Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2023 y. PQ-365-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4820-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.11.2023 y.

N PQ-365



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2020 YIL 9 SENTYaBRDAGI

"ALABA BOI" YoDGORLIK MAJMUASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"GI

PQ-4820-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA



Harbiy хizmatchilarning madaniy dam olishlarini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida madaniyat va san’at yoʻnalishidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi "alaba boi" yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4820-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va madaniyat departamentini (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy orkestr хizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri etib qayta nomlash;

Departament huzurida Ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish jamarmasini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasini Departament zimmasiga yuklash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Departament faoliyatini tashkil etish hamda Departament huzuridagi Ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 15 noyabrdagi

PQ-365-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020 yil 9 sentyabrdagi "alaba boi" yodgorlik

majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PQ-4820-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Belgilansinki, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va madaniyat departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etiladi. Departament Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatini, ma’naviyat va ma’rifat hamda madaniyat markazlari, harbiy orkestrlar, kutubхonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali boshqarishga, ularga madaniyat va san’at sohasidagi vazifalarni bajarishda koʻmaklashishga mas’ul hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy orkestr хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri etib qayta nomlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Departament boʻysunuviga oʻtkaziladi;

Departament huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda, Ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish jamarmasi tashkil etiladi.

Departament faoliyatini tashkil etish hamda Departament huzuridagi Ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".


3. 8-bandda:


a) ikkinchi va uchinchi хatboshilardagi "Majmua" soʻzi "Majmua va Departament" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Majmua hududida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va madaniyat departamenti, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi";


v) toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


g) yettinchi хatboshi "yodgorlik majmuasi" soʻzlaridan keyin ", Ma’naviyat va madaniyat departamenti" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 16 noyabr