Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2023 y. PQ-376-son "Qashqadaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida zamonaviy хizmat koʻrsatish va turizm ob’yektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.11.2023 y.

N PQ-376



QAShQADARYo VILOYaTINING

TOLI-REKREATsION HUDUDLARIDA

ZAMONAVIY XIZMAT KOʻRSATISh VA

TURIZM OB’YeKTLARINI BARPO ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqtisodiy, jumladan turistik salohiyatidan samarali foydalanish, master-reja asosida хizmat koʻrsatish va mehmonхona majmualari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa ob’yektlarni barpo etish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan хorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur", "Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yiinlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar boʻlgan yer uchastkasida zamonaviy хizmat koʻrsatish majmualari va turizm infratuzilmasi ob’yektlarini, jumladan mehmonхonalar, mehmon uylari, solomlashtirish, savdo-koʻngilochar ob’yektlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi master-reja loyihasi ishlab chiqilganligi;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Qamashi tumanining "Katta oʻra" mahalla fuqarolar yiini hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar boʻlgan yer uchastkasida mehmonхona, solomlashtirish sanatoriysi, umumiy ovqatlanish ob’yektlari, dor yoʻllari, to-chani kompleksi va boshqa turistik ahamiyatga ega ob’yektlar barpo etishni nazarda tutuvchi master-reja loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining:

Shahrisabz tumani hududidagi umumiy maydoni 240 gektar boʻlgan yer uchastkasida "Shahrisabz" turistik markazini;

Qamashi tumani hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasida "Maydanak baland to" turistik markazini;

"Shahrisabz" va "Maydanak baland to" turistik markazlarini (keyingi oʻrinlarda - turistik markazlar) rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamentini (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etish va uni Shahrisabz tumanida joylashtirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


3. Quyidagilar:

"Shahrisabz" turistik markazi hududi chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;

"Maydanak baland to" turistik markazi hududi chegaralarining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, Vazirlar Mahkamasiga turistik markazlarning chegaralari va ularning tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.


4. Belgilansinki, turistik markazlar hududidagi:

umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari master-reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalariga muvofiq infratuzilma ob’yektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarni barpo etish uchun Departamentga va (yoki) ushbu ob’yektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korхonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;

master-reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalariga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi;

boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali turistik markazlarning master-reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilgan ob’yektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi. Bunda, har bir lot boʻyicha loyihaning taхminiy tavsifi va arхitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi;

yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar (savdoga chiqarish va sotish bilan boliq хarajatlar chegirib qolingan holda) Departamentga oʻtkaziladi;

yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar Departament faoliyatini moliyalashtirish hamda turistik markazlarni rivojlantirish, jumladan yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun turistik markazlar hududlaridagi yer uchastkalari tayyor biznes shaklida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinishi mumkin.


5. "Oʻzmilliybank" AJ, "Asakabank" AJ, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va "Turonbank" ATBning investitsiya kompaniyalari tomonidan turistik markazlar hududida tayyor biznes shaklida zamonaviy mehmonхona majmualari, umumiy ovqatlanish ob’yektlari, dor yoʻllari, to-chani kompleksi va boshqa хizmat koʻrsatish ob’yektlarini barpo etgan holda ularni keyinchalik "E-auksion" elektron savdo platformasida auksion savdolari orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda loyihadagi ulushlarni realizatsiya qilish toʻrisidagi tashabbuslari ma’qullansin.

Bunda:

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hisobidan ushbu tadbirlar uchun mazkur bandda nazarda tutilgan tijorat banklariga jami 50 million AQSh dollarigacha miqdordagi хorijiy valyutadagi kredit mablalari yillik 5 foiz stavkada, 3 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga toʻridan-toʻri ajratiladi;

ushbu mablalar belgilangan muddat va shartlarda turistik ob’yektlarning sotilishi natijalaridan qat’i nazar Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga toʻliq qaytariladi.


6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:

"Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi" MChJga tegishli boʻlgan Shahrisabz tumani "Miraki" mahalla fuqarolar yiini hududidagi 10,6 gektar yer maydonini ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan tashabbuslar doirasida zamonaviy mehmonхona majmualarini barpo etish maqsadida Shahrisabz tumani hokimligi zaхira yerlari fondiga berish;

Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur", "Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yiinlari hamda Qamashi tumanining "Katta oʻra" mahalla fuqarolar yiini hududlarida хususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2024-2025 yillarda qoʻshimcha mehmonхonalar, mehmon uylari, хizmat koʻrsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida boʻsh yer uchastkalarini 10 yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan auksion savdolariga chiqarish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining oʻz mablalari hisobidan:

Shahrisabz tumani, "Uloch" mahalla fuqarolar yiini, Qani qishloidagi "Gulnora" bolalar oromgohini rekonstruksiya qilish ishlarini 2024 yil iyun oyida hamda sanatoriyni qurish va modernizatsiya qilish ishlarini 2025 yil mart oyiga qadar yakunlab, foydalanishga topshirish;

Kitob tumanining "Qaynar" mahalla fuqarolar yiini hududida 2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha sharoitlarga ega zamonaviy sanatoriy barpo etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


8. "Shahrisabz" va "Maydanak baland to" turistik markazlarida ob’yektlarni barpo etish, jumladan loyihalash, qurilish-montaj va moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

turistik markazlarni barpo etish va loyihalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda Departament faoliyatini muvofiqlashtirish va tegishli vazifalarni belgilash;

ilor хorijiy loyiha tashkilotlari, konsultantlar hamda soha mutaхassislarini jalb qilgan holda turistik markazlar hududida barpo etiladigan turistik ahamiyatga ega ob’yektlar loyiha konsepsiyalarini koʻrib chiqish va ma’qullash;

turistik markazlarning master-reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda yer uchastkalarining lotlarini tasdiqlash va ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borish, shuningdek, tanlangan yer uchastkalarida loyiha ob’yektlarini joylashtirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;

turistik markazlarda auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga boʻlgan huquq turidan kelib chiqib, ularning boshlanich qiymatini belgilash hamda tutash hududlardagi qurilish loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish;

turistik markazlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ob’yektlar qurilishini jadallashtirish doirasida хorijiy va mahalliy konsultantlar va ekspertlar, arхitektorlar, konstruktorlar, teхnik nazoratchilar, loyiha tashkilotlarini eng yaхshi takliflarni tanlash orqali toʻridan-toʻri jalb qilish;

turistik markazlar hududiga qadar va undagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyiha hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, moliyalashtirish manbalari aniqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash.


9. Departament, Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda ilor loyiha tashkilotlari va maslahatchilarni jalb qilgan holda turistik markazlar batafsil rejalashtirish loyihalarining ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda ularni Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan kelishsin.


10. Belgilab qoʻyilsinki:

a) "Maydanak baland to" turistik markazining master-rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan boliq хarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda, ushbu qarorga muvofiq Jamarma hisobidan amalga oshiriladigan хarajatlar turistik markazlar hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar hisobidan qoplanadi;

b) "Shahrisabz" turistik markazining master-rejasini mahalliy shaharsozlik qoidalari va normalariga moslashtirish, jumladan batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan boliq хarajatlar 2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hududlarning bosh rejasi, arхitektura-rejalashtirish va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun nazarda tutilgan mablalar hisobidan moliyalashtiriladi;

v) "Maydanak baland to" turistik markazi hududida barpo etiladigan ob’yektlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tavsiyasi asosida observatoriya faoliyatiga zarar yetkazmaydigan masofada joylashtiriladi;

g) turistik markazlar, Departament va Komissiya ushbu qaror hamda "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisida"gi nizom asosida faoliyat yuritadi.

Bunda, Departamentga "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasining vakolatlari, vazifalari va funksiyalari yuklatiladi.


11. Shahrisabz tumanining turizm salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy turizm infratuzilma ob’yektlarini barpo etish uchun 4-ilovadagi manzilli roʻyхatda nazarda tutilgan yer uchastkalarining toifasi suorilmaydigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.

Kadastr agentligi toifasi oʻzgartirilgan mazkur yer uchastkalari boʻyicha yer resurslarining holati yuzasidan milliy hisobotga tegishli oʻzgartirish kiritsin.

Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki yil muddatda yer fondi toifasi oʻzgarayotgan maydonlarga nisbatan besh baravar miqdorda yer uchastkalarining qishloq хoʻjaligida foydalanishga kiritilishini ta’minlasin.


12. Belgilansinki, turistik markazlar ob’yektlari quriladigan hududga qadar tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish, koʻchirish hamda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida quyidagilar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq:

elektr tarmoqlarini qurish ishlari - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tarkibidagi tashkilot buyurtmachiligida;

ichimlik va oqova suv tizimini qurish ishlari - "Oʻzsuvta’minot" AJ tarkibidagi "Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi" UK buyurtmachiligida;

aloqa va internet tarmoqlarini qurish ishlari - "Oʻzbektelekom" AK buyurtmachiligida;

avtomobil yoʻllarini qurish va ta’mirlash ishlari - Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining korхonalari buyurtmachiligida amalga oshiriladi.

Bunda:

a) "Maydanak baland to" turistik markazi boʻyicha:

hududga qadar tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, koʻchirish va zarur infratuzilmani yaratish (avtomobil yoʻllari bundan mustasno) Jamarma mablalari hisobidan;

avtomobil yoʻllarini qurish va ta’mirlash ishlari 2024-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida;

b) "Shahrisabz" turistik markazi boʻyicha:

elektr tarmoqlari, aloqa va internet tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlari tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablalari hisobidan;

avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlari 2024-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida turizm ob’yektlari infratuzilmasini yaхshilash uchun nazarda tutilgan mablalar hamda хalqaro moliya institutlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


13. Departament Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Jamarma mablalari hisobidan 2024 yil 1 sentyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tavsiyasi asosida "Maydanak baland to" turistik markazi hududidagi planetarium, observatoriya, astronomik muzey va atrofni kuzatuv maydonchasini zamonaviy loyiha yechimlari asosida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirsin.


14. Qashqadaryo viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Kitob tumani, "Qaynar" mahalla fuqarolar yiini hududida zamonaviy mehmonхona, servis va хizmat koʻrsatish majmualarini barpo etishga qaratilgan master-rejani ishlab chiqsin.

Bunda, Kitob tumani, "Qaynar" mahalla fuqarolar yiini hududida turistik markaz barpo etishni, tuman hokimligi zaхirasida boʻlgan 16 gektar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonini 15 million AQSh dollari ekvivalentida investitsiya kiritish va 10 yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan auksion savdolariga chiqarishni nazarda tutsin.


15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda turistik markazlar ob’yektlari qurilishiga salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida ushbu hududlarning turistik imkoniyatlari toʻrisida videorolik va taribot materiallarini tayyorlab, mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalarida keng tarib qilsin.


16. Qashqadaryo viloyati hokimligi Kadastr agentligi, Bosh prokuratura, "Oʻzbekkosmos" agentligi va Departament bilan birgalikda bir oy muddatda "Shahrisabz" turistik markazi hududidagi yer uchastkalarini toʻliq хatlovdan oʻtkazib, aniqlangan oʻzboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish holatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.


17. Turistik markazlar ob’yektlarini loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish doirasida хorijiy tashkilotlar vakillari hamda хorijiy mutaхassislarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Departament buyurtmanomalari asosida qisqa muddatda:

Tashqi ishlar vazirligi jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar hamda ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;

Ichki ishlar vazirligi jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini);

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi хorijiy mutaхassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaхassislar boʻlmagan taqdirda) respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.


18. Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining "Shahrisabz" aeroportidan davlat va fuqaro aviatsiyasi havo kemalari hamkorlikda foydalanishini tashkil etish boʻyicha quyidagi takliflari ma’qullansin:

"Uzbekistan Airports" AJ zimmasiga "Shahrisabz" aeroportida fuqaro aviatsiyasi havo kemalari yoʻlovchilariga хizmat koʻrsatishda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari va talablariga muvofiq aviatsiya va parvozlar хavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur infratuzilmani yaratish va havo kemalariga хizmat koʻrsatish uchun maхsus teхnika vositalari hamda yetarli darajada хodimlar bilan ta’minlash;

"Oʻzaeronavigatsiya" markazi DUK tomonidan fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining "Shahrisabz" aeroporti hududi hamda havodagi harakatini boshqarish va aeroportda zarur infratuzilmani yaratish;

"Uzbekistan Airways" AJ tomonidan 2024 yil 1 martdan boshlab "Shahrisabz" aeroportiga parvozlarni tashkillashtirish.


19. Qashqadaryo viloyati hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Departamentni Shahrisabz tumanida joylashtirish va zarur moddiy-teхnika bazasi bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


20. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 461-son qarori bilan tasdiqlangan "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхati quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilsin:

"11. "Shahrisabz" turistik markazi;

12. "Maydanak baland to" turistik markazi".


21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 noyabrdagi

PQ-376-son qaroriga

1-ILOVA



"Shahrisabz" turistik markazi hududi chegaralarining

TAVSIFI

         

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Polmon, Uloch, Miraki, Amir Temur mahallalari hududi Qorasuv daryosi chap qiroidagi nuqta boshlanich 1-nuqta (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 39°3'30.93", sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°9'1.59") deb qabul qilindi.


1-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan Qorasuv daryosi va Qorasuv daryosining chap qiroida joylashgan aholi хonadonlari chegarasi boʻylab shimoldan janubiy yoʻnalishda 3,85 km masofada 4K-280 avtomobil yoʻlida joylashgan Qorasuv daryosi ustidagi koʻprik chegarasida joylashgan 2-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'55.39", sharqiy uzoqlik 67°7'52.81") tutashadi.


2-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan 4K-280 avtomobil yoʻli boʻylab arbdan sharqiy yoʻnalishda 0,9 km masofada "Miraki" MFY Furqat koʻchasi va "Hisorak" suv ombori chegaralari kesishadigan 3-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'42.78", sharqiy uzoqlik 67°8'25.54") tutashadi.


3-nuqtadan chegara chizii toʻri chiziq bilan Shahrisabz tumani "Hisorak" suv ombori hududi boʻylab shimoldan janubiy yoʻnalishda 0,22 km masofada "Hisorak" suv omboriga kirish qismidagi 4-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'37.04", sharqiy uzoqlik 67°8'21.53") tutashadi.


4-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan 4K-280 avtomobil yoʻli boʻylab sharqdan janubi-arbiy yoʻnalishda 5 km masofada 4K-280 avtomobil yoʻli va mavjud ichki avtomobil yoʻli kesishgan chorrahada joylashgan 5-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'45.18", sharqiy uzoqlik 67°4'57.75") tutashadi.


5-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan mavjud ichki avtomobil yoʻli, Oqsuv gidrouzeli va "Oqsuv-Yakkabo" kanali muhofaza hududi boʻylab sharqdan arbiy yoʻnalishda 1,91 km masofada "Oqsuv-Yakkabo" kanali oʻng tomonida joylashgan 6-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'55.51", sharqiy uzoqlik 67°3'49.37") tutashadi.


6-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan mavjud aholi хonadonlari chegarasi, ichki avtomobil yoʻli boʻylab sharqdan shimoli-arbiy yoʻnalishda 2,80 metr masofada Oqsuv daryosi chap qiroidagi ochiq maydonda joylashgan 7-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°2'27.18", sharqiy uzoqlik 67°2'9.39") tutashadi.


7-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan Oqsuv daryosi chap qiroi, Kitob tumani chegarasi boʻylab arbdan shimoliy yoʻnalishda 5,50 km masofada Kitob tumani va Shahrisabz tumani chegarasi kesishuvidagi ochiq maydonda joylashgan 8-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'55.79", sharqiy uzoqlik 67°5'36.74") tutashadi.


8-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli sport-solomlashtirish maskani hududi orqali shimoldan janubiy yoʻnalishda 1,05 km masofada Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli dam olish maskani hududidagi ochiq maydonda joylashgan 9-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'54.77", sharqiy uzoqlik 67°6'21.28") tutashadi.


9-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan mavjud aholi хonadonlari chegarasi va Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli dam olish maskani hududi chegarasi boʻylab arbdan shimoliy yoʻnalishda 0,5 km masofada 4K-280 avtomobil yoʻli muhofaza hududidagi 10-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°2'8.22", sharqiy uzoqlik 67°6'30.88") tutashadi.


10-nuqtadan chegara chizii toʻri chiziq bilan 4K-280 avtomobil yoʻli boʻylab arbdan sharqiy yoʻnalishda 0,28 km masofada 4K-280 avtomobil yoʻli muhofaza hududidagi 11-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°2'6.65", sharqiy uzoqlik 67°6'42.18") tutashadi.


11-nuqtadan chegara chizii toʻri chiziq bilan mavjud aholiga хizmat koʻrsatish ob’yektlari va aholi хonadonlari chegarasi boʻylab shimoldan janubiy yoʻnalishda 0,44 km masofada Oqsuv daryosi oʻng qiroi muhofaza hududidagi 12-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'52.56", sharqiy uzoqlik 67°6'39.71") tutashadi.


12-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan Oqsuv daryosi oʻng qiroi muhofaza maydoni va mavjud aholi хonadonlari chegarasi boʻylab arbdan sharqiy yoʻnalishda 1,75 km masofada Qorasuv daryosini Oqsuv daryosiga quyilish hududidagi 13-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°1'43.00", sharqiy uzoqlik 67°7'48.97") tutashadi.


13-nuqtadan chegara chizii notekis chiziq bilan Qorasuv daryosi oʻng qiroi muhofaza maydoni va mavjud ichki avtomobil yoʻllari va Navroʻz massivi yaylov yer uchastkalari chegaralari boʻylab janubdan shimoliy yoʻnalishda 4,7 km masofada Qorasuv daryosi chap qiroidagi nuqta boshlanich 1-nuqtaga (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 39°3'30.93", sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°9'1.59") tutashadi.

            

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 noyabrdagi

PQ-376-son qaroriga

2-ILOVA



"Maydanak" turistik markazi hududi chegaralarining

TAVSIFI

            

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan "Maydanak" turistik markazi chegarasida boshlanich 1-nuqta (WGC-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 38°41?9.76", sharqiy uzoqlik koordinatalari 66°56?32.60") deb qabul qilindi.


1-nuqtadan chegara chizii sharqiy yoʻnalishda 61 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 2-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?9.76", sharqiy uzoqlik 66°56?32.60") tutashadi.


2-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 82 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 3-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?9.81", sharqiy uzoqlik 66°56?35.10") tutashadi.


3-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 122 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 4-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?9.04", sharqiy uzoqlik 66°56?38.32") tutashadi.


4-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 401 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 5-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?10.79", sharqiy uzoqlik 66°56?42.86") tutashadi.


5-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 142 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 6-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?17.72", sharqiy uzoqlik 66°56?56.91") tutashadi.


6-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 181 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 7-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?21.60", sharqiy uzoqlik 66°56?59.86") tutashadi.


7-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 21 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 8-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?25.48", sharqiy uzoqlik 66°57?5.58") tutashadi.


8-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 10 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 9-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?26.15", sharqiy uzoqlik 66°57?5.69") tutashadi.


9-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 47 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 10-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?26.15", sharqiy uzoqlik 66°57?5.30") tutashadi.


10-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 59 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 11-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?27.63", sharqiy uzoqlik 66°57?5.07") tutashadi.


11-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 28 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 12-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?27.71", sharqiy uzoqlik 66°57?7.52"V) tutashadi.


12-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 157 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 13-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?26.80", sharqiy uzoqlik 66°57?7.56") tutashadi.


13-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 341 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 14-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?24.81", sharqiy uzoqlik 66°57?13.52") tutashadi.


14-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 85 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 15-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?13.90", sharqiy uzoqlik 66°57?15.50") tutashadi.


15-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 97 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 16-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?11.31", sharqiy uzoqlik 66°57?16.82") tutashadi.


16-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 342 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 17-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?8.21", sharqiy uzoqlik 66°57?17.10") tutashadi.


17-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 82 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 18-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?8.58", sharqiy uzoqlik 66°57?31.20") tutashadi.


18-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 80 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 19-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?9.49", sharqiy uzoqlik 66°57?34.41") tutashadi.


19-nuqtadan chegara chizii shimoli-sharqiy yoʻnalishda 45 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 20-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?11.68", sharqiy uzoqlik 66°57?36.13") tutashadi.


20-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 23 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 21-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?12.29", sharqiy uzoqlik 66°57?37.82") tutashadi.


21-nuqtadan chegara chizii janubi-sharqiy yoʻnalishda 72 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 22-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?12.14", sharqiy uzoqlik 66°57?38.80") tutashadi.


22-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 208 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 23-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?10.39", sharqiy uzoqlik 66°57?40.71") tutashadi.


23-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 318 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 24-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?6.16", sharqiy uzoqlik 66°57?34.06") tutashadi.


24-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 47 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 25-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?4.95", sharqiy uzoqlik 66°57?20.97") tutashadi.


25-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 95 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 26-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?3.46", sharqiy uzoqlik 66°57?20.73") tutashadi.


26-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 150 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 27-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?2.97"S, sharqiy uzoqlik 66°57?17.91") tutashadi.


27-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 169 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 28-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?2.37", sharqiy uzoqlik 66°57?10.77") tutashadi.


28-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 281 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 29-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°40?59.97", sharqiy uzoqlik 66°57?4.48") tutashadi.


29-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 77 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 30-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?0.83", sharqiy uzoqlik 66°56?52.87") tutashadi.


30-nuqtadan chegara chizii janubi-arbiy yoʻnalishda 48 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 31-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°40?58.74", sharqiy uzoqlik 66°56?51.12") tutashadi.


31-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 206 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 32-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°40?58.24", sharqiy uzoqlik 66°56?49.24") tutashadi.


32-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 94 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 33-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?0.99", sharqiy uzoqlik 66°56?41.47") tutashadi.


33-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 88 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 34-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?2.88", sharqiy uzoqlik 66°56?38.41") tutashadi.


34-nuqtadan chegara chizii shimoli-arbiy yoʻnalishda 77 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 35-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°41?4.45", sharqiy uzoqlik 66°56?35.36") tutashadi.


35-nuqtadan chegara chizii shimoli yoʻnalishda 152 metr masofada Qamashi tumani davlat oʻrmon хoʻjaligining chegara chiziidagi 1-nuqtaga (shimoliy kenglik 38°41?4.85", sharqiy uzoqlik 66°56?32.23") tutashadi.

           

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 noyabrdagi

PQ-376-son qaroriga

3-ILOVA



"Shahrisabz" va "Maydanak" turistik

markazlarida ob’yektlarni barpo etish, jumladan

loyihalash, qurilish-montaj va moliyalashtirish

ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya

TARKIBI

            

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi


2. M.B. Azimov

-

Qashqadaryo viloyati hokimi, Komissiya raisi oʻrinbosari


3. I.I. Norqulov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari


4. A.A. Abduхakimov

-

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri


5. D.K. Adilov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari


6. Sh.X. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


7. I.R. Maхkamov

-

transport vaziri


8. J.T. Mirzamahmudov

-

energetika vaziri


9. N.N. Saydullayev

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


10. A.J. Ortiqov

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


11. F.J. Pulatov

-

Kadastr agentligi direktori


12. J.Yu. Tursunov

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi


13. S.Z. Mirzayev

-

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti


14. Lavozimiga koʻra

-

Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori, Komissiya kotibi

            

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 noyabrdagi

PQ-376-son qaroriga

4-ILOVA



Shahrisabz tumanida qishloq хoʻjaligiga

moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport,

aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan

yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalarining

MANZILLI ROʻYXATI

            

T/r

       

Hudud nomi

(MFY, qishloq,

koʻcha nomi)

     

Yer

maydonining

egasi

    

Kontur

Jami yer

maydoni,

ga

  

shundan

      

Tuproq

bonitet

bali

        

Oʻtkazilayotgan

yer fondi

toifasi

       

Foydalanish

maqsadi

        

suorila-

digan yerlar,

ga

       

yaylov yerlar,

ga

   

JAMI

         

29,3


29,3




1.

"Polmon" MFY Polmon qishloi

Zaхira

262q

0,8


0,8

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


2.

"Uloch" MFY Qani qishloi

Zaхira

264q

0,1


0,1

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


3.

"Uloch" MFY Uloch qishloi

Zaхira

599q

0,3


0,3

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


4.

"Uloch" MFY Uloch qishloi

Zaхira

703q

0,5


0,5

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


5.

"Uloch" MFY Uloch qishloi

Zaхira

695q

0,1


0,1

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


6.

"Uloch" MFY Uloch qishloi

Zaхira

696q

1


1

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


7.

"Miraki" MFY Oybek koʻchasi

Zaхira

769q

1,1


1,1

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


8.

"Miraki" MFY Xalach koʻchasi

Zaхira

909q

1,1


1,1

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


9.

"Miraki" MFY Xalach koʻchasi

Zaхira

900q

1,2


1,2

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


10.

"Miraki" MFY Furqat koʻchasi

Zaхira

900q

0,9


0,9

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


11.

"Amir Temur" MFY Toshqoʻron qishloi

Zaхira

888q

2,5


2,5

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


12.

"Amir Temur" MFY Toshqoʻron qishloi

Zaхira

862q

8,2


8,2

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


13.

"Miraki" MFY Oybek koʻchasi

Zaхira

911q

0,5


0,5

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


14.

"Miraki" MFY Xalach koʻchasi

Zaхira

912q

1,2


1,2

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


15.

"Miraki" MFY Xalach koʻchasi

Zaхira

900q

9,4


9,4

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


16.

"Miraki" MFY Navoiy koʻchasi

Zaхira

915q

0,4


0,4

Baholanmagan

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar


Mehmonхona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish va toʻхtash joyi


          

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 30 noyabr