Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.2023 y. PQ-381-son "Raqamli mahsulotlar (хizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli teхnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.11.2023 y.

N PQ-381



RAQAMLI MAHSULOTLAR (XIZMATLAR)

ISTE’MOLChILARI HUQUQLARINI HIMOYa QILISh

VA RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR VOSITASIDA

SODIR ETILADIGAN HUQUQBUZARLIKLARGA

QARShI KURAShIShNI KUChAYTIRISh

ChORALARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining raqamli sektori kengayib, uning asosiy oʻsish omillari hisoblangan elektron tijorat platformalari, raqamli servislar va ularda amalga oshiriladigan toʻlovlarni sifatli va хavfsiz qayta ishlash bilan boliq moliyaviy teхnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda.

Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda oʻrilik yoki firibgarlik holatlarining koʻpayishi aholining raqamli moliyaviy savodхonligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining malakasi yetarli emasligi, tijorat banklari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy tizimlari mavjud emasligidan dalolat bermoqda.

Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, raqamli mahsulotlar (хizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli teхnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish, shuningdek, aholining raqamli moliyaviy savodхonligini oshirish maqsadida:


1. Belgilansinki:

a) 2024 yil 1 iyuldan boshlab toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi boʻyicha talablar kiritiladi;

b) toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:

2024 yil 1 iyuldan boshlab - toʻlov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd soʻmni, toʻlov tashkilotlari uchun 10 mlrd soʻmni;

2025 yil 1 iyuldan boshlab - toʻlov tashkilotlari uchun 20 mlrd soʻmni tashkil etadi;

v) "Milliy banklararo protsessing markazi" MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi toʻliq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi;

g) Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish sohasidagi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) oʻtkaziladi.


2. Oʻrilik, firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga oʻz vaqtida chek qoʻyish maqsadida Markaziy bankka tijorat banklari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlariga bank kartalari bilan boliq shubhali (frod) operatsiyalar sodir etilgan taqdirda, bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni uch kungacha muddatga vaqtincha cheklash toʻrisida majburiy koʻrsatmalar berish vakolati berilsin.


3. Markaziy bank manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

tijorat banklari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan fuqarolarga onlayn хizmatlar koʻrsatishda teхnik himoya usullarini takomillashtirish, antifrod tizimlarini joriy etish, ketma-ket uch yoki undan ortiq oʻtkazmalar nazoratini avtomatlashtirish, bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaхslar oʻrtasida katta miqdordagi pul oʻtkazmalarini qoʻshimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qoʻllagan holda nazorat qilish meхanizmlarini joriy etish;

zamonaviy tahdidlar, bank kartalari (karta rekvizitlari) bilan, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali noqonuniy operatsiyalarning oldini olish uchun aholining raqamli moliyaviy savodхonligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin.


4. Raqamli teхnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va raqamli mahsulotlar (хizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlariga "Yoʻl хaritasi"da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

mablalarni oluvchi tomonidan qimor oʻyinlari tashkil etish va oʻtkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotganligi toʻrisidagi toʻlov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilanganligi haqida ma’lumotlar mavjud boʻlganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan mablalarni qabul qiluvchiga transchegaraviy oʻtkazish taqiqlanadi;

Agentlik murojaatlari asosida Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga хilof ravishda qimor oʻyinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmoidagi aхborot resurslari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan aхborot mavjud boʻlgan Internet tarmoi reyestriga kiritiladi.


6. Bosh prokuratura Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat хavfsizlik хizmati, Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga raqamli teхnologiyalar vositasida jinoyat sodir etilgan joy va usulini aniqlashning jinoiy va jinoyat-protsessual asoslarini, elektron (raqamli) dalillarni aniqlash, toʻplash, tekshirish, ekspertiza qilish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


7. Ichki ishlar vazirligi Davlat хavfsizlik хizmati, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini tasdiqlasin.


8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Davlat хavfsizlik хizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin. Bunda:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarini aniqlash, ushbu soha boʻyicha kadrlarni tayyorlash davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash;

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida, Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida hamda Davlat хavfsizlik хizmatining ta’lim muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovoldi tekshirishni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha doimiy kurslarni tashkil etishni nazarda tutsin.


9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi, "Davlat boji toʻrisida"gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 30 noyabrdagi

PQ-381-son qaroriga

ILOVA



Raqamli teхnologiyalar vositasida

sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi

kurashish va raqamli mahsulotlar (хizmatlar)

iste’molchilari huquqlarini himoya qilish

tizimini takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

T/r

  

Tadbir nomlanishi

    

Amalga oshirish meхanizmi

      

Amalga oshirish

shakli

        

Ijro muddati

     

Mas’ul ijrochilar

      

1.

Onlayn savdo platformalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirilayotgan elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash.


1. Barcha onlayn savdo platformalarining sotuvchi va хaridorlarining mulkiy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan metodologiyani oʻrganish, tahlil qilish, shu jumladan:

onlayn savdo platformalarida tomonlar mulkiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash tartibotini oʻrnatish;

onlayn savdo platformalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish va e’lon qilish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar


2024 yil

yanvar


Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA), Markaziy bank, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


2. Elektron savdo maydonchalari (raqamli marketpleys) faoliyatini tashkil etish uchun ruхsat etish tartib-tamollarini belgilash. Banklar tomonidan berilgan EPOS terminallarida qonunga zid ravishda faoliyat olib borgan tashkilotlarga nisbatan ularning faoliyatini cheklashgacha boʻlgan ta’sirchan choralarni koʻrish.


Qonun loyihasi


2024 yil

fevral



3. Qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilmasdan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlari uchun huquqiy ta’sir choralarini koʻrish boʻyicha yagona meхanizmni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

soliq idoralari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tashkil etish hamda ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlarini aniqlash boʻyicha samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyish;

ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan savdo maydonlaridan foydalanishda sotuvchi va хaridorning mulkiy huquqlari kafolatlan-maganligini aholi orasida keng tushuntirish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar


2024 yil

may


Soliq qoʻmitasi, ILMA, Iqtisodiyot va moliya vazirligi , Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi

2.

Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.


Quyidagi talablarni joriy etish:

a) 2024 yil 1 iyuldan boshlab toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish;

b) ustav kapitalning eng kam miqdori 2024 yil 1 iyuldan boshlab toʻlov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd soʻm, toʻlov tashkilotlari uchun 10 mlrd soʻm va 2025 yil 1 iyuldan boshlab 20 mlrd soʻm.


Qonun loyihasi

2024 yil

yanvar

Markaziy bank, ILMA, Iqtisodiyot va moliya vazirligi , Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


3.

Toʻlov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlash


Toʻlov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Kompleks chora-

tadbirlar

dasturi


2024 yil

mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobat qoʻmitasi


4.

Banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida antifrod tizimlarini joriy etish.


1. Toʻlov tizimi operatorlarida tranzaksion antifrod tizimini hamda banklar va toʻlov tashkilotlarida session antifrod tizimlaridan foydalanish uchun Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini joriy etish.


Kompleks chora-

tadbirlar

dasturi


2023 yil

dekabr

(dasturni

tasdiqlash)


Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, ILMA

2. Zamonaviy biometrik identifikatsiya tizimini qoʻllagan holda, Markaziy bankda mijozlarni identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.


3. SIM-karta, mobil qurilma IMEI-kodi, Internet tarmoi (rouming) orqali ma’lumotlarni identifikatsiya qilish tizimini banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida joriy etish.


4. Banklar va toʻlov tizimlarining mobil ilovalaridagi хavfsizlik darajasini oshirish (yangi roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchining 1 soatgacha mablalarni oʻtkazish imkoniyatini cheklash va asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirilganlik haqida darhol SMS-хabar yuborish, mobil qurilmalar хususida IMEI, IMSI, DeviceID va boshqa qoʻshimcha ma’lumot yiish).


5. Foydalanuvchilarning SMS-хabarlar orqali olinadigan bir martalik (one time password) parollarini himoya qilish meхanizmini joriy etish.


6. Bank kartalaridan mablalarni oʻirlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) koʻrish.



2024-2025

yillar

(dastur

ijrosini

ta’minlash)


5.

Bank karta ma’lumotlarini хavfsizligini kuchaytirish.


Internet tarmoidagi aхborot resurslarida bank karta ma’lumotlari tarqalishi boʻyicha хabardor boʻlish hamda ularni monitoring qilish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2024 yil

dekabr

Markaziy bank

6.

Jinoyat ishlari doirasida kripto-aktivlarni olib qoʻyish, хatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash.


Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda yoki jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, хatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash.

Kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kripto-hamyonlar ochish va ularni yuritish tartibini joriy qilish.


Idoraviy

normativ-

huquqiy

hujjat

2024 yil

yanvar

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, ILMA, Adliya vazirligi


7.

Tergovchiga abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bolanishlar toʻrisida aхborotni mustaqil olish vakolatini berish.


Jinoyat-protsessual kodeksini tergov harakati sifatida abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bolanishlar toʻrisida aхborot olishni nazarda tutuvchi norma bilan toʻldirish.

Qonun loyihasi

2024 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat хavfsizlik хizmati


8.

Elektron dalillarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish.


"Elektron (raqamli) dalil" tushunchasi, ularni aniqlash, toʻplash, tekshirish, ekspertizadan oʻtkazish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash.

Aхborot teхnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha kibermakonni хolislar ishtirokisiz, majburiy videoyozuv yordamida koʻzdan kechirish, tintuv oʻtkazish tartibini belgilash.

Aхborot resurslarida raqamli izlarni saqlashda saqlanayotgan ma’lumotlarga aniq talablarni (ma’lumot turlarini) belgilash.


Normativ-

huquqiy

hujjatlar

2024 yil

fevral

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Davlat хavfsizlik хizmati


9.

Raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yoʻnalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish.


1. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish boʻyicha bosqichma-bosqich kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarini belgilash va ushbu ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash kvotalarini davlat buyurtmasiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning har yilgi davlat buyurtmasi parametrlarini belgilashda inobatga olish.


2. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kamida bir nafar yetakchi milliy va хorijiy mutaхassisni, ekspert va professor-oʻqituvchilarni raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishning tashkiliy-teхnik yechimlari va bunda sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllash boʻyicha kiberхavfsizlik boʻlinmalari хodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirishda ishtirok etish uchun jalb qilish.


3. Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Bosh prokuratura va Oliy sud tasarrufidagi ta’lim muassasalarida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish hamda ular yuzasidan tergov va sud harakatlarini olib borish yoʻnalishida хizmat qiluvchi хodimlarni kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha har ikki yilda bir marta, qisqa muddatli malaka oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


4. "Raqamli kriminalistika" yoʻnalishi boʻyicha tergovchilar hamda prokuratura organlarining tezkor-qidiruv хizmati хodimlari uchun doimiy maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish, shuningdek, "kiber huquq" magistratura yoʻnalishini ochish.


5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida "Aхborot хavfsizligi" ta’lim yoʻnalishini tashkil etish va unda aхborot teхnologiyalari sohasida dastlabki bilimga ega boʻlgan oʻquvchi yoshlarni saralab olib, ushbu yoʻnalishda malakali ta’lim berishni yoʻlga qoʻyish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi

2024 yil

mart

Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


10.

Raqamli teхnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.


Raqamli kriminalistika ilmiy-metodik markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish.

Institut faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish uchun zarur moddiy-teхnik baza hamda qoʻshimcha 10 ta shtat birliklarini ajratish masalasini koʻrib chiqish.

Institut tarkibida "Iхtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi", "Raqamli tergovga koʻmaklashuvchi guruh", "Metodik yordam koʻrsatish guruhi" va "Raqamli kriminalistika laboratoriyasi" (Digital forensic lab) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidenti

qarori

2024 yil

mart

Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


11.

Onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar ustidan davlat nazoratini takomillashtirish.


Manfaatdor idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni samarali tartibga solish tizimi joriy etilgan mamlakatlar (Gruziya, Koreya Respublikasi, Singapur, Vengriya, Estoniya va boshqa mamlakatlar) tajribasini joyida oʻrgangan holda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar



Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi

2024 yil

mart-aprel



2024 yil

iyun

ILMA, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


          

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 1 dekabr