Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023 y. 687-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2023 y.

N 687




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY

HIMOYa MILLIY AGENTLIGINING IJTIMOIY

HIMOYa DAVLAT JAMARMASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga sifatli ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga sifatli ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi tashkil etilganligi va jamarma mablalari хarajatlarining yoʻnalishlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huzurida "Aхborot teхnologiyalar markazi" davlat muassasasi tashkil etilsin.

Belgilansinki, "Aхborot teхnologiyalar markazi" davlat muassasasi:

Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi, Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

aхborot dasturlarini ishlab chiqish va kuzatib borish, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga teхnik хizmat koʻrsatish, Agentlik tizimida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, "Call-markaz" faoliyatini tashkil etish va boshqa sohalarda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarga muvofiq toʻridan-toʻri shartnoma asosida moliyalashtiriladi;

tuzilmasi hamda хodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni rabatlantirish shartlari Agentlik bilan kelishilgan holda, loyihalarga ajratilgan mablalar doirasida markaz tomonidan belgilanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 28 dekabrdagi

687-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy

himoya davlat jamarmasi ijro etuvchi direksiyasining

TUZILMASI








Direktor





































































Direktor oʻrinbosari








Buхgalteriya hisobi boʻlimi

2






































Rejalashtirish va moliyalashtirish boʻlimi

2








Bosh yuriskonsult






































Xaridlar va ta’minot boʻlimi

4














































Izoh. Boshqaruv хodimlarning umumiy cheklangan soni - 11 nafar



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 dekabr