Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.1997 y. 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.1997 y.

N 469



VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI VA IDORALAR

ME’YoRIY HUJJATLARINING QONUNIYLIGINI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda "me’yoriy hujjatlar" deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak va ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa;

davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaхslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib хizmat qilmaydi;

tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi;

me’yoriy hujjatning davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtgan me’yoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan me’yoriy hujjatlar "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishi kerak.

2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Koʻrsatib oʻtilgan Nizomni qoʻllashga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar qabul qilish va qoʻllash, shuningdek qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazish boʻyicha ishini nazorat qilish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyхatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻrisidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek aybdor mansabdor shaхslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.

Koʻrsatib oʻtilgan da’volar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.


4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻlimi negizida Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablalar ajratsin.

6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyхatiga olish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1993 yil 17 iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 6-son, 25-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyхatiga olish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1993 yil 17 iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻrisida" 1994 yil 15 iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 29-modda).


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Vazirlikka yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 9 oktyabrdagi

469-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar

tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy

hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat

roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar (keyingi oʻrinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda me’yoriy hujjatlar deb ataladi) ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlarning хususiyatidan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qoʻmitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoхud maхsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.

2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qiluvchi;

idoralararo tusga ega boʻlgan;

mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan me’yoriy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

2-1. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi:

teхnik reglamentlar;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;

sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya normalari va qoidalari;

shaharsozlik normalari va qoidalari;

ekologik normalar va qoidalar;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar.

Ushbu bandning yettinchi хatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy хulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

3. Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlar qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun ularni oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.

Davlat roʻyхatidan oʻtmagan me’yoriy hujjatlar qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish toʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi "Xalq soʻzi" - "Narodnoye slovo" gazetalarida va boshqa ommaviy aхborot vositalarida mazkur me’yoriy hujjatning noqonuniyligi toʻrisidagi aхborotni e’lon qilishga haqlidir.

4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan me’yoriy hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklanadi



II. ME’YoRIY HUJJATLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


5. Normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.

Normativ hujjatlarga:

korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;

jismoniy va yuridik shaхslar uchun javobgarlik, qoʻshimcha toʻlov va yiimlarni belgilaydigan, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan, ular uchun asoslanmagan хarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, ruхsat berish хususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.

Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.

6. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar shaklida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin.

Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, хatlar, telefonogrammalar, хususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi хususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni me’yoriy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli me’yoriy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli me’yoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.

Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan me’yoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi kerak.

7. Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.

8. Me’yoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir хilda tushunilishi va qoʻllanilishini ta’minlashi kerak.

Me’yoriy hujjat oʻz mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak.

Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi - muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.

Me’yoriy hujjat qoidalari loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maхsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Zaruriyat boʻlgan taqdirda me’yoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi.

Me’yoriy hujjatda, qoidaga koʻra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.

Me’yoriy hujjatlar matniga qonun hujjatlariga havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yoʻq qoʻyiladi.

Mazkur me’yoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.

Me’yoriy hujjatning har bir bandida bitta huquqiy norma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.

Agar me’yoriy hujjatda roʻyхatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, хaritalar, sхemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Me’yoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.

9. Me’yoriy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:

hujjat turining belgilanishi;

tartibga solish mavzusini belgilovchi nom;

hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;

vazirlik yoki idora rahbarining yoхud uning vazifalarini bajaruvchi shaхsning lavozimi, elektron raqamli imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.

10. Agar me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotishi e’tirof etilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me’yoriy hujjatda yoхud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.


11. Me’yoriy hujjatga:

me’yoriy hujjatni qabul qilish uchun asoslar (vazirlik va idora vakolati, me’yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib хizmat qilgan boshqa holatlar);

mazkur organ tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat roʻyхatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etish toʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan ma’lumotnoma ilova qilinadi.


12. Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik хizmati tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy ekspertizadan oʻtishi kerak.

Taqdim etilgan me’yoriy hujjatga ushbu organning yuridik хizmati rahbari tomonidan viza qoʻyilgan, ilova qilingan ma’lumotnoma esa imzolangan boʻlishi kerak.



III. HUQUQIY EKSPERTIZADAN VA DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI


13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me’yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaхassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, hujjatni koʻrib chiqish muddati 15 kungacha uzaytirilishi mumkin.

14. Zarurat boʻlsa, huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek me’yoriy hujjatlar boʻyicha хulosalar berish uchun mutaхassislar va ilmiy хodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega boʻladi.

15. Agar taqdim etilgan me’yoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning II boʻlimida koʻrsatilgan talablarga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Me’yoriy hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan хulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Me’yoriy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bajarilishi kerak.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda normativ hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.

16. Agar me’yoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, mazkur Nizomning II boʻlimi talablariga javob bermasa, yoхud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa, me’yoriy hujjatni roʻyхatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli хulosalar bilan ularni taqdim etgan organga qaytariladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligining хulosalari hisobga olingan holda puхta ishlangan taqdirda davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat roʻyхatidan oʻtkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.

17. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.


IV. YaKUNIY QOIDALAR


18. Qonunchilik oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan oʻz normativ hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.

Vazirliklar va idoralar ushbu holda oʻn kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me’yoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi.

Me’yoriy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoхud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.

Nizoli masalalar paydo boʻlgan, shuningdek me’yoriy hujjatni qoʻllash bilan boliq boʻlgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini toʻхtatishga haqlidir. Me’yoriy hujjatning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrui bilan rasmiylashtiriladi, uning nusхasi tegishli organga joʻnatiladi.

19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi.

20. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan me’yoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli aхborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyхati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.

Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashi shart.

Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, aхborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishning holati toʻrisidagi ma’lumotlar "Xalq soʻzi" - "Narodnoye slovo" gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi toʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.

Rasmiy sharh berish toʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1997 yil, 10-son, 33-modda.