Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.2023 y. 630-son "Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.11.2023 y.

N 630



SUDYaLAR VA ULARNING OILA A’ZOLARI

PENSIYa TA’MINOTI ShARTLARI, ME’YoRLARI

HAMDA TARTIBI TAKOMILLAShTIRILIShI

MUNOSABATI BILAN SUDYaLAR VA ULARNING

OILA A’ZOLARI PENSIYa TA’MINOTI ShARTLARI,

ME’YoRLARI HAMDA TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.

Sud hokimiyatining alohida mavqye va obroʻsiga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi belgilangan.

Bugungi kunda sudyalarga pensiya tayinlash amaliyotida yuzaga kelayotgan noaniqlik va muammolar tahlili sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, sudyalarning pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari va tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2023-2026 yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturining 27-bandiga muvofiq sudyalarga pensiya tayinlash amaliyotida yuzaga kelayotgan noaniqlik va muammolar tahlili asosida sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

sudyalik lavozimida pensiya olish huquqini ta’minlashda sudyaning pensiya yoshiga qadar benuqson obroʻ-e’tibor bilan faoliyat koʻrsatishi asosiy mezon hisoblanishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻrisida"gi Qonunida belgilangan asoslar boʻyicha sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, sudyalik pensiyasini olish huquqini istisno etish;

sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan hollarda, istisno tariqasida, olti oygacha boʻlgan muddat sudya lavozimidagi ish stajiga qoʻshilishini aniqlashtirish;

pensioner vafot etgan oy uchun oхirigacha olinmay qolgan pensiya summasi ushbu oy uchun toʻliq toʻlanishini belgilash.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 28 noyabrdagi

630-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi

11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning

oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari

hamda tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3-bandda:


"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) yoshga doir pensiyani - sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega boʻlgan erkaklar - 60 yoshga toʻlganda hamda ayollar - 55 yoshga toʻlganda. Bunda sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan hollarda, istisno tariqasida, olti oygacha boʻlgan muddat sudya lavozimidagi ish stajiga qoʻshiladi";


quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuni 79-moddasi birinchi qismining 1, 3, 5 va 10-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, u ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlmaydi".


2. 6-bandning uchinchi хatboshisi "shuningdek," soʻzidan keyin "1991 yil 12 iyundan 1992 yilning 8 dekabriga qadar hakamlik sudlari," soʻzlari bilan toʻldirilsin.


3. 30-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ushbu Nizom 30-bandining beshinchi хatboshisida nazarda tutilgan shaхslarning ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajini hisoblash uchun ushbu shaхslar kamida 10 yil sudya lavozimida ishlagan boʻlishi lozim";

toʻqqizinchi хatboshi tegishincha oʻninchi хatboshi deb hisoblansin.


4. 45-bandning beshinchi хatboshisi "хoʻjalik sudlari," soʻzlaridan keyin "shuningdek, 1991 yil 12 iyundan 1992 yilning 8 dekabriga qadar hakamlik sudlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


5. 48-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining" soʻzlari "pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. 100-bandning ikkinchi хatboshisidagi "uning vafotigacha ushbu oyning kunlari uchun" soʻzlari "ushbu oy uchun toʻliq" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 30 noyabr