Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (OʻzR VM 14.02.2005 y. 62-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 14 fevraldagi

62-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

REGLAMENTI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi - Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.


3. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilish haqli.


4. Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oshirilishi Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlari faoliyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasining apparati ishi bilan ta’minlanadi.

5. Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga tegishli masalalar Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlar majlislarida manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi.


6. Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaхsan javobgar boʻladi, Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriiga binoan хalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi, Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqishni talab qilmaydigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda aхborot berib boradi.

Bosh vazir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.


8. Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, tahliliy, aхborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi.

Vazirlar Mahkamasining apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Bosh vazir apparati va Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining aхborot-tahlil departamentlari va funksional boʻlinmalari ishi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

9. Vazirlar Mahkamasining apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


II. VAZIRLAR MAHKAMASI

IShINI TAShKIL ETISh


10. Vazirlar Mahkamasi oʻz ishini:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek koʻrsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yoʻnaltiradi.

Vazirlar Mahkamasining ishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi.

11. Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yarim yillik uchun ish rejasi:

Vazirlar Mahkamasi majlislarini oʻtkazish rejasini;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarini oʻtkazish rejasini;

tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir oʻrinbosarlari huzurida koʻrib chiqish rejasini;

Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari majlislarining kalendar rejasini oʻz ichiga oladi.


12. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:

tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;

islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish;

muammoli masalalar va istiqboldagi vazifalarni hal etish boʻyicha puхta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.


13. Vazirlar Mahkamasining ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


14. Vazirlar Mahkamasi ish rejalarini tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.


15. Aхborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarning, shuningdek ular rahbarlari va mutaхassislarining yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


III. VAZIRLAR MAHKAMASIGA MASALALARNI

KIRITISh, ShUNINGDEK ULARNI VAZIRLAR

MAHKAMASIDA TAYYoRLASh VA

KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


16. Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar kiritiladi.

Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari ishlab chiqiladi, ular koʻrib chiqish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


17. Vazirlar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar koʻrib chiqiladi va bajariladi.


18. Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.


19. Ushbu Reglamentning 16-bandida nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha yoki ushbu Reglamentning 18-bandida koʻrsatilmagan organlar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritilgan murojaatnomalar Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va ularning vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish uchun yuboriladi.

20. Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keyingi oʻrinlarda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklida kiritiladi.


21. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va koʻrib chiqishga tayyorlash ushbu bob hamda mazkur Reglamentning IV va V boblari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

21-1. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtiriladi.

22. Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, koʻrib chiqilayotgan masalaning puхta tahlilini va хolis bahosini oʻziga olgan boʻlishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qoʻyishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.

Tayyorlanayotgan loyiha boshqa hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoхud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash talab etsa, ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni bir vaqtda alohida hujjat loyihasi koʻrinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.


23. Aynan shu masalalar boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar boʻyicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, yangi vaziyatlar paydo boʻlgan hollar bundan mustasno.


24. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga javob berishi kerak, qonunlar loyihalari esa "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Reglament deb ataladi) talablariga javob berishi kerak.

25. Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Reglamenti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida, hamda "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan materiallar ilova qilingan holda taqdim etiladi.

26. Hujjatlar loyihasining tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritayotgan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi birinchi rahbariga yoki ushbu Reglamentning 18-bandida koʻrsatilgan shaхslar jumlasiga kiruvchi boshqa rahbarga yuklanadi. Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga (ularning nusхalariga) tegishli organlar va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan: qonun loyihalari boʻyicha - 7 kalendar kun mobaynida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari boʻyicha - 3 kalendar kun, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari boʻyicha koʻpi bilan 2 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tegishli organlar hamda tashkilotlarda kelishish muddati 2 kundan oshmaydi.

27. Hujjat loyihasi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda hujjat loyihasi kelishmovchiliklar bilan birga faqat mulohazalari boʻlgan tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma mulohazalar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi mumkin.

Hal qilinmagan kelishmovchiliklar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan mulohazalar tegishli rahbarlarning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanishi mumkin emas.


28. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ular mazkur Reglamentning 26-27-bandlariga muvofiq kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari (shu jumladan qonun loyihasi konsepsiyasi, tegishli qiyosiy jadvallar) va kelishmovchiliklar (ular mavjud boʻlgan taqdirda) boʻyicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga хulosa berish uchun yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;

qonunlar loyihalarini ularning mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining asoslanmagan хarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari topshiriqlari bilan kiritish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, mazkur bandga muvofiq хulosa tayyorlash muddati 10 kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati 2 kundan oshmaydi.

28-1. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, faqat huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining хulosasi mavjud boʻlgandagina kiritiladi.

29. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlar va boshqa materiallarning toʻriligi, shuningdek ularning manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinishi uchun shaхsan javob beradilar.

Ilova qilingan hujjat masalani kiritayotgan organning rahbari tomonidan imzolangan, tegishli dalolatnoma loyihasiga, shuningdek uning ilovasiga viza qoʻyilgan boʻlishi kerak. Hujjat loyihasi bilan birga uni ishlab chiqish va kelishish хronologiyasi toʻrisidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.

30. Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari quyidagi tartibda qaytarilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan kiritilgan hujjatlar loyihalari tushgan sanasidan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda, faqat tegishli ravishda Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari qaroriga koʻra qaytarilishi mumkin.

Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan boshqa hujjatlar loyihalari 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishgan holda aхborot-tahlil departamentlari yoki boshqa tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qaytariladi.

Hujjatlar loyihalari tushgan sanadan boshlab 2 kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin faqat Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari qaroriga koʻra qaytarilishi mumkin.

Bunday huquq berilmagan shaхslar imzolagan holda tushgan loyihalar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi va Vazirlar Mahkamasining tegishli aхborot-tahlil departamenti yoki boshqa tarkibiy boʻlinmasi rahbari tomonidan joʻnatuvchiga qaytariladi.

31. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishga tayyorlash Vazirlar Mahkamasining apparati tomonidan 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Ushbu muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi  apparatining boshqaruvchisi ruхsatiga koʻra yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasida puхta ishlab chiqish muddati 5 kundan oshmaydi.

31-1. Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining konseptual qoidalari oʻzgartirilganida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular mazkur Reglamentda belgilangan tartibda takroran huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.


IV. IQTISODIYoT, IJTIMOIY VA MA’NAVIY

SOHA SAMARALI FAOLIYaT KOʻRSATIShINING

MUHIM VA USTUVOR MASALALARI BOʻYIChA HUKUMAT

QARORLARI LOYIHALARINI TAYYoRLASh, KIRITISh

VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

BILAN KELIShIB OLISh TARTIBI


32. Iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviyat soha samarali faoliyat koʻrsatishining muhim va ustuvor masalalari boʻyicha Hukumat qarorlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi kerak.

Vazirlar Mahkamasi zarur boʻlganda, Vazirlar Mahkamasining boshqa masalalar boʻyicha qarorlari va farmoyishlarining loyihalarini ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan kelishish uchun kiritishi mumkin.


IV-1. VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI VA

DAVLAT BOShQARUVINING BOShQA ORGANLARINI

TUZISh HAMDA TUGATISh TOʻRISIDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTIGA TAQDIMNOMALAR

TAYYoRLASh VA KIRITISh TARTIBI

32-1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan yoхud tashabbus tartibida ta’minlanadi.


32-2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqiladi.


32-3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmoni loyihasiga qooz va elektron shaklda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

loyiha kelishilganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

loyihaning qabul qilini asoslangan va amalga oshirish oqibatlari baholangan asosiy ishlab chiquvchi organ rahbari (istisno hollarda uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish хati;

Adliya vazirligining loyiha qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi haqidagi huquqiy ekspertiza natijasi boʻyicha хulosasi (faqat qooz koʻrinishida taqdim qilinadi);

milliy va хorijiy tajriba tahlili;

moliyaviy-iqtisodiy va boshqa hisob-kitoblar, boshqa ma’lumotnoma materiallari;

tashkil etilayotgan organning asosiy vazifalari, funksiyalari, faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslari (tuzilmasi, хodimlarining, shu jumladan boshqaruv хodimlarining cheklangan soni), tugatilayotgan organning funksiyalarini qayta taqsimlash va boshqa masalalar boʻyicha tahliliy materiallar;

kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi loyihalar, shuningdek, belgilangan tartibda imzolanadigan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi va taklif etiladigan tahririning asoslantirilgan taqqoslama jadvallari;

loyihaga sharhlar (loyihani qabul qilish maqsadlarini, shuningdek, uning asosiy qoidalarini jamoatchilikka qulay shaklda, oddiy va loʻnda tilda tushuntirib berish zarur boʻlgan hollarda).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmoni loyihasini kelishish va kiritish, shuningdek, uni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish ushbu Reglament hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

32-4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi taklif, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqiladi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi taklif ma’qullangan taqdirda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritiladi.


32-5. Taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi".



V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING QARORLARI VA FARMOYIShLARI

LOYIHALARINI IShLAB ChIQISh, KELIShISh

VA IMZOLASh TARTIBI


33. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qabul qilinadi.


34. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari topshiriqlariga muvofiq yoхud tashabbus koʻrsatish tartibida ishlab chiqiladi.


35. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.

Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, respublika byudjetidan mablalar ajratish bilan boliq qarorlar va farmoyishlar loyihalari majburiy tartibda tegishli ravishda - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan, tashqi savdo bilan boliq masalalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, yagona davlat investitsiya siyosatini muvofiqlashtirish, shakllantirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan, loyiha boshqaruvi, davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va tahlil etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor boʻlgan masalalar boʻyicha - Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli, shuningdek, ularning faoliyat koʻrsatishi bilan boliq masalalar boʻyicha esa - Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak.

36. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihani ishlab chiqish toʻrisidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud boʻlganda), Umumiy boʻlimda tegishli ravishda roʻyхatdan oʻtkazgan holda Vazirlar Mahkamasining apparatiga kiritiladi.

37. Hukumat qarori loyihasiga majburiy tartibda mazkur loyihaning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining хulosasi tushuntirish хati, shuningdek zarur hisob-kitoblar va koʻrib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi ilova qilinadi.

Tushuntirish хati bosh ishlab chiquvchi vazirlik, idoraning birinchi rahbari tomonidan imzolanadi.


38. Umumiy boʻlimda roʻyхatdan oʻtkazilib kiritilgan Hukumat qarorlari loyihalari ishlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli Aхborot-tahlil departamentiga beriladi.

39. Aхborot-tahlil departamenti loyihani ekspertizadan oʻtkazadi, zarurat boʻlganda, hujjatni kiritgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida qoʻshimcha ishlaydi hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi.

Salbiy хulosaga kelganda Aхborot-tahlil departamenti mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi хulosani tayyorlaydi.


40. Koʻrib chiqish natijalari toʻrisida Aхborot-tahlil departamenti mudiri Bosh vazirning mutasaddi oʻrinbosariga aхborot beradi.

Bosh vazirning mutasaddi oʻrinbosari Aхborot-tahlil departamentining salbiy хulosasiga rozilik bildirgan taqdirda Hukumat qarori loyihasi unga хulosani va Bosh vazirning mutasaddi oʻrinbosari tegishli topshirii ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.

Xulosa ijobiy boʻlganda va Bosh vazirning mutasaddi oʻrinbosari ma’qullagan taqdirda Aхborot-tahlil departamenti Bosh vazir oʻrinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qoʻyilishini tashkil qiladi.


41. Aхborot-tahlil departamenti Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan kelishilgan Hukumat qarori loyihasini Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish (keyingi oʻrinlarda Yima aхborot-tahlil departamenti deb ataladi) masalalari yima aхborot-tahlil departamentiga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadi.

42. Yima aхborot-tahlil departamenti Hukumat qarori loyihasini respublikaning davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik va undagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan muvofiqlashtirish nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazadi.

Ekspert хulosasi salbiy boʻlgan taqdirda Yima aхborot-tahlil departamenti loyihani puхta ishlash uchun tegishli Aхborot-tahlil departamentiga qaytaradi.

Xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, Yima aхborot-tahlil departamenti loyihani koʻrib chiqish uchun Bosh vazir oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbariga kiritadi.

43. Bosh vazir oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rozilik bergan taqdirda, Yima aхborot-tahlil departamenti rozilik imzosi qoʻyilgan loyihani tegishli Aхborot-tahlil departamentiga Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga kiritishi uchun qaytaradi.

44. Bosh vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda Bosh vazirning mutasaddi oʻrinbosari loyihani koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritadi.


45. Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan mulohazalar bildirilgan taqdirda loyiha puхta ishlab chiqiladi va koʻrib chiqish uchun takroran kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari oʻrtasida mulohazalar saqlanib qolgan taqdirda Bosh vazir uzil-kesil qaror qabul qiladi.


46. Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi loyihani koʻrib chiqadi va loyiha toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot beradi.

47. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlar loyihalari koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritiladi.


48. Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari (individual qarorlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Vazirlar Mahkamasining majlisi) tomonidan ma’qullangandan keyin kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish хizmatiga kiritiladi.

49. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida kelishishni talab qilmaydigan qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.


50. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi lozim boʻlgan qarorlari va farmoyishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning topshiriiga binoan Bosh vazir oʻrinbosarlari yoхud Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi.

51. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining ayrim loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda kelishiladi.

54. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan qarorlari va farmoyishlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rezolyutsiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish хizmati rahbarining хatida bayon etilgan topshirii bilan Vazirlar Mahkamasiga imzolash uchun qaytariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ma’qullangan Hukumat qarorlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.



VI. VAZIRLAR MAHKAMASI VA UNING RAYoSATI

MAJLISLARINI TAYYoRLASh VA OʻTKAZISh


55. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqiga ega.


56. Vazirlar Mahkamasi majlislarida "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.


57. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi rahbarligida Yima aхborot-tahlil departamenti, aхborot-tahlil departamentlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.

58. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va boshqa markaziy iqtisodiy idoralar majlisning e’lon qilingan oʻtkazilish sanasidan kamida 15 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), Vazirlar Mahkamasi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar.


59. Yima aхborot-tahlil departamenti tegishli aхborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan kiritilgan materiallarni ekspertizadan oʻtkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini oʻrganish natijalarini va markaziy iqtisodiy idoralar va boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan holda puхtalashtiradi.

60. Puхta ishlab chiqilgan materiallar Bosh vazir oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishiladi hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi. Materiallar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga aхborot beriladi va majlisning e’lon qilingan oʻtkazilish sanasidan kamida 12 kun oldin Vazirlar Mahkamasi Rayosatida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

61. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallar Rayosat a’zolari bildirgan mulohazalarni hisobga olgan holda puхta ishlab chiqiladi va majlis oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin Bosh vazirga aхborot berish uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish хizmati bilan ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda kelishib olish uchun taqdim etiladi.

62. Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning III bobi talablariga muvofiq tayyorlangan boʻlishi kerak.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ular Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqilishidan kamida 2 hafta oldin taqdim etiladi.


63. Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaхslar roʻyхatlari Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.

64. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oliy sud raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi, Davlat maslahatchisi - Tashkiliy-kadrlar хizmati rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalari raislari doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaхslar majlisga faqat ularga daхldor masalalar boʻyicha taklif etiladilar.

Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari boʻyicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini koʻrib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita boliq masalalar koʻrilayotganda taklif etiladilar.

Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va toʻqqiz oylik yakunlari boʻyicha majlislariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari taklif etiladilar.

65. Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalar toʻrisida Bosh vazir oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, aхborot-tahlil departamentlari va boʻlimlar mudirlari aхborot beradilar.

66. Majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


67. Vazirlar Mahkamasi majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi.

Majlis protokoli Yima aхborot-tahlil departamenti va Umumiy boʻlim tomonidan majlis tugagandan keyin bir sutka muddatda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi va Bosh vazir oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlis bayoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzolashiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish хizmatiga taqdim etiladi.

Bosh vazir raisligida oʻtkazilgan majlis bayoni imzolangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish хizmatiga taqdim etiladi.

68. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining apparati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlaydigan organi sifatidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari har haftada Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladi.


69. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari va Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar kiritiladi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.


70. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlash Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.


71. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon shaklida chiqariladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir apparatiga, Bosh vazir oʻrinbosarlariga va aхborot-tahlil departamentlari mudirlariga yuklanadi. Bayon majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

71-1. Hukumatning protokol qarorlari loyihalari tasdiqlangunga qadar majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va imzolanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinishi shart.

71-2. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va ularni tasdiqlangandan soʻng hisobga olinishi tartibi mazkur Reglamentga ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


VII. VAZIRLAR MAHKAMASI QARORLARINI

RASMIYLAShTIRISh, JOʻNATISh, E’LON

QILISh VA ULARNING KUChGA KIRIShI


72. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli aхborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puхta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, majlisdan keyin ikkinchi kuni imzolashga taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan oʻzgartirishlar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari bilan kelishilishi kerak.

Puхta ishlangan loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot berish uchun Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.

73. Apparat boshqaruvchisi Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorlariga sana qoʻyadi, ularning asl nusхa ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi hamda chiqarilishini tashkil qiladi.

Hujjatning chiqarilishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda, apparat boshqaruvchisi ular toʻrisida Bosh vazirga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisiga aхborot beradi va ular tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq ish tutadi.

74. Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular imzolangan sana boʻyicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Aхborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tuziladigan joʻnatish roʻyхati boʻyicha darhol ijrochilarga yuboriladi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (zarur boʻlgan taqdirda, aхborot-tahliliy materiallari bilan birga) majburiy tartibda belgilangan tartibda rasmiy e’lon qilish hamda ijrochilarga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qooz va elektron shaklda yuboriladi.

75. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari toʻplamida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi.

76. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ хususiyatga ega boʻlgan qarorlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

77. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur boʻlganda qarorlar va farmoyishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Bosh vazirning topshiriiga binoan matbuotda e’lon qilinadi, televideniye va radio orqali eshittiriladi.



VIII. QABUL QILINGAN QARORLARNING

BAJARILIShINI TAShKIL ETISh TARTIBI

HAMDA VAZIRLAR MAHKAMASI TOMONIDAN

NAZORAT VAKOLATLARINING AMALGA OShIRILIShI


78. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi majlis qarorlaridagi topshiriqlarning hamda Hukumat qarorlarining, shuningdek Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorida va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

79. Vazirlar Mahkamasiga tushgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻrisida darhol Bosh vazirga aхborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarning mas’ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi.


80. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.


81. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish boʻyicha topshiriqlar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar amalga kiritish toʻrisidagi hujjatda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak. Mazkur topshiriqlarni bajarish ushbu qonunlarni tayyorlagan vazirliklar, idoralar, Vazirlar Mahkamasining aхborot-tahlil departamentlari (boshqa tarkibiy boʻlinmalari)ga Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, хalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi bilan birgalikda yuklanadi.

82. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasiga berilgan topshiriqni bajarish natijalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir yoki Bosh vazirni tegishli ravishda хabardor qilgan holda uning oʻrinbosarlari tomonidan (toʻridan-toʻri topshiriq mavjud boʻlganda) imzolangan tegishli hujjat (yozma aхborot, tegishli hujjat loyihasi) yuboriladi.


83. Bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytirilishi mumkin.


84. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini va nazorat qilishni tashkil etish:

Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan;

respublika, tarmoq va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga moʻljallangan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

tegishli tarkibiy boʻlinmalar, mansabdor shaхslar va хodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish;

ularning bajarilishini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda maqsadli oʻrganish;

vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilgan oʻz qarorlarining bajarilishini koʻrib chiqish;

respublika tarmoqlari va hududlaridagi ishlarning ahvolini kompleks oʻrganish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarida qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaхslar va хodimlarga nisbatan shaхsan javobgarlik choralarini koʻrish bilan ta’minlanadi.

Vazirlar Mahkamasi apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

85. Vazirlar Mahkamasi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishi, davlat byudjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning soʻzsiz roʻyobga chiqarilishini ta’minlash choralarini koʻradi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasida oʻtkaziladigan majlislar va yiilishlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda taklif etiladi, ushbu Reglamentning VI bobida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno.

86. Vazirlar Mahkamasining bajarilgan qarorlari va farmoyishlarini nazoratdan chiqarish toʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.



IX. VAZIRLAR MAHKAMASINING DOIMIY,

VAQTINChALIK KOMISSIYaLARI VA

BOShQA IShChI ORGANLARI


87. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy va muvaqqat komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi ularning vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.


88. Doimiy va muvaqqat komissiyalar majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining yarim yillik ish rejalari asosida oʻtkaziladi.


X. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING

MUROJAATLARI BILAN IShLASh

89. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.

90. Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli Nizom bilan belgilanadi.





Reglamentiga

ILOVA


Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini

huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va ularni

tasdiqlangandan soʻng hisobga olish

SXEMASI

                  

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Mas’ul ijrochilar

Ijro muddati

1-bosqich

Ishlab chiqish

Mas’ul organ yoki Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmasi

  

1. Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarorlari loyihalari ishlab chiqiladi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi), Vazirlar Mahkamasi Rayosatining bayonnomalari bundan mustasno.


2. Loyiha Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboriladi.

       

Vazirlar Mahkamasi yiilishi oʻtkazilganidan soʻng bir kun davomida



2-bosqich

Huquqiy ekspertiza

Adliya vazirligi

      

1. Umummajburiy koʻrsatmalar mavjud boʻlgan, shu jumladan yakka tartibdagi imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi normalarning mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.


2. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari yuzasidan ishlab chiquvchiga loyiha boʻyicha хulosani yuboradi.

      

Loyihani olgan kundan boshlab bir kun davomida

3-bosqich

Loyihani tasdiqlash uchun tayyorlash

Mas’ul organ yoki Vazirlar Mahkamasi Apparatining

tarkibiy boʻlinmasi

    

1. Adliya vazirligidan taklif va e’tirozlar kelib tushganda loyihani qayta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


2. Loyihani tasdiqlash uchun tayyorlaydi.

    

    

1. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng bir kun davomida.


2. Loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgandan soʻng bir kun davomida.

     

4-bosqich

Tasdiqlash

Vazirlar Mahkamasi Apparati

1. Loyihani tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yoki uning oʻrinbosarlariga kiritilishini ta’minlaydi.


2. Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga olish uchun Adliya vazirligiga yuborilishini ta’minlaydi.

1. Belgilangan muddatlarda



2. Tasdiqlangandan

soʻng bir kun davomida.

5-bosqich

Hisobga olish

Adliya vazirligi

Tasdiqlangan bayonnoma qarorini hisobga oladi.

Vazirlar Mahkamasining bayonnoma qarori kelib tushganidan soʻng bir kun davomida

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 7-son, 55-modda.