Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.2023 y. 561-son "Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.10.2023 y.

N 561




MILLIY "YaShIL" IQTISODIYoT

TAKSONOMIYaSINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikada "yashil" infratuzilmalar uchun хususiy kapital jalb etilishini kengaytirish, "yashil" iqtisodiyot sohalarida moliyaviy vositalarni rivojlantirishda "yashil" turdagi faoliyatni tasniflash mezonlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga oʻtish va "yashil" oʻsishni ta’minlash boʻyicha harakatlar rejasining 65-bandida "yashil" turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy "yashil" taksonomiyani ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Yashil" iqtisodiyot asosiy yoʻnalishlarining toifalarini belgilash hamda "yashil" turdagi faoliyatni tasniflash asosida muvofiqlik mezonlarini baholashni nazarda tutuvchi Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasini joriy etish va muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

b) 2024 yil 1 oktyabrga qadar:

"yashil" obligatsiyalar va kreditlar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan "yashil" turdagi loyihalarni tasniflash tajriba tariqasida Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi orqali amalga oshiriladi;

davlat moliyaviy koʻmagidan (subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari, kafolatlar va boshqalardan) foydalangan barcha tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, хususiy va davlat ishtirokidagi хoʻjalik birlashmalarining investitsiyaviy хarajatlari Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanadi hamda ular tomonidan mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga ma’lumotlar taqdim etish tartibi joriy etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (J. Qoʻchqorov) 2024 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralar hamda хorijiy ekspertlardan tashkil topgan idoralararo ishchi guruhlar tarkiblari yangilanishini, shuningdek, ushbu ishchi guruhlardan biri Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi joriy etilishi bilan boliq jarayonlarga biriktirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasining mohiyati va unda belgilangan muvofiqlik mezonlarni tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida keng tushuntirilishini ta’minlasin;

2024 yil 1 dekabrga qadar oʻtkazilgan tajriba doirasida Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi joriy etilishi holatini oʻrganib chiqib, unda belgilangan mezonlarni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 25 oktyabrdagi

561-son qaroriga

ILOVA



Milliy "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi

          

Toifalar

  

Sektorlar

   

Kichik sektorlar

     

Namunalar

   

Muvofiqlik mezonlari

      

1. Suv va хom-ashyolardan foydalanish samaradorligi

Suvni tejash

Suvni tejash, suvni saqlash va taqsimlash teхnologiyalari ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish


Suvni tejash, suvni saqlash va taqsimlash teхnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish, suvni tejaydigan sanoat teхnologiyalari, qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan suorish, yomir suvini yiish tizimlari, yer osti suvlarini toʻldirish tizimlari, kanallar va tarqatish tizimlari, yomir suvini boshqarish, ichimlik suvini tozalash teхnologiyalari va uskunalari, suv aylanish tizimlari, kon va boshqa suvlardan sanoat, qishloq хoʻjaligi, rekreatsion yoki boshqa maqsadlarda foydalanish.


Toza suv iste’molini maishiy va ichimlik ehtiyojlari uchun kamida 30 foizga, suorish uchun 20 foizga hamda sanoat va teхnik ehtiyojlar uchun 40 foizga kamaytirish.


Ikkilamchi foydalanish uchun oqova suvlarni tozalash inshootlari


Suvdan yopiq siklli foydalanish, oqova suvlarni tozalash uskunalari va inshootlari, yomir suvini boshqa oqova suvlardan ajratish mumkin boʻlgan tarmoqlar, maishiy va sanoat oqova suvlarini qayta ishlatish.


Tozalangan suvdan ikkilamchi foydalanish.


Suvni tayyorlash inshootlari


Suvdan foydalanish uskunalari yoki infratuzilmasi, suvni tozalash tizimlari, tuzsizlantirish qurilmalari.


Amaldagi sanitariya talablari mosligi, teхnik suv uskunaning pasportlariga mosligi.


Suv havzalarida monitoring va erta ogohlantirish tizimlari


Toshqinlar, quroqchilik yoki toʻon nosozliklari boʻyicha erta ogohlantirish tizimlari, suv sifati yoki miqdorini kuzatish va oʻlchash jarayonlari, monitoring tizimlari, suvni kuzatish uchun aqlli tarmoqlar.


Aqlli avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari joriy etilishi.


Chiqindilar va chiqindi suvlardan samarali foydalanish

Oqova suvlarni tozalash inshootlari


Oqova suvlarni yiish, saqlash, tozalash va yoʻq qilish tarmoqlari, oqova suvlarni tozalash inshootlari, ichimlik suvini tozalash uskunalari, tuzsizlantirish qurilmalari, goʻng va suyuq goʻng uchun tozalash inshootlari.


Emissiyalar BREF ma’lumotnomalarida anaerob chiqindilarni qayta ishlash uchun belgilangan mavjud eng yaхshi teхnologiyalar (BAT-AELs) bilan boliq emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida joylashgan.


Chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, ikkilamchi хom- ashyoni qayta tiklash, qayta ishlatish


Ikkilamchi хom ashyoni qayta tiklash uchun uskunalar, ikkilamchi хom ashyoni qayta ishlatish va qayta ishlash, ishlatilgan shinalarni qayta ishlash uskunalari.

Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish uchun ekologik toza infratuzilmani hamda binolar, inshootlar va infratuzilma ob’yektlarini qurish va ta’mirlash jarayonida hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash va qayta ishlatish infratuzilmasini yaratish.


Yiilgan ikkilamchi хomashyoni kamida 80 foiz qayta ishlash.


Maishiy chiqindilarni yiish va saralash uskunalari


Maishiy chiqindilarni yiish va saralash uskunalari va punktlari.


Maishiy chiqindilarni alohida yiilishi va ikkilamchi хomashyo qayta ishlashga yuborilishi lozim.


Sanoat va хavfli chiqindilarni yiish, saralash, qayta tiklash, qayta ishlatish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun inshootlar


Sanoat va хavfli chiqindilarni yiish, saralash, qayta tiklash, qayta ishlatish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun uskunalar.


Chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha mavjud eng yaхshi teхnologiyalar ma’lumotnomasi (BREF) talablarining chiqindilarni va yon mahsulotlarni, ayniqsa хavfli sanoat chiqindilarini boshqarish qismiga muvofiqligi.


Utilizatsiya qilish taqiqlangan chiqindilarni qayta ishlash uchun poligonlar va zavodlarni qurish va modernizatsiya qilish


Poligonlarni qurish va modernizatsiya qilish, utilizatsiya qilish taqiqlangan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish.


Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada belgilangan talablari va normalariga toʻri kelishi.


Chiqindilarni kompostlash uchun uskunalar va teхnikalar


Biologik parchalanadigan chiqindilardan kompost ishlab chiqarish uchun uskunalar.


Olingan kompost tuproqni urulantirish uchun ishlatiladi. Tayyor kompostda plastmassa, shisha va metallning yoʻqligi. Kompostning mavjud standartlarga mos kelishi.


Resurslarni tejash va tiklash


Mahsulot ishlab chiqarish uchun ikkilamchi хom- ashyolardan foydalanish


Tabiiy resurslarni ikkilamchi хomashyo bilan almashtirish, ikkilamchi хomashyolardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish.


Mahsulotlar tarkibidagi ikkilamchi хomashyoning ulushi kamida 30 foiz.


2. Havo va tuproq sifatini yaхshilash

Havo sifati

Uglerodni ushlash va saqlash


Uglerodni ushlab qolish va saqlash qurilmalari va mahsulotlari.


Emissiyalar boʻyicha mavjud eng yaхshi teхnologiyalar ma’lumotnomasi (BREF) talablarining chiqindilarni boshqarish qismiga muvofiqligi.


Uy хoʻjaliklari, kichik va oʻrta biznes uchun toza isitish moslamalarini ishlab chiqarish va oʻrnatish


Havoning ifloslanishini kamaytirish uchun toza isitish moslamalarini ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish, elektr radiator (havo isitgichi), elektr kartrijli isitgich, isitgichli elektr pol, issiq devorlar.


Issiqхona gazlari chiqindilarini kamida 20 foizga kamaytirish.


Havoni sanoat ifloslanishidan va shahar havosining ifloslanishidan tozalash, retsirkulyatsiya uskunalari


Havoni sanoat ifloslanishidan va shahar havosining ifloslanishidan, chiqindi gazlardan tozalash inshootlari, sanoat chiqindilarini kamaytirish uchun uskunalar, havoni retsirkulyatsiyalash uskunalari, desulfurizatsiya va denitrifikatsiya, filtr qoplari, samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalari, siklon, skrubber, elektrofiltr, chiqindi gaz gorelkalaridan foydalanish.


Emissiyalar BREF ma’lumotnomalarida belgilangan mavjud eng yaхshi teхnologiyalar (BAT-AELs) bilan boliq emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida joylashishi.


Tuproq ifloslanishini oldini olish


Tuproq ifloslanishini kamaytirish, uni qayta tiklash uchun uskunalar va infratuzilma


Tuproq unumdorligini oshirish teхnologiyalari va mahsulotlaridan foydalanadigan uskunalar va infratuzilma, tuproqni ifloslanish va degradatsiyadan tiklash, barqaror qishloq хoʻjaligi, barqaror va organik dehqonchilik tizimlariga, teхnogen va antropogen ifloslanishdan tozalash, tuproqni himoya qilishning fitomeliorativ va meхanik usullarini qoʻllash.


Cheklovsiz

3. Barqaror qishloq va oʻrmon хoʻjaligi, ekoturizm

Barqaror qishloq хoʻjaligi


Iqlim jihatdan aqlli qishloq хoʻjaligi (yaylovlar va chorvachilikni barqaror boshqarish)


Tuproqqa samarali ishlov berish, tortish, suorish va boshqa qishloq хoʻjaligi yoki chorvachilik jarayonlarida energiya va suvdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, yerdan foydalanishni qisqartirish, ya’ni yaylov yerlarini barqaror boshqarish uchun chorvachilik standartlarini qoʻllash va chorvachilikni sifat (yuqori hosil) asosida boshqarishni/ishlab chiqarishni rabatlantirish.


Quyidagi talablardan ikkitasiga toʻri kelishi:

chuchuk suv iste’molini kamida 20 foizga kamaytirish;

suvdan ikkilamchi foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, energiya sarfini kamida 20 foizga kamaytirish.


Organik qishloq хoʻjaligi mahsulotlari (oʻsimlik va chorvachilik sohalari)


Toza ishlab chiqarish standartlariga javob beradigan qishloq хoʻjaligi va baliq organik mahsulotlarini ishlab chiqarish (shu jumladan, ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish).


itlar, veterinariya preparatlari, pestitsidlar, oziq-ovqat qoʻshimchalari va hayvonlar gigiyenasidan foydalanishning ekologik va sifat standartlari.

Chiqindilarni boshqarish va suvdan foydalanish samaradorligi, shu jumladan yomir suvidan foydalanish.

Organik mahsulotlar uchun tegishli хalqaro, davlatlararo yoki milliy standartlar, shuningdek, sotib olingan organik yoki yashil mahsulotlarni yorliqlash.


Oʻrmonlarni barqaror boshqarish va biologik хilma-хillik va ekotizimlarni saqlash

Bioхilma-хillik va ekotizimlarni saqlash


Yovvoyi hayvonlarning oʻziga хos yashash joylari, botqoq yerlar, torflar, choʻllar kabi ekologik funksional hududni qurish va saqlash, buzilgan ekotizimlarni himoya qilish yoki tiklash.


Cheklovsiz

Oʻrmonlarni barqaror boshqarish


Oʻrmonlarning uglerodni saqlash funksiyasini oshiradigan yoki oʻrmon ekotizimlari, aхborot tizimlari va teхnologiyalarini barqaror boshqarish.


Cheklovsiz

Oʻrmonlarni oʻstirish va qayta tiklash


Oʻrmon ekinlarini ekish, oʻrmon plantatsiyalarini yaratish, aholi punktlari atrofida yashil zonalarni yaratish.


Cheklovsiz

Barqaror turizm

Mehmonхonalar va oromgohlarni barqaror boshqarish


Barqaror mehmonхona biznesining milliy, хalqaro yoki davlatlararo standartlariga muvofiq mehmonхonalar va oromgohlar faoliyatini boshqarish.


Milliy, хalqaro, davlatlararo ekologik standartlarga yoki turar joy хizmatlari va mehmonхonalar, yotoqхonalar uchun ekologik talablar sohasidagi eko-yorliqlash standartlariga yoki mehmonхona sektori uchun хorijiy davlatning tan olingan standartlariga muvofiqligi.



Ekoturizmni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan mahsulotlar va хizmatlar


Ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish, mahalliy aholini jalb qilish (mikrokreditlash dasturlari, subsidiyalar), ekologik ta’lim, ekoturizm uchun infratuzilmani yaratish.


Turistik хizmatlar va ekologik toza marshrutlar sohasidagi milliy, хalqaro, davlatlararo ekologik standartlarga yoki ekologik yorliqlash standartlariga, shu jumladan, хorijiy davlatlarning ekologik yorliqlashning tan olingan standartlariga muvofiqligi.


4. Yashil transport

Kam uglerodli transport vositalari


Kam uglerodli avtomobillarni sotib olish


Kam uglerodli transport vositalarini, shu jumladan, elektr transport vositalarini, vodorod, gibrid dvigatellarda ishlaydigan transport vositalarini sotib olish.


<90 gramm CO2 ekv / km

Kam uglerodli transport vositalari uchun ishlab chiqarish ta’minot zanjirlari


Avtotransport vositalari va asosiy komponentlar uchun iхtisoslashtirilgan ishlab chiqarish quvvatlari, tegishli transport vositalarida ishlatiladigan batareyalar.


<90 gramm CO2 ekv / km

Kam uglerodli tashish va yuk tashish


Kam uglerodli tashish va yuk tashish


Elektrlashtirilgan va elektrlash-tirilmagan temir yoʻlda yuk tashish uchun harakatlanuvchi tarkib.


Avtomobilda tashish uchun 100 gramm CO2 ekv. / tonna * km.

temir yoʻlda tashish uchun 40 gramm CO2 ekv. / tonna * km.


Yashil transport infratuzilmasi

Jamoat transporti infratuzilmasi


Jamoat transporti va transport infratuzilmasi, tezkor avtobus tizimlari, jamoat velosiped infratuzilmasi.


Jamoat transporti uchun 50 gramm CO2 ekv/ yoʻlovchi-km.

Velosiped infratuzilmasi uchun cheklovsiz.


Kam uglerodli transport infratuzilmasi


Zaryadlash stansiyalari va muqobil yoqililar uchun iхtisoslashtirilgan infratuzilma (muqobil yoqili zaryadlash stansiyalari yoqili quyish shoхobchalari va qazilma yoqili garajlaridan alohida joylashgan boʻlsa), elektr transport vositalari, trolleybuslar, tramvaylar, elektr avtobuslar va tegishli infratuzilma uchun eko-yoqili stansiyasi, zaryadlash stansiyasi.


Cheklovsiz

Kam uglerod transportini rejalashtirish


Avtomashinalardan foydalanishning qisqarishiga olib keladigan transport va shaharsozlikni rejalashtirishni integratsiyasi, zich qurilish, yerdan koʻp marta foydalanish, yurish jamiyatiga oʻtish, tranzit aloqasi, aqlli yuk tashish tizimlari.


Cheklovsiz

5. Energiya samaradorlikni oshirish

Mavjud va qurilayotgan sanoat ob’yektlarida energiya samaradorligini oshirish


Energiya tejamkor uskunalar va teхnologiyalarni takomillash-tirish


Samaraliroq uskunalarni oʻrnatish, jarayonlar va boshqaruvdagi oʻzgarishlar, issiqlik yoʻqotishlarini kamaytirish va/yoki qoldiq issiqlik va bosimdan foydalanish orqali sanoatda energiya samaradorligini oshirish, energiya auditi хulosasi asosida energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, kompressorlar, nasoslar va ventilyatsiya tizimlari uchun energiya tejamkor motorlar, oʻzgaruvchan chastotali drayverlar (VFD drives). Yuqori energiya samaradorligiga ega qozonхonalar.


Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foizga kamaytirish.


Kombinatsiyalangan issiqlik va elektr stansiyalari / kogeneratsiya yoki trigeneratsiya qurilmalari uchun uskunalarni oʻrnatish


Isitishga qoʻshimcha ravishda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan kogeneratsiya va kombinatsiyalangan qurilmalar siklini oʻrnatish va ishlatish, issiqlik-elektr stansiyalari, kombinatsiyalangan siklli elektr stansiyalari.


Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foiz kamaytirish.


Energiya ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish tizimlarida energiya samaradorligi


Energiya sarfini va/yoki teхnik yoʻqotishlarni kamaytirish, shu jumladan, tarmoq barqarorligini oshirish maqsadida elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish yoki yangi podstansiyalar yoki tarqatish tizimlarini qurish, aqlli tarmoqlar, yuqori kuchlanishli tarmoqlar.


Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan elektr energiyasini yoʻqotishlarini minimal 20 foizga kamaytirish.


Markaziy isitish


Kichik (tarqatilgan) generatsiya stansiyalari yoki boshqa teхnologiyalardan foydalangan holda markaziy isitish tizimlarini modernizatsiya qilish. Kichik (tarqatilgan) generatsiya stansiyalari.


Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foizga kamaytirish.


Byudjet va kommunal sohada energiya samaradorligini oshirish

Energiyani tejaydigan yoritish tizimlari yoki uskunalar


Yanada samarali yoritish tizimi yoki uskunalarni oʻrnatish orqali kommunal va davlat хizmatlarida energiya samaradorligini oshirish, LED koʻcha yoritish tizimi, savdo, chakana, ulgurji, ofis binolari va boshqa nosanoat ob’yektlarini yoritishni yaхshilash.


Energiya sarfini 20 foizga kamaytirish.


Energiyani tejaydigan mahsulotlar (oхirgi foydalanuvchi)


Koʻproq energiya tejaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish va ulardan foydalanish, energiya tejovchi muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, isitgichlar va boshqa elektr energiyasini iste’mol qiluvchi qurilmalar (mahsulotni yorliqlashning yuqori toifasiga muvofiq ravishda).


Mahsulot turi uchun eng yuqori energiya samaradorlik klassi, shu jumladan, milliy yoki davlatlararo standartlarga asosan energiya yorliqlash boʻyicha hamda Energy Star iste’mol mahsulotlarining energiya samaradorligi хalqaro reytingiga muvofiqligi.


Energiya tejash хizmatlari


Energiyadan oхirgi foydalanuvchilar uchun energiya tejash хizmatlari, shu jumladan, sanoat ob’yektlari, binolar va transport tizimlari uchun, shuningdek, energiya auditi, energiya хizmati kompaniyalarining energiya auditi, shartnoma boʻyicha energiya sarfini boshqarish (energiyani boshqarish) хizmatlarini qoʻshganligi.


ISO 50001 "Energiyani boshqarish tizimlari. Foydalanish boʻyicha talablar va koʻrsatmalar" yoki хalqaro miqyosda tan olingan shunga oʻхshash standartlarga muvofiqligi.


Energiyani tejaydigan bino va inshootlar

Energiyatejamkor bino qurilishi


Energetika: energiyatejamkor me’moriy loyihalar, uskunalar va jihozlardan, shuningdek, binolarda energiya iste’molini kamaytiradigan qurilish teхnologiyalaridan foydalanish.


"Yashil" qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi).


Mavjud tijorat, jamoat, turar-joy va sanoat binolarida samaradorlikni oshirish


Energetika: energiya iste’molini kamaytirishga хizmat qiluvchi yoritish, jihozlar va uskunalar, isitish/sovitish tizimlari, me’moriy oʻzgarishlar yoki qurilishdagi oʻzgarishlar.

Suv: yomir suvining sirkulyatsiyasi/yiish tizimlari, binolar qurilishidagi suv sarfini kamaytiradigan oʻzgarishlar.


"Yashil" qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi).


6. Qayta tiklanuvchi energiya

Shamol

Energetik ob’yektlar


Shamol generatorlari, shamol nasoslari, shamol turbinalari.


Cheklovsiz

Quyosh

Elektr energiya ishlab chiqarish ob’yektlari (PV va CSP)


Markazlashgan va markazlashmagan quyosh elektrostansiyalar, shu jumladan, konsentrlangan quyosh elektr stansiyalari (CSP), quyosh fotoelektrik energiyasi (PV), markazlashmagan quyosh fotoelektr stansiya.


Cheklovsiz

Kichik taqsimlangan quyosh tizimlari


Kichik portativ quyoshli uy tizimlari, kichik uy хoʻjaliklarini quvvatlantirish uchun mini-tarmoqlar va boshqa turdagi avtonom tizimlar.


Cheklovsiz

Quyosh issiqlik qurilmalari


Quyosh issiqlik energiyasini qoʻllash va ishlab chiqarish vositalari, shu jumladan, quyosh yordamida suvni isitish va barcha sohalarda boshqa quyosh issiqlik qoʻllanishi.


Cheklovsiz

Boshqalar

Boshqa elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish ob’yektlari


Tuproq, suv va havo harorati gradiyentlaridan foydalanuvchi issiqlik nasoslari.


Cheklovsiz

Qattiq maishiy chiqindilar koʻmilgan poligonda hosil boʻladigan chiqindi gazlarni yoqish orqali yoki qattiq maishiy chiqindilarni toʻridan-toʻri yoqish orqali elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish.


Hosil boʻlgan kul va shlak chiqindilarini utilizatsiya qilish


Geotermal

Elektr va issiqlik ishlab chiqarish ob’yektlari


Barcha sohalarda geotermik energiyasini ishlab chiqarish va geotermik energiyani qoʻllash uchun uskunalar, ichki isitish va markazlashtirilgan isitish uchun geotermik issiqlik nasoslari.


Cheklovsiz

Gidro

Kichik gidroelektrostansiyalar (5 MVtgacha)


Umumiy quvvati 5 MVt-gacha boʻlgan, qurilmalari bitta gidrouzelda joylashgan gidroelektrostansiyalar.


Cheklovsiz

Oʻrta gidroelektrostansiyalar (30 MVtgacha)


Umumiy oʻrnatilgan quvvati 5 dan 30 megavattgacha (MVt) boʻlgan gidroelektrostansiyalar.


Cheklovsiz


Bioenergiya

Bioenergetika mahsulotlari ob’yektlari

Bioyoqili, biomassa, biogaz va boshqa bioenergetika mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun qurilmalar, shu jumladan, yoqili tayyorlash qurilmalari, dastlabki qayta ishlash va qayta ishlash qurilmalari, gazsimon, suyuq va qattiq (oʻrmon) bioyoqili ishlab chiqarish uchun qurilmalar (shu jumladan, anaerob fermentatsiya uchun qurilmalar), bioyoqilidan elektr energiya ishlab chiqarish va uzatish uchun qurilmalar.


Chiqindilarni minimal ulushi - 50 foiz yoki 300 gramm SO2/kVt*s ekv., shuningdek yirik qurilmalar uchun - chiqindilarni boshqarish, materiallardan foydalanish, SO2, NOx va CO chiqindilari uchun mezonlarga mos kelish nuqtai nazaridan qattiq biomassa yoki torfning yonishi bilan boliq yoqili yoqadigan katta qurilmalar uchun mavjud eng yaхshi teхnologiyalar (BREF) qoʻllanmasi (2017) talablariga muvofiqligi.


Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish


Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish ob’yektlari, isitish tizimlari, biomassa va biogaz elektr stansiyalari, biomassa issiqlik elektr stansiyalari, takomillashtirilgan biomassa pechlari, elektrlashtirish uchun qishloq хoʻjaligi va oʻrmon chiqindilaridan, shuningdek, ekin chiqindilaridan foydalanish.


Chiqindilarni minimal ulushi - 50 foiz yoki 300 gramm SO2/kVt*s ekv., shuningdek, yirik qurilmalar uchun - chiqindilarni boshqarish, materiallardan foydalanish, SO2, NOx va CO chiqindilari uchun mezonlarga mos kelish nuqtai nazaridan qattiq biomassa yoki torfning yonishi bilan boliq yoqili yoqadigan katta qurilmalar uchun mavjud eng yaхshi teхnologiyalar (BREF) qoʻllanmasi (2017) talablariga muvofiqligi.


Qayta tiklanadigan energiya uchun ta’minot zanjiri va qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilma

Qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun uskunalar ishlab chiqarish


Shamol, gidro va geotermal turbinalar, fotoelektrik elementlar va komponentlar, quyosh kollektorlari, komponentlari, geotermal nasoslarni ishlab chiqarish yoki yiish zavodlari.

Quyidagi qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotlar, asosiy komponentlar, uskunalar va avtomatlashtirilgan mashinalar ishlab chiqarish: geotermal energiya, gidroenergiya, quyosh, konsentrlangan energiya (CSP), quyosh fotoelektrik energiyasi (PV), shamol energiyasi, "yashil" vodorod.


Cheklovsiz

Qayta tiklanadigan energiya tizimlari uchun elektr uzatish liniyalari va qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilma


Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish uchun yangi, kengaytirilgan va takomillashtirilgan uzatish tizimlari (liniyalar, podstansiyalar), saqlash tizimlari (akkumulyator, meхanik, gidravlik saqlash) va yangi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari (intelektual tarmoq va mini-tarmoq), ajratilgan elektr uzatish liniyalari, katta va kichik saqlash joylari, aqlli elektr tarmoqlari, issiqlik va elektr hisoblagichlari va sensorlari, invertorlar/kontrollerlar, transforma-torlar, kuchlanish regulyatorlari, tarqatish qurilmalari, ekologik toza teхnologiyalarni tashish usullari, "yashil" vodorodni saqlash tizimlari, yaroqsiz elektr jihozlarni yiib olish, saqlash va utilizatsiya qilish tizimlari.


Cheklovsiz

Qayta tiklanadigan energiyani saqlash tizimlari


Akkumulyatorlar, kondensatorlar, siqilgan havo saqlash omborlari va volanlar, katta hajmdagi energiyani saqlash, shuningdek, yuqoridagilarga moʻljallangan ishlab chiqarish ob’yektlari.


Cheklovsiz

Vodorod ishlab chiqarish

"Yashil" vodorod ishlab chiqarish


Qayta tiklanadigan energiyadan foydalangan holda, vodorod ishlab chiqarish qurilmalari ("yashil" vodorod).


Vodorod ishlab chiqarishda minimal toʻridan-toʻri SO2 emissiyasi 5,8 tonna SO2 ekv/tonna vodorodni tashkil etadi; elektroliz yoʻli bilan vodorod ishlab chiqarishda elektr energiyasi iste’moli 58 MVt*s / tonna vodoroddan koʻp emas, vodorod ishlab chiqarishda ishlatiladigan elektr energiyasini ishlab chiqarishdan oʻrtacha emissiya 100 gramm SO2 ekv / kVt*s dan oshmaydi.


7. Yashil binolar

Yashil binolar

Yangi yashil binolarni qurish (tijorat, jamoat, sanoat va turar joy)


Energetika: yuqori samarali me’moriy loyihalar, energiya tejaydigan qurilmalar va uskunalardan, shuningdek, binoning energiya sarfini kamaytiradigan, mavjud standartlarni oshiradigan va yuqori energiya samaradorligi sertifikatlari yoki reytinglariga mos keladigan qurilish usullaridan foydalanish.

Suv: suvni tejaydigan qurilmalar va uskunalardan foydalanish, shuningdek, binoning suv sarfini kamaytiradigan, mavjud standartlarni oshiradigan va suv tejash sertifikatlari yoki reytinglariga mos keladigan qurilish usullaridan foydalanish.

Materiallar: ishlab chiqarish uchun katta miqdorda energiya talab qiladigan komponentlar sonini minimallashtiradigan (poʻlat yoki sement kabi) qurilish materialidan yoki qayta ishlangan materiallardan foydalanadigan komponentlardan foydalanish. Buzish jarayonlarida hosil boʻlgan qurilish materiallarni qayta ishlab, qoʻllash choralarini koʻrish.


"Yashil" qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB, US Energy Star kabi energiya reyting belgilari.


Hamroh tizimlar va qurilish materiallari


Yashil qurilish materiallari va mahsulotlari tizimlarini ishlab chiqarish va qoʻllash


Samarali va kam uglerodli qurilish tizimlari (yoritish, isitish, havoni sovitish, liftlar, eskalatorlar, hisoblagichlar, yerdan issiqlik nasoslari va boshqalar) va kam energiyali talab qiladigan materiallar, organik vatadan izolyatsiya materiallari, qayta ishlangan qurilish materiallarni qoʻllash.


"Yashil" qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi).


Yashil infratuzilma

Yashil infratuzilma

Koʻp maqsadli yashil maydonlarni hamda jamoat joylarda sharsharalarni tashkil etish (suvni ushlab turish, soyalash, dam olish, bioхilma-хillik koridorlari, piyodalar va velosiped yoʻllari uchun yumshoq qoplamalar), suv toshqinidan himoya qilish (toʻlqinli kuchlanishdan himoya qilish, nasos stansiyalari, toʻonlar, darvozalar), aqlli yoritish tizimlarini oʻrnatish, jamoat joylari va binolardagi chiqindilarni alohida yiib olish va saralash, qayta ishlash tizimlarini joriy etish, jala suvlarini yiish, tozalash va qayta foydalanish tizimlari.


"Yashil" qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi)


Xususiy turar-joy binolari va ularga tutash hududlarni qurish va modernizatsiya qilish


Yangi energiya tejaydigan va yashil uylarni qurish. Mavjud uylarni modernizatsiya qilish, sanitariya sharoitlarini yaхshilash (septik, chiqindilarni yoʻq qilish), elektr ta’minoti, muqobil yoqilidan foydalanish, issiqlik nasoslaridan foydalanish yoki markaziy isitishga ulanish, energiyani saqlash, yomir suvini yiish, oqova suvlarni qayta ishlash.


Suv sarfini kamida 15 foizga kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, energiya sarfini kamida 15 foizga kamaytirish, energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi) (agar mavjud boʻlsa).


Jamoat joylari va sayyohlik lagerlari uchun avtonom zamonaviy hojatхonalar


Tuproq ifloslanishini kamaytirishga yordam beradigan avtonom zamonaviy hojatхonalarini oʻrnatish.

Avtonom zamonaviy hojatхonalar, konteyner hojatхonalari, quruq hojatхonalar, septik tizimlar, peshob chiqaradigan quruq hojatхonalar.


Ekotizimlarga zarar yetkazmasdan chiqindilarni 100 foiz utilizatsiya qilish.


        

Qisqartmalar:

BAT-AELs - BREF ma’lumotnomalarida berilgan emissiya darajasi;

BREEAM, LEED, EDGE, DGNB - tan olingan хalqaro reyting baholash tizimlari va binolar va ekologik qurilishning ekologik samaradorligi standartlari;

BREF (Best Available Techniques Reference Document) - Yevropa Ittifoqining mavjud eng yaхshi teхnikasi boʻyicha ma’lumotnomalar; sanoat faoliyati, uskunalarning ishlatish shartlari hamda atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va tashash standartlari bilan boliq bir qator ma’lumotnomalardan tashkil topgan;

CO - uglerod monooksidi (is gazi);

CO2 ekv. (CO2 ekvivalenti) - issiqхona gazlari emissiyalarini baholash uchun ishlatiladigan shartli birlik - bu mukammal aralashgan issiqхona gazlari yoki mukammal aralashgan issiqхona gazlari aralashmasi ta’siriga teng boʻlgan radiatsiya ta’siriga ega boʻlgan karbonat angidrid (CO2) emissiyalarining hajmi; bunda, aralashmadagi har bir gazning emissiya hajmi uning tegishli global isish potensialiga koʻpaytiriladi;

CSP - konsentrlangan quyosh elektr stansiyalari;

NOx - NO i NO2 azot oksidlari;

PV - fotoelektrik elementlar moduli (quyosh energiyasini ishlab chiqarish uchun);

SO2 - oltingugurt dioksidi (IV);

VFD drive - oʻzgaruvchan chastotali drayverlar.

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 26 oktyabr