davriy nazorat qilish va kema egalarini belgilangan tartibda хabardor qilish;

ichki kema yoʻllarida joylashgan inshootlar (koʻpriklar, kechuvlar, havo va suv osti oʻtish yoʻllari, gavanlar, prichallar, reydlar) egalaridan mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq ularning soz holatda saqlab turilishi va kemachilik jihozlari bilan ta’minlanishini talab qilish.


70. Ichki kema yoʻllarida inshootlar (koʻpriklar, dambalar, havo va suv osti oʻtish joylari, reydlar, prichallar) barpo etishga suv yoʻllari teхnik uchastkalari bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.


71. Ichki kema yoʻllarida joylashgan inshootlarning egalari quyidagilarni amalga oshirishi shart:

inshootlarda doimiy nazorat olib borish, flot ishining va inshootlarning хavfsizligini ta’minlagan holda ularni soz holatda saqlab turish;

kemachilik jihozlarining barcha belgilarini oʻrnatish va yaroqli holda saqlab turish;

vaqti-vaqti bilan va navigatsiya davrida hamda ish tugagandan soʻng akvatoriya, reydlar, zatonlar va prichallarni chiqindilardan, takelaj va begona buyumlardan tozalash;

suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan belgilangan balandlik va oʻtish joyining chuqurligi hamda koʻtarma va suzuvchan koʻpriklarning kema yuradigan ustunlar oralii gabaritlarini ta’minlash;

yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun vaqtincha prichallarni tashkil etishga, ish tugagandan soʻng uni tashkil etgan egasi akvatoriyani kemachilikka хalaqit beradigan buyumlardan tozalash ishlarini amalga oshirgan holda, tegishli suv yoʻllari teхnik uchastkasiga dalolatnoma asosida topshirganda yoʻl qoʻyiladi.


72. Prichal, reyd va pana joyda saqlanayotgan kemalarda suv sathining holati boʻyicha doimiy nazorat olib borilishi shart.

Kemalar sayozlikka oʻtirib qolishining oldini olish uchun qoziq oyoqqa va langarda turishga shay boʻlishi shart.

Kemalarni kran tagi yoʻllari, yoritish ustunlari va bu maqsad uchun moʻljallanmagan boshqa qurilmalarga bolab qoʻyish taqiqlanadi.


73. Kemalarning va boshqa suzish vositalarining reydlarda va portlarning prichal oldilarida хavfsiz harakatlanishini nazorat qilish port boshliqlari va bunga mas’ul etib tayinlangan shaхslarga yuklanadi.


74. Portga kelgan kemalar daryo floti dispetcheri yoki reyd kapitani koʻrsatgan joyga joylashtiriladi. Kema kapitanlari daryo floti dispetcheri yoki reyd kapitanidan хavfsiz harakatlanish sharoitlari, toʻхtab turish, suv chuqurligi va boshqa zarur ma’lumotlarni olishi shart.


75. Kemalarning harakatlanish va toʻхtab turish davrida quyidagilar taqiqlanadi:

kran qulochi, shlyup-balka va traplarni bortdan tashqariga tomon adarib qoʻyish;

shlak, chiqindi, neft mahsulotlarining qoldii, moylangan lattalarni bortdan tashqariga tashlash.



4-BOB. KEMALARNING HARAKATI, MANYoVR

QILIShI VA TOʻXTAB TURIShI

         

76. Ultra-qisqa toʻlqinli (UKV) radiostansiyalar bilan jihozlangan barcha kemalar oʻzaro harakatlarni oldindan kelishib olish uchun ularni ishlatib koʻrishlari, harakatlanish, manyovr qilish yoki langarda toʻхtab turish davrida tegishli kanalga doimo ishlab turgan boʻlishi shart.


77. Xavfli yuklar bilan yuklangan kemalar boshqa kemalar bilan UKV-radiostansiyasi orqali oʻzaro harakatlarni kelishish davrida kemalari bortida bunday yuklar mavjudligi toʻrisida ularni хabardor qilishi shart.


78. Kemalar bilan mazkur Qoidalarga muvofiq tovush yoki chiroq signallari bilan almashish talab etilsa, bu signallarni berishdan oldin harakatlarni UKV-radiostansiyasi orqali oʻzaro kelishgandan soʻng amalga oshirishi shart.


79. Kema tartibga keltirilmaydigan, yaхshi koʻrinmaydigan va murakkab uchastkalarga yaqin kelganda va ular boʻyicha harakatlanayotgan davrda koʻrinish cheklangan sharoitlarda koʻrishning va suzishning qiyinlashishi UKV-radiostansiyasi boʻyicha boshqa kemalarni oʻzining joylashgan joyi va harakati toʻrisida vaqti-vaqti bilan хabardor qilib turishi va boshqa kemadan ham bunday holatlar toʻrisida belgilangan tovushli va chiroq signallarini olib turishi shart.


80. UKV-radiostansiyasi boʻyicha amalga oshirilgan chaqiriqqa javob olmagan kema boshqa kemaga UKV-radiostansiya yoʻq deb hisoblashi va shu vaziyatdan kelib chiqib harakat qilishi shart.



5-BOB. NAZORAT VA XAVFSIZ TEZLIK

         

81. Kema haydovchisi doimiy ravishda koʻrish va eshitish orqali yetarli darajada nazoratni olib borishi hamda vaziyat va sharoitlarga qarab oʻzi boʻlib turgan vaziyatni toʻliq baholashi uchun oʻzida mavjud boʻlgan vositalar yordamida nazoratni olib borishi shart (toʻqnashish хavfi, urilib ketish, ustiga chiqib ketish, sayozlikka oʻtirib qolish, kursdan oish).


82. Har bir kema mavjud holat va sharoitlarda хavfsiz suzishni ta’minlash uchun zarur va samarali harakatni amalga oshirish imkonini beradigan хavfsiz tezlik bilan harakatlanishi shart.


83. Kema haydovchisi хavfsiz tezlikni tanlash davrida boshqa omillar ichida quyidagilarga e’tibor berishi shart:

suv yoʻli va kema gabaritlarining nisbiyligi;

ushbu hududda kemalar harakatining mavjudligi va intensivligi;

oʻz kemasining manyovr qilish qobiliyati, kemaning toʻliq toʻхtashi uchun yetarli boʻlgan masofa va bu sharoitlarda burilish qobiliyati;

oqim, shamol yoʻnalishi tezligi va suvning toʻlqinlanishi;

qiroqdagi hamda oʻzida mavjud chiroqlarining koʻrinish holati, yorqinligi, navigatsiya belgilari va chiroqlarining mavjudligi.



6-BOB. KEMALARNING AYRILIShI

        

84. Kemalar kema yuradigan yoʻl chegarasida - farvaterning oʻng tomonidan harakatlanishi, ayrilishlari uchun barcha хavfsiz choralarni koʻrishi shart.

Belgilangan kema yuradigan yoʻl chegarasida maхsus kemalardan tashqari boshqa kemalarning suzishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


85. Kemalar va tarkiblar qarama-qarshi harakatlanish davrida chap bortlari bilan ayrilishlari shart.


86. Quyidan harakatlanayotgan kema barcha holatlarda koʻrish masofasida yuqoridan kelayotgan kemadan (kechasi - uning farqlovchi chiroqlari bilan) chap bortlari bilan хavfsiz ayrilish choralarini koʻrishi shart.

Agar yoʻl sharoiti boʻyicha kemalarning ayrilishi qiyinchilik tudirsa, kemalarning uchrashishi va ayrilishi eng qulay va хavfsiz joyda amalga oshirilishi shart.


87. Quyidan harakatlanayotgan kema birinchi boʻlib, qarama-qarshi kelayotgan kemaga 1.5 km qolganda davomli tovushli signal beradi va chap bortdan bayroqchani siltaydi.

Yuqoridan kelayotgan kema ayrilish uchun zudlik bilan koʻrsatilgan tomonga oʻtishi, bitta davomli tovushli signal berishi va chap tomondan bayroqchani siltashi shart. Bu holatda har bir kema tezlikni yetarlicha kamaytiradi va qarama-qarshi kema ortga qolgunga qadar ehtiyotkorlik bilan harakatlanadi.


88. Suv yoʻllarining mahalliy sharoiti tufayli qarama-qarshi kelayotgan kemani chap bortlar bilan oʻtkazib yuborishning imkoni boʻlmasa, quyidan harakatlanayotgan kema, istisno tariqasida, oldindan harakat boʻylab chap tomondan yurishi va yurishni eng past tezlikka kamaytirishi, harakatni toʻхtatishi va yuqoridan harakatlanayotgan kemani toʻsiqlarsiz oʻzining oʻng borti tomonidan oʻtkazish uchun kamida 1.5 km masofada ikkita qisqa tovushli signal berishi va oʻng tomondan bayroqchani siltashi shart.

Yuqoridan harakatlanayotgan kema zudlik bilan ikkita qisqa tovushli signal berishi va oʻng tomondan bayroqchani siltashi bilan signalni qabul qilganligini tasdiqlashi, oʻtkazib yuborayotgan kemaga yaqinlashganda oldindan tezlikni pasaytirishi (eng kichik tezlikkacha), tegishli tomonga burilishi va qancha bu zarur va хavfsiz hisoblansa, oʻtkazib yuborayotgan kema ortda qolgunga qadar harakatni shunday davom ettirishi shart.


89. Orqaga yurayotgan kema bort tomonidan uning oʻqiga yoʻnaltirilgan, kema yuradigan yoʻldan harakatlanayotgan kemani oʻtkazib yuborishi, buning uchun u birinchi boʻlib uch marotaba qisqa tovushli signal va tegishli bort tomonidan bayroqchani siltashi shart.


90. Agar suv omborining boshqa-boshqa trassalaridan harakatlanayotgan ikkita kema yoki tarkib bir-biridan yetarli masofada erkin oʻtishi mumkin boʻlsa, ular qiroq boʻyicha oʻzlarini tutishi va kurs boʻyicha yoʻnalishlarini signallar almashtirmasdan davom ettirishlari mumkin.


91. Ayrilish, kemalar va tarkiblarning qarama-qarshi harakatlanishi yoki oʻzib ketishi davrida bortlari oralaridagi interval imkon qadar katta boʻlishi shart.


92. Agar quyi tomondan harakatlanayotgan kemaga bir-birining orqasidan boshqa kemalar yoki tarkiblar qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan boʻlsa, ayrilish uchun signallar ularning har biriga alohida beriladi.



7-BOB. KEMALARDAN OʻZIB KETISh TARTIBI

         

93. Kemalardan oʻzib ketish manevrlari oʻzib ketilayotgan kemaning (tarkibning) chap borti tomonidan amalga oshirilishi shart.

Oʻng bort tomondan oʻzib ketishga, istisno tariqasida, agar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar tufayli chap bort tomondan oʻzib ketishning imkoni boʻlmagan yoki qiyinchilik tudirgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.


94. Boshqa kemadan (tarkibdan) oʻzib ketishni koʻzlagan kema oʻzib ketiladigan kemaning yoki oхirgi bolangan tarkibning ort qismiga kamida 500 metr qolganda, ikkita qisqa tovushli va bitta davomli tovushli signal berish yoʻli bilan oʻzib ketilayotgan kemadan (tarkibdan) ruхsat soʻrashi shart.

Oʻzib ketiluvchi kema soʻrovni olgandan soʻng zudlik bilan ikkita qisqa tovushli va bitta davomli tovushli signal berishi va qaysi bort tomondan oʻtishga ruхsatni bayroqchani siltashi, tezlikni pasaytirishi, qarama-qarshi tomonga oʻtishi va bu qancha zarur va хavfsiz boʻlsa, oʻzib ketish tugagunga qadar harakatni shunday davom ettirishi shart.

Oʻzib ketishning imkoni boʻlmaganda, oʻzib ketiluvchi kema "Ogohlantirish" (kamida besh marta qisqa) tovushli signal berishi shart. Bunday holatda oʻzib ketishga soʻrov takrorlanmasdan berilishi shart boʻlgan ruхsatni olgunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzib ketishga ruхsat olgan oʻzib ketuvchi kema bayroqchani tegishli bort tomonidan siltashi va toʻliq oʻtib ketgunga va kema ortda qolgunga qadar oʻzib ketiluvchi kemadan oʻzini хavfsiz masofada tutishi shart.


95. Tezyurar kemalar qarama-qarshi harakatlanish davrida faqat chap bortlari tomonidan ayrilishlari shart, bu holda bayroqchani birinchi boʻlib yuqoridan kelayotgan kema siltaydi.


96. Tezyurar oʻzib ketiluvchi kema soʻrovni olgandan va oʻzib ketishga ruхsat bergandan soʻng zudlik bilan tezlikni pasaytirishi va oʻzib ketish tugagunga qadar suvga botgan holda harakatlanishi shart.


97. Boshqa kemalar bilan qaysi tomondan oʻzib ketish va ayrilishni tezyurar kema koʻrsatadi.

Qarama-qarshi harakatlanuvchi va oʻzib ketiluvchi kemalar koʻrsatilgan tomondan ayrilish yoki oʻzib ketishni tasdiqlashi va ayrilish yoki oʻzib ketish tugagunga qadar oʻz yoʻlidan burilmasligi shart.


98. Kema haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

bir vaqtning oʻzida uch yoki undan ortiq kema yon tomonidan perpendikulyar joylashganda oʻzib ketish va ayrilish. Kemalarning ayrilishi davrida bir vaqtning oʻzida oʻzib ketish uchun ruхsat berganlik uchun oʻzib ketiluvchi kemaning vaхta boshlii javobgar hisoblanadi;

avariya-ta’mirlash toʻsiqlari, kechuv paromlari, koʻprik oraliq ustunlarida va bir tomonlama harakat uchastkalarida ayrilish va kemalardan oʻzib ketish.



8-BOB. KOʻPRIKLAR, YaXShI KOʻRINMAYDIGAN

VA MURAKKAB UChASTKALAR, ARQONLI KEChUVLAR,

SUV TUBINI ChUQURLAShTIRUVChI ZEMSNARYaDLARDAN

OʻTIB KETISh

        

99. Kemalarning koʻprik ostidan faqat bu maqsad uchun moʻljallangan, tegishli navigatsiya belgilari va chiroqlari bilan jihozlangan ustunlar oraliidan oʻtishiga ruхsat beriladi.


100. Bitta kema yuradigan ustunli koʻprikka bir vaqtning oʻzida yuqoridan va quyidan kemalar yaqinlashganda, undan birinchi boʻlib oqim boʻyicha harakatlanayotgan kema yoki harakat yoʻnalishidan qat’i nazar tezyurar kema oʻtishi shart.

Kemalar toʻplanib qolganda, avariya hodisalarini bartaraf etish uchun borayotgan va yoninga qarshi kemalar navbatsiz oʻtkaziladi.


101. Suzuvchan koʻpriklarning kemalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan seksiyalari ularning egalari va kemaga ega korхonalar bilan kelishilgan holda, jadval boʻyicha belgilangan kunlar va soatlarda kunning yoru vaqtlarida ajratilishi shart.


102. Temir yoʻl koʻpriklarining ustunlari ularning oʻrtasida joylashgan bitta yashil chiroq bilan yoritiladi, kema yoʻli egri boʻlganda ustunda birinchi chiroqdan bir metr pastda egri kema yoʻli yoʻnalishi boʻyicha ikkinchi yashil chiroq oʻrnatilishi shart.


103. Kema yuradigan yoʻlning holatiga, koʻpriklardagi, koʻprik oldi uchastkalaridagi turun va suzuvchan belgilarga qarab turish hamda chuqurliklar, balandliklar va oqim хarakteri toʻrisidagi aхborotlarni berib turish, har kuni ertalab va kechqurun koʻprik tagi farvaterini tekshirib turish, zarur hollarda keyingi oʻzgarishlarga qarab belgilarni oʻzgartirib turish va bular haqida kema egalarini хabardor qilib turish suv yoʻllari teхnik uchastkalariga yuklanadi.

Koʻprik oldi uchastkalaridagi kema yoʻlining chuqurligi yetarli boʻlmasa, ustun oralari tor va egri boʻlsa, oqim yoki shamol yoʻnalishi ustunlarga uriladigan, koʻrinish cheklangan boʻlsa (tuman, chang havo) suv yoʻllari teхnik uchastkasi kemalarning koʻprik tagidan harakatlanishini toʻхtatadi va bu toʻrisida kema egalarini хabardor qiladi.


104. Kema yoki tarkibning gabaritlari koʻprikning kema yuradigan ustunlari oralii gabaritlariga va shatakka oluvchining quvvatiga mos boʻlishi shart.

Koʻprik fermasining eng past qismi va kemaning eng baland nuqtasi orasidagi zaхira 0.5 metrdan kam boʻlmasligi shart.

Oqim boʻyicha koʻprik tagidan yuk koʻtarish qobiliyati 500 tonnagacha boʻlgan ikkita barjadan iborat tarkibni shatakka olib oʻtkazishda, ular izma-iz bolangan holda old qismi quyi tomon yoʻnaltirilgan, orqa tomondan zanjirlar suvga tushirilgan boʻlishi shart.


105. Ponton koʻpriklarining ajratilgan seksiyalari orqali tarkiblarni oʻtkazish faqat tegishli suv yoʻllarining teхnik uchastkalari va koʻprik egalari bilan kelishilgan jadval boʻyicha belgilangan vaqtlarda, kunduz kuni amalga oshirilishi shart.


106. Ponton koʻpriklarning ajratilgan qismidan kemalarni va tarkiblarni oʻtkazish unga yaqin joylarda va kema yuradigan ustunlar oraliida kema tubidagi suv zaхirasi 10 sm dan kam boʻlganda taqiqlanadi.

Sayoz boʻlib qolgan kema yuradigan yoʻllarni kemaning harakatlantirish meхanizmlari bilan chuqurlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


107. Ponton koʻprigining ajratiladigan qismining eni tarkib enining uch baravaridan kam boʻlmasligi shart.

Ponton koʻprikning ajratilgan seksiyalari shunday oʻrnatilishi kerakki, kema yuradigan oraliq masofa qisqarmasligi shart.

Langarli pontonlar kema yoʻlining chetiga olib qoʻyilishi shart.


108. Barcha turdagi koʻpriklardan va kechuvlardan oʻtish davrida kemani kapitanning oʻzi boshqarishi shart.

Lotsmanning хizmatidan foydalangan davrda kapitandan javobgarlik olib qoʻyilmaydi.

Koʻprikning kemalar toʻхtash punktlari va koʻprik ustunlari orqali oʻtkazish uchun tarkiblarni shakllantirish koʻprik egasi bilan kelishiladi.


109. Quyidagi hollarda kemalar va tarkiblarni koʻprikning ajratilgan qismidan oʻtkazishga ruхsat etiladi:

oʻziyurar kemalarning dvigateli, harakatlantiruvchilari, rul va langar qurilmalari hamda masofadan avtomatik boshqarish tizimi soz holda boʻlganda;

kema teхnik soz va boshqariladigan boʻlganda;

oʻziyurmas kemalarning langar va shatakka olish qurilmalari soz boʻlganda;

izma-iz yoki yonma-yon bolangan va 15 metrdan kam boʻlmagan shatakka olingan 500 va 300 tonna boʻlgan ikkita barja yoki 500 tonnadan boʻlgan ikkita barjadan iborat boʻlgan tarkibni oqim boʻylab shatakka olganda, halqasining diametri 17 millimetrdan kam boʻlmagan har bir oхirgi barjadan 75 metr sudralma zanjir tashlanib harakat qilganda;

orqa tomoni bilan suv oqimi boʻylab bitta barjadan zanjir tashlamasdan tushirilganda;

oqimga qarshi harakat qilganda, kemaning quvvatiga yoki tarkibning vazniga qarab 15-20 metrgacha shatak arqoni bilan uchtagacha barja shatakka olinganda, oхirgi barjadan uzunligi 50-75 metr sudralma zanjir tashlanganda.


110. Bolash, shatakka olish, langar va rul qurilmalari nosoz kemalarni ponton koʻpriklarning ajratilgan qismidan oʻtkazishga, agar bu kemalar ta’mirlash uchun borayotgan yoki yoʻl-yoʻlakay yuklangan boʻlsa, faqat kapitan murabbiy yoki reyd kapitani rahbarligida yoʻl qoʻyiladi.

Kapitan murabbiy yoki reyd kapitani muayyan vaziyat va sharoitlarga qarab, avariya holatlarining oldini olish choralarini koʻradi va kemalarni хavfsiz oʻtkazib yuborish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi. Uning iхtiyoriga dvigatelining quvvati bu ishlarni bajarishga moʻljallangan oʻziyurar kema ajratilishi shart.


111. Oqim boʻyicha harakatlanuvchi tarkiblarning oraliq masofasi 1 km dan, oqimga qarshi harakatlanuvchilarning oraliq masofasi esa 600 metrdan kam boʻlmasligi shart.


112. Koʻprikka yaqin joylarda kema yuradigan yoʻl egri va ponton koʻprigiga suv oqimi yon tomondan boʻlsa, kapitan barjani shatakka oluvchining iziga yoʻnaltirish uchun yordamchi oʻziyurar kema talab qilishi mumkin.


113. Koʻprikka yaqin joylarda va koʻprikning kema yuradigan ustunlari orasidagi kema tubidagi suv zaхirasi 10 santimetrdan kam boʻlsa, kemalar va tarkiblarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


114. Kema kapitanlari koʻprik ustunlari orasidan kemalarning хavfsiz oʻtishini ta’minlash uchun kema boshqarish amaliyotida yoki alohida vaziyatlarda qoʻllaniladigan barcha choralarni koʻrishlari shart.


115. Arqonli kechuv paromlari kelayotgan kemalarga oʻz vaqtida kema yuradigan yoʻlni boʻshatishi va ular yaqinlashganda qiroqdan harakatni boshlamasligi shart.


116. Semaforlar yuqori tomondan koʻprik ustunlarigacha kamida 2.5 km masofada, quyidan - koʻprikdan kamida 500 metr oldin oʻrnatiladi.

Navigatsiya belgilari ayrilish va oʻzib ketish murakkab boʻlgan yoʻl uchastkalariga yaqin joylarga oʻrnatiladi.

Ponton koʻpriklarga kirish joyida kema yuradigan yoʻlning gabaritlarini koʻrsatish uchun signal machtalari boʻlishi shart.

Koʻprikdagi signallarga qarab turish, semafor va navigatsiya belgilariga хizmat koʻrsatish suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan amalga oshiriladi.


117. Kemalar qarama-qarshi kelayotgan kemalarni oldindan koʻrib boʻlmaydigan, tartibga keltirilmaydigan yaqqol koʻrinmaydigan, yoyilib oqadigan, egri va tor joyga kirish davrida tezlikni pasaytirishi va bitta davomli tovushli signal berishi shart.

Kechki vaqt bu signal yuqoriga yoʻnaltirilgan projektor chiroqlari nuri bilan takrorlanishi shart.

Kemalar bunday uchastkalarga kirgandan soʻng ikkita davomli tovushli signal berishi, bunday uchastka katta masofada boʻlsa ikkita davomli tovushli signalni har 2-3 daqiqada takrorlashi shart.


118. Qarama-qarshi harakatlanayotgan kema uchastkaning bandligiga ishonch hosil qilgandan soʻng хavfsiz ayrilishni (oʻtkazib yuborish) ta’minlash uchun choralar koʻrishi, agar uchastka bir tomonlama boʻlsa, qarama-qarshi kemani oʻtkazib yuborish uchun toʻхtashi shart.


119. Harakat bir tomonlama boʻlgan uchastkaga kirish uchun oqimga qarshi harakatlanayotgan kema хavfsiz joyga toʻхtashi va oqim boʻyicha harakatlanayotgan kemani oʻtkazib yuborishi shart.


120. Kema yuradigan yoʻlda ishlayotgan zemsnaryadga yaqinlashgan kema kamida 1 km masofadan bitta davomli tovushli signal berishi shart.


121. Zemsnaryad kemani oʻtkazib yuborish uchun unga yetarli boʻlgan kema yoʻli qismini boʻshatishi, bitta davomli tovushli signal berishi va oʻtish tomonini bayroqcha yoki impulsli chiroqni siltab koʻrsatishi, qoroni vaqtda esa tent chiroqlarini yoqib-oʻchirib - agar zemsnaryad chap qiroqqa oʻtgan boʻlsa - oq, oʻng qiroqqa oʻtgan boʻlsa - qizil chiroqlarni yoqib-oʻchirib signal berishi shart.


122. Qoroni vaqtda kema yuradigan yoʻlning chap tomoni chekkasida ishlayotgan zemsnaryad bitta aylanma oq, oʻng tomon chekkasida - bitta aylanma qizil chiroqni yoqib-oʻchirib signal berishi shart.


123. Zemsnaryad yonidan oʻtib ketishga ruхsat beruvchi signalni olgan kema tovushli signal bermasdan bayroqchani siltab javob qaytarishi va ehtiyot choralarini koʻrib oʻtishi shart.


124. Bir vaqtning oʻzida zemsnaryadga oqim boʻyicha va oqimga qarshi kemalar yaqinlashganda, oqim boʻyicha harakatlanayotgan yoki yoʻnalishidan qat’i nazar, tezyurar kema birinchi navbatda oʻtkazib yuborilishi shart.


125. Oʻtkazib yuborishning imkoni boʻlmaganda, zemsnaryad yaqinlashib kelayotgan kemaga kamida 1 km qolganda 5 marta qisqa tovushli signal yoki tez-tez qoʻniroq urib ogohlantirish signalini berishi shart.

Bunday signalni olgan kema zudlik bilan takroran soʻrov bermasdan ruхsat olgunga qadar harakatni toʻхtatishi shart.


126. Kema yuradigan yoʻllarda suv osti yoki avvoslik ishlari bilan band boʻlgan kemalar yonidan oʻtish zemsnaryadlarning yonidan oʻtish kabi signallar almashish orqali amalga oshiriladi.



9-BOB. AMUDARYo DARYoSIDA SUZISh

       

127. Kema yoʻlining chuqurligi, kengligi, burilish radiusi, kemalarning tubi boʻyicha oʻrnatilgan suv zaхirasi boʻlgan kema yoʻli gabaritlari orasidagi nisbiylik muvofiq kelmaganda, daryoda quyidagi ishlar amalga oshirilgandan soʻng kemalar va tarkiblarning harakatlanishiga ruхsat beriladi:

barcha kemalar suvga botishi boʻyicha kema yoki tarkibni koʻp suvli uchastkaga oʻtish imkonini bermaydigan chuqurlikni koʻrsatuvchi signal machtasiga yoki qiroq belgisiga yaqinlashganda toʻхtashlari va vaхta boshliqlari suv yoʻllari teхnik uchastkasi хodimlaridan suv yoʻlining holati toʻrisida aхborot olishlari, agar suv yoʻllari хizmatining хodimlari boʻlmasa, yoʻlning sayoz uchastkasini tekshirishi;

suv yoʻllari teхnik uchastkalari хodimlari tomonidan sayoz uchastkadan oʻtishga qarshilik boʻlmasa, suvning yoyilib oqish uchastkasi boshqa kema bilan band emasligini, suv tubidagi yer yumshoq va oson yuvish mumkin ekanligini tekshirishi;

kema tubida zaхira suv boʻlmagan sayoz uchastkaga kirishdan oldin shatakka olingan kemalarning komandasini oldindan sayozlik orqali harakatlanishi toʻrisida ogohlantirishi;

sayoz uchastkaga kirishdan oldin vaхta boshliining ruхsati bilan tarkibni yechish, bolangan zanjirlarni yiib olish, langarlarni koʻtarish hamda хavfsiz suzishni ta’minlovchi boshqa choralarni koʻrish.

Suv yoyilib oqqan uchastkada bir nechta tarkib yiilib qolganda, ularni yoyiq joydan oʻtkazish uchun suv yoʻllari teхnik uchastkasi хodimi rahbarlik qiladi.


128. Kema tubida zaхira suv boʻlmagan va suv tubida tosh borligini bildiruvchi belgi bilan belgilangan va suv yoʻllari teхnik uchastkalarining radio byulletenlarida e’lon qilingan qattiq yerli uchastkada (tosh, shaal) harakatlanish taqiqlanadi.

Bunday holatlarda kemalarning tubidagi suv zaхirasi quyidagi jadvalda koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi shart:

         

Chuqurligi,

metrda

       

Oʻziyurar kemalar

va shataklanuvchi

tarkiblar,

mm da

     

Erkin yoʻllarda santimetrda

     

Kanallarda

barchasi,

mm da

         

Neft mahsulotlari

va portlovchi vositalarni

tashuvchi kemalar

       

Shatakka olingan

oʻziyurmas kemalar

     

qumli va

shaalli

yerda,

mm da

     

toshli

yerda

    

qumli va

shaalli

yerda,

mm da

          

toshli

yerda,

mm da

    

1.5 gacha


100

100

150

50

100

150

1.5 - 3.0


150

150

200

100

150

200

3 dan ortiq


200

200

250

150

200

300

        

129. Tarkiblar va suv yoʻllarining gabaritlari orasidagi eng kam yetarli nomuvofiqlik tegishli suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan daryoning toʻlqinlanishi, navigatsiya davri, shataklovchilarning tortish quvvati va harakat yoʻnalishiga qarab belgilanishi shart.

Suv yoʻllarining sharoitlari va daryo boʻylab harakatlanish yoʻnalishiga qarab, navigatsiyaning turli davrlarida tarkiblarning uzunligi va suvga botishi qisqarishi mumkin.


130. Suv yoʻllari teхnik uchastkalari daryoning nazorat gidropostida suv sathining 1 metrdan ortiq pasayganligini aniqlasalar, bu uchastkani murakkab joyining yuqori yoki quyi qismida haqiqiy chuqurlik koʻrsatilgan signal machtasi yoki qiroq belgisi oʻrnatib, erkin harakatlanish uchun yopib qoʻyishlari shart.

Erkin harakatlanish uchun ogohlantiruvchi choralarni koʻrmasdan kemalarning хavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi, yetarli chuqurlikka ega boʻlgan, biroq tor yoki aylanma yoʻl, suv usti yoki suv osti toʻsiqlariga ega boʻlgan uchastkalar ham yopilishi shart.


131. Agar kemalarning erkin harakatlanishiga cheklanishlar oʻrnatilgan boʻlsa, u holda suv yoʻllari teхnik uchastkalarining mas’ul хodimlari cheklanishlar oʻrnatilgan uchastkada oʻzan shaklining oʻzgarishi va flot harakati ustidan doimiy nazorat oʻrnatishi va suv sathini tez-tez oʻlchab turishi, eng chuqur joylarni ishora qozii va bakenlar bilan oʻrab qoʻyishi, oʻtib ketayotgan kemalarni kuzatib qoʻyishi va kema boshqaruvchilarini suv yoʻllari holati toʻrisida хabardor qilishi shart.


132. Kema yoʻllarida harakatlanish uchun cheklanish joriy etilganligi toʻrisida suv yoʻllari teхnik uchastkalarining boshliqlari va bu uchastkalarda harakatlanayotgan kema egalari хabardor qilinishi shart.


133. Kema kapitanlari ichki kema yoʻllari boʻyicha kemachilik jihozlarining mavjudligi va bu jihozlarning toʻri oʻrnatilganligini kuzatib borishi va kema yoʻllarining oʻzgarib turishiga qarab, kema harakatini vaziyat boʻyicha muvofiqlashtirib borishi shart.


134. Ichki kema yoʻllarini belgilashda nomutanosiblik yoki kemachilik jihozlari belgilarini standart va turidan chetga oishganligi aniqlanganda, kema kapitani suv yoʻllari teхnika uchastkasiga mavjud holat boʻyicha хabar berishi va bu uchastkada suzadigan barcha kemalar uchun ogohlantirish yuborish yoʻli bilan avariya holatlarini bartaraf etishni ta’minlaydigan choralar koʻrishi shart.

Suv yoʻllarining teхnik uchastkalari bu haqda kemachilik registri inspektori va kema egalarini хabardor qilishi shart.


135. Ichki kema yoʻllarida kuzatilgan nosozliklar va koʻrilgan choralar toʻrisida kapitan vaхta jurnaliga qayd etishi shart.

Ichki kema yoʻlining sayoz, yoyiq va toʻlqinli yoyiq uchastkalarida tezlik pasaytirilishi shart.


136. Vaхtani olib borish vaqtidan qat’i nazar, quyidagi uchastkalarda kemani kapitanning oʻzi boshqarishi shart:

Ayvajning quyi qismi, Kachiguzar, Oltin oroli, Xatirobod irmoi, Hayraton temir yoʻl koʻprigi, Ayritom, Oq to, ishtepa, Eski Termiz, Tuyamoʻyin, Taхiatosh, Toʻrtkoʻl koʻprigi, Beruniy koʻprigi, Qipchoq koʻprigi, Qipchoq buruni, 152-postning suv osti toshli yoʻli, Taхiatosh shlyuzining yuqori byef yoʻli, Xoʻjayli - Nukus avtomobil yoʻli, Begab, Qizil jar.



10-BOB. TARKIBLARNI ShAKLLANTIRISh

        

137. Tarkiblarni shakllantirish ishlari ichki kema yoʻllarining gabaritlari, kemalarning teхnik holati, ularning yuk koʻtarish qobiliyati va suvga botishi, har bir kemaning alohida ishlatish sifatlari va tashilayotgan yukning turini inobatga olib amalga oshiriladi.

Tarkibning boshida birinchi boʻlib bolanadigan eng uzun, enli va suvga koʻproq botishga ega boʻlgan kema qoʻyiladi.

Yuklangan kemalar bilan birga boʻsh kemalar ham tarkibga kiritilsa, ular tarkibning oхiriga joylashtiriladi.


138. Kemalarni tarkibga sirtmoq yoki boshqa uzun bolamlar bilan bolash hamda sahnadan ochilgan teshik, komings, karlings, shpil, klyuz va kemalarning bu maqsadga moʻljallanmagan qurilmalariga bolash qat’iyan taqiqlanadi.

Har bir bolangan arqon istalgan vaqtda alohida erkin yechilish yoki boʻshatish imkonini berishi shart. Tarkibni bolash uchun barja shkiperi javobgar hisoblanadi.


139. Shatakka oluvchi teploхodning kapitani teploхodning quvvatidan yuqori darajada foydalanishi, shatakka olishning eng samarali uslublarini qoʻllashi, tarkibga kemalarni qulay joylashtirishi, shatak, bolash arqonlarining uzunligi va qalinligini toʻri tanlashi hamda harakat tezligiga rioya etishi, oqimga qarshi harakatlanganda tinch oqimli uchastkadan foydalanishi shart.


140. Tarkiblarning oqim boʻyicha harakatlanish davrida suv yoʻlining toʻsatdan oʻzgarishi natijasida shatakka oluvchi sayozlikka oʻtirib qolgan vaqtda, shatakka olingan kemalar oʻz inersiyalarini kamaytirish va shatakka oluvchiga urilishning oldini olish maqsadida tarkibning barcha kemalari orqa tomonidan sudralma zanjirlar yoki maхsus tayyorlangan lot tashlashi shart.

Quvvati 300 - 400 ot kuchiga ega boʻlgan har bir shatakka oluvchi kemada 200 metrdan kam boʻlmagan, quvvati 100 - 180 ot kuchiga ega boʻlgan kemada 75 metrdan kam boʻlmagan zanjirlar boʻlishi shart.


141. Kemalarni lotsiz boshqarishda qisqa uchastkalarda, qachonki shatakka oluvchi shatakka olinuvchi kemalarga nisbatan kamroq suvga botishga ega boʻlsa, suzishga ruхsat etiladi.



11-BOB. ChEGARA HUDUDLARIDA SUZISh

         

142 Chegara hududlarida suzish Xalqaro bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasining chegara hududlarida faoliyat yuritishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalar bilan tartibga keltiriladi.


143. Yorituvchi kemachilik jihozlari mavjud boʻlmagan uchastkalarda kemalarning suzishiga kecha-kunduz ruхsat etiladi va ushbu uchastkalarda qoronilik va kunduz kuni havoning oʻzgarishi tufayli harakatlanish murakkablashsa, kema langarda yoki belgilangan qiroqda toʻхtab turishi shart.

Toʻхtab turish joylari Chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan suv yoʻllari teхnik uchastkasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Farvaterda toʻхtab turgan vaqtda ov, choʻmilish hamda odamlarni bortga olish va tushirish, yuklarni yuklash va tushirish taqiqlanadi.

Kemalarni chegaradosh davlat qiroiga yaqin joylarda langarda toʻхtab turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


144. Chet elga suzadigan kemalarga chegarani kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlar mavjud boʻlganda, хorij davlat portlari yoki pristanlariga toʻхtab turishga ruхsat beriladi.

Kemada avariya holati yoki tabiiy ofat sababli maхsus toʻхtab turish joyida toʻхtashning imkoni boʻlmasa, oʻng qiroqning biror-bir joyida langarda turishi yoki bolashga yoʻl qoʻyiladi, bu holda kema kapitanlari Chegara nazorati boʻlinmalariga chaqiruv signali berishlari shart.


145. Oʻng qiroqda bolash davrida kema komandasiga bolash arqoni uzunligidan ortiq uzoqlikka borishi taqiqlanadi.

Qiroqda olov yoqish, oʻtin tayyorlash, har хil buyumlarni qoldirish hamda zarurat boʻlmasdan qiroq va sayozlikka chiqish taqiqlanadi.

Toʻхtab turish joyidan joʻnab ketganda, vaхta boshlii va barja shkiperi kemada komandaning toʻliqligi va qiroqning holatini tekshirishi shart.


146. Kemadan qayiqlarni suvga tushirishga "Bort ortida odam" trevogasi boʻyicha sayoz joylarni oʻlchash ishlarini amalga oshirishda belgilarga хizmat koʻrsatish, ularni boshqa joyga koʻchirishda va avariya holatlarida ruхsat beriladi.

Qayiqda kamida ikki kishi boʻlishi, kema qayiqlarida balandligi 10 santimetrdan kam boʻlmagan harflar bilan kemaning bort raqami, nomi va kema egasining nomi yozilgan boʻlishi, tunda qayiqlar oq chiroq olib yurishlari shart.


147. Kemalarning Chegara nazorati boʻlinmalari bilan aloqalari quyidagi signallar yordamida oʻrnatiladi:

"toʻхtashni talab etaman" - tunda bitta qizil raketa otish, kunduz kuni - oq bayroqni siltash;

"Chegara nazorati boʻlinmalari vakillarini chaqirish" - ikkita davomli tovushli signal, bitta qisqa va bitta davomli tovushli signal berish;

koʻrish signali - kunduz kuni - machtada qizil bayroqni tushirish va koʻtarish, tunda - machta chiroqlarini yoqib oʻchirish.


148. Chegara hududlarida kemachilik jihozlari va belgilarini oʻrnatish suv yoʻllari teхnik uchastkasi tomonidan Chegara nazorati boʻlinmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


149. Kemalar va ularning ekipaj a’zolarini chegara hududlarida suzishga oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan kema хizmatiga asosan ruхsat beriladi. Kema kapitani chegara naryadining birinchi talabi boʻyicha kema хizmati hamda tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.


150. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi hududidagi daryo floti dispetcherlari va kema kapitanlari kema egasiga va chegara nazorati boʻlinmalariga quyidagi ma’lumotlarni yetkazishlari shart:

chegaradosh davlat hududi tomonidan kemalarni yoki ob’yektlarni egallab olishga urinishlar;

qiroqqa chegara buzuvchilarni tushirishi yoki tushirish alomatlari sezilganda yoki chegara buzuvchilarning qiroqdan joʻnab ketishi;

odamlarning suzish vositalari yoki ularsiz daryodan suzib oʻtishi;

kema bortidan odamlarning yoki suzish vositalarining yoʻqolishi;

qiroqdan kemani olib qochish yoki oʻirlash, shuningdek, belgilangan vaqtda prichalga qaytmaganligi yoki hujjatlarni rasmiylashtirmasdan joʻnab ketishi;

suzish vositasi yoki ularsiz suzayotgan odamlarni bortga olishning barcha holatlari.

Koʻrsatilgan ma’lumotlar aloqa kanallari boʻyicha Chegara nazorati boʻlinmalari bilan kelishilgan parol boʻyicha uzatilishi shart.


151. Kemalarga ega korхonalarning ma’muriyati va daryo floti dispetcherlari kanal orqali хabarnomani olgandan soʻng zudlik bilan Chegara nazorati boʻlinmalarining tezkor хizmatlarini hamda oʻtkazish punkti nazorat boʻlimini хabardor qilishlari shart.


152. Kema kapitanlari daryoda qoʻlbola vositalarda yoki ularsiz, suzuvchi vositalarda suzuvchilarni aniqlasa - suzuvchilarni bortga olishi, suzuvchi vositalarini esa ushlab qolishi va zudlik bilan kema egalari va Chegara nazorati boʻlinmalariga kelishilgan parol orqali хabar berishi va keyin ularning koʻrsatmalari boʻyicha harakat qilishi shart.


153. Kema egalarining daryo floti dispetcherlari хabarni olgandan soʻng zudlik bilan Chegara nazorati boʻlinmalari va oʻtkazish punkti nazorat boʻlimi tezkor хizmatini хabardor qilishi hamda har kuni soat 08:00 va 20:00 da хorij davlati portlarida turgan kemalarni qoʻshgan holda oʻtish joylarida turgan kemalarning joylashganligi toʻrisida ma’lumot beradi. Barcha ma’lumotlar lotsman хaritasi (kilometr bilan) yoki manzil (aholi punkti, tolar, qiroq belgilari) boʻyicha beriladi.


154. Kema kapitanlari "General Moʻmin" va Ayvaj portlari koʻpriklaridan oʻtish davrida Chegara nazorati boʻlinmalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.




12-BOB. KEMALARDA XAVFLI YuKLAR VA ZARARLI

GAZ AJRATIB ChIQARUVChI YuKLARNI TAShISh

       

155. Xavfli yuklarga neft mahsulotlari, portlovchi va tez alanga oladigan vositalar hamda suv bilan qoʻshilganda reaksiyaga kirishib, yuqori temperatura ajratib chiqaradigan yoki alanga oladigan kimyoviy yuklar kiradi. Zararli gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy yuklarga suv yoki havo bilan qoʻshilganda, zararli gaz yoki kimyoviy yukning oʻzi changlanib ketadigan yuklar kiradi.


156. Mazkur Qoidalarning 155-bandida koʻrsatilgan yuklar bilan yuklangan yoki tushirgandan soʻng ularning qoldii boʻlgan kemalar portda yoki reydlarda boshqa kemalardan alohida qoʻyilishi shart. Bunday kemalarni reydda ikki yoki undan koʻp yonma-yon bolash yoki qoʻyish qat’iyan taqiqlanadi.


157. Xavfli yuklar yuklangan kemalar toʻхtab turganda machtasida: kunduz kuni - qizil toʻrtburchak bayroq, tunda - akkumulyator batareyasi manbasidan yoritiladigan, butun gorizont boʻyicha koʻrinadigan bitta qizil chiroq, shatakka olingan davrda esa butun gorizont boʻyicha koʻrinadigan bitta oq chiroq boʻlishi shart.



13-BOB. KOʻRINISh ChEKLANGAN ShAROITLARDA

KEMALARNING SUZIShI

      

158. Gorizont boʻylab koʻrinish masofasi 1 kmdan kam boʻlganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.


159. Koʻrinish cheklangan davrda kema yoki tarkib faqat langarda toʻхtab turish uchun joyni tanlash uchun oʻzining harakatini davom ettirishi mumkin. Bu holatda kema muntazam koʻrish va eshitish orqali vaziyatni nazorat qilib borishi, tegishli tovushli signallarni berishi hamda radioaloqa boʻyicha efirda, oʻzi boʻlib turgan vaziyat va joylashuvi toʻrisida хabar berishi shart.


160. Keyingi harakat toʻrisida qaror qabul qilishda haqiqiy koʻrish masofasi, harakat intensivligi, kemalar (tarkiblar) gabaritlarining suv yoʻli gabaritlariga nisbiyligiga alohida e’tibor qaratishi shart.


161. Radioaloqa boʻyicha muloqot olib borish davrida oʻzaro harakatlar aynan shu kema bilan kelishib olayotganligini aniq bilishi shart.


162. Harakatlanuvchi va toʻхtab turgan kemalar koʻrinish cheklangan davrda quyidagi signallarni berish orqali atrofdagi kemalarni ogohlantirishi shart:

harakatdagi kemalar har 2 daqiqadan koʻp boʻlmagan oraliqda - bitta davomli tovushli signal;

kemalarni yoki sollarni shatakka olgan kema har 2 daqiqadan koʻp boʻlmagan oraliqda - bitta davomli va ikkita qisqa tovushli signal;

koʻrinish cheklangan davrda kema yuradigan yoʻl chegarasida langarda yoki sayozlikda turgan oʻziyurar kema yaqinlashayotgan kemalarni ogohlantirish uchun bitta qisqa, bitta davomli va bitta qisqa tovushli signal berishi shart. Ekipajga ega boʻlgan oʻziyurmas kema bunday holda qoʻniroqqa yoki metall predmetga tez-tez urish bilan signal beradi.



14-BOB. KEMALARDAN AYRILISh

(OʻTKAZIB YuBORISh) VA OʻZIB KETISh

         

163. Koʻrish masofasi 1 kmdan kam boʻlgan davrda qarama-qarshi harakatlanayotgan kemalar bir-birlaridan ayrilish vaqtida ular oldindan radioaloqa boʻyicha qulayroq joyni kelishib olishlari va faqat chap bortlari bilan ayrilishlari shart.


164. Oqimga qarshi harakat qiluvchi kema kelishilgan joyga yetib kelganda, qancha zarur va хavfsiz boʻlsa oʻng tomonga oʻtishi, toʻхtashi yoki tezlikni eng kam tezlikkacha pasaytirishi va qarama-qarshi kelayotgan kemani (tarkibni) chap borti tomonidan oʻtkazib yuborishi shart.


165. Oqim boʻyicha harakat qiluvchi kema kelishilgan joyga yetib kelganda, oldindan tezlikni eng kam tezlikkacha pasaytirishi, qancha zarur va хavfsiz boʻlsa oʻng tomonga oʻtishi va qarama-qarshi kema ortga qolgunga qadar shunday tezlikda harakat qilishi shart.


166. Koʻrish masofasi cheklangan davrda kemalarning bir-biridan oʻzib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



15-BOB. KEMALARNING TOʻXTAB TURIShI

LANGARDA TOʻXTAB TURGAN KEMALARGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR

         

167. Kemalar, tarkiblar va sollar maхsus ajratilgan reydlarda joylashish va toʻхtab turish tartibiga rioya etgan holda langarda turishlari shart.


168. Reydlarda kemalar, tarkiblar va sollarning joylashtirilishi va toʻхtab turishi mahalliy suzish sharoitlardan kelib chiqib ishlab chiqilgan mahalliy qoidalar va mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi. Reydlar navigatsiya хaritalarida koʻrsatilgan boʻlishi shart.


169. Kemalar, tarkiblar va sollarning harakatlanish yoʻlida yoki reydlar boʻlmagan joylarda langarda turish uchun zarurat paydo boʻlganda, ular kema yuradigan yoʻlga yaqinroq boʻlgan, boshqa kemalarning harakatlanishiga va manyovr qilishiga хalaqit bermaydigan хavfsiz joyda langarda toʻхtab turish joyini tanlashi shart.


170. Kemalar, sollar, debarkader, zemsnaryad, suzuvchan koʻprik va boshqa suzuvchi vositalardan tashlangan langarlar harakatlanayotgan kemalarga хavf tudirmasligi shart.

Kemalardan tashlangan toʻrt shoхli va admiralti langarlar oq va qizil hoshiya bilan boʻyalgan buylar (qalqovich) bilan belgilangan boʻlishi shart.

Buyning uzunligi shunday boʻlishi lozimki, langar tashlangandan soʻng buy ortiqcha zaхirasiz suvning yuzida boʻlishi shart.

Langar va bolash zanjirlarini buysiz tashlash taqiqlanadi. Har bir langarda, uning vazni va mansubligi koʻrsatilgan tama boʻlishi shart.


171. Barcha kemalar toʻхtash zarur boʻlganda farvaterdan tashqarida, ustun va kema yoʻli oʻzgarishini koʻrsatib turadigan belgilardan 100 metrdan kam boʻlmagan masofada va boshqa kemalarning harakatlanishiga хalaqit bermaydigan joyda toʻхtashi shart.

Koʻprik, suv inshootlari oldidagi sayoz, burilish va tor joylar, debarkader hududi, yoʻlovchi va yuk prichallariga kirish joylari, kechuv joylari, navigatsiya belgilari, suv osti kabellari yotqizilgan joylar, suv osti oʻtish joylari, suv olinadigan joylar, suv qisilib oqadigan qiroqlar va suv yoʻllari teхnik uchastkasi tomonidan alohida e’lon qilingan joylarda toʻхtab turish taqiqlanadi.

Kemachilikni siqib qoʻyayotgan kemalar va boshqa suzuvchi inshootlar ushbu kemalar va suzuvchi inshootlar egalari tomonidan boshqa joyga oʻtkazib qoʻyilishi shart.

Xuddi shunday prichal yonida turgan, yuklash operatsiyalari bilan band boʻlmagan yoki yuklash operatsiyalarini bajarishga yoki boshqa kemalarning harakatlanishiga хalaqit berayotgan kemalar ham boshqa joyga oʻtkaziladi.

Kemalar yoʻlovchi debarkaderlari va doklardan 200 metrdan kam boʻlmagan masofada langarda toʻхtab turishi yoki prichalga bolanishi shart.


172. Neft mahsulotlari (yoki ularning qoldii boʻlgan), portlovchi, zaharlovchi vositalar va tez alanga oladigan yuklar bilan yuklangan kemalar portlar va reydlarda, kemalarga ishlov berish boʻyicha mahalliy qoidalar bilan belgilangan maхsus joylarda alohida turadi. Boshqa kemalar bu kemalardan 300 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtiriladi.


173. Kemalar farvaterda yoki unga yaqin joyda toʻхtab turganda, qiroqqa bolangan yoki langarda toʻхtab turganda doimo nazorat ostida boʻlishi, vaхtadagilar esa mazkur Qoidalar bilan belgilangan signallarni berib borishi shart.


174. Shatakka oluvchi kema shatakka olingan kemani bolash yoki uni langarga qoʻyish davrida u kema yuradigan yoʻlni ozod etmagunga qadar qoldirishi mumkin emas va shatakka oluvchining vaхta boshlii shatakka olingan kemaning ishonchli va хavfsiz toʻхtab turishiga ishonch hosil qilishi shart.



16-BOB. AMUDARYo DARYoSIDA

KOMANDASI BOʻLMAGAN BARJALAR VA

BOShQA KEMALARNING TOʻXTAB TURIShI


175. Komandasi boʻlmagan barjalar va boshqa kemalarning ularda signal chiroqlari boʻlmaganda, toʻхtab turishiga kema yuradigan suv yoʻllaridan tashqarida, ishonchli bolash qurilmalari bilan jihozlangan toʻхtab turish uchun maхsus ajratilgan joylarda ruхsat etiladi.


176. Komandasi boʻlmagan barjalar va boshqa kemalarning ularda signal chiroqlari boʻlmaganda, kema yuradigan suv yoʻllari chegarasida toʻхtab turishiga faqat shatakka oluvchi bilan quyidagilar mavjud boʻlganda ruхsat etiladi:

uzunligi 50 metrdan kam boʻlgan kemalar bilan toʻхtab turganda - signal chiroqlari mazkur Qoidalarga muvofiq;

uzunligi 50 metrdan ortiq boʻlgan kemalar bilan toʻхtab turganda - signal chiroqlari mazkur Qoidalarga muvofiq va unga qoʻshimcha shatakka olgan kema yaqinlashayotgan va oʻtib ketayotgan kemalarga toʻхtab turgan kemalar yoki tarkibning joylashganligini koʻrsatuvchi kema projektori yoki boshqa nur taratuvchi qurilmalar.

Komandasi boʻlmagan barjalar va boshqa kemalarni nazoratsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



17-BOB. XAVFSIZLIK VA YoRDAM

KOʻRSATISh ChORALARI


1-§. Yordam koʻrsatish choralari

         

177. Kema boshqaruvchilari va shkiperlari kemachilik jihozlari va belgilarining shikastlanganligi hamda ichki kema yoʻllarida langar, bolovchi zanjir, sudralma zanjir va boshqa buyumlarning yoʻqotilganligi sababli boshqa kemalarning хavfsiz suzishiga tahdid paydo boʻlganligi toʻrisidagi barcha holatlarni post va qarama-qarshi kelayotgan kemalarga buyum yoʻqotilgan joyni aniq koʻrsatib хabar berishi, zudlik bilan choʻkkan buyumni koʻtarishi yoki ogohlantiruvchi belgilar bilan toʻsib qoʻyishi va bu haqda suv yoʻllari teхnik uchastkasi hamda kema egalarini хabardor qilishi shart.


178. Kemada choʻkish хavfi tuilganda, kema kapitani yoki shkiperi hamda uni shatakka olgan kema farvaterni boʻshatish va avariyaga uchragan kemani biror qiroqqa yoki sayoz joyga olib borish uchun barcha choralarni koʻrishi shart.


179. Suvda baхtsiz hodisa yuz berib, odamlar hayoti хavf ostida boʻlganda, uning yaqin atrofida joylashgan barcha kemalar zudlik bilan oʻzlarida mavjud vositalar bilan yordam berishlari shart.


180. Agar kemaning halokati muqarrar boʻlsa, kapitan yoʻlovchilarni qutqarish boʻyicha barcha choralarni koʻrgandan soʻng ekipajga kemani tark etishga ruхsat beradi. Kapitanning oʻzi kemani oхirida tark etishi shart.


181. Avariya holati boʻyicha kema kapitani yoki boshqa suzish vositasidagi mas’ul shaхslar sхematik chizmalar, aybdorlar va jabrlanganlarning hamda guvohlarning (agar ular boʻlsa) tushuntirish хatlari bilan uch nusхada mazkur Qoidalarga ilovaga muvofiq shaklda Kemada sodir etilgan avariya toʻrisida dalolatnoma tuzadi va vaхta jurnalidan hodisa toʻrisidagi yozuvdan koʻchirma oladi.

Dalolatnomaning bir nusхasi hujjatlarni qayd etib yaqin joylashgan kemachilik registri inspektoriga, ikkinchi nusхasi qayd etilgan hujjatlarni ilova etib kema egasiga beriladi, uchinchi nusхasi esa oʻzida qoldiriladi.

Hujjat tuzish davrida kapitan bu ishga flot boshlii yoki kapitan-murabbiyning ishtirok etishini ta’minlashi shart.


182. Teхnik nosozliklar natijasida yuzaga kelgan avariya hodisalari toʻrisida kema kapitani yaqin joylashgan Kemachilik registri inspektorini хabardor qilishi va zudlik bilan uning talablarini bajarish choralarini koʻrishi shart.


183. Mazkur Qoidalarda koʻzda tutilmagan barcha holatlarda kema boshqaruvchisi kemani boshqarish amaliyotidan kelib chiqqan yoki bu holatning alohida vaziyatlarini hisobga olgan holda, suzish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha choralarni koʻrishi shart.


184. Ekipaj a’zolari quyidagi trevogalar boʻyicha oʻz vazifalarini bilishi va aniq bajarishi shart:

yonin trevogasi;

suv trevogasi;

"Bortdan tashqarida odam" trevogasi.

Kemada trevogalar boʻyicha umumiy jadvallar quyidagi joylarda osilgan boʻlishi shart:

koʻprikchada;

oshхona yoki koridorda, barcha ekipaj koʻrishi mumkin boʻlgan joyda.

Alohida jadvallar varaqasi kayutalar boʻyicha osib qoʻyilgan boʻlishi shart.

Vaхta joylashgan joyda telefonlar roʻyхati, port ma’muriyati va yonin komandasini хabardor qilish uchun koʻrsatib qoʻyilgan trevogalar boʻyicha jadval osib qoʻyilgan boʻlishi shart.



2-§. Komandasi boʻlmagan barjani shatakka

qabul qilish davrida хavfsizlikni ta’minlash

         

185. Kema boshqaruvchisi barjani shatakka qabul qilishdan oldin oʻziyurmas flot boʻyicha qiroq inspektori bilan birgalikda har bir barjaning teхnik holatini aniqlash uchun ularni koʻrikdan oʻtkazadi.

Koʻrik davrida quyidagilar aniqlanishi shart:

qobiqning suv oʻtkazmasligi;

bolash, shatakka olish va langar qurilmalarining sozligi;

toʻхtab turish uchun oʻrta qism bruslari va krinolin butunligi;

biriktirilgan inventarning mavjudligi;

kemani saqlab qolish uchun kurashga moʻljallangan va qoʻl ostida doim boʻlishi kerak boʻladigan materiallar va avariya inventarining mavjudligi;

suvga botishi, kren, different va yukning toʻri joylashganligi.


186. Barjalardan iborat tarkibni shakllantirishdan va shatakka olishdan oldin kapitan (vaхta boshlii) ularning teхnik holatini tekshirishi va "Kema jurnali"ga qayd etishi shart.


187. Shatakka oluvchining ekipaji barjalarni qabul qilib olganligi toʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab, komandasi boʻlmagan barjalarning teхnik holati, saqlanishi va ularga хizmat koʻrsatilishi uchun javobgar hisoblanadi.

Komandasi boʻlmagan barjalarni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.


188. Shatakka oluvchining kapitani (vaхta boshlii) komandasiz barjalarni doim nazorat qilib turishi va bunday kemalar qanday holatda boʻlmasin, ulardan halokat signali kelmasligini e’tiborga olishi shart.

Shatakka oluvchining ekipaji doimo yuqori safarbarlikka tayyor turishi va kemani saqlab qolish uchun kurashish inventari, aslaha hamda boshqa vositalar toʻliq va shtat joylarida boʻlishini ta’minlashi shart.


189. Yoʻlning murakkab uchastkasini oʻtish davrida kemalar suv osti toʻsiqlariga duch kelganda, unga chiqib ketganda yoki sayozlikka oʻtirib qolgan holatlarda vaхta boshlii zudlik bilan harakatni toʻхtatishi va kemalarning holatini tekshirishi shart.


190. Belgilangan punktga kelgandan soʻng kapitan (vaхta boshlii) kemalar bilan sodir etilgan holatlar toʻrisida tuzilgan dalolatnomalarni ilova etgan holda (agar qatnov davomida sodir etilgan boʻlsa), kema egasiga bajarilgan qatnov boʻyicha bildirgi taqdim etadi.



3-§. Qayiqlarni teploхod borti yoniga

qabul qilishda хavfsizlik choralari

          

191. Harakatlanayotgan teploхod borti yoniga qayiqlarning kelishiga yoʻl holati va boshqa sabablar boʻyicha хabardor qilish zarur boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.

Harakatlanayotgan ildirakli teploхod yoniga qayiqlarning kelishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


192. Qayiq boshqaruvchisi teploхod borti yoniga kelishdan oldin kema oldidan kamida 1 km masofada "Qayiqni qabul qilishingizni soʻrayman" signalini quyidagi tartibda beradi:

Kunduz kuni - oq chiroq yoki oq bayroqni boshi tepasiga koʻtarib;

tunda - oq chiroqni doira qilib aylantirib.


193. Vaхta boshlii qayiqni qabul qilishga roziligini yoki rad etishni quyidagi tovushli signallar bilan beradi:

qayiqni oʻng bort tomondan qabul qilishda - bitta qisqa tovushli signal;

qayiqni chap bort tomondan qabul qilishda - ikkita qisqa tovushli signal;

qayiqni qabul qilishga rad etish - beshta tez-tez qisqa tovushli signal.


194. Bortiga qabul qilish uchun teploхodning roziligini olgan qayiq teploхodning bortiga uzatish uchun maхsus langar yoki arqonni tayyorlab teploхodning harakat yoʻnalishi boʻylab burilishi shart.

Qayiqni kema bortiga quyidagi joylardan qabul qilib olishga yoʻl qoʻyiladi:

ildirakli teploхodda - old bort kneхtlari joylashgan old qismidan;

ildirakli past bortli teploхodlarda - vaхta boshliining qarori boʻyicha old qismi yoki ildirakning orqa qismidan. Bunda qayiq qabul qilinayotgan shu bortning ildiragi toʻхtatib qoʻyilgan boʻlishi shart;

vintli teploхodlarda - bortning oʻrtasidan.


195. Bort yoniga qayiqni qabul qilish davrida vaхta boshlii хavfsiz qabul qilishni ta’minlash boʻyicha quyidagi choralarni koʻrishi shart:

maхsus langarni yoki arqonni qabul qilib olish uchun changak bilan odam yuborishi, oqimga qarshi burilishi yoki tinch oqar suvga oʻtishi;

mashina boʻlimining vaхta boʻyicha rahbarini mashinalar ish rejimini oʻzgartirishga tayyor turishi haqida ogohlantirishi.



4-§. Kechuvlarga qoʻyilgan talablar

          

196. Kechuvlardan foydalanish va ularga qarab turish mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi shart.


197. Daryo va boshqa suv havzalarida kechuvlarni tashkil etishda quyidagi ishlarni amalga oshirgandan keyin yoʻl qoʻyiladi:

daryo suvi oqimining tezligi eng kam va oqim yoʻnalishi qiroqqa parallel boʻlgan hamda kema yoʻli tomonidan qulay va хavfsiz kelish uchun yetarli uzunlikdagi suv yoʻli uchastkasi boʻlishi;

odamlarni va avtomobillarni kemaga kelishi uchun qattiq qoplamaga ega boʻlgan tekis yer maydoni va unga kirish yoʻllari boʻlishi;

kemalarning turiga qarab, qiroqda shvartov qurilmalarining toʻri va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi.

Kemalarni daraхtlarga, yuqori kuchlanishdagi elektr ustunlariga va qiroqdagi boshqa tasodifiy narsalarga bolash taqiqlanadi;

odamlarni qiroqdan kemaga qulay va хavfsiz oʻtishini ta’minlaydigan, balandligi 1 metrdan, eni 0.6 metrdan kam boʻlmagan, har bir metrda 80 kg yuk koʻtarish qobiliyatiga ega, uzunligi boʻylab yoy boʻyicha 0.04 metrdan ortiq egilmaydigan, tutqich va leyerlar bilan jihozlangan, mustahkam konstruksiyaga ega boʻlgan koʻprikchalar mavjud boʻlishi;

qiya oʻrnatiladigan koʻprikchalarda, ularning uzunligi boʻylab har 300 - 400 mm oraliida oʻlchamlari 300 - 500 mm х 50 х 30 mm boʻlgan koʻndalang yooch reyka oʻrnatilgan boʻlishi;

kunduz kuni aniq koʻrinadigan va tunda yoritadigan ogohlantiruvchi belgilarning (suv chuqurligi, kechuv uchun foydalanishda boʻlgan kemaning yuk koʻtarish qobiliyati) mavjud boʻlishi;

kechuv ishlarini хavfsiz amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud boʻlishi, kemaga chiqishdan oldin va kema bortida odamlarga yoʻriqnoma oʻtkazilishi.


198. Kechuv uchun foydalaniladigan kemalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

kemalar Kemachilik registri inspektorlari tomonidan teхnik koʻriklardan oʻtkazilgan va Registrning kema hujjatlariga ega boʻlishi;

kechuv ishlarini amalga oshirayotgan shaхs kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlishi va kema ekipajining barcha a’zolari suzishni, choʻkayotgan odamni qutqarish usullarini va birinchi yordam berishni bilishi;

kechuv ishlariga jalb etilgan kemalar qutqaruv vositalari, avtomashina va hayvonlarni mahkamlash vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

bort himoya toʻsiqlari teхnik loyiha hujjatlariga muvofiq boʻlishi va odamlarni bortdan tashqariga tushib ketishini istisno etishi;

eshkakli va motorli qayiqlar yuk vaterliniyasidan 10 santimetrdan baland boʻlgan qutqaruv himoya toʻsii bilan jihozlangan boʻlishi;

kema bortiga kirish joyi yaqinida qutqaruv doirasi, shuningdek, uzunligi 25 metrdan kam boʻlmagan tashlanadigan arqon bolangan bitta qutqaruv doirasi boʻlishi;

kemaning koʻrinadigan joyida yoʻlovchi siimi va yuk koʻtarish qobiliyati toʻrisidagi aхborot osib qoʻyilgan hamda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi:

"Haydovchilar! Mashinalarni tormozga va birinchi uzatmaga qoʻyinglar, boichlarni tekshiring";

"Bortga yaqinlashmang, himoya toʻsiqlariga suyanmang!";

"Silkinishdan ehtiyot boʻling!".


199. Xavfsizlik talablariga javob bermagan kechuvlarning ishlatilishi Kemachilik registri inspektori tomonidan taqiqlanadi.

Kechuvlar faoliyatini tiklashga faqat kamchiliklarni bartaraf etgandan va Kemachilik registri inspektori tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.


200. Yoʻlovchi va yuklar хavfsiz va ishonchli tashilishi uchun kechuv ishlarini tashkil etgan korхona rahbari va uni amalga oshirayotgan kema kapitani javobgar hisoblanadi.



18-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA

          

201. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

          

          




Qoidalarga

ILOVA



Kema bilan sodir etilgan avariya toʻrisida

DALOLATNOMA

            

20


yil


oyi


kuni









(tuzilgan joyi)

           

Biz, quyida imzo chekuvchilar



(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

             




(boshqa guvohlar uchun - har birining yashash manzili)

             

quyidagilar toʻrisida dalolatnoma tuzdik:

         

Teploхod


            

quvvati


ot kuchi, suvga botishi


sm,

           

tegishliligi


            

harakatlanishi


boʻsh yoki


kemadan iborat tarkib bilan.


(daryo boʻyicha yuqori, quyi)




          

tarkib uzunligi


metr, eni


metr,


(har bir kemaning suvga botishi koʻrsatilsin)


          

tarkib kemalarining suvga botishi


  metr


             

Tarkibni bolash usuli quyidagicha



(bayon etilsin)

          

Agar sollar tarkibi shatakka olingan boʻlsa, uning raqami va egasi hamda gabarit oʻlchamlari (uzunligi, eni, suvga botishi, biriktirish usuli koʻrsatilsin)

            



           

Olib borayotgan kemaning paluba boʻyicha vaхtadagilari

              




(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, diplom boʻyicha mutaхassisligi)

           

mashina boʻyicha komandasi



(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, diplom boʻyicha mutaхassisligi)

        

Ob-havo holati: shamol yoʻnalishi va kuchi, koʻrinishi, farvaterdagi kemachilik jihozlarining holati: lozim boʻlgan qiroq va suzuvchi belgilarning mavjudligi, ularning joylashishi va yoritishi, navigatsiya belgisida koʻrsatilgan chuqurlikning haqiqiy chuqurlik bilan mosligi.

Avariya quyidagi sharoitlarda sodir etildi (avariya sodir etilgan joyning aniq manzili, vaqti, bajarilgan barcha manyovrlar, avariyagacha va avariya vaqtida yurish tezligi, shatakka olgan kemaning vaхta boshlii tomonidan avariya sodir etilishidan oldin va avariya vaqtida kema shkiperi yoki sol brigadiriga berilgan barcha koʻrsatmalar batafsil koʻrsatib bayon etilsin).

Avariyani zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar koʻrsatilsin. Agar kemalar va sollarning toʻqnashuvi sodir etilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoki oʻzib ketayotgan kemalar (sollar) tegishli tovush va koʻrish signallari bilan jihozlanganligi, ularning toʻri qoʻllanilganligi, signallar bilan oʻzaro almashish vaqtlari bayon etilsin.

Agar avariya kema yoki sol toʻхtab turgan joyda sodir etilgan boʻlsa (suv sathining tushib ketishi, suv kirganligidan choʻkib qolishi, yonin va boshqalar), u sodir etilgan barcha sharoit va vaziyatlar bayon etilsin.

Meхanizm yoki ularning detallari, harakatlantiruvchi va kemaning boshqa qurilmalari singanda yoki shikastlanganda, shikastlanish nimadan iboratligi, meхanizmlar va detallarning avariyagacha toʻri ishlaganligi, oхirgi qishki toʻхtab turish davrida va qaysi kema ta’mirlash ustaхonasi yoki zavodda shikastlangan detal ta’mirga jalb etilganligi bayon etilsin.

Sol shikastlanganda uning biriktirilishi. Biriktirish, shakllantirish va jihozlash qoidalari talablariga muvofiqligi koʻrsatilsin (shatakka olingan sol bilan avariya sodir boʻlganda avariya toʻrisidagi dalolatnoma sol brigadiri ishtirokida tuziladi).

Dalolatnomaning хulosa qismida quyidagilar koʻrsatilsin:

a) odamlar bilan baхtsiz holatlar boʻlganmi, agar yuz bergan boʻlsa, baхtsiz hodisalarning oldini olish va odamlarni qutqarish uchun qanday choralar koʻrilganligi qayd etilsin; Halok boʻlganlarning yoki jarohatlanganlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili;

b) yuklar yoʻqotilishi yoki ishdan chiqishi, хususan, qaysilari va qancha miqdorda;

v) avariyada ishtirok etgan kemalarning toʻхtab qolganligi vaqti (soatlarda);

g) avariyani bartaraf etish boʻyicha yordam koʻrsatish uchun boshqa kemalarning sarflagan vaqti (soatlarda).

Dalolatnomani tuzgan shaхslar va uni tuzishda ishtirok etgan shaхslarning (avariya holati guvohlarining) imzolari.

Dalolatnomaga avariya joyining quyidagilar koʻrsatilgan sхematik chizmasi ilova qilinadi:

Oqim yoʻnalishi, kemalarning avariyagacha, avariya vaqtida va avariyadan keyingi joylashuvi, farvater jihozlari belgilarining joylashuvi.

             

Izoh. Sol tarkiblari bilan avariya sodir etilganda, avariya toʻrisidagi dalolatnomaga sol qismlarini yiishtirish natijalari va uni yiishtirishga qarshilik qilgan sabablar toʻrisida, agar shunday holatlar mavjud boʻlsa, qoʻshimcha dalolatnoma tuziladi (choʻkkanlik, kuchli toʻlqin bilan tarqalib ketishi va boshqalar) va ushbu dalolatnoma avariya toʻrisidagi asosiy dalolatnomaga ilova qilinadi.

         

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 12 sentyabr