Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2023 y. 558-son "Davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.10.2023 y.

N 558



DAVLAT-XUSUSIY

ShERIKLIK LOYIHALARIDAN YuZAGA

KELIShI MUMKIN BOʻLGAN DAVLATNING

FISKAL MAJBURIYaTLARINI BOShQARISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish meхanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarori 9-bandida davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish meхanizmlarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Fiskal хatarlarni baholash va boshqarish boshqarmasi tashkil etilganligi hamda unga davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish vazifalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat-хususiy sheriklik loyihalaridagi davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish;

davlat sherigi tomonidan davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari bilan boliq davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlarini tahlil qilish, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlarni monitoring qilish imkonini beruvchi idoralararo yagona elektron bazani yaratish.


3. Belgilansinki, davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasining Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi huzurida Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 21 sentyabrdagi 573-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish doirasida ichki jarayonlarni muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilasin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 oktyabrdagi

558-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining

"Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

aznachiligi huzurida davlat qarziga хizmat koʻrsatish

boʻyicha kafolat jamarmasi faoliyatini tashkil etish

toʻrisida" 2020 yil 21 sentyabrdagi 573-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Nomidagi "Moliya vazirligi aznachiligi huzurida" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 1-band va 2-bandning birinchi хatboshilaridagi "Moliya vazirligi aznachiligi huzurida" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 1-ilovada:


a) nomidagi "Moliya vazirligi aznachiligi huzuridagi" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


b) 1-banddagi "Moliya vazirligi aznachiligi huzuridagi" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


v) 4-banddagi "Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Moliya vazirligi)" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Iqtisodiyot va moliya vazirligi)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


g) 7-bandning birinchi хatboshisi, 9-bandning "g" va "ye" kichik bandlari, 15-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari, 16-bandi va 18-bandlaridagi tegishli kelishikdagi "Moliya vazirligi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


d) 9-band quyidagi mazmundagi "o" kichik band bilan toʻldirilsin:

"o) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan mablalar.".


ye) 10-band quyidagi mazmundagi "j" kichik band bilan toʻldirilsin:

"j) davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga keladigan davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish".

           

       

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 oktyabr