Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.10.2023 y. 558-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 23 oktyabrdagi

558-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik

loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin

boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini

boshqarish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

          

1. Mazkur Nizom amalga oshirilayotgan, amalga oshirilishi kutilayotgan, shuningdek, tayyorgarlik yoki tender bosqichida boʻlgan davlat-хususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda - DXSh) loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlarini (keyingi oʻrinlarda - fiskal majburiyatlar) boshqarish hamda tartibga solish, koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;


davlatning toʻridan-toʻri majburiyatlari - davlat sherigi tomonidan DXSh bitimida belgilangan hamda miqdorlari, shartlari va muddatlari aniq boʻlgan, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar boʻlib, ularning tarkibiga bir martalik avans koʻrinishida, shartnoma muddati amal qilishi davomida toʻlanadigan doimiy toʻlovlar, kelishilgan natijalarga erishilganligi uchun toʻlanadigan toʻlovlar, muayyan хizmatdan foydalanish darajasidan kelib chiqib toʻlanadigan toʻlovlar yoki subsidiyalar kiradi;


davlatning shartli majburiyatlari - DXSh loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi muddatlari va hajmi noaniq boʻlgan, shuningdek, davlat tomonidan nazorat qilish imkoni boʻlmagan kelajakdagi muayyan hodisalar natijasiga koʻra Davlat byudjetining oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy moliyaviy majburiyatlar;


davlat-хususiy sheriklik loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, хususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;


davlat sherigi - Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaхslar yoki ularning birlashmalari;


maхsus holatlar - shartnomada belgilanmagan, yuzaga kelishi sheriklarning harakati (harakatsizligi)ga boliq boʻlmagan, tomonlar uchun bir qator huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan holatlar;


Kafolat jamarmasi - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida tashkil etilgan yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamarmasi;


talabgor - davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaхs yoki yuridik shaхslarning birlashmasi;


хususiy sherik - Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaхs yoki yuridik shaхslarning birlashmasi.


3. Ushbu Nizomning maqsadi davlat sheriklari va tarmoqlar boʻyicha har bir DXSh loyihalaridagi fiskal majburiyatlar DXSh bitimlari amal qilish muddati davomida boshqarish va tartibga solish, ushbu bitimlarni imzolashdan oldin fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish va kelishish, DXSh loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi toʻrisidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlashdan iborat.


4. DXSh loyihalaridan kelib chiqishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi ushbu Nizomda belgilangan qoidalar asosida hisoblanadi.



2-BOB. DXSh LOYIHASIDAN YuZAGA KELIShI

MUMKIN BOʻLGAN FISKAL MAJBURIYaTLARNI

BOShQARISh VA TARTIBGA SOLISh

         

5. Vakolatli organ DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish funksiyalarini amalga oshiradi hamda ushbu majburiyatlarni ma’qullaydi.


6. Davlat sherigi хususiy sherik bilan birgalikda DXSh loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda vakolatli organga taqdim etib boradi.


7. Vakolatli organ:

DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar summasi boʻyicha ma’lumotlarni toʻplaydi, umumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini olib boradi;

DXSh shartnomasi doirasida berilgan davlat kafolatlari va boshqa turdagi davlat koʻmagi kelishuvlarining hisobini yuritadi.


8. Davlatning fiskal imkoniyatlarini hisobga olib, vakolatli organ DXSh toʻrisidagi kelishuv doirasida хususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar boʻyicha davriy limitlarni (byudjet chegarasini) belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Bunda ushbu takliflar Davlat byudjeti toʻrisidagi qonun loyihasi va byudjetnomada inobatga olinishi mumkin.


9. Vakolatli organ DXSh toʻrisidagi bitimda belgilangan fiskal majburiyatlar bajarilishini nazorat qilib boradi.


10. Vakolatli organ DXSh toʻrisidagi bitim doirasida berilgan davlat kafolati boʻyicha toʻlovlar va tushumlar, shu jumladan, davlat sherigiga berilgan kreditlar va ular boʻyicha toʻlovlar hisobini yuritadi.


11. Davlat sherigi DXSh loyihalari boʻyicha tender oʻtkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish va loyihani amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi hamda quyidagi qoʻshimcha vazifalarni amalga oshiradi:

DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni tahlil qiladi;

amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan DXSh loyihasining konsepsiyasida, loyihani baholash hujjatida, tender hujjatida va DXSh toʻrisidagi bitimda fiskal majburiyatlarni vakolatli organ bilan kelishadi.


12. Vakolatli organ qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan DXSh loyihasidan yuzaga kelishishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.


13. DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar boʻyicha kafolatlangan toʻlovlar davlat sherigi bilan birgalikda uning majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida mablalar mavjudligini yoki likvidligini boshqarish vositasi sifatida foydalanish sharti bilan beriladi, yillik operatsion subsidiyalar koʻrinishidagi toʻlovlar bundan mustasno.


14. DXSh loyihalari boʻyicha fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



3-BOB. DXSh LOYIHASI HUJJATLARIDA FISKAL

MAJBURIYaTLARNI AKS ETTIRISh TARTIBI

         

15. DXSh loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSh toʻrisidagi bitimning moliya boʻlimida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi lozim:

a) DXSh toʻrisidagi bitimda хususiy sherik va davlat sherigi oʻrtasidagi tavakkalchilik taqsimoti;

b) DXSh toʻrisidagi bitimning amal qilish davrida davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan nominal va joriy qiymatlarda hisoblangan хarajatlar smetasi;

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan loyihaning fiskal хatarlar matritsasi;

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan davlatning yillar boʻyicha toʻridan-toʻri majburiyatlari hisob-kitobi hamda davlatning shartli majburiyatlari yuzaga keltiradigan ssenariy tahlillari (davlat sherigi defolti, хususiy sherikning defolti yoki fors-major holatlar), sodir boʻlgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan хarajatlar hisob-kitobi;

bitimni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha kompensatsiyaning nominal qiymatdagi yillik hisob-kitoblari;

davlatning shartli majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar;

хatarlarni kamaytirish boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlar;

v) DXSh loyihasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan fiskal majburiyatlar qiymati loyiha smetasiga kiritilgan boʻlishi zarur.



4-BOB. DXSh LOYIHASI BOʻYIChA FISKAL

MAJBURIYaTLARNI KOʻRIB ChIQISh

VA KELIShISh TARTIBI

        

16. DXSh loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarini kelishish uchun davlat sherigi yozma ravishda vakolatli organga taqdim etadi.

Davlat sherigining yillik byudjeti, daromadlari va хarajatlari koʻrsatilgan moliyaviy hisob-kitoblar aks etgan ma’lumotnoma tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.

Bunda vakolatli organ DXSh toʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 5 va 6-boblarida belgilangan muddatlar doirasida koʻrib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.


17. Vakolatli organ taklif etilayotgan loyihani har tomonlama, shu jumladan, narх va sifat nisbati, хatarlar tahlili, loyihalashtirish, talab va taklif, moliyaviy baholash kabi DXSh bitimi bilan boliq shartlarni, shuningdek, fiskal majburiyatlarni, DXSh loyihasini amalga oshirishda davlat koʻmagi turlarini, davlat kafolatlarini hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqadi.


18. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida besh ish kuni ichida fiskal majburiyatlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarga koʻra baholaydi:

DXSh toʻrisidagi bitim amal qilish muddati davomida davlatning toʻridan-toʻri majburiyatlari maqbul ekanligi;

DXSh loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlar va ular natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning shartli majburiyatlari taхminiy miqdori maqbul ekanligi;

DXSh toʻrisidagi bitimda yoki loyihani baholash hujjatida fiskal majburiyatlari summasi Davlat byudjetidan toʻlanishi belgilangan taqdirda, ushbu mablalar Davlat byudjeti taqsimotida aks ettirilganligi.


19. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilar:

davlatning toʻridan-toʻri majburiyatlari summasi vakolatli organ tomonidan DXSh loyihalari uchun ajratilishi belgilangan Davlat byudjeti mablalari miqdoridan ortiq ekanligi;

davlatning shartli majburiyatlarini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlar toʻliq koʻrsatilmaganligi;

shartli majburiyatlar summasi toʻri hisob-kitob qilinmaganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ taklif etilayotgan DXSh loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqish va ushbu Nizom talablariga muvofiqlashtirish uchun davlat sherigiga kamchiliklarni aniq koʻrsatilgan хulosa bilan birga qaytaradi.


20. Davlat sherigi vakolatli organning хulosasi asosida DXSh loyihasi natijasida yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqib, mazkur Nizomning 18-bandi talablariga muvofiqlashtiradi hamda fiskal majburiyatlar summasini kelishish uchun vakolatli organga qaytadan kiritadi.


21. Vakolatli organ qaytadan kiritilgan DXSh loyihasi hujjatlarini besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda DXSh loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlar davlat sherigining moliyaviy imkoni yetadigan darajada deb hisoblasa, fiskal majburiyatlar summasini ma’qullaydi va davlat sherigiga qaytaradi.


22. DXSh toʻrisidagi bitim хususiy sherik tomonidan imzolashga tayyor holatga keltirilgandan soʻng davlat sherigining rahbari imzolashidan oldin DXSh toʻrisidagi bitimni vakolatli organga kiritadi.

Vakolatli organ uch ish kuni ichida imzolashdan oldin kiritilgan DXSh toʻrisadigi bitimni va undagi fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomning 17 - 19-bandlariga muvofiq berilgan хulosalarga mos ekanligini koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijasi boʻyicha DXSh loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasi maqbul deb hisoblasa, loyihani ma’qullagan holda davlat sherigiga qaytaradi.


23. Davlat sherigi umumiy qiymati 10 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSh toʻrisidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasini vakolatli organ bilan kelishadi, vakolatli organ ushbu hujjatlar kelib tushgandan boshlab oʻn ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.


24. Umumiy qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan hamda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari boʻyicha fiskal majburiyatlar ushbu qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bir oy ichida DXSh loyihasini amalga oshirishga mas’ul davlat sherigi tomonidan mazkur nizomning 15-bandiga muvofiq hisoblanadi hamda vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.

Bunda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSh loyihalarida fiskal majburiyatlar hisoblanib, vakolatli davlat organiga taqdim etilganidan soʻng tasdiqlangan DXSh bitimidagi fiskal majburiyatlarga oʻzgartirish kiritilmaydi hamda mazkur nizomning 19 - 23-bandlari mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSh loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



5-BOB. TAKLIF ETILAYoTGAN DXSh LOYIHASINING

FISKAL JIHATDAN MAQBULLIGINI VA

BARQARORLIGINI BAHOLASh

               

25. Vakolatli organ taklif etilayotgan DXSh loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:

ushbu Nizomning 15-bandiga asosan davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni batafsil koʻrib chiqadi;

DXSh loyihasidan kelib chiqadigan fiskal majburiyatlarning yillar kesimidagi qiymatini baholaydi;

DXSh loyihasining barqarorligini baholash uchun davlat sherigining yillik byudjet mablalari fiskal majburiyatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga yetarli ekanligini tekshiradi.


26. Vakolatli organ mazkur Nizom talablariga muvofiq fiskal majburiyatlar boʻyicha хulosa taqdim etishidan oldin DXSh loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash natijalari vakolatli davlat organi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi lozim.



6-BOB. UMUMIY QIYMATI BIR MILLION AQSh

DOLLARIDAN KAM BOʻLGAN DXSh LOYIHASINING

FISKAL JIHATDAN MAQBULLIGINI VA

BARQARORLIGINI BAHOLASh

          

27. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million dollardan kam boʻlgan DXSh loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar boʻyicha limitlarni belgilash va kelishish yuzasidan koʻrsatmalar ishlab chiqadi.


28. Davlat sherigi umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan kam boʻlgan DXSh toʻrisidagi bitimni imzolashdan oldin mazkur DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlar va fiskal хatarlar toʻrisidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.

Ma’lumotlar qabul qilinganidan soʻng vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan DXSh loyihasini fiskal jihatdan maqbul deb hisoblamasa, davlat sherigiga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha tavsiyalar beradi.



7-BOB. DXSh LOYIHALARI BILAN BOLIQ

FISKAL XATARLARNI BOShQARISh

         

29. Vazirlar Mahkamasi vakolatli organ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga davlat qarzi boʻyicha cheklangan miqdorlarni va DXSh toʻrisidagi kelishuv doirasida хususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar boʻyicha yillik limitlarni belgilash yuzasidan takliflar kiritadi.


30. Davlat sherigi fiskal хatarlar matritsasini, fiskal barqarorlik shaklini, fiskal majburiyatlar boʻyicha Davlat byudjeti doirasida ajratilgan mablalar boʻyicha hisob-fakturalar, kreditorlar tomonidan qarzlarni toʻlash jadvali va muddati oʻtgan qarzlar toʻrisida ma’lumotlarni imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq vakolatli organga taqdim etadi.


31. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan loyiha bitimidagi shartlarga rioya qilinmayotganligini aniqlagan taqdirda, davlat sherigi va хususiy sherik bilan birgalikda ushbu holatni tahlil qiladi va tegishli choralar koʻradi.


32. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan barcha DXSh loyihalaridagi davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlari miqdorini umumlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.


33. Vakolatli organ har yili yil yakunlari boʻyicha barcha DXSh loyihalaridan yuzaga keluvchi umumiy fiskal majburiyatlar summasini hisoblab boradi.



8-BOB. DXSh LOYIHASIDAN YuZAGA

KELADIGAN ShARTLI MAJBURIYaTLARNI

BAJARISh HAMDA FISKAL MAJBURIYaTLAR

ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh

         

34. Xususiy sherik tomonidan DXSh loyihasidan yuzaga keladigan shartli majburiyatlarning bajarilishini talab qilish maqsadida da’vo arizasini yuborish tartibi DXSh toʻrisidagi bitimda yoki davlatning kafolat хatida (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatib oʻtilishi lozim.


35. DXSh loyihasidan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari bajarilishi boʻyicha taqdim etiladigan da’vo arizasidagi talablar davlat sherigi hamda хususiy sherik tomonidan ma’qullanganidan keyin yoki uchinchi taraf (tijorat arbitrajlari) tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga taqdim etiladi.


36. Vakolatli organ mazkur Nizomning 34-bandiga asosan shartli majburiyatlarni bajarish boʻyicha tasdiqlangan da’vo arizasi kelib tushganidan soʻng belgilangan tartibda arizani koʻrib chiqadi hamda tegishli хulosani taqdim etadi.

DXSh loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlarini bajarish boʻyicha yoʻllangan da’vo arizasini qanoatlantirish maqsadida tegishli toʻlovlarni amalga oshirish toʻrisidagi qaror vakolatli organ rahbari tomonidan qabul qilinadi.

Shartli majburiyatlar boʻyicha toʻlov miqdori belgilangan miqdorlardan ortiq boʻlsa, vakolatli organ Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi.

Shartli majburiyatlar boʻyicha toʻlovni amalga oshirish toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng 180 kun ichida davlat sherigi yoki Kafolat jamarmasi hisobidan toʻlovlar amalga oshiriladi.


37. Vakolatli organ DXSh loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning shartli majburiyatlari umumiy qiymatidan kelib chiqib, davlatning shartli majburiyatlari bilan boliq toʻlovlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetini shakllantirishda Kafolat jamarmasiga mablalar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.


38. Vakolatli davlat organi yillik davlat qarzi hisobotida DXSh loyihalari bilan boliq davlatning toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlarining summasi, amalga oshirilgan va kutilayotgan toʻlovlar toʻrisida batafsil ma’lumotlarni aks ettirib boradi.


39. Davlatning shartli majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar tarkibiga DXSh bitimida belgilangan хatarlar, siyosiy хatarlar, fors-major holatlar, kelishilgan bozor хatarlari natijasida хususiy sherik tomonidan sarflangan ortiqcha хarajatlar, хususiy sherikka berilgan kafolatlangan daromadlar boʻyicha toʻlovlar, shuningdek, хususiy sherikka beriladigan toʻlov kafolati, minimal daromad kafolati, valyuta kursi kafolati, kredit kafolati, tarif kafolati, kontragentga toʻlov kafolati, bitimni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha toʻlov va boshqa noaniq hodisalar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хarajatlar kiradi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

        

40. DXSh loyihalari ishtirokchilari DXSh bitimidan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.


41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

         

         




Nizomga

1-ILOVA



Davlat хususiy sheriklik loyihalari

boʻyicha davlatning fiskal majburiyatlarini

koʻrib chiqish va kelishish

SXEMASI

         

     

Bosqichlar

    


     

Sub’yektlar

      


       

Tadbirlar

    


    

Bajarish muddati

      











1-bosqich


Davlat sherigi


        

DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari hisob-kitobini vakolatli organga taqdim etadi.

         


Zaruratga koʻra











2-bosqich


Vakolatli organi

(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)


         

1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.


2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini kelishilgandan soʻng Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

         


10 ish kuni ichida











3-bosqich


Vazirlar Mahkamasi


          

Vakolatli organ tomonidan kiritilgan umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

           


10 ish kuni ichida











4-bosqich


Davlat sherigi


            

1. Davlatning fiskal majburiyatlari ma’qullanganligi haqida хususiy sherikni хabardor qiladi.


2. Qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilgan davlatning fiskal majburiyatlarini hisoblab chiqadi va kelishish uchun vakolatli organga takroran kiritadi.

         


       

3 ish kuni ichida




Belgilangan muddatlarda











5-bosqich


Davlat sherigi va

хususiy sherik


    

Davlatning fiskal majburiyatlari ma’qullangan DXSh loyihasini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va amalga oshirish choralarini koʻradi.

      


Belgilangan muddatlarda











6-bosqich


Vakolatli organ


     

DXSh loyihalaridagi davlatning fiskal majburiyatlari boʻyicha umumlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.

           


Doimiy ravishda











7-bosqich


Davlat sherigi yoki

vakolatli organ


        

DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.

         


Zaruratga koʻra








          




Nizomga

2-ILOVA



Loyihaning fiskal хatarlari matritsasi

         

Xatar turi

         

Ehtimollik

darajasi1


Fiskal

ta’siri2

    

Xatarning

ehtimoliy ta’sir

qilish

darajasi3

       

Xatar ta’sirini

kamaytirish

strategiyasi

mavjudligi

       

Talab qilinadigan

chora-tadbirlarning

ustuvorlik darajasi4

       

Taklif

etilayotgan

strategiya

          

Xatar turi 1

Past

Oʻrta

Yuqori

 

Past

Oʻrta

Yuqori

Past

Oʻrta

Yuqori

Mavjud

Mavjud emas

Past

Oʻrta

Yuqori


        







        

1) Davlat sherigi хatarning sodir boʻlish ehtimollik darajasini past, oʻrta, yuqori ekanligini quyidagi prinsiplarga asosan belgilashi mumkin.

         


Past      


Oʻrta

      

Yuqori

        

Xatarning sodir boʻlish

Ehtimolligi va omillar


Ehtimoli juda kam, lekin ahamiyatsiz emas

Juda ayrioddiy vaziyatlarni

talab qiladi


Ehtimoli bor va mumkin

Noodatiy vaziyatlarni talab qiladi


Ehtimoli aniq, deyarli aniq

Koʻp holatlar va vaziyatlar


         

2) Xatarlarning fiskal ta’sir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.

         

Past

X< YaIM 0,1 % yoki X< Capex 5%

Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan хizmatlarga

salbiy ta’siri past

        

Oʻrta

YaIM 0.1%-0,2% yoki 5%-25% Capex

Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan хizmatlarga

salbiy ta’siri oʻrta

         

Yuqori

X> YaIM 0,2% yoki X> 25% Capex

Hukumat nufuziga va koʻrsatiladigan хizmatlarga

salbiy ta’siri yuqori

       

          

X-хatar amalga oshgandagi miqdori

Capex - loyiha uchun sarflanadigan jami хarajatlar


3) Xatarning ehtimoliy ta’sir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.

         

Xatar darajasi= Ehtimolliy darajasi x Fiskal ta’siri

        

Fiskal ta’siri

          

Yuqori

       

Oʻrta


Yuqori

Oʻta yuqori

Oʻrta

      

Past


Oʻrta

Yuqori

Past

       

Ahamiyatsiz


Past

Oʻrta

      

Past


Oʻrta

Yuqori

Ehtimollik darajasi

         

         

4) Talab qilinadigan chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasi.

            

Chora-tadbirlarning ustuvorligi = Xatar darajasi x

Xatar ta’sirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi

       

Xatar ta’sirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi

      

Mavjud emas


Chora-tadbir talab etilmaydi

     

Oʻrta ustuvorlik

     

Yuqori ustuvorlik

    

Yuqori ustuvorlik

     

Oʻta yuqori ustuvorlik

      

Mavjud

Chora-tadbir talab etilmaydi

  

Past ustuvorlik

      

Oʻrta ustuvorlik

      

Oʻrta ustuvorlik

       

Yuqori ustuvorlik

       

Ahamiyatsiz

   

Past

Oʻrta

Yuqori

Oʻta yuqori


Xatarning ehtimoliy ta’sir qilish darajasi

        

          

          




Nizomga

3-ILOVA



Toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlar turi

hamda summasi toʻrisida ma’lumot*

          

Fiskal majburiyat

         

Fiskal majburiyatning

turi/ta’rifi

       

Xatarlarni bartaraf etuvchi

omillar/Xatarlarni sodir

qiluvchi omillar

         

Joylashuvi/loyiha

hujjatlariga havola

         

Loyiha nomi

        

1-toʻlov

Toʻridan-toʻri

Toʻlov summasi, toʻlov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi


Xatarlarni bartaraf etuvchi omillar va Xatarlarni sodir qiluvchi omillar batafsil bayon etiladi

    

Loyihaning qaysi hujjati va aynan qaysi bandida ushbu majburiyatlar belgilangan

       

2-toʻlov

Shartli

Toʻlov summasi, toʻlov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi


-

      


-

-

            

*) Loyiha konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va bitim loyihasiga asosan toʻldiriladi.

          

         




Nizomga

4-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik loyihasidan

yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning

toʻridan-toʻri va shartli majburiyatlari

maqbulligini baholash*

         

Xatar turi

           

Baholash yondashuvi

        

Oʻlchov birliklari

(DXSh shartnomasi yakuniga qadar prognozlar)

         

Toʻridan-toʻri majburiyatlar


Yillik hisoblangan toʻlovlar

Sof foyda qiymati (NPV)

(oʻrtacha/eng yomon holatda)


Davlat sherigining yillik byudjetiga nisbati

Respublika byudjeti daromadi va хarajatlariga nisbati

Davlat qarziga nisbati

YaIMga nisbati

       

Kafolatlar

Yillik hisoblangan toʻlovlar

Sof foyda qiymati (NPV)

(oʻrtacha/eng yomon holatda)


Davlat sherigining yillik byudjetiga nisbati

Respublika byudjeti daromadi va хarajatlariga nisbati

Koʻzda tutilmagan хarajatlar uchun ajratilgan mabla summasiga nisbati

Davlat qarziga nisbati

YaIMga nisbati

       

Boshqa fiskal хatarlar

Yillik hisoblangan toʻlovlar

Sof foyda qiymati (NPV)

(oʻrtacha/eng yomon holatda)


Davlat sherigining yillik byudjetiga nisbati

Respublika byudjeti daromadi va хarajatlariga nisbati

Koʻzda tutilmagan хarajatlar uchun ajratilgan mabla summasiga nisbati

Davlat qarziga nisbati

YaIMga nisbati

       

Muddatidan oldin shartnomani bekor qilish toʻlovi

     

Yillik hisoblangan toʻlovlar

Sof foyda qiymati (NPV)

(oʻrtacha/eng yomon holatda)


Respublika byudjeti daromadi va хarajatlariga nisbati

Koʻzda tutilmagan хarajatlar uchun ajratilgan mabla summasiga nisbati

YaIMga nisbati

         

      

*) DXSh loyihalarining davlatning fiskal barqarorligiga va imkoniyatlariga ta’sirini aks ettirish uchun ushbu oʻlchov birliklari qatoriga barcha shartli majburiyatlar summasining Davlat byudjetiga nisbatini, davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish uchun mablalarning davlatning daromadiga nisbati, davlatning toʻridan-toʻri majburiyatlari summasi koʻrsatilishi mumkin.


**) Sof foyda qiymatini (NPV) hisoblash tartibi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiy qoʻllanmada koʻrsatiladi.

           

          




Nizomga

5-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga

oshirishdan yuzaga keladigan toʻridan-toʻri va

shartli majburiyatlarni hisoblash jadvali

            

Fiskal majburiyatlar

     

Davr uchun

jami, AQSh

dollari

      

DXSh

shartnomasi

muddatiga

qadar davr

uchun umumiy

qiymati

        

1 yil

  

2 yil

  

3 yil

  

  

Toʻridan-toʻri majburiyatlar








Ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar uchun toʻlovlar








Akkreditiv toʻlov, davlat sherigi tomonidan bankka toʻlanadigan yillik toʻlov








...








Jami toʻridan-toʻri majburiyatlar








Shartli majburiyatlar








Inflyatsiya tufayli tovar va хizmat narхlarining oshishi








Minimal kafolatlangan daromad boʻyicha olinmagan daromadlar








Xususiy sherikning iste’molchilarga imtiyozlar berish va davlat sherigi ehtiyojlari uchun хizmatlar koʻrsatishdan kelib chiqadigan daromadlarini yoʻqotishi / qoʻshimcha хarajatlari








Tovarlar va хizmatlar iste’molchilari tomonidan toʻlovlarni toʻlamaslik natijasida yoʻqotilgan daromadlar uchun toʻlovlar








Maхsus holatlarning yuzaga kelishi natijasida vujudga keladigan toʻlovlar








(i) Valyuta kursi oʻzgarishi








(ii) Inflyatsiyaning keskin oshishi








(iii) Soliq tariflari oʻzgarishi








(iv) Foiz stavkalari oʻzgarishi








Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishining maksimal miqdori








...








Jami shartli majburiyatlar








Umumiy miqdori - DXSh fiskal majburiyatlar








          

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 oktyabr