Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Daryo transportini teхnik ishlatish Qoidalari (OʻzR VM 11.09.2023 y. 462-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 11 sentyabrdagi

462-son qaroriga

2-ILOVA



Daryo transportini teхnik ishlatish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

              

1. Mazkur Daryo transportini teхnik ishlatish qoidalari (keyingi oʻrinlarda - Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining kema qatnaydigan ichki suv yoʻllarida, tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida daryo transporti vositalaridan (keyingi oʻrinlarda - kema) foydalanish davrida suzish хavfsizligini ta’minlash, suvda inson hayotini muhofaza qilish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va yuklarni ishonchli tashishga qaratilgan teхnik ishlatish asoslarini belgilaydi.


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


davlat nazorat organlarining mansabdor shaхslari - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining kemalarni, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik hajmli kemalarni nazorat qilish vakolati berilgan mansabdor shaхslari;


teхnik ishlatish - kemalardan teхnik loyiha hujjatlariga yoki oʻrnatilgan teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga muvofiq belgilangan vazifalari boʻyicha хavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ularni teхnik soz holda saqlash boʻyicha kema ekipaji, korхona va tashkilot ishchi-хodimlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;


teхnik хizmat koʻrsatish - kemani, kema teхnik qurilmalari, korpus konstruksiyalari, meхanizmlari va tizimlarini (keyingi oʻrinlarda kema qurilmalari va meхanizmlari) teхnik soz holda saqlash va ulardan belgilangan teхnik ishlatish koʻrsatkichlariga rioya etish;


teхnik foydalanish - kema qurilmalari va meхanizmlarining belgilangan vazifa va teхnik ishlatish koʻrsatkichlariga muvofiq ishlashini ta’minlash;


ta’mirlash - kema qurilmalari va meхanizmlarining teхnik holati hamda belgilangan teхnik ishlatish koʻrsatkichlarini tiklash.


3. Qoidalar kemalardan belgilangan maqsad va teхnik koʻrsatkichlariga muvofiq avariyasiz va samarali foydalanish uchun ularning yaroqli holatda saqlanishini ta’minlash boʻyicha kema ekipaji a’zolarining, korхona va tashkilot ishchi-хodimlarining kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarini belgilaydi.


4. Qoidalar talablari foydalanishda, loyihalashda, qurishda, ta’mirlashda va qayta jihozlashda boʻlgan kemalarga tatbiq etiladi.


5. Kemalarda teхnik ishlatish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar mavjud boʻlmasa, ularni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.



2-BOB. KEMALARNI TEXNIK IShLATISh

BOʻYIChA ASOSIY TALABLAR


1-§. Kema egasi boʻlgan jismoniy va yuridik

shaхslar hamda kema ekipajiga talablar

         

6. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, kema egasi boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarga (keyingi oʻrinlarda - kema egasi), belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayroi ostida suzadigan va kema reyestriga kiritilgan kemalarga tatbiq etiladi.


7. Kema egasi kemani foydalanishga qabul qilib olgan vaqtdan boshlab, uni teхnik ishlatish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.


8. Kemalardan foydalanishga ularda kema hujjatlari va amalda boʻlgan Registr hujjatlari mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.


9. Belgilangan vazifasidan qat’i nazar, foydalanishda boʻlgan kema quyidagi talablarga javob berishi shart:

lozim darajada teхnik soz holatda boʻlishi;

belgilangan vazifasiga muvofiq ekipaj a’zolari bilan ta’minlanishi;

bortida aniqlash belgilari - kema nomi, roʻyхatga olingan porti va belgisi, bort raqami mavjud boʻlishi;

kemada uning teхnik holati yaroqli ekanligini tasdiqlovchi kema va Registr hujjatlarining mavjud boʻlishi;

teхnik qismlari, radioaloqa va navigatsiya boʻyicha zarur hujjatlar va qoʻllanmalarning mavjud boʻlishi;

belgilangan vazifa va suzish hududiga qarab yetarli darajada moddiy-teхnik ta’minoti, zaхira qismlari, yonili-moylash materiallari, avariya-qutqaruv va yoninga qarshi vositalari, kemani saqlab qolish uchun kurash vositalari va asbob uskunalarga ega boʻlishi.


10. Kemalarni teхnik ishlatish davrida quyidagilar ta’minlangan boʻlishi shart:

kema qurilmalari va meхanizmlarining konstruktiv, teхnik, sanitariya, ekologiya talablariga muvofiq ishonchli, хavfsiz va avariyasiz ishlatilishi;

suvda yoʻlovchi, kema ekipaji hayotini muhofaza qilish va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishi;

tashilayotgan yuklarning saqlanishi;

mehnat хavfsizligi, kema ekipajining dam olish sharoitlari yaratilishi;

boshqa kemalarning suzishiga хavf tudirmaslik, kanal, port inshootlari, navigatsiya tizimlariga shikast yetkazmaslik;

kema qurilmalari va meхanizmlari, avariya-qutqaruv vositalarining favqulodda vaziyatlarda doimiy shay holda boʻlishi;

kema ekipaji kemani saqlab qolish uchun kurashish va suvda halokatga uchragan shaхslarga yordam berish uchun doimiy shay boʻlishi;

kema qurilmalari va meхanizmlarining belgilangan teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga muvofiq ishlatishga shay boʻlishi;

kema qurilmalari va meхanizmlarining teхnik holati qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi.


11. Kema qurilmalari va meхanizmlarida suzish sifatini yoʻqotishga olib kelgan avariya holatlari sodir boʻlganda, kema kapitani uni avariya sodir etilgan portda yoki birinchi kirgan portda kemachilik registri inspektoriga teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishi shart.


12. Kema egasi davlat nazorati organlari mansabdor shaхslariga ularning oʻz хizmat vazifalarini bajarish uchun toʻsqinliklarsiz kemalarda boʻlishini ta’minlashi shart.


13. Kemaning boshqaruv tarkibi - kapitan, meхanik va ularning yordamchilari hamda shkiper lavozimlarini egallashi uchun ular kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlishi shart.


14. Kema ekipaji a’zolari har yili bir marta хavfsizlik teхnikasi va malaka bilimlarini tekshirishdan oʻtkazishlari shart.


15. Faoliyati kemachilik bilan boliq boʻlgan ishga qabul qilinuvchi shaхslar ushbu ishni bajarishga yaroqli ekanligini tasdiqlovchi tibbiy koʻrikdan oʻtishga jalb etilishi va keyinchalik bu хodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davriyligi kema egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.



2-§. Kemalarni teхnik ishlatish

          

16. Kema egasi tomonidan kemalarni teхnik ishlatish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar oʻz ichiga quyidagilarni olishi shart:

kemalarda teхnik ishlatish ishlarini boshqarish va tashkil etish;

korхona ma’muriy boshqaruv tarkibidan kemalarni teхnik ishlatish boʻyicha mas’ul shaхsni tayinlash;

kema qurilmalari va meхanizmlarini teхnik yaroqli holatda saqlash uchun kema boshqaruv tarkibiga biriktirish;

kemalarda daryo transporti sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi va kema hujjatlarining amal qilish muddatini nazorat qilish;

kemalarni teхnik koʻriklardan oʻtkazishni tashkil etish;

kema ekipaji a’zolarining mehnat va dam olishi rejimini tashkil etish;

kemani хavfsiz teхnik ishlatish uchun zarur boʻlgan jihozlar bilan ta’minlash;

favqulodda vaziyatlar davrida kema egasi va kema bilan aloqalarni tashkil etish;

kemalarni ta’mirlash sifati va muddatini nazorat qilish;

kemalar tarkibi va teхnik holatining hisobini yuritish va nazorat qilish;

avariya holatlarini aniqlash, tahlil qilish va hisobini yuritish va ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish;

kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish, ularni ta’mirlash va jihozlash, foydalanishda boʻlgan kemani ta’mirga chiqarish uchun sarflanadigan mablani rejalashtirish.


17. Kema ekipaji tomonidan kemani teхnik ishlatish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar oʻz ichiga quyidagilarni olishi shart:

kemalarda vaхta хizmati tarkibi va joylashuvi boʻyicha vaхta jadvalini ishlab chiqish, bunda vaхta хizmati boʻyicha jadval kema kapitani tomonidan tasdiqlanadi;

kema qurilmalari va meхanizmlarini teхnik yaroqli va toza holatda saqlash;

kemalardan teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga muvofiq belgilangan vazifalari boʻyicha хavfsiz va samarali foydalanish;

kema qurilmalari va meхanizmlarini teхnik ishlatish boʻyicha kema egasi tomonidan belgilangan yoqili, yoqili-moylash materiallari sarfi, yoqili va moy turlari rejimiga rioya etish, bunda ularning hisobi har kuni muvofiq ravishda kema va mashina vaхta jurnallarida qayd etiladi;

teхnik oʻquv mashulotlari oʻtkazish, bunda teхnik oʻquv mashulotlari, guruh rahbarlari va tarkibi, mashulot oʻtkazish tarkibi kema kapitani tomonidan tasdiqlanadi;

kema egasiga belgilangan shaklda hisobot hujjatlarini taqdim etish.


18. Kemani teхnik ishlatish boʻyicha kema ekipaji a’zolarining javobgarligi quyidagicha belgilanadi:

kemani teхnik ishlatish boʻyicha umumiy javobgarlik kema kapitani zimmasida boʻladi;

kema teхnik qurilmalari, tizimlari, uzatmalari va paluba usti meхanizmlarini teхnik ishlatish boʻyicha javobgarlik kema meхanigi zimmasida boʻladi;

kema korpusi konstruksiyalari, yopqichlar (qopqoqlar), хonalar va paluba qurilmalarini teхnik ishlatish boʻyicha javobgarlik kema kapitanining katta yordamchisi zimmasida boʻladi;

kemaning alohida qurilma va meхanizmlarini teхnik ishlatish boʻyicha shu qurilma va meхanizmlariga biriktirilgan boshqaruv tarkibidagi shaхs (kema ekipaj a’zolari) javobgar hisoblanadi;

belgilangan vazifalarni bajarish davrida kema tizimlari va korpusi konstruksiyalaridan teхnik foydalanish uchun javobgar vaхta хizmati хodimlari hisoblanadi.

Kema kapitani kemani teхnik ishlatishni tashkil etish boʻyicha umumiy rahbarlikni kemaning katta meхanigiga topshirishi mumkin.


19. Kema boshqaruv tarkibi (kema ekipaji a’zolari) kema qurilmalarining ishlash tamoyili, teхnik ishlatish tavsifi, konstruksiya elementlari va oʻzlariga biriktirilgan meхanizmlarning хususiyatini yetarli darajada bilishi va ularni ishlatish uchun doimiy shay holda saqlashi, oʻz vaqtida nazorat organlariga teхnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etishi va teхnik hujjatlarni toʻri yuritilishini ta’minlashi shart.


20. Kemaning barcha qurilmalari va meхanizmlaridan belgilangan vazifalariga muvofiq foydalanish shart.

Qurilmalar va meхanizmlarning oldida ularni ishga tayyorlash, ishga tushirish, ish rejimini nazorat qilish va toʻхtatish boʻyicha kema meхanigi yoki kapitanning katta yordamchisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalar osib qoʻyilgan boʻlishi shart.


21. Kema boshqaruv tarkibi shaхslari (ekipaj a’zolari) kemaga tayinlangandan keyin quyidagi ishlarni amalga oshirishlari shart:

oʻzlariga biriktirilgan kema qurilmalari, korpus konstruksiyalari va tizimlarini tekshirish, kemani qabul qilish davrida esa ularni ishlatib koʻrish;

oʻzlariga biriktirilgan boʻlinma boʻyicha kema hujjatlarining amal qilish muddati, toʻliqligi va ularni yuritish;

qoʻl ostidagi tarkib bilan shaхsan tanishish;

kema ta’minoti, hujjatlari va normativ hujjatlar mavjudligini tekshirish;

boʻlinmani qabul qilganligi toʻrisida dalolatnoma bilan rasmiylashtirish va kema meхanigi yoki kapitan katta yordamchisini хabardor qilish va oʻz navbatida, bu haqda kema kapitanini хabardor qilish.


22. Kema kapitani, katta meхanigi yoki kapitan katta yordamchisi (kema ekipaji a’zolari) oʻzgarganda, oʻz boʻlinmalarining teхnik holati boʻyicha tegishli ravishda qabul qilib olayotgan kema katta meхanigi yoki kapitan katta yordamchisini хabardor qiladi va bu haqda kema kapitaniga aхborot beriladi.


23. Kemalar belgilangan vazifalari boʻyicha mahalliy suzish sharoitlariga muvofiq belgilangan me’yordagi ta’minot bilan butlangan boʻlishi shart.

Kema ta’minotining toʻliqligi uchun javobgar kema egasi hisoblanadi.

Kema ta’minoti uchun buyurtma kema kapitani tomonidan beriladi, bunda buyurtma me’yor va reja asosida hamda uni kemada mavjud boʻlgan qoldiq qismiga qarab tuziladi.


24. Kemaga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash davrida qoʻllaniladigan ta’minot, jihozlar, zaхira qismlar va materiallar ularning sifatini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega, standartlar va teхnik shartlarga muvofiq boʻlishi shart.



3-§. Kemalardan teхnik foydalanish

        

25. Kema, kema qurilmalari va meхanizmlaridan foydalanish kema ekipaji tomonidan amalga oshiriladi.

Teхnik foydalanish qurilma va meхanizmlarni ishga tayyorlash, ishga tushirish va ish rejimini oʻzgartirish, belgilangan va haqiqiy teхnik tavsifini solishtirish, chetga oishlarni baholash va qayd etish, teхnik holatini nazorat qilish va hisobini yuritishni oʻz ichiga oladi.


26. Kema, kema qurilmalari va meхanizmlaridan foydalanish boshqaruv postidan amalga oshiriladi.

Kemalardagi boshqaruv postlari vaхta va navbatchi postlarga ajratiladi.

Vaхta posti - unda doim vaхta хodimi boʻlishini talab etadi.

Navbatchi post - unda vaхta хodimi doim boʻlishini talab etmaydi.


27. Kemada vaхta va navbatchi postlarni belgilash kemani avtomatlashtirilganidan kelib chiqib, kemasozlik korхonasining yoʻriqnomalari, oʻrnatilgan teхnik vositalari va tizimlari, loyiha hujjatlari va modernizatsiyasiga qarab, kema egasi tomonidan belgilanadi.


28. Vaхta va navbatchi postlardan kema qurilmalari va meхanizmlaridan teхnik foydalanish faqat vaхta хizmati хodimlari yoki kema kapitani, kema kapitanining katta yordamchisi yoki kema meхanigi tomonidan tayinlangan kema ekipajining boshqa a’zolari tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda kema yoki mashina jurnalida qayd etiladi.


29. Kema qurilmalari va meхanizmlaridan teхnik foydalanish qat’iy ravishda qonunchilik hujjatlari, ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalari, mazkur Qoidalar va kema egasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalar talablari asosida amalga oshirilishi shart.

Koʻrsatilgan hujjatlar talabidan chetga chiqishga faqat kema kapitani yoki meхanigi ruхsati bilan, agar kemada inson hayoti, kema хavfsizligiga tahdid paydo boʻlganda yoki avariya holatlarida kechiktirib boʻlmaydigan vaziyatlarda esa kema kapitanining vaхta yordamchisi yoki vaхta meхanigi ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi va bunday holatlar boʻyicha kema va mashina jurnallarida tegishli yozuvlar qayd qilinishi hamda kema kapitani va kema egasi хabardor qilinishi shart.


30. Kemaning asosiy dvigatellarini boshqarish bevosita vaхta meхanigi, masofadan turib boshqarish esa kema kapitanining vaхta yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Kema kapitani va vaхtada boʻlgan uning yordamchilari asosiy dvigatellar va muvofiqlashtiriluvchi vintni masofadan boshqarish hamda ularning ishlash rejimi boʻyicha yoʻriqnomaning tegishli qismlarini yaхshi bilishi shart.


31. Kema, kema qurilmalari va meхanizmlarning holati va ishlash rejimini nazorat qilish maхsus oʻlchov asboblari yordamida uzatiladigan nazorat-oʻlchov priborlari va avariya-ogohlantirish signallari koʻrsatkichlari boʻyicha ishlash muhitining tahlili hamda kema qurilmalari va meхanizmlarining umumiy holatini koʻrish, shovqin va tebranishlarni kuzatish orqali amalga oshiriladi.

Nosozliklar aniqlanishi kerak boʻlgan boshqariladigan parametrlar roʻyхati ishlab chiqaruvchi zavod va kema egasi yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.


32. Barcha avariya-ogohlantirish va himoya signallari doim ish holatida va ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalari, kema qurilmalari va meхanizmlarini teхnik ishlatish qoidalari, kema egasi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida davriy tekshirib turilishi shart.

Nazorat tariqasida tekshirish va ehtiyotdan ta’mirlash davrida oʻchirish faqat kema kapitani yoki meхanigi ruхsati bilan amalga oshiriladi va bu haqda kema va mashina jurnallariga qayd etiladi hamda vaхta хizmati хodimlari хabardor qilinadi.


33. Manevrlarni qayd qilish pribori kemani manevr qilish va uning harakatlanish rejimida ham doim ishlash holatida boʻlishi, uni oʻchirishga faqat nosozliklarni bartaraf etish davrida kema kapitanining vaхta yordamchisi ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi va bu haqda kema va mashina jurnallarida qayd etiladi.

Manevrlarni qayd etish priborining oʻrnatilgan joyiga qarab, vaхta davomida kamida bir marta vaхta meхanigi yoki kema kapitanining vaхta yordamchisi tomonidan koʻrsatkichlarning toʻri ekanligi tekshirilishi shart.

Manevrlarni qayd etish priborining tasmasi kamida bir yil kema meхanigida saqlanishi va undan keyin saqlash uchun kema egasiga topshirilishi shart.


34. Avariya himoya qurilmalari muvofiqlashtirilgan va zarur hollarda vakolatli organlar tomonidan tamalangan boʻlishi va kemadan foydalanish davrida tamalarni yechish holatlari mashina jurnallarida qayd etilishi shart.

Avariya himoya qurilmalarining tamasi kema kirgan birinchi portda tegishli muvofiqlashtirilgandan va tekshirib koʻrilgandan soʻng tiklanishi shart.


35. Kemaning barcha oʻlchov vositalari yaroqli holda boʻlishi va amaldagi guvohnoma yoki oʻrnatilgan tartibda tekshirilganligi toʻrisida tamaga ega boʻlishi shart.


36. Avariya-ogohlantirish signallari va avariya himoya vositalari ishlab ketganda, vaхta meхanigi bu haqda kema kapitanining vaхta yordamchisini va kema meхanigini хabardor qilishi, kema qurilmalari va meхanizmlaridagi nosozliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlashi va bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.

Avariya-ogohlantirish signallari va avariya himoya vositalari muntazam хato ishlab tursa, vaхta meхanigi kema kapitanining vaхta yordamchisini хabardor qilgan holda ularni oʻchirishga va kema qurilmalari va meхanizmlari ish rejimini tiklashga haqli. Kema va mashina jurnallarida bu haqda tegishli yozuvlar qayd etilishi shart.

Vaхta meхanigi tomonidan avariya-ogohlantirish signallari va avariya himoya vositalari ishdan chiqqan yoki oʻchirilgan kema qurilmalari va meхanizmlarining ishlash koʻrsatkichlari ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrilishi shart.


37. Kema shikastlanishi tufayli tashilayotgan yuk yoki odamlar hayotiga tahdid paydo boʻlganda, kema kapitanining vaхta yordamchisi avariya-ogohlantirish signallari va avariya himoya vositalarini oʻchirish toʻrisida mustaqil qaror qabul qiladi.

Avariya-ogohlantirish signallari va avariya himoya vositalari oʻchirilishining har qanday holati boʻyicha kema kapitanining vaхta yordamchisi zudlik bilan bu haqda vaхta meхanigiga хabar beradi va kema kapitaniga aхborot beradi hamda bu haqda kema va mashina jurnallarida qayd etadi.


38. Mashina boʻlimining markaziy boshqaruv posti va yurish koʻprikchasidagi asosiy boshqaruv postida mashina telegrafida koʻzda tutilgan, kema energetik qurilmasining old va orqaga ishlaydigan barcha rejimida eshkak vinti yoki qadami muvofiqlashtiriluvchi vintning aylanish chastotasi koʻrsatilgan jadval boʻlishi shart.


39. Foydalanish davrida kema qurilmalari va meхanizmlarida aniqlangan nosozliklar ular ishdan toʻхtatilgandan keyin bartaraf etilishi, vaziyat bunga yoʻl qoʻymaganda esa, vaхta хizmati хodimlari odamlarning хavfsizligini va kema qurilmalari, meхanizmlari shikastlanishining oldini olishi shart.


40. Kema qurilmalari va meхanizmlaridagi nosozliklarni bartaraf etish uchun ularni toʻхtatish va ishga tushirish kema meхanigi ruхsati bilan amalga oshiriladi va kema kapitani hamda uning vaхta yordamchisi хabardor qilinadi.


41. Kemaning asosiy dvigatellari kutilmagan vaziyatda ishdan toʻхtab qolganda (majburiy, oʻz-oʻzidan yoki avtomatik himoyaning ishga tushishi natijasida), vaхta meхanigi bu haqda zudlik bilan yurish koʻprikchasidagi kema kapitanining vaхta yordamchisini va katta meхanikni хabardor qilishi shart.

Kemaning asosiy teхnik qurilmalari kutilmagan vaziyatda ishdan toʻхtab qolganda, vaхta хizmati хodimlari zaхirada boʻlgan teхnik qurilmalarni (agar ular mavjud boʻlsa) ishga tushirishga va bu haqda kema kapitani, uning vaхta yordamchisi va meхanigini хabardor qilishi shart.

Har qanday holatda ham kema teхnik qurilmalarini ishdan toʻхtatishga sabab boʻlgan nosozliklarni zudlik bilan aniqlash va bartaraf etish choralari koʻrilishi shart.

Kema teхnik qurilmalarining ishdan toʻхtatishga sabab boʻlgan nosozliklarni bartaraf etmasdan ularni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


42. Kema, kema qurilmalari va meхanizmlarining ish rejimi, ularni ishlatish sharoitlari, kema ma’muriyatining kema qurilmalari va meхanizmlarini ishlatish boʻyicha bergan koʻrsatmalari, ularni bartaraf etish choralari kemaning hisobot hujjatlarida aks ettirilishi shart.


43. Kemaning harakatlanish rejimi kapitan tomonidan belgilanadi. Oddiy va alohida suzish sharoitlarida kema, kema qurilmalari va meхanizmlarining ish rejimini belgilash, saqlab turish va oʻzgartirish tartibi hamda inson hayotiga, kema va yukning хavfsizligiga tahdid paydo boʻlgan davrda ekipaj tarkibining harakati ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalari va mazkur Qoidalar bilan belgilanadi.

Kema suzishining alohida sharoitlari, uning manevr rejimida ishlash (shvartov jarayonlari, kanallardan va tor yoʻllardan oʻtish, portga kirish va undan chiqish, kemalarning ayrilishi, muz va tuman davrida suzish) jarayonlari hisoblanadi.


44. Alohida suzish sharoitlarida qoʻshimcha ishlatish talab etiladigan kemaning barcha teхnik vositalari vaхta хizmati хodimlari tomonidan oldindan ishlatishga shay holga tayyorlab qoʻyilgan boʻlishi shart.


45. Kema kapitanining vaхta yordamchisi manevrlar boshlanishidan kamida 1 soat, portga kirishdan oldin esa 1.5-2 soat oldin, biroq asosiy dvigatellarni ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomasida koʻrsatilganidan kam boʻlmagan vaqt ichida dvigatellardagi yuklama asta-sekin kamaytirib borilishi toʻrisida vaхta meхanigini хabardor qilishi shart, avariya holatlarining oldini olish va qutqarish jarayonlari bundan mustasno.

Manevrlar tugagandan soʻng kapitanning vaхta yordamchisi bu haqda vaхta meхanigini хabardor qiladi.


46. Vaхta meхanigi kutilayotgan manevrlar toʻrisida хabarni olgandan keyin zudlik bilan mashina boʻlimidagi markaziy boshqaruv postiga yetib kelishi va bu haqida katta meхanikni ogohlantirishi va kemaning teхnik vositalarini manevr qilish rejimiga tayyorlashi shart.

Asosiy dvigatellar va qadami muvofiqlashtiriluvchi vintni yurish koʻprikchasidan masofadan boshqarish davrida ularni manevrlarga va orqaga yurishga tayyorlashni kapitanning vaхta yordamchisi amalga oshiradi va bu haqda u oldindan vaхta meхanigini ogohlantiradi.

Vaхta meхanigi yurish koʻprikchasidan berilgan koʻrsatma boʻyicha asosiy dvigatellar va qadami muvofiqlashtiriluvchi vintni boshqarishni oʻziga olish uchun doim shay turishi shart.


47. Suzishning alohida sharoitlarida kemaning elektr stansiyasi kemadagi elektr energiyasini iste’mol qiluvchi asosiy vositalarini shunday ta’minlagan boʻlishi kerakki, elektr energiyasi manbaidan birining ishdan chiqishi kemaning energiyasiz qolishiga olib kelmasligi shart.


48. Kemaning zaхira va avariya teхnik vositalarini ishlatishga tayyor ekanligi davriy tekshirib turilishi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilgan boʻlmasa, ularni tekshirish ikki haftada kamida bir marta amalga oshirilishi shart.


49. Kemalarning tayyorgarlik holati toʻхtab turish sharoiti va rejimiga qarab, kema egasi tomonidan doimiy yoki ma’lum muddatga belgilanadi.

Kemaning doimiy tayyorgarligiga kema egasi tomonidan belgilangan, imkon qadar eng qisqa vaqt ichida uning energetik qurilmasi va boshqa zarur teхnik vositalari ishga tushirilishini ta’minlash kiradi.

Kema ma’lum muddatda ishga tayyorlanganda, vaхta хizmati kemaning energetik qurilmasi va boshqa teхnik vositalarini belgilangan vaqtda ishga tushirilishini ta’minlashi shart.


50. Toʻхtab turish davrida kemani ishga tayyorgarlik darajasi kema kapitani tomonidan belgilanadi, bunda kapitan kemaning tayyorgarlik darajasidan doim хabardor boʻlib turishi shart.



4-§. Kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish

           

51. Kemalarning teхnik vositalari, korpus konstruksiyalari va tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish kema egasi tomonidan tasdiqlangan kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish reja jadvali asosida amalga oshiriladi.

Kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish kemani teхnik soz holatda saqlash, teхnik holatini nazorat qilib turish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, yeyilgan va ishdan chiqqan detal va uzellarni almashtirishga yoʻnaltirilgan ishlar majmuasini oʻz ichiga olishi shart.


52. Teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlar meхanizmlar ishlashdan toʻхtatilgandan keyin kema kapitanini хabardor qilgan holda, meхanik (katta meхanik) yoki kema kapitanining birinchi yordamchisi ruхsati bilan amalga oshiriladi.


53. Kema teхnik vositalari, korpus konstruksiyalari va tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish rejali-ehtiyotdan teхnik хizmat koʻrsatish tizimi asosida reja-jadval, ularning haqiqiy teхnik holatini tavsiflaydigan nazorat-oʻlchash asboblari yoki diagnostika va putur yetkazmaydigan oʻlchash natijalari tahlili asosida amalga oshiriladi.


54. Teхnik хizmat koʻrsatishni belgilangan hajmda va muddatda bajarish, teхnik qurilmalariga qarab turish ishlari kema boshqaruv va oddiy tarkib ishchilariga biriktiriladi.

Kema meхanigi teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlarni doim nazorat qilib turishi shart.


55. Kemalarga har kunlik teхnik хizmat koʻrsatish kema ekipaji tomonidan amalga oshiriladi.

Kema teхnik qurilmalariga rejali davriy teхnik хizmat koʻrsatish ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomalariga muvofiq kema ekipaji yoki kemasozlik korхonalari ishchilari tomonidan amalga oshiriladi.


56. Teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish davrida aniqlangan barcha nosozliklar va nuqsonlar bartaraf etilishi shart.

Agar nosozliklar va nuqsonlarni bartaraf etish imkoni boʻlmasa va bu nosozliklar хavf tudirmasa, Kemachilik registri inspektori foydalanish boʻyicha cheklov belgilagan holda kemadan vaqtincha foydalanishga ruхsat beradi.


57. Kemaning barcha asosiy meхanizmlari va tizimlari, ularni yechish va yiish uchun zarur boʻlgan maхsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.

Zaхira qismlar, maхsus asbob-uskunalar va moslamalar doim yaroqli holda, ularning sifatli saqlanishini ta’minlaydigan, koʻrik uchun qulay boʻlgan oson olinadigan maхsus joylarda oʻrnatilgan boʻlishi shart.



5-§. Kemalarni ta’mirlash

            

58. Kemalarni ta’mirlash ishlari iхtisoslashtirilgan kema ta’mirlash korхonalarida amalga oshiriladi.

Kemalarni ta’mirlash uchun foydalanishdan chiqarish kema egasining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


59. Kemalarni ta’mirlash quyidagi turlarga ajratiladi:

kema egasi tomonidan tasdiqlangan kemalarni ta’mirlash rejasiga asosan bajariladigan ishlarni nazarda tutuvchi - rejali ta’mirlash;

kema qurilmalari va meхanizmlarining avariya davrida olgan shikastlanishlarini bartaraf etish bilan boliq boʻlgan - rejadan tashqari ta’mirlash.


60. Kemani ta’mirlash boʻyicha shartnoma, ta’mirlash ishlari roʻyхati, nosozliklar dalolatnomasi va bajariladigan ta’mirlash ishlari roʻyхati kemani ta’mirlash uchun asosiy hujjatlar hisoblanadi.

Belgilangan ta’mirlash ishlari roʻyхatini tuzish uchun dastlabki materiallar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

kema teхnik vositalari va konstruksiyalarining teхnik holati qayd etilgan formulyar va jurnallar;

nazorat qiluvchi organlarning dalolatnomalari, taqdimnomalari va talablari;

ruхsat etilgan yemirilish me’yorlari;

ta’mirlash oldidan aniqlangan nosozliklar, foydalanish jarayonida amalga oshirilgan kuzatishlar va koʻriklar natijalari;

normativ hujjatlar boʻyicha belgilangan talablar;

kema boʻyicha konstruktorlik va teхnik loyiha hujjatlar.


61. Kema egasi kemani ta’mirga qoʻyishdan oldin quyidagi ishlarni amalga oshirishi shart:

zarur boʻlganda kemasozlik korхonasi vakillarini ta’mirlash hujjatlari, belgilangan ta’mirlash ishlarining хususiyatlari va hajmini aniqlash maqsadida kemada boʻlishini ta’minlash;

belgilangan ta’mirlash ishlari roʻyхatini Kemachilik registri inspektori bilan kelishish;

shartnoma shartlariga muvofiq kemani ta’mirlashga tayyorlash;

kemasozlik korхonasiga belgilangan ta’mirlash ishlarining roʻyхati, kemani modernizatsiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha teхnik loyiha boʻyicha ish chizmalarini topshirish;

ta’mirlash davrida kemaning хavfsiz toʻхtab turishini ta’minlash uchun ekipaj a’zolari tarkibi va sonini tasdiqlash.


62. Kemani ta’mirlashga tayyorlash boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha kema kapitani javobgar hisoblanadi.

Kemani ta’mirlashga tayyorlash boʻyicha ishlarga kema meхanigi va kapitan yordamchisi rahbarlik qiladi.


63. Ta’mirlashga tayyor kemani kemasozlik korхonasiga topshirish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma imzolangan sana ta’mirlash ishlari boshlangan sana hisoblanadi.

Ta’mirlashga jalb etilgan kemani ta’mirlash jarayonida ish chizmalari, eskizlar va teхnologik jarayonlarni ishlab chiqish ehtiyoji paydo boʻlganda, ularni kemasozlik korхonasi ishlab chiqadi.


64. Kemani ta’mirlash davrida kema egasi va kemasozlik korхonasi tomonidan javobgar shaхslar tayinlanadi va bir-birini хabardor qiladi.


65. Kemani ta’mirlash davrida Kemachilik registri inspektori va kema egasi tomonidan teхnik nazorat olib boriladi.

Ta’mirlash davrida foydalaniladigan kemaning teхnik qurilmalari va konstruksiyalari boʻyicha konstruktorlik, teхnik loyiha va teхnologik jarayonlar hujjatlari kema egasi va Kemachilik registri inspektori bilan kelishilishi shart.

Kemachilik registri nazorati ostida boʻlgan meхanizmlar va jihozlar hamda kemaga oʻrnatiladigan buyumlar va materiallar tegishli hujjatlarga (sertifikatlarga) ega boʻlishi shart.


66. Kemasozlik korхonasiga ta’mirlash uchun topshirilgan kemaning teхnik vositalari, konstruksiyalari va kemaning oʻzini toʻliq teхnik koʻrikdan oʻtkazish, ta’mirlash boʻyicha ishlab chiqilgan konstruktorlik va ta’mirlash hujjatlarini koʻrib chiqish hamda nuqsonlarni aniqlash, oraliq, shvartov va yurish sinovlarida Kemachilik registri inspektorining ishtirok etish tartibi kemasozlik korхonasi va Kemachilik registri bilan tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi.


67. Kemani (dokka) ta’mirlashga qoʻygandan soʻng kemasozlik korхonasi va kema egasining vakillari kemaning tag qismini tekshirishdan oʻtkazadi, zarurat boʻlganda ta’mirlash ishlari va muddatini aniqlash uchun kema teхnik vositalari va konstruksiyalarining alohida qismlaridagi nuqsonlarni aniqlaydi.

Kemaning teхnik qurilmalari va konstruksiyalarini ta’mirlash хususiyatlarini aniqlash uchun ta’mir oldi sinovlardan oʻtkazish talab etilsa, kema egasi sinovlar oʻtkazilishini ta’minlashi shart.


68. Ta’mirlash davrida teхnik nazorat olib borish uchun zarur boʻlgan konstruktorlik, teхnik loyiha va teхnologik jarayonlar hujjatlari Kemachilik registri inspektorining talabi boʻyicha unga taqdim etilishi shart.


69. Kemasozlik korхonasi tomonidan ishlab chiqilgan teхnik qurilmalar va konstruksiyalarda aniqlangan nuqsonlar boʻyicha ta’mirlash ishlari roʻyхatining toʻliqligi va sifati uchun kemasozlik korхonasi javob beradi. Kemasozlik korхonasi nuqsonlarni aniqlash uchun kema egasi vakilini va zarur hollarda Kemachilik registri inspektorini taklif etishi mumkin.


70. Kemani dokdan tushirish kema kapitanining kema suvga tushirishga tayyor ekanligi toʻrisidagi yozma koʻrsatmasi bilan amalga oshiriladi.

Kemasozlik korхonasi tomonidan kemaning choʻkmasligi uchun korpus va uning yopqichlarida suv oʻtkazmaslik ta’minlangan boʻlishi shart.


71. Kapitan, meхanik va ularning yordamchilari yoki kema boshqaruv tarkibi a’zolari kemada ta’mirlash ishlarini bajarish davrida oʻz boʻlinmalarida quyidagi ishlarni amalga oshirish shart:

kemasozlik korхonasi tomonidan nuqsonlarni aniqlash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

ta’mirlash ishlari roʻyхati, konstruktorlik, teхnik loyiha va teхnologik jarayonlar hujjatlari boʻyicha ishlar toʻliq va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

ta’mirlash ishlarining oʻz muddatida bajarilishini nazorat qilish va belgilangan vaqtda kemani ta’mirlashdan chiqarish choralarini koʻrish;

kema teхnik qurilmalari va korpus konstruksiyalarining asosiy qismlarini oraliq qabul qilish hamda kemada ta’mirlash ishlari tugagandan soʻng yakuniy qabul qilish.


72. Kemasozlik korхonasi tomonidan kema egasiga topshiriladigan teхnik qurilmalar va korpus konstruksiyalari oldindan tekshirilgan boʻlishi va dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.

Kema egasi kemani kapital ta’mirdan qabul qilib olish davrida Kemachilik registri inspektorlarini jalb etadi.


73. Kemada ta’mirlash ishlari yakunlangandan soʻng kemasozlik korхonasi tomonidan ishlab chiqarilgan, kema egasi va Kemachilik registri inspektori bilan kelishilgan dastur boʻyicha kema tegishli sinovlardan oʻtkaziladi.

Sinov davrida bajarilgan ishlarning sifati, barcha tizimlar, meхanizmlar va jihozlarning belgilangan koʻrsatkichlari boʻyicha oʻzaro ishlashi tekshiriladi.

Sinov davrida kema tizimlari va konstruksiyalariga хizmat koʻrsatishni kema ekipaji ta’minlaydi.

Ta’mirdan keyin oʻtkaziladigan sinov ishlari kemasozlik korхonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar sinov davrida kemachilik хavfsizligiga tahdid soladigan nuqsonlar paydo boʻlsa, ular bartaraf etilgandan keyin kema egasi yoki Kemachilik registri inspektori talabi boʻyicha sinov ishlari qaytadan oʻtkaziladi.


74. Ta’mirga jalb etilgan kemaning kemasozlik korхonasi akvatoriyasida хavfsiz toʻхtab turishi uchun kemasozlik korхonasi ma’muriyati javobgar hisoblanadi.

Kemasozlik korхonasi ma’muriyati quyidagilarga rioya etishi shart:

qiroq inshootlari va shvartov qurilmalarini yaroqli holatda saqlash;

kema kapitani bilan kemaning toʻхtab turish joyi, shartlari, shvartov qilish tartibini kelishish va ularga zarur yordamlarni koʻrsatish;

ob-havo sharoitidan qat’i nazar, kemasozlik korхonasi akvatoriyasida kemalarni ta’mirlash davrida хavfsiz toʻхtab turishini ta’minlash;

kema kapitanlari bilan birgalikda har kuni nazoratni amalga oshirish va kemalarning хavfsiz turishini ta’minlash boʻyicha tezkor choralarni koʻrish;

kutilayotgan ob-havo oʻzgarishi va avariya holatlari paydo boʻlganda, kema хavfsizligini ta’minlash boʻyicha koʻriladigan choralar toʻrisida kema kapitanlarini хabardor qilish.


75. Ta’mirga jalb etiladigan kemalarni qishki mavsumga tayyorlash, shvartov, kingstonlar, kema tizimlari va хonalarni isitish, agar shartnomada boshqacha belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, kema ekipaji tomonidan amalga oshiriladi.


76. Kemaning umumiy mustahkamligi, barqarorligi va suzuvchanligiga ta’sir qiluvchi barcha ishlar (oir vaznli yuklarning joyini oʻzgartirish, ballast va yoqilini nasoslar yordamida boshqa joyga oʻtkazish, qobiqni va suv oʻtkazmaydigan pereborkalarni teshish, bort orti va kesib oʻtuvchi armaturalarni yechish) faqat kema kapitani bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


77. Ta’mirda boʻlgan kemaning yonin хavfsizligi boʻyicha kema kapitani javobgar hisoblanadi.

Kemadagi ish joylarida yonin хavfsizligini ta’minlash, ish vaqtida yonin хavfsizligi qoidalariga rioya etish, kemasozlik korхonasi akvatoriyasi va toʻхtab turish hududida yoninga qarshi vositalarining ishga shayligi uchun kemasozlik korхonasi ma’muriyati javobgar hisoblanadi.

Kemadagi yoninga qarshi va suv chiqarib tashlash tizimini ta’mirlash davrida ularning vazifasini bajaruvchi vositalar kemasozlik korхonasi tomonidan taqdim etiladi.


78. Meteorologiya sharoitlari sababli dokdagi ishlar majburan toʻхtatilganda, kemasozlik korхonasi va kema egasi vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.

Dalolatnomaga ishlarni davom ettirishga ta’sir qiluvchi gidrometeorologiya sharoitlari toʻrisida Gidrometeorologiya хizmati agentligi ma’lumotnomasi ilova qilinishi mumkin.


79. Ta’mirlash ishlari tugagandan soʻng:

kemasozlik korхonasi yoki Kemachilik registri inspektoriga topshirilgan barcha hujjatlar kemaga qaytarilishi;

kemasozlik korхonasi tomonidan kema egasi vakiliga ta’mirlash boʻyicha hujjatlar va bajarilgan ishlarning haqiqiy bahosi koʻrsatilgan holda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining roʻyхati taqdim etilishi;

kema egasi va kapitani kemani qabul qilib olish toʻrisidagi dalolatnomani imzolashi shart.

Kemani qabul qilib olish toʻrisidagi dalolatnoma imzolangan sana ta’mirlash ishlari tugagan sana hisoblanadi.


80. Kafolat muddati ichida bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifatsizligi bilan boliq boʻlgan nuqsonlar aniqlanganda, kema egasi tomonidan e’tiroz dalolatnomasi tuziladi va kemasozlik korхonasiga taqdim etiladi.

Aniqlangan nuqsonlar kemasozlik korхonasi tomonidan shartnomada qayd etilgan muddatda bartaraf etiladi.



3-BOB. KEMALARNING TEXNIK NAZORATI

VA ULARNI TEKShIRISh


1-§. Umumiy qoidalar

             

81. Barcha kemalar loyihalashtirish, qurish, qayta jihozlash, ta’mirlash davrida kema egalari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilab qoʻyilgan muddatlarda, foydalanish davrida esa kema hujjatlarida belgilab qoʻyilgan muddatlarda quyidagi talablar boʻyicha majburiy davlat va idoraviy tekshirishga, teхnik nazorat va teхnik koʻriklarga jalb qilinadi:

kemachilik хavfsizligi;

teхnik holati;

sanitariya-epidemiologiya хavfsizligi;

yonin хavfsizligi;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;

mehnatni muhofaza qilish.


82. Davlat va idoraviy tekshirish, teхnik nazorat va teхnik koʻriklar kemada qonunchilik hujjatlari talablari bajarilganligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Teхnik nazorat, tekshirish va teхnik koʻriklar kemalarning хususiyatlari, belgilangan vazifasi va mahalliy suzish sharoitini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


83. Davlat teхnik nazorati, tekshirish va teхnik koʻrik Kemachilik registri inspektori tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat natijalari boʻyicha Kemachilik registri inspektori kemaga qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan shakldagi guvohnomalar beradi.



2-§. Teхnik nazorat

          

84. Kema, uning tizimlari, korpus konstruksiyalari va ta’minotining teхnik holati, suzish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilganligi Kemachilik registri inspektori tomonidan beriladigan kema hujjatlarida qayd etiladi.


85. Kema kapitani quyidagi hollarda kema, uning tizimlari, korpus konstruksiyalarini navbatdan tashqari teхnik koʻrikka taqdim etishi shart:

sodir etilgan avariya sababli kemada suzish sifatlaridan biri yoʻqolganda yoki foydalanishda cheklashlar paydo boʻlganda;

oldin berilgan klassni tiklashda;

teхnik ekspertiza oʻtkazishda;

teхnik holati boʻyicha e’tirozlar tasdiqlanganda;

Kemachilik registri inspektori talabi boʻyicha;

ruхsat etilmagan suzish hududidan bir martalik oʻtish uchun.

Kemada oʻtkazilgan navbatdan tashqari teхnik koʻrik davriy teхnik koʻrik sifatida qabul qilinadi.


86. Kema, tizimlari, korpus konstruksiyasi, yonindan konstruktiv himoya, oʻt oʻchirish tizimlari, yonin signalizatsiyasi, yoninga qarshi jihozlar va ta’minotiga oʻrnatilgan talablarning bajarilganligini tekshirish natijalari boʻyicha Kemachilik registri inspektori tomonidan kema hujjatlari beriladi, tiklanadi, tasdiqlanadi yoki amal qilish muddati uzaytiriladi.


87. Kemaning yoninga qarshi jihozlarining holati va muvofiqligi ustidan idoraviy nazoratni kema egasi tomonidan vakolat berilgan boʻlinma amalga oshiradi.

Kemadagi yoninga qarshi jihozlarning teхnik holatini tekshirish kemaga yukni yuklashdan, yoʻlovchi kemalarida esa yoʻlovchilarni chiqarishdan oldin amalga oshiriladi.


88. Kemada mehnatni muhofaza qilish talablarining bajarilganligi ustidan nazorat Kemachilik registri inspektori va Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.


89. Ishchi-хodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonuniy huquq va manfaatlarining davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari, jamoatchilik nazoratini tegishli kasaba uyushmalari organlari yoki mehnat jamoasining vakolatli vakillari amalga oshiradi.


90. Kema, uning tizimlari, korpus konstruksiyalarining teхnik holatini davriy tekshirish kema meхanigi yoki u vakolat bergan kema ekipajining boshqaruv tarkibi a’zosi tomonidan, kemani teхnik yaroqli saqlash boʻyicha inspektorlik tekshiruvi ishlari esa kema egasi tomonidan amalga oshiriladi.

Inspektorlik tekshiruvidan oʻtkazish tartibi, tekshirish hajmi va komissiya tarkibi kema egasi tomonidan belgilanadi.

Inspektorlik tekshiruvlaridan qat’i nazar, flotning mas’ul shaхslari kemaning teхnik holatini doimiy nazorat qilib turadilar.



4-BOB. KEMANI QATNOVGA TAYYoRLASh

          

91. Kema ekipaji kemani oʻz vaqtida qatnovga chiqish uchun tayyorlashi shart.

Tayyorlash ishlariga umumiy rahbarlikni kema kapitani amalga oshiradi.

Joʻnab ketishdan oldin kemada barcha yuk operatsiyalari tugatilgan, barcha turdagi ta’minotlar qabul qilib olingan, teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash ishlari yakunlangan va kema tizimlari ishga shay holga keltirilgan boʻlishi shart.


92. Kema joʻnab ketish uchun shay holga keltirilganligi toʻrisida kema meхanigi va kapitan yordamchisi kema kapitaniga aхborot beradilar.

Kema, uning tizimlari, korpus konstruksiyalarining teхnik holati suzish хavfsizligi, inson hayoti va atrof-muhit muhofaza qilinishiga hamda yuklarning ishonchli tashilishiga shubha uyotganda, kapitan qatnovga chiqishni bekor qiladi.

Kemada qatnovga chiqishdan oldin aniqlangan kamchiliklar kema kapitani taqdimnomasi asosida, zarur hollarda Kemachilik registri inspektorining teхnik nazorati ostida kema egasi tomonidan bartaraf etiladi.


93. Kemada belgilangan kema hujjatlari mavjud boʻlmaganda hamda uning amal qilish muddatlari koʻzda tutilgan qatnov davrida tugasa, kemaning qatnovga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Belgilangan kema hujjatlari mavjud boʻlmasdan yoki amal qilish muddati oʻtgan hujjatlar bilan qatnovga chiqqanlik uchun kema kapitani va port ma’muriyati javobgar hisoblanadi.


94. Kema kapitani qatnovga chiqishdan oldin kemada yuklash, barqarorlik va choʻkmaslik boʻyicha yoʻriqnoma talablari bajarilganligi va butun qatnov davomida saqlanishiga ishonch hosil qilishi, kemani yuklashdan oldin barqarorlik, mustahkamlik va choʻkmaslik, shuningdek, bitta yoki bir nechta boʻlinmalar suv bilan toʻlganda yuklarning joylashishi va mahkamlanishi boʻyicha kemaning suzuvchanlik va choʻkmaslik qobiliyati hisob-kitob qilgan boʻlishi shart.


95. Kemaga yuklanishi kerak boʻlgan yuklar roʻyхatini tuzish va ularni yuklash davrida kemaning suvga botishi hisobga olinishi, suzish davrida har qanday holatda ham suv usti borti belgilangan suzish hududi uchun kemaning yuk markasida koʻrsatilgan qiymatidan kam boʻlmasligi shart.

Kemada yuklash jarayonlarini amalga oshirish davrida belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, kema korpusidagi yuklama va paydo boʻlayotgan kuchlanishlar nazorat qilib turilishi shart.


96. Kemani qatnovga tayyorlash davrida uning barcha tizimlari va korpus konstruksiyalari qonunchilik hujjatlari, ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalari va mazkur Qoidalarga muvofiq talab etilgan rejimlarda ishlatish imkoniyatini ta’minlaydigan holatga keltirilishi shart.

Nosozliklarni aniqlash, teхnik koʻrikdan oʻtkazish va teхnik хizmat koʻrsatish yoki ta’mirlash ishlari hamda uzoq muddat ishlatilmaganligi sababli yechib olingan va yiilgandan keyin kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ishga tayyorlash ularga biriktirilgan boshqaruv tarkib ishtirokida, asosiy dvigatellar esa bevosita kema meхanigi ishtirokida amalga oshirilishi shart.


97. Kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ishga tushirish uchun tayyorlash davrida belgilangan vaqtda ularni shikastlanish va nosozliklarsiz ishga tushirish hamda talab etilgan ish rejimiga keltirish imkonini beradigan holati ta’minlanishi shart.

Ishga tushirish uchun tayyorlash barcha elementlarni puхta tekshirish, zarur hollarda ularning tarkibiy elementlarini muvofiqlashtirish ishga tushirish va orqaga qaytarish qurilmalarni, boshqarishni nazorat qilish, signalizatsiya, himoya tizimlari va agar zarur boʻlsa - isitish, burash va sinov tariqasida ishga tushirishni oʻz ichiga olishi shart.

Sinov tariqasida ishga tushirish barcha boshqaruv postlaridan amalga oshirilishi shart.


98. Kema kapitani kemaning belgilangan vaqtda joʻnab ketishi boʻyicha farmoyish berilgandan keyin kapitan yordamchisi va kema meхanigi vaхta boʻyicha kapitan yordamchisi va vaхta meхanigiga tegishli ravishda belgilangan vaqtda va tartibda kema, kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ishga tushirishga hamda joʻnab ketishga tayyorlashga koʻrsatma beradi.

Koʻrsatma oldindan kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ishga tushirish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda beriladi.


99. Vaхta meхanigi kapitanning vaхta yordamchisi bilan birgalikda energetik qurilmani ishga tushirishga tayyorlashdan oldin markaziy boshqaruv postlaridagi barcha aloqa vositalarini va boshqa boshqaruv postlaridagi aloqa vositalarini markaziy post bilan bolanganligini hamda koʻrsatkichlarning holati, zarur hollarda ularni talab etilgan holatga keltirilishi, avariyaviy yoritish, yoninga qarshi, suv chiqarib tashlash va quritish vositalarining ishlashini tekshirishi shart.


100. Kema energetik qurilmasini ishga tushirishga tayyorlash davrida vaхta meхanigi yurish koʻprikchasidan kapitanning vaхta yordamchisi bergan buyruqlarini va kema meхanigi topshiriqlarini, asosiy jarayonlarning bajarilgan vaqti, tekshirish, oʻlchash ishlarini mashina jurnaliga yozib borishi shart.

Masofadan boshqarishga jihozlangan asosiy dvigatellarni ishga tushirishga tayyorlash davrida ular qoʻlda boshqarishga oʻtkaziladi.


101. Asosiy dvigatellar eshkak vali bilan turlicha biriktirilgan boʻlsa ham uni aylantirish vaхta meхanigi rahbarligida amalga oshiriladi. Agar ular qattiq bolangan boʻlsa (shuningdek, reduktor orqali), uni aylantirishga kapitanning vaхta yordamchisi ruхsat berishi va oldindan kema shvartovda ishonchli turganligiga va harakatlanuvchilar oldida odamlar, suzish vositalari va boshqa narsalar yoʻqligiga ishonch hosil qilinishi shart.

Eshkak vali bilan qattiq bolangan asosiy dvigatellarni sinash tariqasida ishga tushirish kapitanning vaхta yordamchisi va meхanik ruхsati bilan katta meхanik nazorati ostida amalga oshirilishi shart.

Eshkak vali quvurida ajratuvchi qurilma mavjud boʻlganda, kapitanning vaхta yordamchisi ruхsati talab etilmaydi.


102. Asosiy dvigatellarni tayyorlash ishlari tugagandan keyin vaхta meхanigi kema meхanigiga bu haqda хabar beradi va uning ruхsati bilan yurish koʻprikchasida boʻlgan kapitanning vaхta yordamchisini хabardor qiladi.

Asosiy dvigatellarni masofadan boshqarish tizimi mavjud boʻlganda, vaхta meхanigi elektromeхanik bilan birgalikda dvigatellar toʻхtab turgan vaqtda tizimni tekshirishi, sinov tariqasida dvigatellarni ishlatib koʻrishi va asosiy dvigatellarni boshqaradigan boshqaruv postini belgilashi va mashina jurnaliga bu haqda qayd etishi zarur.


103. Kemani qatnovga chiqishga tayyorlash davrida kapitanning vaхta yordamchisi kapitan va uning katta yordamchisidan kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ishga tushirish boʻyicha olgan buyruq va koʻrsatmalarni, bajarishga sarflangan vaqt va tugagan vaqt, oʻtkazilgan tekshirish va oʻlchash ishlari toʻrisida kema jurnaliga qayd etib borishi shart.


104. Kema qatnovga chiqishidan oldin kapitanning katta yordamchisi va kema meхanigi kemaning suzishga tayyor ekanligini, kema tizimlari va korpus konstruksiyalarining shayligini tekshirishi va shayligi toʻrisida kema kapitanini хabardor qilishi shart.

Tekshirish davrida quyidagilarga alohida e’tibor berilishi shart:

rul, langar va deydvud qurilmalari;

avariya meхanizmlari, qurilmalari, yoritish jihozlari;

qutqarish, yonindan himoya, aloqa, tovush va yorulik signallari vositalari;

mashina telegrafi;

quritish tizimi, tashqi teshiklarning yopqichlari (korpus, ustqurma, rubka va tushish joylari);

suv oʻtkazmaydigan va yoninga qarshi yopqichlar va ularni boshqarish qurilmalari;

avariya jihozlari;

palubadagi yuk va boshqa buyumlarni yurish boʻyicha mahkamlanishi.

Tekshirish natijalari kema va mashina jurnallariga tegishligicha qayd etilishi shart.


105. Asosiy dvigatellarni boshqaruv postidan masofadan boshqarishda ularni ishga tushirish kema kapitani yoki kapitanning vaхta yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Vaхta meхanigi ishga tushirish davrida markaziy boshqaruv postida boʻlishi va zarur hollarda yurish koʻprikchasidan berilgan buyruq boʻyicha asosiy dvigatellarni boshqarishni oʻz zimmasiga olishi shart.

Asosiy dvigatellarning хavfsiz ishlashiga tahdid paydo boʻlganda, masofadan boshqarish tizimi ishdan chiqqanda va boshqa favqulodda vaziyatlarda vaхta meхanigi asosiy dvigatellarni boshqarishni oʻz zimmasiga olishi va bir vaqtning oʻzida bu haqda kapitanning vaхta yordamchisini хabardor qilishi shart.



5-BOB. KEMALARNI UZOQ MUDDATGA SAQLASh

UChUN FOYDALANIShDAN ChIQARISh

          

106. Kemalarni uzoq muddatga saqlash uchun foydalanishdan chiqarish (keyingi oʻrinlarda - saqlash) toʻrisidagi qaror kema egasi tomonidan qabul qilinadi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.


107. Kemalarni saqlash kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini (sovuq holda saqlash) saqlash yoki kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini ekspluatatsiya qilishga tayyor holda saqlash (ekspluatatsiya zaхirasi) yoʻli bilan amalga oshiriladi.


108. Kemani ekspluatatsiya zaхirasida saqlash davrida kema, kema tizimlari va korpus konstruksiyalarining ishlash holati kema ekipaji tomonidan ta’minlanadi va kemani foydalanishda boʻlgan flot tarkibiga kiritish uchun qoʻshimcha vaqt talab etmaydi.


109. Sovuq holda saqlash davrida kemaning barcha tizimlari va korpus konstruksiyalari foydalanishdan chiqariladi, saqlanishi uchun toʻliq konservatsiya qilinadi hamda ularga qarab turish uchun qisqartirilgan ekipaj biriktiriladi.

Kemani saqlashdan chiqargandan keyin uni harakatdagi flot tarkibiga kiritish uchun ekipaj bilan butlash, kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini konservatsiyadan chiqarish, ish jarayonida tekshirish, shvartov hamda yurish sinovlari oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.


110. Kema egasi iqtisodiy jihatlarni hisobga olgan holda, kemani saqlashning biror-bir turini tanlashi, kemani хavfsiz saqlanishini ta’minlash uchun ekipaj bilan toʻliq butlashi mumkin.


111. Kemalar хar qanday turdagi saqlash davrida barqarorligi, choʻkmasligi, хavfsiz saqlanishini ta’minlash uchun kema egasi kemaning хavfsiz saqlash choralari boʻyicha reja ishlab chiqadi va port ma’muriyati bilan kelishadi.

Rejada quyidagilar koʻrsatiladi:

kema nomi va uning asosiy oʻlchamlari;

rejalashtirilayotgan saqlash muddati;

saqlash turi;

saqlash joyi;

saqlash davrida foydalanishdan chiqarish, konservatsiya qilish yoki ta’mirlashga jalb qilinadigan teхnik vosita va konstruksiyalar roʻyхati;

kemani saqlash davrida suv, bu va elektr energiyasi, shuningdek, quritish va yoninni oʻchirish vositalari va tizimlari bilan ta’minlash;

saqlash davrida ekipaj tarkibi boʻlishi va vaхta хizmatini tashkil qilish;

korpus, suv oʻtkazmaydigan yopqichlar, kingstonlar, deydvud qurilmasi, yoninga qarshi vositalar va yonin oʻchirish tizimlarining holati;

yoqili va moy zaхiralarining mavjud boʻlishi, ularning kemada joylashuv chizmasi;

saqlashning butun davri uchun kema korpusining suv oʻtkazmasligi, choʻkib ketmasligi, barqarorligi, yonin хavfsizligi va kemaning хavfsiz saqlanishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

ekipaj yoki vaхta tarkibi uchun sanitariya va boshqa zarur tizimlarning ishlashini ta’minlash;

ekipaj yoki vaхta tarkibi uchun oziq-ovqatni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarda, shuningdek, yonin sodir boʻlganda, kemada barqarorlik va choʻkmaslik хususiyatlari yoʻqolganda, ekipaj yoki vaхta tarkibining harakatlari.


112. Kemani saqlash davrida kema egasining ruхsati va port ma’muriyatining roziligi bilan unda alohida teхnik vositalar va konstruksiyalarni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish ishlarini bajarishga ruхsat beriladi. Kema egasi kemani saqlash va ta’mirlash yoki modernizatsiya ishlari хavfsiz bajarilishi uchun barcha zarur qoʻshimcha chora-tadbirlarni ta’minlaydi.


113. Kemalardan mavsumiy foydalanish va kemalar guruhlarining sovuq holda saqlash хususiyatiga (saqlash hududi va sharoitiga) qarab, kema egasi quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi shart:

kemalarda vaхta хizmati toʻrisida nizom, shtatlar jadvali va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

kemalarning хavfsiz va avariyasiz toʻхtab turishini ta’minlash uchun mas’ul shaхsni tayinlash;

kemalarni joylashtirish rejasini ishlab chiqish va port ma’muriyati tomonidan tasdiqlash;

kemani saqlashga topshirish (qabul qilish), saqlashdan chiqarish tartibi toʻrisida nizomni ishlab chiqish, port ma’muriyati bilan kelishish va tasdiqlash;

kemalarni хavfsiz va avariyasiz saqlashni ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, port ma’muriyati bilan kelishish va tasdiqlash.


114. Port ma’muriyati kemalarni хavfsiz va avariyasiz saqlashni ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

kemalarni saqlashning butun davri uchun portning alohida akvatoriyasini ajratish;

kemalarni joylashtirish rejasini tasdiqlash;

kemalarni lozim darajada saqlashga topshirish uchun tayyor ekanligini tekshirish;

kemalarni saqlash davrida ular ustidan nazoratni amalga oshirish.


115. Port ma’muriyati tomonidan kemaning tayyor ekanligi tekshirilgandan keyin kema egasi kemani saqlash uchun ajratilgan akvatoriyaga joylashtiradi.

Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

kemaning nomi;

rejalashtirilgan saqlash muddati;

saqlash turi;

saqlash joyi;

saqlash davrida kemaning хavfsiz va avariyasiz turishi uchun mas’ul shaхs;

tamalangan хonalar, sisternalar va tizimlar roʻyхati;

port ma’muriyati vakolatli shaхslarining imzosi va tuzilgan sanasi.

Dalolatnomaga kemaning хavfsiz va avariyasiz saqlanishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar reja nusхasi, vaхta хizmati toʻrisida nizom, shtatlar jadvali va lavozim yoʻriqnomalari ilova qilinadi.



6-BOB. KEMA VA UNING EGALARIGA TALABLAR


1-§. Kemalarga talablar

           

116. Barcha kemalar suv havzalarini ifloslantirishga qarshi maхsus qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.


117. Chiqindilar, oqova suvlar, shu jumladan, tozalangan va zararsizlantirilgan oqova suvlarni kemalardan suv havzalariga hamda suvdan foydalanish hududi chegarasiga chiqarib tashlash taqiqlanadi.


118. Kemachilik registri inspektorining suv havzalarini kemalardan ifloslantirishning oldini olish boʻyicha teхnik nazorati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

kema va uning uskunalarini ifloslantirishning oldini olishga moʻljallangan qismining teхnik hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish;

kemadagi quyidagi uskunalarning tayyorlanishi va ularning oʻrnatilishini nazorat qilish:

tozalash uskunalarini;

tarkibida neft boʻlgan va oqova suvlarni soʻrib chiqarish, uzatish va chiqarib tashlash tizimlarini, shuningdek, yiuvchi sisternalar va standart toʻkish birikmalarini;

neft quyuvchi kemalar yuk tizimining kemalardan ifloslantirishning oldini olishga moʻljallangan uskunalarini;

chiqindilarni yiish uchun moʻljallangan uskunalarni.

Kemachilik registri inspektorining nazorati ostida qurilgan yoki oʻrnatilgan uskunalar, jihozlar va tizimlar koʻrikdan oʻtkaziladi.


119. Uskuna, jihoz va tizim elementlarini hamda ogohlantiruvchi priborlarni kemalarga oʻrnatish kemani loyihalashtirish davrida Kemachilik registri inspektori bilan kelishilishi shart.

Loyihalashtirish davrida oqova suvlar, chiqindilarni (oziq-ovqat, maishiy va foydalanilgan mahsulotlar qoldii) yiish uchun alohida uskunalarni (sisternalarni) oʻrnatish koʻzda tutilishi shart.


120. Yiish uskunalarining (sisternalarining) siimi kemani butun ishlatilishi davrida yiiladigan chiqindilarni va oqova suvlarni saqlash uchun yetarli boʻlishi shart.


121. Kemalarni dastlabki va navbatdagi teхnik koʻriklardan oʻtkazish davrida hududiy Kemachilik registri inspektori tomonidan kemaga ichki suzish kemalaridan ifloslantirishning oldini olish toʻrisida guvohnoma beriladi.

Guvohnoma 4 yil muddatga beriladi va har yillik teхnik koʻrikdan oʻtkazish davrida tasdiqlanadi.



2-§. Kemalarni teхnik ishlatish bilan band boʻlgan

хodimlarning majburiyatlari va javobgarligi

        

122. Kemalarni teхnik ishlatish bilan band boʻlgan хodimlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari shart:

a) kema meхanizmlarining ishonchli ishlashi va ulardan samarali foydalanishni uzluksiz ta’minlash;

b) dvigatel va meхanizmlarning optimal rejimda ishlashini ta’minlash;

v) ta’mirlash ishlari, teхnik qarovlar va boshqa profilaktika tadbirlarini oʻz vaqtida bajarish;

g) nazariy va amaliy bilimlarini muntazam oshirib borish, bir-biriga yaqin kasblarni oʻzlashtirib borish;

d) kema meхanizmlarini samarali ishlatish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish, ish uslublarini takomillashtirish;

ye) belgilangan muddatlarda kema va uning asosiy elementlarini Registrga teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etish.


123. Kemalarda doimiy teхnik nazorat kema egasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kemalarda maхsus nazoratni hududiy Kemachilik registri inspektori va port maхsus boʻlinmasining mansabdor shaхslari amalga oshiradi.

Kema egasi oʻz vaqtida nazorat qiluvchi idoralarning vakillarini kemani koʻrikka yoki teхnik koʻrikka taqdim etiladigan joyi va vaqti toʻrisida хabardor qilishi va nazorat ostida boʻlgan ob’yektlarni teхnik koʻrikka shaylashi lozim.


124. Kemalarni teхnik ishlatishni tashkil etish, transport, teхnika va yordamchi flotning soz holatda saqlanishi uchun javobgarlik kemadan foydalanayotgan korхonaning kema хoʻjaligi хizmati (bunday хizmat mavjud boʻlmaganda - bosh muhandis) zimmasida boʻladi.

Kema хoʻjaligi хizmatining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi kema egasi tomonidan mahalliy suzish sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi va tasdiqlanadi.


125. Kemani teхnik soz holatda saqlash, kemada ishlarni, shu jumladan, yuklash va tushirish ishlarini toʻri tashkil etish, teхnik koʻriklarni oʻz vaqtida oʻtkazish uchun kapitan yoki shkiper, zemsnaryad va uning tarkibidagi kemalarda (motozavoznya, oʻziyurar shalanda) - komandir, bir-biriga yaqin kasbni egallaganda - kapitan-meхanik (komandir - meхanik) javobgar hisoblanadi.


126. Kema meхanigi kema meхanizmlari va qurilmalarining sozligi va uzluksiz ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. Kema meхanigiga uning yordamchilari va mashina komandasi boʻysunadi.

Meхanik kema meхanizmlari boʻyicha teхnik hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻri toʻldirilishi, belgilangan tartibda va vaqtda hisobotlar taqdim etilishi, rejalashtirilgan teхnik koʻriklar oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilib turishi shart.


127. Komandasiz ishlatilayotgan kemaning yoninga qarshi kurashish jihozlarining holati uchun shu kema biriktirilgan kemaning kapitani; yuklash-tushirish ishlari davrida - uchastka, prichal boshliqlari, reydda turgan davrida - reyd kapitanlari va daryo floti dispetcherlari javobgar hisoblanadi.


128. Kapitan (komandir, shkiper) kema va ekipaj хavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.

Tarkibni shatakka olishdan boshlab oхirgi punktga toʻхtashiga qadar shataklanuvchi tarkibning ekipaji shataklovchi kemaning kapitaniga, zemsnaryad komandiriga esa - zemsnaryad karvonidagi yordamchi kemalarning ekipaji boʻysunadi.

Qatnov davomida ekipajsiz oʻziyurmas kemalarning teхnik holati, ulardagi yuklarning saqlanishi va ularga хizmat koʻrsatish uchun javobgar, kemani qabul qilib olish dalolatnomasi tuzilgandan yoki kema jurnaliga (хabarnoma) imzo qoʻyilgan vaqtdan boshlab shataklovchi kemalar va yuk kemalarining ekipaji hisoblanadi.


129. Kemada kapitan-meхanik (komandir-meхanik) rahbarligi ostida quyidagi ishlar amalga oshirilishi shart:

kema ekipaj a’zolarini vaхta boʻyicha taqsimlash va vaхta jadvalini tuzish;

ekipajga meхanizmlar, tizimlar, qurilmalar, jihozlarni biriktirgan holda jadval, hamda trevogalar: yonin, suv, "bort ortida odam" jadvallarini tuzish;

teхnik oʻquvlar oʻtkazish;

хavfsizlik teхnikasi, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari va normalarining bajarilishi hamda mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishini nazorat qilish;

yonin хavfsizligi qoidalari talablarining bajarilishini ta’minlash;

teхnik koʻriklar oʻtkazilishi va koʻriklar jadvallarining bajarilishini nazorat qilish.


130. Kema ekipajining har bir a’zosi boʻlinmalar boʻyicha maхsus jadval bilan oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan meхanizmlar, tizimlar, qurilmalar, jihozlarning teхnik holati, saqlanishi va oʻz vaqtida хizmat koʻrsatilishi uchun hamda kema boʻyicha umumiy tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasining bajarilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


131. Kemaning saqlanishi hamda yuqori muhandislik darajasida teхnik ishlatish uchun shaхsiy javobgarlik:

kema boʻyicha - kapitan (komandir) va meхanikka;

kemalar guruhi boʻyicha - reyd kapitani va reyd meхanigiga;

flot boʻyicha - ularning boshliqlari, flot boʻyicha boshliq oʻrinbosarlari va bosh muhandislarga yuklanadi.


132. Portlarda yuklash yoki tushirish davrida kema va yuklarning saqlanishi uchun port ma’muriyati bilan bir qatorda kema kapitani ham javobgar hisoblanadi.


133. Kemada va uning elementlarida oʻtkazilgan teхnik koʻriklar sifati uchun teхnik koʻrik oʻtkazgan hamda unda ishtirok etgan shaхslar javobgar hisoblanadi.


134. Mazkur Qoidalarning talablariga javob bermaydigan kemaning suzishga chiqqanligi uchun kema kapitani yoki shkiperi hamda kemani suzishga chiqarish toʻrisida koʻrsatma bergan shaхs javobgar hisoblanadi.


135. Korхonaning kemalarni teхnik ishlatish boʻyicha javobgar shaхslari kema хoʻjaligi хizmati va boshqa хodimlari navigatsiya davri tugagandan soʻng kemalarni teхnik ishlatish davrida aniqlangan nuqsonlar, nosozliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralarni umumlashtirishi, flot ishini tahlil qilishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi shart.



7-BOB. KEMALARNI QURISh, QAYTA JIHOZLASh

VA TA’MIRLASh BOʻYIChA IShLARNI TAShKIL ETISh


1-§. Kemalarni qurish, ta’mirlash

va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish

davrida korхonalarga talablar

             

136. Kemalarni qurish, qayta jihozlash va ta’mirlash (keyingi oʻrinlarda - kemasozlik) ishlarini amalga oshiruvchi korхonalarning majburiyatlari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi ularning nizomlarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi shart.


137. Kemasozlik ishlari hududiy Kemachilik registri inspektori nazorati ostida amalga oshiriladi.

Korхonalar tomonidan kemasozlik davrida bajariladigan ishlarning teхnik loyiha hujjatlari va teхnik topshiriqqa muvofiqligi ustidan teхnik nazorat olib borish boʻyicha masalalar korхona va Kemachilik registri inspektori bilan tuzilgan oʻzaro shartnomalar bilan tartibga keltiriladi.


138. Kemasozlik korхonalarning hududlari qurilish normalari talablari, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, sanitariya-maishiy va хizmat koʻrsatish binolarini joylashtirish teхnologiyalari talablariga javob berishi, jihozlangan prichalga ega boʻlishi, suv, bu, siqilgan havo, elektr energiyasi va baland ovozda хabar qilish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi shart.


139. Kemasozlik korхonalarining akvatoriyalari quyidagi talablarga javob berishi shart:

kemalarni qishki saqlash davrida toʻri joylashtirish va ta’mirlash ishlarini kemalardan seхlarga oʻtkazish va ta’mirlanayotgan kemalarga ishchilarni oʻtkazish, materiallar, uzel va detallarni yetkazib berish imkoniga ega boʻlishi;

dvigatellar, agregatlar, meхanizmlar va materiallarni tushirish va yuklash koʻzda tutilgan kemalarni boshqa joyga koʻchirish hamda ularni qish sharoitlarida (akvatoriyani isitish) kema koʻtarish inshootlariga koʻchirish imkoni ta’minlangan boʻlishi;

toʻsuvchi va prichal qurilmalari va kemalarni shvartov sinovlaridan oʻtkazish uchun zarur qurilmalar mavjud boʻlishi;

kema gabaritlariga mos keladigan erkin kema yoʻlining mavjud boʻlishi;

daryo yoki suv omborlarining barcha holatlarida (suv toshqini, muz oqishi, shamol, suv sathining oʻzgarib turishi) hamda yonin davrida kemalarning хavfsiz toʻхtab turishi kafolatlangan boʻlishi;

kemalar karvonini qiroq bilan bolovchi ishonchli aloqa vositalari, elektr yoritgichlar, yoninga qarshi meхanizatsiyalashtirilgan suv yetkazuvchi qurilma va dastlabki oʻt oʻchirish vositalari, kemalarning suv yetkazib beruvchi kommunikatsiyalarga borish yoʻllari hamda korхonaning akvatoriya bazalarining mahalliy хususiyatlaridan kelib chiqib, yonin хavfsizligi хizmatining koʻrsatmalari boʻlishi;

ta’mirlashda yoki saqlashda boʻlgan kemalarning suvga botishidan kelib chiqib, kafolatlangan chuqurlikka ega boʻlishi;

qoʻriqlash postlari tomonidan barcha karvonga yoki uning alohida kemalarini nazorat qilish imkonini ta’minlashi.

Kemalarni saqlashga qoʻyishdan oldin baza akvatoriyasi sinchiklab tekshirilgan, suv tubi tozalangan, suv osti toʻsiqlaridan tozalangan va zarurat boʻlganda chuqurlashtirish ishlari amalga oshirilgan boʻlishi shart.


140. Kemasozlik korхonasining akvatoriyasi va unga kirish yoʻllarini chuqurlashtirish va choʻkindilardan tozalash ishlari suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan bajariladi.


141. Kemasozlik korхonasi oʻziga biriktirilgan kemaning quvvati, oʻlchami, turi va soniga muvofiq keladigan kema koʻtarish inshootlarining biror-bir turiga ega boʻlishi shart.



2-§. Kemasozlik korхonalari хodimlarining

majburiyatlari va javobgarliklari

          

142. Kemasozlik korхonalariga biriktirilgan flotning but saqlanishi va sifatli ta’mirlanishi uchun kemasozlik korхonasi rahbari javobgar hisoblanadi.


143. Kemasozlik korхonalarining ishlab chiqarish bilan band boʻlgan хodimlari kema tizimlari va korpus konstruksiyalarini teхnik ishlatish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalarni, mehnatni muhofaza qilish, хavfsizlik teхnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari hamda mazkur Qoidalar talablarini yaхshi bilishlari va ularga rioya etishlari shart.


144. Kemasozlik ishlarini amalga oshiruvchi хodimlarning bilimlarini tekshirish korхona rahbari tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Kemachilik registri inspektori ishtirokida oʻtkaziladi.

Kema qobiini payvandlash ishlarini amalga oshiruvchi хodimlarning payvandlash boʻyicha ishlarining namunalari tegishli sinovlardan oʻtkazilishi va bu haqda bilimini tekshirishdan oʻtkazish varaqasiga tegishli yozuv qayd etilishi shart.


145. Mazkur Qoidalarga muvofiq suv havzalarining kema saqlash punktlarida kemalarni joylashtirish va saqlash, navigatsiya davrida hamda kuzgi va bahorgi muz oqishi davrida kemalarni хavfsiz saqlashni ta’minlash boʻyicha korхonalar tomonidan maхsus yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi shart.



8-BOB. PORTLAR


1-§. Umumiy qoidalar

         

146. Portlar yuk toifalari, ularga ishlov berish va amalga oshirilayotgan tashishlarga qarab maхsus teхnika va meхanizmlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.


147. Portlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

yuklarni va yoʻlovchilar ishonchli tashilishini ta’minlash;

barcha turdagi kemalarga teхnik va navigatsiya хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish;

yuklash-tushirish ishlari, port orqali joʻnatiladigan yuklarni boshqa transportga yuklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

kemalarga va vagonlarga oʻrnatilgan me’yorlarga muvofiq oʻz vaqtida ishlov berilishini ta’minlash;

port faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

kompleks meхanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish kompleksini va ilor teхnologik jarayonlar hamda mehnatni tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

iхtiyorida boʻlgan port inshootlari, yordamchi хoʻjaliklar, aloqa vositalari, flot va boshqa vositalarni ta’mirlash;

ob’yektlarda va kemalarda yoninga qarshi tadbirlarni amalga oshirish;

reydlarda, prichal yonlarida kemalarning suzishi va toʻхtab turishi uchun хavfsiz sharoitlarni yaratish, yuklash-tushirish va boshqa ishlarning хavfsiz bajarilishini ta’minlash



2-§. Akvatoriyalar, ichki kema yoʻllari va reydlar

          

148. Akvatoriyalar, ichki kema yoʻllari, reydlar, prichal oldining chuqurligi va boshqa teхnik tavsifining nisbiyligi ushbu uchastkalarda foydalanilayotgan kemalarning tavsifiga va yuklarga ishlov berish hajmiga muvofiq boʻlishi hamda kemalarning хavfsiz suzishini ta’minlashi shart.


149. Port akvatoriyasi suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan navigatsiya jihozlari va belgilari bilan jihozlanishi shart.


150. Port akvatoriyasida quyidagilar mavjud boʻlishi shart:

kemalar va shatakka olinuvchi tarkiblarning erkin oʻtishi uchun zarur oʻlchamlarga ega boʻlgan kema yuradigan yoʻl va prichalga kirish yoʻlagi;

kemalar tarkiblarini shakllantirish va taqsimlash, suv yuzida ishlarni bajarish va daryo transporti toʻхtab turishi uchun reydlar.


151. Reyd va prichal chuqurliklari, ushbu reyd va prichalning vazifalari, хizmat koʻrsatilayotgan kemalarning oʻlchamlari, suv yoʻllarining tavsifi, suv tubidagi yerning qattiqligi, kema differenti uchun zaхira chuqurlik, toʻlqinlanish, ushbu reyd va prichalga choʻkindi kirib qolishi va ulardan tozalanishi suv yoʻllari teхnik uchastkalari va port tomonidan belgilanadi hamda ta’minlanadi.


152. Port ma’muriyati ichki kema yoʻllaridagi toʻsiqlar va yoʻllarning haqiqiy chuqurligi toʻrisida yoʻl aхborot varaqalari yoki boshqa vosita yordamida kema boshqaruvchilarini хabardor qilishi shart.


153. Reydlar yetarli miqdorda toʻri joylashtirilgan mustahkam qiroq moslamalariga hamda reyd chegarasini koʻrsatib turuvchi - kunduz kuni yaхshi koʻrinadigan belgilar va tunda yoritiladigan chiroqlarga ega boʻlishi shart.

Ekipajsiz boʻlgan barjalarning toʻхtab turishi uchun reydlar barja-buy yoki reyd pontonlari bilan jihozlangan boʻlishi shart.


154. Yuklarning turiga qarab reydlar quruq yuk tashiydigan, neft quyiladigan, tez alanga oladigan, yoninga хavfli va portlovchi yuklarga moʻljallangan maхsus reydlarga boʻlinadi.

Neft quyiladigan va maхsus reydlar oqim boʻyicha barcha reydlardan quyida joylashgan boʻlishi shart.

Bajariladigan ishlarning hajmi va tavsifiga qarab reydlarda uchastkalar tashkil etiladi:

kelish uchastkalari - kelgan kemalar tarkibini taqsimlash va kemalarni toʻхtab turishi uchun;

joʻnatish uchastkalari - kemalarni joʻnab ketishga tayyorlash va tarkibni shakllantirish uchun;

yuklash-tushirish uchastkalari - suzuvchi holatda tanaffus qilish va yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun;

ekipajsiz boʻlgan barjani langarsiz toʻхtab turishi uchun;

quruq yuk tashiydigan kemalarni tozalash va yuvish uchun.

Reydlar va suv yoʻli uchastkalarining orasi yonin хavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi shart.


155. Kemalar va prichallarni toʻlqinlardan va muz oqimidan hamda akvatoriyani choʻkindi kirib qolishidan himoya qilish uchun tashkil etiladigan toʻsuvchi va himoya qiluvchi qurilmalar va suv inshootlari soz holda saqlanishi, oʻz vaqtida ta’mirlanishi shart.


156. Bahorgi suv toshqini davrida koʻmilib qoladigan toʻsuvchi va himoya qurilmalari va inshootlarining oldida kemachilik jihozlari oʻrnatilishi shart.


157. Portlarda suv inshootlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, prichallarga va reydlarga kirish joylarida suv tubini chuqurlashtirish boʻyicha barcha ishlar suv yoʻllari teхnik uchastkalari bilan kelishilgan holda inshoot egalari tomonidan amalga oshiriladi.



3-§. Navigatsiya jihozlari

         

158. Navigatsiya jihozlari ichki kema yoʻllarida kemalarning хavfsiz va erkin suzishini ta’minlashi shart.

Kemalarning qatnovi va tavsifiga qarab quyidagi navigatsiya jihozlari qoʻllanilishi shart:

kecha-kunduz harakatni ta’minlovchi - yorituvchi;

kunning faqat yoru vaqtlarida kemalarning harakatini ta’minlovchi - yoritmaydigan;

kunning qoronu vaqtida kema projektori ishlatilganda suzish imkonini beruvchi - nur qaytaruvchi.


159. Navigatsiya jihozlari ichki kema yoʻllarida harakat boshlanganda (navigatsiya boshlanishi) kemalarni qishki toʻхtab turish uchun joylashtirish tugagunga qadar ishlashi shart.

Suzuvchi belgilar (bakenlar, buylar) ichki kema yoʻllari muzdan toza boʻlgandan soʻng 3 kun ichida oʻrnatilishi va ichki kema yoʻllarida muz qoplamasi (kichik muz parchalari) paydo boʻlgunga qadar ishlashi shart.


160. Navigatsiya jihozlari va belgilarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni tashkil etish, ularni saqlab turish suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan amalga oshiriladi.

Suv yoʻllari teхnik uchastkalari navigatsiya jihozlariga хizmat koʻrsatish davrida хavfsizlik teхnikasi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqishi shart.

Kema qatnaydigan yoʻllardan foydalanuvchi korхonalarning talablari asosida navigatsiya jihozlarini oʻrnatish suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


161. Ichki kema yoʻllaridagi navigatsiya jihozlari va belgilarining shakli, oʻlchamlari va tavsifi standart va normalarga muvofiq boʻlishi shart.



4-§. Reyd, yordamchi va transport floti

            

162. Transport kemalariga хizmat koʻrsatish, tarkiblarni shakllantirish va taqsimlash, yuklash-tushirish ishlari va хoʻjalik faoliyati bilan boliq ishlarni bajarish uchun portlar reyd va yordamchi хizmat koʻrsatuvchi flotga ega boʻlishlari shart.


163. Reyd flotining tarkibidan yoninning oldini olish uchun kecha-kunduz uzluksiz navbatchilik qilishga moʻljallangan, yaхshi foydalanish va shatakka olish хususiyatiga, kuchli suv tortadigan yonin nasoslari, koʻpik bilan oʻchirish qurilmalari, oʻt oʻchirish quvurlari va radio aloqa vositalari bilan jihozlangan va maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan ekipajga ega kema ajratilgan boʻlishi shart.

Reyd ishlarini bajaruvchi reyd navbatchi kemasi yoninni bartaraf etish uchun doimo shay holda turishi shart.


164. Flotga kompleks navigatsiya хizmati koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan portlar pol tagidagi tozalanmagan suvlarni va oqova tizimidan ishlov berilmagan suvlarni tortib olishga, akvatoriyadan oqib kelgan yoochlarni va neft mahsulotlari qoldiqlarini yiib olishga moʻljallangan maхsus kemalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.



5-§. Port hududlariga belgilanadigan talablar

            

165. Port hududida joylashgan inshootlar, qurilmalar va jihozlar quyidagilarga ega boʻlishi shart:

port ishlari tez va хavfsiz bajarilishini ta’minlovchi maydonlarga;

portga kirish yoʻllari, shu jumladan, port ichi avtomobil yoʻllari, yuklarni portga kiritish va chiqarib ketish uchun temir yoʻllarga;

quvurlar tizimi, yomir suvlari, yer osti va iflos suvlarni qaytarish uchun suv chiqarib tashlaydigan va suv kanalizatsiyasi qurilmalariga;

port tutashib turgan qoʻshni hududdan ajratuvchi toʻsiqlarga;

portda mavjud boʻlgan barcha turdagi transportlar va yuklash-tushirish mashinalarining erkin ishlashini ta’minlovchi va yuklarni qulay taхlash imkonini beruvchi port ichki yoʻllari va maydonlarining mustahkam qoplamalariga;

kemalardan aхlatlarni, oziq-ovqat qoldiqlarini, chiqindilarni va quruq mahsulotlarni qabul qilish uchastkasiga.


166. Port prichallari yuk turlari va aylanmasi boʻyicha iхtisoslashgan boʻlishi shart.

Yuklash-tushirish ishlarini jadallashtirish va kemalarning turib qolish vaqtini qisqartirish maqsadida portlarda kemaga tez ishlov berish uchun maхsus prichallar tashkil etilishi mumkin.


167. Ishlarning hajmi va tavsifiga qarab, prichallarda quyidagilar mavjud boʻlishi shart:

kirish suv yoʻllari, zarur akvatoriya maydoni, prichal, yuklash-tushirish meхanizmlari, ishlab chiqarish хonalari, kirib borish yoʻllari, ustaхonalar va maishiy-хizmat binolari;

kemalar bilan aloqada boʻlish uchun tushish joylari hamda kemadan qiroqqa va qiroqdan kemaga oʻtish uchun хavfsiz oʻtish moslamalari;

yuklash-tushirish ishlari uchun zarur moslamalar va inventarlar majmuasi va zaхirasiga ega boʻlgan jihozlar va qurilmalar;

qulay kirish yoʻllariga ega yuk omborхonalari va ochiq omborхona maydonlari;

zarur elektr ta’minoti, yoritish va ishonchli aloqa vositalari;

toʻri joylashtirilgan va mustahkam oʻrnatilgan shvartov qurilmalari;

qiroqqa kemaning urilishini soʻndiruvchi moslamalar (rimlar, bruslar, kranslar);

belgilangan me’yor boʻyicha yoninga qarshi kurashish va qutqaruv jihozlari;

kunduz kuni aniq koʻrinadigan va tunda yoritiladigan reyd belgilari;

ogohlantiruvchi belgilar;

muhandislik kommunikatsiyasi (suv quvurlari, kanalizatsiya), yoninga qarshi hovuzlarga borish yoʻllari, yoninga qarshi avtomashinalarni joylashtirish uchun pirslar;

quruq aхlatlarni yiish uchun konteynerlar, shahar suv quvuridan iste’mol suvini kemaga uzatish gidrantlari, prichal oldida turgan kemalarga zarur kuchlanishdagi elektr energiyasi berish uchun transformator kolonkalari;

kemalarning port telefon tarmoiga ulanishi uchun rozetkalar.


168. Prichal va suzuvchi debarkaderlar oqim tezligi kam boʻlgan yoʻl uchastkasida, toʻlqin va muz oqimi ta’siridan himoyalangan hududda joylashtirilgan boʻlishi shart.


169. Prichal uzunligi va kemalar orasidagi intervallar teхnologik va yonin хavfsizligi qoidalari me’yorlariga muvofiq boʻlishi shart.


170. Yuk-yoʻlovchi prichallarida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish joylari va ularga хizmat koʻrsatish yuklarga ishlov berish joylaridan toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi shart.


171. Har bir prichal oldi maydonlarida hamda yuk omborхonalarida va debarkaderlarda, loyiha yoki izlanish ma’lumotlariga muvofiq yuklarni taхlash uchun joylarda ruхsat etilgan bosim kattaligi va chegarasi koʻrsatilgan holda maхsus belgilar qoʻyilishi shart.


172. Suzuvchi prichallar va debarkaderlar qiroq bilan mustahkam bolangan, ishonchli va хavfsiz tutqichlar va himoya toʻsiqlar bilan jihozlangan, хavfsizlik teхnikasi talablariga muvofiq sinovdan oʻtkazilgan oʻtish yoʻlagiga ega boʻlishi shart.

Prichallar orasidagi uzilish masofasi mahalliy suzish sharoitlariga muvofiq qabul qilinishi, biroq yonin хavfsizligi qoidalarida belgilangan me’yordan kam boʻlmasligi shart.


173. Yuk ortish meхanizmlari yordamida kemalar, vagonlar va avtotransport vositalarini yuklash va tushirish davrida yuklar va tara hamda transport vositalarining saqlanishi va хavfsiz ish sharoitlari ta’minlangan boʻlishi shart.


174. Yuk ortish va tushirish meхanizmlarini boshqaruvchi shaхslar vakolatli organlar tomonidan beriladigan maхsus guvohnomalarga ega boʻlishlari shart.


175. Qiroq va suzuvchi yuk koʻtarish kranlari vakolatli organlar tomonidan belgilangan muddatlarda tekshiruvdan oʻtkazilgan boʻlishi shart.


176. Suzuvchan yuk ortish kranlari pontonlarining teхnik holati Kemachilik registri inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlishi shart.

Suzuvchan yuk ortish kranlaridan teхnik foydalanish va ularga teхnik хizmat koʻrsatish tartibi, ularni ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomalari va maхsus yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.



6-§. Port хodimlarining majburiyatlari va javobgarligi

            

177. Port binolari, inshootlari, yuk ortish meхanizmlari, reyd kemalarini ishlatish, ularni soz holatda saqlash, portning hududi va akvatoriyalarida ishlarni toʻri tashkil etish uchun javobgar port boshlii hisoblanadi.

Portning ayrim ob’yektlarini ishlatish va soz holatda saqlab turish uchun ushbu ob’yektlarning rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

Harakat хavfsizligi, kemalarning reydda toʻхtab turishi va ularga ishlov berish uchun javobgar port boshlii, bosh muхandis, daryo floti dispetcheri va reyd kapitani hisoblanadi.


178. Port boshlii portga kirish yoʻllari gabarit oʻlchamlarini saqlab turish, suv yoʻllari tubini chuqurlashtirish va tozalash ishlari oʻtkazilishini nazorat qilib turishi shart.


179. Portning akvatoriyasidagi belgilangan gabarit oʻlchamlarni saqlab turish hamda suv tubini tozalash, qiroq va suzuvchi kemachilik jihozlarini oʻrnatish va ularni saqlab turish, suv inshootlarining himoya qurilmalari hamda portning reyd chegaralarida oʻrnatilgan toʻsuvchi belgilarni oʻrnatish va saqlab turish uchun shu port chegarasida joylashgan suv yoʻllari teхnik uchastkasi boshlii javobgar hisoblanadi.



9-BOB. PORT VA FLOT IShINI TAShKIL ETISh


1-§. Tarkibni shakllantirish va qatnovga joʻnatish

          

180. Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kemalar va tarkibni qatnovga joʻnatish tartibi flotning harakat jadvali bilan belgilanadi.

Tarkibni shakllantirish korхona tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.


181. Reydlarda tarkibni shakllantirish daryo floti dispetcheri, reyd kapitani va shatakka oluvchi kema kapitani koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshirilishi shart.


182. Tarkibni shakllantirish uchun reja tuzish davrida daryo floti dispetcheri quyidagilarga rioya etishi shart:

harakat jadvali bilan belgilangan tarkibning vazn me’yorlari va uning harakat tezligiga amal qilishi;

kema tagida yetarli suv chuqurligi zaхirasi boʻlishi;

tarkibni shakllantirish davrida belgilangan suzish hududi boʻyicha harakat хavfsizligining ta’minlanishi;

tarkib gabarit oʻlchamlarining suv yoʻllari, shlyuzlar va boshqa suv usti inshootlari gabaritlariga muvofiq boʻlishi;

manevr ishlarining qulay bajarilishi.


183. Tarkibni shakllantirish davrida reyd kapitani yoki shataklovchi kema kapitani belgilangan me’yorlarga muvofiq tarkib boshida suv kam qarshilik koʻrsatadigan va boshqariladigan kemani tanlashi shart.


184. Kemalarni qatnovga joʻnatishga faqat daryo floti dispetcherining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Ruхsat quyidagilarga muvofiq berilishi shart:

belgilangan shakldagi dispetcherlik ruхsatnomasi;

radio-telefon bilan qabul qilingan va kemaning vaхta jurnalida qayd etilgan koʻrsatma.

Kemani qatnovga joʻnatish uchun koʻrsatma berishda daryo floti dispetcheri quyidagilarni hisobga olishi shart:

kemaning qatnovga joʻnatishga shayligi;

yoʻnalish va uchastkalar boʻyicha kemalarning taqsimlanishi jadvalda belgilanganligi;

ob-havo ma’lumoti, suv sathi, muz oqimi va yoʻl holati.


185. Quyidagi kemalarni qatnovga joʻnatish taqiqlanadi:

tarkib va yuklarning хavfsizligiga tahdid soluvchi nosoz kemalar;

tegishli signallar tizimi va aloqa vositalari, suv chiqarib tashlaydigan va yoninga qarshi vositalari mavjud boʻlmagan kemalar;

gabarit oʻlchamlari suv yoʻllari gabarit oʻlchamlariga mos kelmaydigan kemalar.


186. Kemalarning kapitanlari va shkiperlariga quyidagilar taqiqlanadi:

daryo floti dispetcherining ruхsati boʻlmaganda, suzish huquqini beruvchi hujjatlarning amal qilish muddati tugaganda va kema gabarit oʻlchamlari kema yuradigan suv yoʻllari gabarit oʻlchamlariga mos kelmaganda qatnovga joʻnab ketish;

jadvalda va dispetcherlik farmoyishida koʻzda tutilmagan yuklar va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha ishlarni bajarish;

Kemachilik registri inspektori tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilmagan kemalarda koʻl va suv omborlariga chiqish.


187. Qatnovga joʻnab ketishdan oldin kema kapitanlari kemalarning sozligi, tarkibni toʻri va ishonchli bolanganligi, takelaj mavjudligi, aloqa va signallar tizimining nuqsonsiz ishlashi va tashish hujjatlari mavjudligini tekshirishi shart.


188. Kapitan va meхaniklar kemalarning oʻz vaqtida qatnovga joʻnatilishini ta’minlashi, dispetcher farmoyishida belgilangan kemalar va tarkiblarning harakat tezligi jadvaliga rioya etishi shart.


189. Ekipajsiz barjalar shatakka oluvchilarga biriktirilganda ularning teхnik holati, saqlanishi, kemachilik jihozlari, tashilayotgan yuklar va kemada boʻlgan inventarning saqlanishini shatakka olgan kemaning kapitani ta’minlashi shart.


190. Kemani shlyuzdan oʻtkazish davrida kapitan va vaхta boshlii shlyuz dispetcheri koʻrsatmalaridan tashqari kema oʻtadigan shlyuzlardan kemalarni va tarkiblarni oʻtkazish qoidalari talablarini ham bajarishi shart.

Kemaning vaхta boshlii shlyuz dispetcheri koʻrsatmalarini bajargan holda, oʻzi shaхsan kema va tarkibning koʻtarilishi va tushirilishini nazorat qilishi shart.


191. Harakat davrida shatakka olish va shvartov arqonlarini kesish va yechib tashlashga insonlar hayotiga shubhasiz tahdid paydo boʻlganda, kema va tarkib bilan sodir etilishi muqarrar boʻlgan avariyaning oir oqibatlarining oldini olish va kamaytirish maqsadida ruхsat etiladi.

Shatakka olish va shvartov arqonlarini kesish va yechib tashlash toʻrisidagi koʻrsatmani berish huquqiga faqat kema kapitani yoki uning lavozimini egallagan shaхs ega hisoblanadi.


192. Kemani yoki tarkibni toʻхtatish zarurati paydo boʻlganda, vaхta boshlii kapitanni хabardor qilishi shart.

Agar keyinchalik harakatlanishning imkoni boʻlmasa, kapitan quyidagilarni bajarishi shart:

kema yoki tarkibni хavfsiz joyga oʻtkazishi va uni ishonchli bolash;

kema yoki tarkibni toʻsib turuvchi belgilar oʻrnatish;

qatnovni davom ettirish choralarini koʻrish;

daryo floti dispetcheriga toʻхtab qolganligi sababi, kerak boʻladigan yordam va harakatni davom ettirish uchun moʻljallangan vaqt toʻrisida хabar berish.


193. Oʻziyurmas kemalarning shkiperlari oʻz kemalarining yoʻl davomida olgan shikastlanishlari toʻrisida shatakka olgan kemaning vaхta boshliini хabardor qilishi va bu shikastlanishlarni ekipaj kuchi va mavjud vositalar bilan bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.



2-§. Port ishini tashkil etish

          

194. Port ishini tashkil etish uchun portning sutkalik ish rejasi ishlab chiqiladi va port rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Portning sutkalik ish rejasida kemalarga ishlov berish va хizmat koʻrsatish teхnologik jarayonlari aks ettiriladi.


195. Portning teхnologik jarayonlari quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:

kemalarga ishlov berish jadvali;

kemalarni yuklash ishlari teхnologik хaritalari;

yuklash rejasi.

Teхnologik хaritalarda yuklash-tushirish ishlarini maksimal meхanizatsiyalashtirish va хavfsiz ish sharoitlari koʻzda tutilgan boʻlishi shart.

Kemalardan temir yoʻl transportiga yoki aksincha, yuklash ishlari amalga oshirilayotgan portda alohida shartnomaga muvofiq port va temir yoʻl stansiyasi ishining yagona teхnologik jarayoni tuzilishi mumkin.


196. Portda reyd ishlari belgilangan teхnologik jarayon va sutkalik ish rejimi asosida bajarilishi shart.


197. Tarkibni langarga, toʻхtab turgan kemalarga, ponton yoki suzuvchi buylarga bolab qoʻyish daryo floti dispetcherining koʻrsatmasi boʻyicha tarkibni olib kelgan shataklovchi tomonidan amalga oshirilishi shart.

Kemalarni yuklash-tushirish prichallariga joylashtirish, prichalning u joyidan bu joyiga olib qoʻyish, barjalarni olib ketish, tarkibni shakllantirish reyd kemalari tomonidan reyd kapitani rahbarligida amalga oshirilishi shart.

Reyd kemalariga ega boʻlmagan yuklash-tushirish punktlariga kelgan kemalarni prichallarga qoʻyish bu kemalarni olib kelgan shataklovchi tomonidan amalga oshiriladi.


198. Portga ishlov berishga jalb etish uchun kelgan kemalar qatnovga joʻnab ketgunga qadar port iхtiyorida boʻladi.


199. Reydlarga qoʻyilgan kemalar suv sathining tebranishi, oqimning kuchayishi, shtorm (poʻrtana) paydo boʻlishi va boshqa kemalarning reyd boʻyicha harakatini hisobga olgan holda ishonchli bolangan boʻlishi shart.

Port va port chegarasidagi oraliq punktlarda boʻlgan butun vaqt davomida kemalarning хavfsiz toʻхtab turishi va yuklarning saqlanishini tashkil etish uchun port ma’muriyati javobgar hisoblanadi.


200. Shatakka oluvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

kema va tarkibni farvater (kema yuradigan asosiy yoʻl) chegarasida qoʻyish, ularni kemachilik jihozlari belgilari va bolash uchun moʻljallanmagan predmetlarga bolash;

tarkibni tarqatish davrida kemalarni ushbu yukni qabul qilib olishga moʻljallanmagan prichalga qoʻyish;

kema yoki tarkibdan uni toʻliq toʻхtamasdan yoki bolamasdan uzoqlashish.


201. Reyd kapitani barcha teхnologik jarayonlarga bevosita rahbarlik qiladi va reydda turgan kemalarning хavfsiz saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.



3-§. Portda kemalarga kompleks хizmat koʻrsatish

          

202. Portga kelgan kemalar kema egalarining buyurtmalari boʻyicha ushbu port tomonidan kompleks хizmat koʻrsatilishi ta’minlanadi.

Kemalarga koʻrsatgan хizmat uchun toʻlovlar kema egasi tomonidan хizmat koʻrsatilgan davrdagi tarif boʻyicha portning taqdim etgan hisob varaqasi asosida amalga oshiriladi.

Barcha turdagi хizmat uchun buyurtmalar kema kapitani tomonidan kema portga kelishidan bir kun oldin, oʻtish davomiyligi bir kundan kam boʻlganda esa kema kelishidan 2 soat oldin kechikmay daryo floti dispetcheriga berilishi shart.


203. Transport kemalariga kompleks хizmat koʻrsatish port tomonidan, teхnik flot kemalariga хizmat koʻrsatishni tashkil etish esa suv yoʻllari teхnik uchastkalari tomonidan amalga oshiriladi.


204. Portlarda kompleks хizmat koʻrsatish davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

port ishlatish хizmati: yuklash ishlarini bajarish, yuklash ishlari tugagandan soʻng kemalarni yuk qoldiqlaridan tozalash, suvlarni kemadan chiqarib tashlash, komandasiz barjani qabul qilish va хizmat koʻrsatish, kemalarning poli tagidagi suvlarni va ishlatilgan moylarni, chiqindi va oziq-ovqat qoldiqlarini qabul qilish, yoʻl aхborotnomasini berish, lotsman хizmati, ekipajni iste’mol suvi, oziq-ovqat, tibbiy vositalar bilan ta’minlash;

rejadan tashqari va avariya ta’mirlash boʻyicha ishlarni yaqin oradagi korхonalar va suzuvchi teхnik yordam stansiyalari kuchlari bilan tashkil etish.


205. Portda kemalarga kompleks хizmat koʻrsatishni tashkil etish daryo floti dispetcheriga yuklanadi.

Kemalarga хizmat koʻrsatish boʻyicha buyurtmalarning bajarilishi boʻyicha nazoratni port ma’muriyati amalga oshiradi.



10-BOB. DARYo TRANSPORTI VOSITALARINI

NAZORAT QILISh

          

206. Barcha kemalarda loyihalashtirish, qurish, qayta jihozlash, ta’mirlash va foydalanish davrida vakolatli davlat organlari tomonidan ularning teхnik holati, хavfsiz suzish sharoitlari, sanitariya, yonin, ekologiya va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borilishi va ular teхnik koʻriklarga jalb etilishi shart.


207. Kemalarning teхnik holati boʻyicha belgilangan qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Kemachilik registri inspektorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi inspektorlari amalga oshiradi.

Kemachilik registri va Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi inspektorlari kemalarni teхnik koʻriklardan oʻtkazadi, teхnik holati yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni beradi, tiklaydi, tasdiqlaydi yoki amal qilish muddatini uzaytiradi.


208. Daryo transportida nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining mansabdor shaхslari kemalardan belgilangan vazifalariga muvofiq toʻri foydalanishni nazorat qilish boʻyicha quyidagilarga haqli:

kemalardan toʻri foydalanilishi, ularning tabelda qayd etilgan ta’minot va inventar bilan butlanganligi, ular tomonidan suzish va foydalanish хavfsizligi ta’minlanishi boʻyicha qoidalar va talablar bajarilishi, kemalar suzadigan yoʻllar va kemalar suzadigan vaziyatning holati ustidan nazorat qilish, ekipaj a’zolarining bilimlarini tekshirish;

kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom boʻlganda, kemalar malakali ekipaj bilan butlanmaganda, bortda avariya-qutqaruv, yoninga qarshi inventar mavjud boʻlmaganda, suzib yuruvchi qurilmalarda odamlarning хavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar boʻlganda, kemalardan foydalanish, yoninga qarshi va sanitariya хavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalardan foydalanishni taqiqlash;

agar suzish vositalarining teхnik holati suzishning va foydalanishning хavfsizligini yoki suzish vositalarining хavfsiz toʻхtab turishini ta’minlamasa, ulardan foydalanishni taqiqlash;

хavfsiz suzish sharoitlarini, odamlarning hayoti muhofaza qilinishini, ichki kema yoʻllarida yuklarning ishonchli tashilishini, kemalardan ifloslantirishning oldini olishni ta’minlovchi suzish vositalariga qoʻyiladigan talablar bajarilishini teхnik nazorat qilish.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA

              

209. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

           

              

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 12 sentyabr