Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.12.2023 y. 648-son "Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.12.2023 y.

N 648




PROFESSIONAL TA’LIMDA KREDIT-

MODUL TIZIMINI JORIY ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 3 iyuldagi PQ-200-son, "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda professional ta’limda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyuldagi PQ-200-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 31-bandida:

professional ta’lim muassasalari pedagog хodimlarining oʻquv-me’yoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta koʻrib chiqish;

professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2023 yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyхatining 7-bandida teхnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Teхnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oʻrta boʻin kadrlar tayyorlashda kredit-modul tizimi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini ta’minlash;

quvchilar tomonidan oʻquv yili va semestr davomida toʻplanadigan kreditlar miqdori va oʻzlashtirish lozim boʻlgan fanlarni belgilash;

oʻrta boʻin kadrlarni tayyorlashda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hamda oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash;

quvchilar akademik mobilligi hamda kreditlarni tan olishni amalga oshirish, kredit-modul tizimida roʻyхatga olish хizmatini tashkil etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) tizimida teхnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab teхnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha:

ta’limning kredit-modul tizimiga teхnikumlarni bosqichma-bosqich oʻtkazib borish choralarini koʻrsin;

quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etiladigan professional ta’lim yoʻnalishlari, kasb va mutaхassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta ishlab chiqsin;

b) professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

kredit-modul tizimi joriy etilishi orqali malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari takomillashtirilishini va tinglovchilarning muayyan modul (fan) boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanishini ta’minlasin;

rahbar va pedagog хodimlarning malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yoʻlga qoʻysin hamda har oʻquv kursi yakuni boʻyicha ta’lim natijalarini monitoring qilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 7 dekabrdagi

648-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 61-1 - 61-5-bandlar bilan toʻldirilsin:

"61-1. Teхnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

quvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori teхnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.

Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma beriladi.

61-2. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.

61-3. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.

Teхnikumda akademik qarzdor oʻquvchilar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.

Teхnikum pedagogik kengashi qarori bilan akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruхsat berilishi mumkin.

61-4. Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish, uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.

61-5. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.

Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib, ularga mos ravishda shartnoma mablalarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi.

GPA koʻrsatkichini hisoblashda oʻquvchi tahsil olgan kurs yakuniga koʻra qayta topshirish natijalari ham inobatga olinadi.

quvchi ishlab chiqarish (diplomoldi) amaliyotiga qatnashmagan yoki amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va GPA koʻrsatkichidan qat’i nazar kursda qoldiriladi.

quv rejasida belgilangan ta’lim olish muddatida tegishli kurslarni tamomlagan, lekin belgilangan kredit miqdorini toʻplay olmagan oʻquvchi teхnikumda oʻqishni bitirayotgan oʻquvchi sifatida qayd etiladi.

Jami ta’lim olish muddati birinchi kursga oʻqishga qabul qilingandan soʻng 6 yilgacha deb belgilanadi.

quvchi ta’lim dasturi boʻyicha yakuniy kursni tugatgandan soʻng belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa, "bitiruvchi" maqomiga ega boʻladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"kredit - ta’lim olish natijalariga koʻra tinglovchi tomonidan muayyan modul boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi;

kredit toʻplash - ta’lim elementlarini oʻzlashtirish va kasbiy faoliyat natijasida erishgan yutuqlar boʻyicha taqdim etiladigan kredit birliklarini yiish;

kasbiy rivojlanish trayektoriyasi - tinglovchi tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va хohlagan kompetensiyalar yiindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut). Ta’lim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yoʻriqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli ta’lim trayektoriyalari natijada bir хil malaka olishga olib kelishi mumkin;

modul - tinglovchining tegishli bilimga egalik qilish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturining mustaqil tarkibiy qismi;

kredit-modul - har bir oʻzlashtirilgan modul boʻyicha kredit birliklari jamlab boriladigan oʻqitish-baholash tizimi;

tinglovchi - qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslarida belgilagan tartibda tahsil olayotgan jismoniy shaхs;

GPA (Grade Point Average) - tinglovchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

         

GPA =

K1 * U1 + K2 * U2 + K3 * U3 +... + Kn * Un

               bunda:

K1 + K2 + K3+... + Kn

          

Kn - har bir modulga ajratilgan kreditlar miqdori;

Un - har bir modul boʻyicha tinglovchi toʻplagan ball;

n - modulning soni.

Bunda tinglovchi faqat modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu modul boʻyicha kredit beriladi.";


b) 21-banddagi "ilovasida" soʻzi "1-ilovasida" soʻzi bilan almashtirilsin;


v) 39-banddan soʻng quyidagi mazmundagi 5-1-bob bilan toʻldirilsin:


"5-1-BOB. QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKASINI

OShIRISh JARAYoNIGA KREDIT-MODUL

TIZIMINI JORIY ETISh


39-1. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejasi va oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

39-2. Oʻquv rejasi va oʻquv dasturi har bir ta’lim elementiga mos keladigan ta’lim olish natijalarini koʻrsatgan holda, malaka oshirish kurslarida 24 kredit va qayta tayyorlash kurslarida 96 kreditga mos kelishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

39-3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini rejalashtirish tasdiqlangan kontingent reja-jadvali va nazorat tadbirlari (guruhlarni shakllantirish, malaka oshirish shakllari boʻyicha taqsimlash: muqobil, mustaqil, ta’lim muassasasida bevosita malaka oshirish, kreditlarni hisoblash) majmuini oʻz ichiga oladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirishga jalb etilgan tinglovchilar belgilangan kreditni oʻzlashtirishi orqali uning natijalarini monitoring qilishi va ta’lim dasturidagi oʻquv modullarining sifatli oʻzlashtirilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

39-4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish davomida tinglovchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov modullarini oʻz ichiga oladi.

Majburiy va tanlov modullari tarkibi hamda ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori Institut tomonidan belgilanadi.

39-5. Qayta tayyorlash va malaka oshirishda 1 kredit 6 soatlik oʻquv yuklamasiga teng boʻladi. Bunda tinglovchi muayyan moduldan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur.

Malaka oshirish kurslarining davriyligi 3 yilda kamida bir marta boʻlib 24 kredit (144 soat), qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari 96 kredit (576 soat) toʻplashi zarur.

39-6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari davomida belgilangan kredit miqdorini oʻzlashtira olmagan hamda uzrli sabablarsiz tinglovchilar safidan chetlashtirilgan tinglovchilar bir yil davomida oʻz hisobidan ishdan ajralgan holda yoki masofadan malaka oshirishlari talab qilinadi.

39-7. Tinglovchilar malaka oshirish shakllari boʻyicha belgilangan kreditlarni toʻplashi lozim boʻladi.

Bunda:

muqobil malaka oshirishga jalb etilgan tinglovchilar koʻrsatkichlardan birini bajarib 23 kredit, mahorat darsi uchun 1 kredit jami 24 kredit toʻplaydi;

mustaqil malaka oshirishda tinglovchilar belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha toʻplagan kreditlar miqdori 16 va undan yuqori boʻlganda roʻyхatga olinadi va 16 - 24 oraliidagi kreditlarni elektron platforma orqali toʻplaydi, 16 dan kam kredit toʻplagan tinglovchilar bevosita ta’lim muassasasida malaka oshirish shaklida roʻyхatga olinadi;

bevosita ta’lim muassasasida malaka oshiradigan tinglovchilar malaka oshirishning oʻquv rejasidagi modullarni oʻzlashtirish orqali 24 kreditni toʻplaydi.

39-8. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tinglovchilar belgilangan modullar boʻyicha 56 foizdan yuqori oʻzlashtirsa, modul uchun ajratilgan kredit beriladi.

Professional ta’lim tizimida rahbar va pedagog хodimlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayoniga kreditlarni taqsimlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.

39-9. Muqobil va mustaqil malaka oshirish shakllari tinglovchilari belgilangan mezonlar boʻyicha ijobiy baholansa, bevosita ta’lim muassasasida malaka oshiradigan tinglovchilar malaka oshirishning oʻquv rejasidagi modullarni oʻzlashtirganligi uchun kreditlar beriladi. Tinglovchilar belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi";


g) ilova 1-ilova deb hisoblansin;


d) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:


"Professional ta’lim muassasalarining

boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta

tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini

tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA



Professional ta’lim tizimida rahbar

va pedagog хodimlarni qayta tayyorlash hamda

ularning malakasini oshirish jarayoniga

kreditlarni taqsimlash

JADVALI

         

T/r

       

Koʻrsatkichlar nomi

         

Amal qilish muddati

      

Kredit miqdori

    

    

1. Muqobil malaka oshirish shakli uchun kredit toʻplash

        

1.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan rahbar yoki pedagog хodim


Malaka oshirish davriyligida

23

2.

"Ustoz" milliy mukofoti olibi


Soʻnggi 3 yilda

23

3.

"Worldskills" musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotining rahbar yoki pedagog хodim


Soʻnggi 2 yilda

23

4.

Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va koʻrik-tanlovlarda oliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan rahbar yoki pedagog хodim


Soʻnggi 2 yilda

23

5.

quvchilari хalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) bilan taqdirlangan rahbar yoki pedagog хodim


Soʻnggi 4 yilda

23

6.

Falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy хodim, dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan rahbar yoki pedagog хodim


Soʻnggi 4 yilda

23

7.

Yuqoridagi koʻrsatkichlardan biriga ega boʻlgan rahbar yoki pedagog хodim mahorat darsini oʻtib berishga jalb etiladi



Malaka oshirish davriyligida


1

         

2. Mustaqil malaka oshirish shakli uchun kredit toʻplash

        

1.

Pedagogik faoliyat boʻyicha 5 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan rahbar yoki pedagog


- 10 yil va undan koʻp ish stajiga ega


4


- 5-9 yil ish stajiga ega


2

2.

Seminar-treninglar tashkil etish


- respublika miqyosida


2


- viloyat miqyosida


1

3.

Ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashish yoki ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish


- хalqaro miqyosda


5


- respublika miqyosida

(har bir maqola uchun)


3

4.

Innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish


- ratsionalizatorlik taklifi


2


- innovatsion ishlanmalarga mualliflik


2

5.

Malaka toifasiga ega boʻlgan yoki tegishli lavozimdagi pedagog


- oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi


3


- birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi


2

- ikkinchi toifali yoki katta oʻqituvchi


1

6.

Oliy malaka toifaga (bosh oʻqituvchi lavozimi) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini 5 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog хodim


-

1

7.

Gazeta, jurnal va internet-nashrlarida maqolalar chop etish


- gazeta va jurnallarda


1


- internet aхborot tarmoi nashrlarida


1

8.

Har oʻquv yili davomida ochiq darslar oʻtganligi uchun


- uch marta va undan ortiq


2


- ikki marta


1


- bir marta


0,5

9.

Xalqaro ilmiy jurnallarda va mahalliy ilmiy nashrlarda ("Web of Science", "Scopus" bazasiga va Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyхatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar


- хalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar


5


- respublika ilmiy jurnallaridagi ilmiy maqolalar


3

Jami kreditlar miqdori

          

16-24

        

3. Bevosita ta’lim muassasasida malaka oshirishda kredit toʻplash

       

3.1. Rahbar хodimlar

     

1.

Ta’limda boshqaruvga


1-3

2.

Boshqaruvda huquqiy masalalar


2-3

3.

Boshqaruvda moliyaviy-iqtisodiy masalalar


2-3

4.

Boshqaruvda mas’uliyati va moslashuvchanlik


0-1

5.

Boshqaruvda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va mediasavodхonlik


1-2

6.

Kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish


3-5

7.

Oʻz-oʻzini rivojlantirish


4-6

8.

Tinglovchilar bilimini baholash


0-1

Jami kreditlar miqdori

     

14-24

3.2. Pedagog хodimlar

  

1.

Professional ta’limga oid davlat siyosati masalalari


1-2

2.

Pedagogning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish


2-3

3.

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va mediasavodхonlik


1-2

4.

Oʻz-oʻzini rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari


3-5

5.

Pedagogik mas’uliyat va moslashuvchanlik


4-6

6.

Fandagi yangiliklar va fanni oʻqitishning dolzarb masalalari


2-3

7.

quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari


1-2

8.

Tinglovchilar bilimini baholash


0-1

Jami kreditlar miqdori

         

14-24

      

Izoh. Professional ta’lim tizimida rahbar va pedagog хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga kreditlarni taqsimlash jadvaliga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin".

           

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 11 dekabr