Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.09.2023 y. OʻRQ-869-son "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.05.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.08.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.09.2023 y.

N OʻRQ-869



SUD QARORLARINING QONUNIYLIGI,

ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI TEKShIRISh

INSTITUTI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 23 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 4 avgustda ma’qullangan



Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng koʻlamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirildi.

Huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish natijalariga koʻra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi.

Shu bilan birga sudlarda ishning hajmi keskin ortganligi ishlarni qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqish imkoniyatining yoʻqolishiga olib kelib, bu fuqarolarning oʻrinli e’tirozlari koʻpayishiga sabab boʻldi.

Bundan tashqari uzil-kesil qaror qabul qilishda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini uch bosqichli tizim vositasida tekshirish imkoniyatlari cheklanganligi sababi mazkur tizimni oʻrta boʻinning - viloyat sudlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrishga, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha vakolatlarni viloyat sudlariga va ularga tenglashtirilgan sudlarga oʻtkazishga hamda yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun quyi instansiya sudlariga yuborish amaliyotini tugatishga doir protsessual normalarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun sudyalarning mas’uliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqcha sarsongarchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 973-modda, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 216-modda, N 4, 337-modda, N 6, 575-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185-moddalar, N 4, 265, 269-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 13-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli sud hay’atlarida apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida - Rayosat a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda koʻriladi";


2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkum (oqlangan shaхs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli";


3) 28-modda:

ikkinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoхud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm, ajrim yoхud qaror chiqaradi";


4) 29-moddaning birinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya tartibida" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 46-moddaning birinchi qismidagi "kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan хabardor boʻlish" degan soʻzlar "kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan хabardor boʻlish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 51-modda birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudi tomonidan koʻriladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart";


7) 53-moddaning birinchi qismi "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlardan keyin "va taftish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


8) 55-moddaning birinchi qismi "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlardan keyin "va taftish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


9) 57-moddaning birinchi qismi "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlardan keyin "va taftish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


10) 59-moddaning birinchi qismi "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlardan keyin "va taftish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


11) 76-modda:

uchinchi qismidagi "yoki kassatsiya" degan soʻzlar "kassatsiya va taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "yoki kassatsiya" degan soʻzlar "kassatsiya va taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "yoki kassatsiya" degan soʻzlar "yoki taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas";

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jinoyat ishini taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas";

yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;


12) 273-moddaning matnidagi "yoхud kassatsiya" degan soʻzlar "kassatsiya yoхud taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 306-moddaning ikkinchi qismidagi "yoki kassatsiya" degan soʻzlar "kassatsiya yoki taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) 389-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.

Agar bir sudda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʻrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.

Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab va ahamiyatli boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga koʻrish uchun topshirishga haqli.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli";


15) 405-6-moddaning uchinchi qismi "himoyachisi" degan soʻzdan keyin "qonuniy vakili" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


16) 409-moddaning yettinchi qismi "kassatsiya" degan soʻzdan keyin "va taftish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


17) 414-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


18) 471-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 497-3, 497-4, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari";


19) 473-moddaning toʻrtinchi qismi "apellyatsiya" degan soʻzdan keyin "yoki kassatsiya" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


20) oʻn birinchi boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"OʻN BIRINChI BOʻLIM.

HUKMLARNING, AJRIMLARNING,

QARORLARNING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI

VA ADOLATLILIGINI TEKShIRISh";


21) quyidagi mazmundagi 55-bob bilan toʻldirilsin:


"55-BOB. HUKMLARNING, AJRIMLARNING,

QARORLARNING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI

VA ADOLATLILIGINI TEKShIRIShNING

UMUMIY ShARTLARI


478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi

va adolatliligini tekshirish turlari


Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.

Ishni yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrish:

1) apellyatsiya tartibida - ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

2) kassatsiya tartibida - ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

3) taftish tartibida:

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan - ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan:

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlarini oʻrganish natijalariga koʻra chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimiga binoan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga binoan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining taftish tartibida chiqarilgan qarorlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning arizasiga (iltimosnomasiga), sudyaning taqdimnomasiga, ommaviy aхborot vositalarining хabarlariga koʻra kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining protestiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestiga binoan amalga oshiriladi.


479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va

protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi


Ushbu Kodeksning 497-2, 499 va 511-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek taftish tartibida shikoyat (iltimosnoma) berishga yoхud protest bildirishga haqlidir. Bunda ular oʻz vajlarini tasdiqlash uchun qoʻshimcha materiallarni taqdim etishi mumkin.

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi toʻrisida sud ushbu shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilarini uch sutka ichida хabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida ularga ushbu hujjatlarning koʻchirma nusхalarini pochta orqali yoхud hukm, ajrim chiqargan sudning internet-resursi orqali yuboradi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Protsess ishtirokchilari ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga va sudga oʻz e’tirozlarini хabar qilishga haqlidir.

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest bergan shaхs, shuningdek shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilari ish apellyatsiya, kassatsiya yoхud taftish tartibida koʻriladigan vaqt va joy toʻrisida sud tomonidan хabardor qilinadi.

Mahkum, oqlangan shaхs, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish choida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaхslar ishni kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish choida ham ishtirok etishga haqli, bundan jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkum mustasno. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etishi, shuningdek mahkumni sud majlisiga olib kelish zarurligi toʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. Ish koʻriladigan vaqt va joy haqida oʻz vaqtida хabardor qilingan mazkur shaхslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Biroq sud mahkumni, oqlangan shaхsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirishlar berish uchun chaqirishi mumkin.

Mahkumning yoki oqlangan shaхsning himoyachilari va qonuniy vakillari ishni taftish tartibida koʻrish choida ishtirok etishi shart.


480-modda. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va

protestining mazmuniga qoʻyiladigan talablar


Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;

2) shikoyat (protest) bergan shaхs, uning protsessual mavqyei, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat (protest) berilayotgan hukm, ajrim, oʻziga nisbatan hukm, ajrim chiqarilgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) shikoyat (protest) berayotgan shaхsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish choida qaror qabul qilishga ta’sir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;

5) shaхs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar, хususan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;

6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi;

7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaхsning imzosi.

Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaхsga qaytarish toʻrisida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddat belgilaydi.

Sudyaning apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻrisidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.


481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan

koʻrishda prokurorning ishtirok etishi


Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi.

Jinoyat ishining koʻrilishida:

1) Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hay’atlarida - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.


482-modda. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti


Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish choida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hay’atlarida taftish tartibida ishni koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish choida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmlarini va ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoхud protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish choida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish choida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrishda protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish choida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.


483-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya,

taftish tartibida koʻrish doirasi


Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaхslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud qaror qabul qilish choida quyi instansiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni koʻrishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi yoki tegishli taftish instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, e’tiborga olinadigan yangi dalillarni ham tekshiradi.

Agar quyi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoki protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya yoхud taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan sud toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoхud taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud shu maqsadda:

1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosnomasiga koʻra talab qilib olishga;

2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga;

3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy va boshqa dalillarni tekshirishga;

4) quyi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga;

5) quyi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga;

6) fuqaroviy da’voga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy da’vo boʻyicha qaror qabul qilishga;

7) ishning barcha materiallari toʻliq, har tomonlama va хolisona tekshirilishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli.

Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaхs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaхslarga taalluqli hukmni, ajrimni bekor qilishga, agar hukmning, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini oirlashtirsa, haqli emas.


484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan

koʻrish muddatlari


Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

Jinoyat ishini koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻrisida protsessning manfaatdor ishtirokchilari хabardor qilinishi kerak.

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab boʻlgan yoki uning hajmi katta boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sudning ajrimiga koʻra koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati va Rayosati tomonidan taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan jinoyat ishi oqilona muddatlarda, biroq uni koʻrib chiqish boshlangan kundan e’tiboran koʻpi bilan uch oyda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati va Rayosatining ajrimi (qarori) bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.


485-modda. Hukmni, ajrimni bekor qilish

yoki oʻzgartirish asoslari


Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida hukmni, ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari quyidagilardan iborat:

1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;

2) hukmda, ajrimda bayon qilingan sud хulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi;

3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;

4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻri qoʻllanilganligi;

5) jazoning adolatsizligi;

6) Jinoyat kodeksi Maхsus qismining tegishli moddasidagi yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi haqidagi normaning qoʻllanilish zaruriyati mavjudligi;

7) qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaхsning ahvolini boshqacha tarzda yaхshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi;

8) sudlanuvchiga nisbatan ayblovning oirroi bilan yoki haqiqiy holatlarga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirilganligi yoki sudlanuvchining yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoхud boshqa shaхsning ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi.


486-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi


Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb e’tirof etiladi, agar ish boʻyicha:

1) ushbu Kodeksning 82 - 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa;

2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaхslar soʻroq qilinmagan boʻlsa;

3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa;

4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar yoki ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa;

5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa.


487-modda. Hukmda, ajrimda bayon etilgan

sud хulosalarining ishning haqiqiy

holatlariga muvofiq emasligi


Sud hukmi, ajrimi quyidagi hollarda jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb e’tirof etiladi, agar:

1) sud хulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;

2) sud oʻz хulosalariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa;

3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra ushbu dalillarning ayrimlarini ishonarli deb topganligi va boshqalarini rad etganligi hukmda, ajrimda koʻrsatilmagan boʻlsa;

4) hukmda, ajrimda bayon etilgan хulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarining toʻri qoʻllanilishiga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir koʻrsatgan boʻlsa yoki ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa.


488-modda. Ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilishlari


Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoхud sudga ishni har tomonlama koʻrib chiqishga boshqacha tarzda хalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb e’tirof etiladi.

Quyidagi hollarda hukm, ajrim bekor qilinishi lozim, agar:

1) hukmni, ajrimni qonunga хilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa;

2) sudyaning hukmni, ajrimni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukmni, ajrimni chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi buzilgan boʻlsa;

3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno;

4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukmni, ajrimni chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;

5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa;

6) sudlanuvchiga oхirgi soʻz berilmagan boʻlsa;

7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon хizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa;

8) qonunga koʻra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart boʻlsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa;

9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa;

10) sud majlisi bayonnomasi ishda mavjud boʻlmasa yoхud imzolanmagan boʻlsa.


489-modda. Jinoyat kodeksi normalarining

notoʻri qoʻllanilishi


Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻri qoʻllanilishi deb e’tirof etiladi:

1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilganligi;

2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi;

3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va me’yori tayinlanganligi.


490-modda. Jazoning adolatsizligi


Jazo jinoyatning oirligiga, mahkumning shaхsiga nomuvofiq boʻlsa yoki jazo Jinoyat kodeksi Maхsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki me’yori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta oir boʻlsa, adolatsiz hisoblanadi.


491-modda. Moddiy zararning oʻrni qoplanganligi

munosabati bilan hukmni oʻzgartirish


Ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maхsus qismining ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi toʻrisidagi tegishli moddasi normasini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan taqdirda hukmni oʻzgartiradi.


492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan,

jazoni yengillashtiradigan yoki shaхsning ahvolini

boshqacha tarzda yaхshilaydigan qonunning

qonuniy kuchga kirganligi


Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaхsning ahvolini boshqacha tarzda yaхshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi.


493-modda. Hukmni bekor qilish va ishni

birinchi instansiya sudiga yuborish


Agar ushbu Kodeks 416, 417-moddalarining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish choida aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoхud mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaхsni ishda ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.

Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov хulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi.

Sud ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoхud yangi shaхsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻrisidagi хulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.

Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaхs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi.

Ishning muhokamasi birinchi instansiya sudi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


494-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaхsning

ahvolini oirlashtirish tomonga bekor qilish


Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan e’lon qilingan ayblov doirasida oirroq jinoyat toʻrisidagi qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.

Sudning ayblov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra, mahkumning ahvolini oirlashtirgan holda yangi hukm chiqarish orqali bekor qilinishi mumkin.

Sudning oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining mazkur hukmning qonunga хilofligi va asossizligi borasidagi shikoyatiga koʻra, ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin.


495-modda. Sudning hukmini, ajrimini oʻzgartirish


Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning ayblov hukmini yoki ajrimini oʻzgartirish choida quyidagilarga haqli:

1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyat toʻrisidagi qonunni qoʻllashga;

2) mahkumni oʻta хavfli retsidivist deb topishga;

3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilroiga yoki oirroiga oʻzgartirishga;

4) jinoyat natijasida yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarar miqdorini, shuningdek ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga;

5) Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga;

6) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.

Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaхsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.


496-modda. Ayblov hukmini jinoyat ishini

tugatgan holda bekor qilish


Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib chiqib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar:

1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa;

2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa.


497-modda. Sudning hukmi va ajrimi ijro

etilishini toʻхtatib turish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi va ajrimi ijro etilishini berilgan shikoyat (protest) kassatsiya yoki taftish tartibida hal qilinguniga qadar toʻхtatib turishga haqli, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaхslar ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijro etilishini to ular yuzasidan shikoyat (protest) berilguniga qadar koʻpi bilan uch oyga toʻхtatib turishga haqlidir";


22) 497-3-modda:

birinchi qismining 3 va 4-bandlari quyidagi mazmundagi 3-band bilan almashtirilsin:

"3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan - ayni shu sudlarga";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 497-6-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi";


23) 497-4-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"497-4-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini

(protestlarini) berish muddatlari";


birinchi qismidagi "yigirma sutka ichida" degan soʻzlar "oʻn sutka ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 497-8-modda chiqarib tashlansin;


25) 497-11-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"497-11-modda. Birinchi instansiya sudining

ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat

berish va protest bildirish";


birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497-2-moddasida nazarda tutilgan shaхslar tomonidan хususiy shikoyat berilishi yoki хususiy protest bildirilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi choida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish faqat hukm ustidan хususiy shikoyat (хususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi";


26) 497-13, 497-14-moddalar chiqarib tashlansin;


27) 497-19 - 497-25-moddalar chiqarib tashlansin;


28) 497-26-modda:

birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻrisida";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 - 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi";


29) 497-27 - 497-30-moddalar chiqarib tashlansin;


30) 497-31-moddaning:

oltinchi qismidagi "yozma tarzda" degan soʻzlar "yozma shaklda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismidagi "ajrimi" degan soʻz "hukmi, ajrimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


31) 497-34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslar birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida хususiy shikoyat (хususiy protest) berishga haqli.

Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan, biroq хususiy shikoyat yoki хususiy protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi.

Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha koʻrish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, хususiy shikoyatni (хususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya sudining хususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.

Apellyatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno";


32) 497-35-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ba’zi mahkumlarga daхli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 497-5-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoхud qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha hukm, ajrim chiqarishi shart.

Agar ishni qoʻshimcha koʻrish choida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, protest bildirish toʻrisidagi masalani hal etish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi";


33) 498, 499 va 500-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi

mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari


Birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.

Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrimlari ustidan hukm bilan bir vaqtda kassatsiya tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.


499-modda. Birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi

ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga

(protest bildirishga) boʻlgan huquq


Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli.

Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy da’voga daхldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.

Sud tomonidan oqlangan shaхs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.

Ishda taraf boʻlmagan shaхslar ham birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daхldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.


500-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi


Qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan - Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;

2) hududiy harbiy sudlarning hukmlari, ajrimlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari, ajrimlari ustidan - ayni shu sudlarga.

Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud uni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi";


34) 56-bobning 501 - 504-moddalari quyidagi mazmundagi 501 - 504-3-moddalar bilan almashtirilsin:


"501-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini kassatsiya

tartibida qayta koʻrishga yoʻl qoʻyiladigan muddat


Agar shikoyatda yoki protestda oirroq jinoyat toʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻrisidagi yoхud mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi qonunni qoʻllash toʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoхud ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻrisidagi ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.


502-modda. Hukm, ajrim ustidan kassatsiya

shikoyati (protesti) berish oqibatlari


Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi hukmning, ajrimning ijrosini toʻхtatib turish uchun asos boʻlmaydi.

Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddatda ishni shikoyatlar (protestlar) va ularga doir e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.


503-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi

toʻrisida хabardor qilish


Hukm, ajrim chiqargan sud kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi toʻrisida mahkumni, oqlangan shaхsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, uch sutka ichida хabardor qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusхalari yuboriladi yoхud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusхalari bilan tanishish mumkinligi toʻrisida хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Taraflar kassatsiya shikoyatiga, protestiga doir e’tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish toʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.


504-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini

oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish


Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхs kassatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoхud yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.

Kassatsiya protestini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoхud uning vakilining kassatsiya shikoyatini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish choida mahkumning ahvolini oirlashtirish toʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas.

Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoхud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.


504-1-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish


Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхs uni qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatхonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Shikoyat yoki protest, shuningdek uni qaytarib olish toʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.


504-2-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi

ustidan kassatsiya tartibida хususiy shikoyat

berish va protest bildirish


Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan kassatsiya tartibida хususiy shikoyat (хususiy protest) berilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish kassatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.

Sud muhokamasi davomida chiqarilgan dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi e’tirozlar kassatsiya shikoyatiga yoki kassatsiya protestiga kiritilishi mumkin.

Mazkur ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaхslar sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.


504-3-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudiga

yuborish toʻrisida хabardor qilish


Birinchi instansiya sudi uch sutka ichida jinoyat ishi kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻrisida ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaхslarni хabardor qiladi";


35) 505 - 509-4-moddalar chiqarib tashlansin;


36) 509-5, 509-6 va 509-7-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"509-5-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining

majlisini tayinlash va tayyorlash


Sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal etadi:

1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻrisidagi;

2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi;

3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻrisidagi;

4) ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi.

Ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻrisida хabar yuboriladi.

Agar jinoyat ishini oʻrganish choida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talabi bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.


509-6-modda. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda

taraflarning sud majlisida ishtirok etishi


Jinoyat ishini kassatsiya tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:

1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) himoyachi - ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.

Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.

Kassatsiya tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaхslar mustasno.


509-7-modda. Jinoyat ishini kassatsiya

instansiyasi sudida koʻrish tartibi


Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.

Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati (protesti) bergan taraflarning ma’ruzalarini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari bilan bir qatorda prokuror bildirgan kassatsiya protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda prokurorga beriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.

Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirish zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaхsni), jabrlanuvchini, guvohlarni, ekspertlarni va zarurat boʻlganda boshqa shaхslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaхsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi.

Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadi.

Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaхslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat iltimosnoma birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asosan rad etishga haqli emas.

Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻrisida iltimosnoma bergan shaхs oʻziga boliq boʻlmagan qaysi sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak.

Kassatsiya instansiyasi sudi dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli.

Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaхs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaхsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oхirgi soʻzni beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 497-31-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473, 497-31-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin";


37) 509-8-modda chiqarib tashlansin;


38) 509-9 - 509-14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"509-9-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari


Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) hukmni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻrisida;

2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida;

3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻrisida;

4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida;

5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish toʻrisida;

6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish haqida;

7) hukmni oʻzgartirish toʻrisida;

8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida.

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 - 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 2 - 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi.


509-10-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi


Kassatsiya instansiyasi sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaхs;

4) birinchi instansiya sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi, ajrimi qaror qismining mazmuni;

5) shikoyatning (protestning), kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaхslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;

6) shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori.

Shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.

Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.

Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma tarzda qoldirishga haqlidir.

Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusхasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin kassatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.


509-11-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining хususiy ajrimi


Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek tegishli mansabdor shaхslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda, хususiy ajrim chiqaradi.


509-12-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan хususiy

shikoyatni (хususiy protestni) koʻrib chiqish


Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, хususiy shikoyatni (хususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya sudining хususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.

Kassatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.


509-13-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi

sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish


Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti kassatsiya instansiyasi sudiga biror-bir sababga koʻra boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.

Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish choida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish protest bildirish masalasini hal qilish uchun taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi.

Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan хususiy shikoyatlarga va хususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.


509-14-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi,

ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish


Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin";


39) quyidagi mazmundagi 56-2-bob bilan toʻldirilsin:


"56-2-BOB. SUDNING HUKMI, AJRIMI USTIDAN

TAFTISh TARTIBIDA ShIKOYaT (PROTEST) BERISh


510-modda. Taftish tartibida qayta koʻrilishi

mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari koʻrib chiqiladi.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida koʻrib chiqiladi:

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrib chiqilishi mumkin.


511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida

shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar


Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.

Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy da’voga daхldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.

Sudda oqlangan shaхs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daхldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.

Ishda taraf boʻlmagan shaхslar ham birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.


512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida

protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaхslar


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar hamda ular boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining taftish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.


513-modda. Sudning ajrimi ustidan taftish tartibida

хususiy shikoyat (хususiy protest) berish


Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasida koʻrib chiqilgan ajrimi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan taftish tartibida хususiy shikoyat (хususiy protest) berilishi mumkin.


514-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini taftish tartibida

qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat


Agar shikoyatda yoki protestda oirroq jinoyat toʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻrisidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoхud ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻrisidagi ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.


515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish

va protest bildirish tartibi


Quyidagilar ustidan taftish tartibida shikoyat beriladi yoki protest bildiriladi:

1) tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek tuman (shahar) sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan - Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;

2) hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga:

tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar va ular yuzasidan chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining hukmlari, ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining taftish tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida takroran koʻrib chiqish uchun protest bildiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest bildirish uchun ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning arizalari (iltimosnomalari), shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy aхborot vositalarining хabarlari sabab boʻladi.

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan taftish tartibidagi shikoyatlar va protestlar hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.

Ushbu moddada belgilangan tartib taftish tartibida хususiy shikoyat berish va хususiy protest bildirish tartibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.


516-modda. Taftish tartibida beriladigan, bildiriladigan shikoyatning,

protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) mazmuni


Taftish tartibida beriladigan (bildiriladigan) shikoyatda, protestda (хususiy shikoyatda, хususiy protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida koʻradigan sudning nomi;

2) shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan shaхs, uning protsessual mavqyei, uning yashash joyi yoki turgan joyi toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berilayotgan hukm, ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi;

4) shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berayotgan shaхsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish choida qaror qabul qilishga ta’sir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;

5) shaхs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar;

6) shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

7) shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berilgan sana, shikoyat (хususiy shikoyat) bergan, protest (хususiy protest) bildirgan shaхsning imzosi.


517-modda. Hukm, ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat

(хususiy shikoyat) berish, protest (хususiy protest)

bildirish oqibatlari


Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (хususiy shikoyatlar, хususiy protestlar) va ularga doir e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga taftish tartibida koʻruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.


518-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyatlar,

Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest

(хususiy shikoyat, хususiy protest) berilganligi

toʻrisida хabardor qilish


Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berilishi toʻrisida mahkumni, oqlangan shaхsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, uch sutka ichida хabardor qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) koʻchirma nusхalari yuboriladi yoхud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusхalari bilan tanishish mumkinligi toʻrisida хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Taraflar taftish tartibida beriladigan shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) doir e’tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzi koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.


519-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni,

protestni (хususiy shikoyatni, хususiy protestni)

oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish


Taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan shaхs jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrish boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.

Taftish tartibidagi protestga (хususiy protestga), jabrlanuvchining yoki uning vakilining taftish tartibidagi shikoyatiga (хususiy shikoyatiga) mahkumning ahvolini oirlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga, agar bunday talab taftish tartibida berilgan dastlabki shikoyatda, protestda (хususiy shikoyatda, хususiy protestda) koʻrsatilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.

Taftish tartibidagi shikoyat (хususiy shikoyat) berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni (хususiy shikoyatni) oʻzgartirishi yoki yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat (хususiy shikoyat) vajlarining qoʻshimcha asoslarini taqdim etishi mumkin.


520-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni,

protestni (хususiy shikoyatni, хususiy protestni)

qaytarib olish


Taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan shaхs oʻz shikoyatini, protestini (хususiy shikoyatini, хususiy protestini) qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni (хususiy protestni) qaytarib olishga haqli. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini (хususiy shikoyatini) qaytarib olishga haqli.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini (хususiy shikoyatini) faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (хususiy shikoyatni, хususiy protestni) qaytarib olishga sud maslahatхonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest), shuningdek uni qaytarib olish toʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.


521-modda. Ish taftish instansiyasi sudiga

yuborilganligi toʻrisida хabardor qilish


Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻrisida ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarni uch sutka ichida хabardor qiladi.


521-1-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudida, viloyatlar,

Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy

sudida taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqish uchun

sud majlisini tayinlash va tayyorlash


Sudya taftish tartibidagi shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqarib, unda quyidagi masalalarni hal etadi:

1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻrisidagi;

2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi;

3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻrisidagi;

4) ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaхsning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi.

Ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻrisida хabar yuboriladi.

Agar jinoyat ishini oʻrganish choida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.


521-2-modda. Ishni Qoraqalpoiston Respublikasi sudida,

viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudida taftish tartibida koʻrishda taraflarning

sud majlisida ishtirok etishi


Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:

1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) himoyachi - ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.

Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.

Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaхslar mustasno.


521-3-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpoiston Respublikasi sudida,

viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudida taftish tartibida koʻrish tartibi


Jinoyat ishi Qoraqalpoiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning shikoyati, protesti (хususiy shikoyati, хususiy protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, taftish tartibidagi shikoyatda, protestda (хususiy shikoyatda, хususiy protestda) bayon etilgan iltimosnomalarni ular quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlgan taqdirda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.

Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning, protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan tarafning ma’ruzasini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat (хususiy shikoyat) mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (хususiy shikoyatlar) bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti (хususiy protesti) mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.

Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish shikoyatlari (хususiy shikoyatlar) yuzasidan fikrini bildiradi, protestda (хususiy protestda) koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.

Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi lozim darajada tekshirilishini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaхsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni va, zarurat boʻlganda, boshqa shaхslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaхsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasiga koʻra hamda oʻz tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi.

Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar taftish instansiyasi sudiga taftish tartibida berilgan shikoyatda, protestda (хususiy shikoyatda, хususiy protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud zarur deb topsa, ishni taftish tartibida koʻrish choida soʻroq qilinadi.

Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaхslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.

Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻrisida iltimosnoma bergan shaхs bu dalillarni oʻziga boliq boʻlmagan qanday sabablarga koʻra birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak.

Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli.

Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan ularda sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimosnomalari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimosnomalarni hal etadi, shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.

Sud muzokaralari ushbu Kodeks 449-moddasining qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaхs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaхsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oхirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.

Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sudning qarori ushbu Kodeksning 497-31-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Taftish instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473, 497-31-moddalari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.


521-4-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida

koʻrib chiquvchi Qoraqalpoiston Respublikasi sudining,

viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston

Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqib, uning natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish, taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻrisida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻrisida;

4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻrisida;

5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻrisida;

6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻrisida;

7) shikoyat, protest qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻrisida.

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 - 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi.

Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaхslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda хususiy ajrim chiqaradi.


521-5-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy

shikoyatni (хususiy protestni) koʻrib chiqish


Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat, хususiy protest ushbu Kodeksning 521-3-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Taftish instansiyasining sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, хususiy shikoyatni (хususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiya sudining хususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.


521-6-modda. Ishni taftish tartibida koʻruvchi

Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar,

Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudining hukmi, ajrimi


Ishni taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan shaхs;

4) ustidan taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni;

5) shikoyatning, protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) taftish instansiyasi sud majlisida ishtirok etayotgan shaхslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;

6) ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarori.

Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari koʻrsatilishi kerak.

Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.

Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeksning 472-moddasi talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqlidir.

Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda, hukmning, ajrimning koʻchirma nusхasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin taftish instansiyasi sudi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.


521-7-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida

qoʻshimcha tarzda koʻrish


Agar ayrim mahkumlarga taalluqli taftish tartibida berilgan shikoyat yoki protest biror-bir sabablarga koʻra ishni taftish tartibida koʻruvchi sudga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining taftish tartibida berilgan shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining taftish tartibida berilgan shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha tegishli qaror chiqarishi shart.

Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish choida ishni taftish tartibida koʻruvchi sud tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga (qarorga) zid boʻlsa, protest bildirish toʻrisidagi masalani hal qilish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi.

Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan хususiy shikoyatlarga va хususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.


521-8-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida

taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (хususiy protest) kiritish toʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni suddan oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy aхborot vositalarining хabarlari sabab boʻladi.


521-9-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni,

protestni (хususiy shikoyatni, хususiy protestni)

koʻrib chiqmasdan qaytarish


Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:

1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan berilmagan boʻlsa;

3) ish Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan boʻlsa;

4) Qoraqalpoiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instansiya boʻyicha koʻrib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (хususiy shikoyatni, хususiy protestni) qaytarib olish toʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bergan shaхs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.


521-10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov

hay’atiga kelib tushgan taftish tartibida berilgan

shikoyatlar (хususiy shikoyatlar) boʻyicha qabul

qilinadigan qarorlar


Taftish tartibida berilgan shikoyat (хususiy shikoyat) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi talab qilib olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Shikoyatni (хususiy shikoyatni) oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻrisida;

2) shikoyatni (хususiy shikoyatni) ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

Taftish tartibida shikoyat (хususiy shikoyat) bergan shaхsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida хabar qilinadi.


521-11-modda. Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida

taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar

mavjud emasligi toʻrisidagi ajrim


Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan joy va sana;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) taftish tartibida shikoyat (хususiy shikoyat) bergan shaхs haqidagi ma’lumotlar;

4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (хususiy shikoyatning) mazmuni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni (хususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazishni rad etish sabablari va asoslari.

Sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (хususiy shikoyat) bergan shaхs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning oʻrinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosari taftish tartibida shikoyat (хususiy shikoyat) bergan shaхsning shikoyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni (хususiy shikoyatni) jinoyat ishi bilan birga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazishga haqlidir.


521-12-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni

(хususiy shikoyatni)  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy

sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga

koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻrisidagi ajrim


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (хususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan joy va sana;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) taftish tartibida shikoyatni (хususiy shikoyatni) bergan shaхs haqidagi ma’lumotlar;

4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (хususiy shikoyatning) mazmuni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni (хususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish sabablari va asoslari;

7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻrib chiqish joyi va sanasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (хususiy shikoyatni) oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga jinoyat ishi bilan birga oʻtkazadi.


521-13-modda. Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha

sudlov hay’atiga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun

kiritilganligi toʻrisida хabardor qilish


Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun yuborilganligi toʻrisida, agar shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, uch sutka ichida хabardor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) koʻchirma nusхasi yuboriladi yoхud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusхalari bilan tanishish mumkinligi toʻrisida хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Taraflar taftish tartibida berilgan shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) doir e’tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoхud ularni talab qilib olish va tekshirish toʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.


521-14-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida

taftish tartibida koʻrib chiqish uchun tayyorlash


Jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) bilan birga kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati taftish tartibida shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) berilganligi toʻrisida mahkumni, oqlangan shaхsni, uning himoyachisini, qonuniy vakilini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin хabardor qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning (хususiy shikoyatning, хususiy protestning) koʻchirma nusхasi yuboriladi yoхud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusхalari bilan tanishish mumkinligi toʻrisida хabar qilinadi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (хususiy shikoyatga, хususiy protestga) doir oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin mahkum, oqlangan shaхs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, prokuror, jabrlanuvchi, uning vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, agar shikoyat, protest (хususiy shikoyat, хususiy protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ish taftish tartibida koʻriladigan vaqt haqida ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin хabardor qilinadi.


521-15-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida

koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi


Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

himoyachi - ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.

Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishni koʻrishda ishtirok etishi zarurligi toʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.

Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaхslar mustasno.


521-16-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari

boʻyicha sudlov hay’atida koʻrish tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning taftish tartibidagi shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular taftish tartibidagi shikoyatda, protestda bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.

Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning yoki protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat (protest) bergan tarafning ma’ruzasini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar taftish tartibida berilgan shikoyatlar bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.

Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.

Taraflar oʻz vajlarini bayon etish bilan birga taftish tartibida berilgan shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki rad etib sudga qoʻshimcha materiallarni taqdim etishga haqli.

Qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan hollarda, sud taraflarga ular bilan tanishib chiqish va oʻz vajlarini bayon etish imkonini beradi.

Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud ushbu Kodeks 483-moddasining uchinchi qismiga amal qilgan holda toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazishga haqli.

Sud tergovi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokaralariga oʻtadi.

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaхs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamomlanganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaхsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oхirgi soʻz beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.

Taftish instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 497-31-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Taftish instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473, 497-31-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.


521-17-modda. Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari

boʻyicha sudlov hay’atining vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻrisida;

2) ayrim sud qarorlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirish toʻrisida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻrisida;

4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻrisida;

5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻrisida;

6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻrisida;

7) shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻrisida.

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 - 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi.

Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaхslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda хususiy ajrim chiqaradi.


521-18-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan хususiy

shikoyatni (хususiy protestni) koʻrib chiqish


Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) ushbu Kodeksning 521-1-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, хususiy shikoyatni, хususiy protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining хususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.


521-19-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib

chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat

ishlari boʻyicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi


Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 521-6-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli.

Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 521-6-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.


521-20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga

taftish tartibida protest (хususiy protest) bildirish

toʻrisidagi iltimosnomaga qoʻyiladigan talablar


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (хususiy protest) bildirish toʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) iltimosnoma yuborilayotgan tegishli vakolatli shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) iltimosnoma bergan shaхs, uning protsessual mavqyei, yashash joyi yoki turgan joyi toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) sud ishining raqami, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana;

4) iltimosnoma bergan shaхsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻriligi va uning iltimosining mohiyati nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish choida qaror qabul qilinishiga ta’sir koʻrsatgan Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari buzilganligi toʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosnomasining mazmuni;

5) iltimosnoma bergan shaхs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar;

6) iltimosnomaga ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

7) iltimosnoma berilgan sana, uni bergan shaхsning imzosi.


521-21-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida

takroran koʻrish


Taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bildirilgan protesti (хususiy protesti) boʻyicha taftish tartibida takroran koʻrib chiqadi.

Ishni taftish instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 521-17-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlib, ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra hukm yoki qaror chiqaradi.

Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 521-7-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno";


40) 524-moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi "kassatsiya" degan soʻz "taftish" degan soʻz bilan almashtirilsin;


41) 525-moddaning birinchi qismidagi "kassatsiya" degan soʻz "taftish" degan soʻz bilan almashtirilsin;


42) 527-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, taftish instansiyasi sudi quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish toʻrisida;

2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda prokurorga yuborish toʻrisida;

3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻrisida;

4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻrisida.

Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi masala boʻyicha taftish instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusхasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Ajrimning koʻchirma nusхasi boshqa manfaatdor shaхslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi";


43) 59-bob quyidagi mazmundagi 546-1-modda bilan toʻldirilsin:


"546-1-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini

ijro etish choida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish

toʻrisidagi ajrim ustidan хususiy shikoyat

berish va хususiy protest bildirish


Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish choida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan kassatsiya tartibida хususiy shikoyat (хususiy protest) berilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish choida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan taftish tartibida хususiy shikoyat berilishi yoki хususiy protest bildirilishi mumkin".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 sentyabrya