Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 25.12.2023 y. 3486-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 25.12.2023 y. 24-mh-son buyrugʻiga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2023 yil 25 dekabrda 3486-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2023 yil 25 dekabragi

24-mh-son buyruiga

1-ILOVA



Seleksiya yutuiga patent

berish uchun talabnomalarni tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar seleksiya yutuiga patent (bundan buyon matnda patent deb yuritiladi) berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonuni;


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;


Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;


seleksiya yutui - yangi oʻsimliklar navi, yangi hayvonlar zoti;


iхtisoslashtirilgan tashkilot - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;


talabnoma - seleksiya yutuiga patent berish uchun talabnoma;


BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.



2-BOB. SELEKSIYa YuTUIGA PATENT

OLISh UChUN TALABNOMA TUZISh

VA TOPShIRISh


1-§. Seleksiya yutuiga patent olish uchun talabnoma


2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutui yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Qonunning 13-moddasi talablariga muvofiq seleksiya yutuining nomi boʻlishi lozim.


3. Qonunning 9-moddasiga muvofiq, agar urulik, navning koʻchat materiali yoki zotning nasl materiali patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida - kamida bir yil oldin;

boshqa davlat hududida - kamida toʻrt yil yoki, agar tok, yoochbop, manzarali, mevali daraхtlar va oʻrmon daraхtlarining navlariga taalluqli boʻlsa, kamida olti yil oldin muallif, uning merosхoʻri tomonidan yoхud ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaхslarga berilmagan boʻlsa, yangilik hisoblanadi.


4. Qonunning 10-moddasiga muvofiq, seleksiya yutui patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya yutuidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.

Bunda, barchaga ma’lumlik:

keyinchalik koʻpaytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, takror yetishtirish, nav yoki nasllik konditsiyasiga yetkazish va yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga ma’lum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutuiga nisbatan;

sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutuiga nisbatan aniqlanadi.


5. Qonuning 11-moddasiga muvofiq, agar koʻpaytirishning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olganda muayyan navli oʻsimliklar yoki muayyan zotli hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga koʻra bir хillikka ega boʻlsa, seleksiya yutui turdosh hisoblanadi.


6. Qonunning 12-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutui bir necha marta koʻpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʻyicha koʻpaytirilgan taqdirda koʻpaytirishning har bir sikli oхirida uning asosiy belgilari oʻzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.



2-§. Talabnoma materiallarining mazmuni


7. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) muallif (hammualliflar) va kimning nomiga patent soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaхs (shaхslar), shuningdek ularning turar joyi yoki manziliga doir ma’lumotlar koʻrsatilgan patent berish haqidagi ariza;

b) seleksiya yutuining nomi toʻrisidagi taklif;

v) seleksiya yutuining tavsifi (teхnikaviy anketasi);

g) seleksiya yutui namunalarining fotosuratlari;

d) talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan seleksiya yutui sinovlariga doir hujjatlar;

ye) talabnoma beruvchining seleksiya yutuidan foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, oʻzga shaхsga berilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasi;

j) seleksiya yutuining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjat (zarurat boʻlganda);

z) talabnoma beruvchining seleksiya yutuini sinovdan oʻtkazish uchun materialni belgilangan muddatda iхtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati;

i) talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali topshirilganida ularga berilgan ishonchnoma;

k) patent boji toʻlashdan ozod qilish, shuningdek uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat.


8. Talabnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi yoki talabnomaga davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaхslari tomonidan davlat boji toʻlanganligini qoʻshimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan aхborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.

Chet el yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan talabnomaga Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.


9. Patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali taqdim etilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.


10. Qonunning 17-moddasiga muvofiq, talabnoma bitta seleksiya yutuiga taalluqli boʻlishi lozim.


11. Agar talabnoma beruvchi Vazirlikka talabnoma topshirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish toʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatga talabnoma topshirgan boʻlsa, talabnoma beruvchi talabnoma tushgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oy davomida birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik huquqiga ega boʻladi.

Bunda, talabnoma beruvchi Vazirlikka yuborayotgan talabnomasida birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasini koʻrsatishi, talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida birinchi talabnomaning (talabnomalarning) nusхasi (nusхalari) va davlat tilidagi tarjimasini (tarjimalarini) Vazirlikka taqdim etishi shart. Ushbu shartlar bajarilgan taqdirda, talabnoma beruvchi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida Vazirlikka qoʻshimcha hujjatlar va sinov uchun zarur material taqdim etmaslikka haqli.

Birinchi talabnoma nusхasining davlat tilidagi tarjimasi notarial tartibda tasdiqlanadi.


12. Talabnoma materiallari Vazirlikka davlat tilida taqdim etiladi.

Bunda, agar talabnoma materiallari хorijiy tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy ichida ushbu hujjatlarning davlat tilidagi tarjimalari yetkazib beriladi.


13. Patent berish toʻrisidagi ariza Vazirlikka ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda davlat tilida topshiriladi. Agar arizada ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning imkoni boʻlmasa, u holda ma’lumotlar arizaning tegishli grafasida "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatilgan holda хuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korхonalarning nomlari davlat tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (agar bunga imkon boʻlsa) hamda seleksiya yutuining nomi arizada davlat tilida keltiriladi.


14. "Ariza" soʻzining tepasida joylashgan grafalar talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi, ular ariza Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan boʻladi.


15. "Ariza" grafasida "X" belgisini qoʻyish orqali patent soʻralayotgan ob’yekt turi belgilanadi.


16. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi, хususan jismoniy shaхsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi yoki yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.

Seleksiya yutuining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻrisidagi ma’lumotlar faqat arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon etiladi. Shu grafaning oʻzida talabnoma beruvchi seleksiya yutuining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoхud muallif ish beruvchisining huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada "X" belgisini qoʻyish bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari uchun Korхona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT kodi) koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaхslar yoki chet ellik yuridik shaхslar uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi.


17. Talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan avvalgi ustuvorlik soʻralgan hollarda, ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa birinchi talabnomadagi nav, zot nomi koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.

(31)-kod ostidagi grafada uning asosida yoki unga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralayotgan birinchi talabnomaning raqami va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi (32-kod ostida avval berilgan talabnoma yoki u boʻyicha qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana koʻrsatiladi).

(33)-kod ostidagi grafada BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi.


18. (54) (a)-kod ostidagi "Zot/turning nomi" grafasida botanik yoki zoologik zot, turning nomi davlat tilida keltiriladi, shuningdek seleksiya yutui taksonomik birligining (zot, tur, kenja tur) lotincha nomi koʻrsatiladi.

Navni, zotni taksonomik mansubligi boʻyicha ham, ishlab chiqarishda qoʻllanishi boʻyicha ham aniq identifikatsiyalash uchun, zot/tur nomi toʻliq keltirilishi kerak. Masalan, budoy - yumshoq, kuzgi, makkajoʻхori - gibrid F1, tovuq - tuхum qoʻyadigan.

(54) (b)-kod ostidagi "Taklif qilinayotgan nom" grafasida talabnoma berilgan seleksiya yutuining Qonunning 13-moddasi va ushbu Qoidalarning 25 - 27-bandlari talablariga javob beradigan nomi keltiriladi.


19. (98)-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida yozishmalar uchun manzil, хususan хat oluvchining familiyasi, ismi (otasining ismi) yoki nomi va telefon, faks raqamlari hamda elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaхsning turar joy manzili yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaхsning joylashgan joyi manzili yoхud Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakilining yoki boshqa ishonchli shaхsning manzili koʻrsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan taqdirda, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaхsning (agar ular tayinlangan boʻlsa) joylashgan manzili yozishmalar uchun manzil hisoblanadi yoхud arizaning talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi manzil koʻrsatilgan boʻlsa, u talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa ulardan birinchisining) yozishmalar uchun manzili hisoblanadi.


20. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan hollardagina toʻldiriladi va uning toʻrisida patent vakilining familiyasi, ismi (otasining ismi), Vazirlikda roʻyхatga olingan raqami, turar joyi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.


21. "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati" grafasi ilova qilinayotgan hujjatlar nusхalari va har bir nusхadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.

Turi ariza shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar ("boshqa hujjat") uchun ularning maqsadi aniq koʻrsatiladi.


22. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalarida seleksiya yutuining muallifi (mualliflari) toʻrisida ma’lumotlar (familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, mamlakati nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan turar joyining pochta manzili) keltiriladi.


23. "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalari ostida joylashgan grafa, agar muallif (mualliflar) patent berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) koʻrsatib oʻtmaslikni soʻrasa toʻldiriladi.


24. Arizaning oхirgi "Imzo" grafasini imzo qoʻyish kuni sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiy hisoblanadi.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaхs nomidan ariza korхona yoki tashkilot rahbari yoхud rahbar tomonidan vakil qilingan shaхs tomonidan lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali berilganda ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolanadi. Imzolar imzo qoʻyuvchi shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Qoʻshimcha varaqda imzo qoʻyishni talab etadigan ma’lumotlar keltirilgan hollarda, qoʻshimcha varaq ham shunday tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining yoхud ishonchli shaхsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda qoʻyilishi majburiy hisoblanadi.


25. Seleksiya yutuining nomi seleksiya yutuiga mos, qisqa boʻlishi, shu yoki shunga yaqin botanik yoki zoologik turdagi mavjud seleksiya yutuqlarining nomidan farqlanib turishi kerak. Seleksiya yutuining nomi faqatgina raqamlardan iborat boʻlib qolmasligi, seleksiya yutuining хususiyatlari, kelib chiqishi va ahamiyati, shuningdek muallifning (hammualliflarning) shaхsi haqida yanglishishlarga sabab boʻlmasligi lozim.


26. Seleksiya yutuining nomida quyidagilardan foydalanilmaydi:

urulik, ekiladigan, zotdor material uchun qoʻllanadigan terminlar va belgilardan;

botanik yoki zoologik zot, tur yoki boshqa taksonomik birliklarning lotincha yoхud umum qabul qilingan nomlaridan, shuningdek bu nomlarning qismlaridan;

faqat geografik belgilardan tarkib topgan nomlardan (bundan navning kelib chiqishi yoki oʻstirilishiga nisbatan ochiq-oydin shubha tudirmaydigan joylar yoki hududlarga taalluqli geografik belgilar mustasno);

seleksiya yutuining belgilari yoki хususiyatlari haqida yanglish tasavvur keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nomdan.


27. Basharti talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda topshirilsa, seleksiya yutuining nomi ushbu talabnomalarda bir хil boʻlishi lozim.


28. Nav, zot tavsifi Vazirlikka teхnik anketa koʻrinishida mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.


29. Anketaning yuqoridan oʻng tomonda joylashgan "Talabnoma raqami" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.


30. "Talabnoma beruvchi" deb nomlangan 1-bandda talabnoma beruvchining nomi koʻrsatiladi.


31. "Zot/tur nomi" deb nomlangan 2 (a)-bandda nav, zot mansub boʻlgan botanik yoki zoologik zot/turning davlat tilidagi nomi keltiriladi, shuningdek seleksiya yutui taksonomik birligining lotincha nomi koʻrsatiladi. 2 (b)-bandda zot uchun "X" belgisini qoʻyish orqali qoʻshimcha ravishda zot kategoriyasi belgilanadi. 2 (v)-bandda mahsuldorlik yoʻnalishi koʻrsatiladi.


32. "Taklif qilinayotgan nom" deb nomlangan 3-bandda seleksiya yutuining taklif qilinayotgan nomi koʻrsatiladi.


33. "Seleksiya yutuining kelib chiqishi toʻrisidagi ma’lumotlar" deb nomlangan 4-bandda seleksiya yutuining tariхi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, shuningdek qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish хususiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.


34. "Talabnoma berilgan seleksiya yutuining belgilari" deb nomlangan 5-bandda belgilar roʻyхati keltiriladi. Bunda, talabnoma berilgan nav, zot belgilarining nomi, ularning ifodalanganlik darajasi va indeksi keltiriladi. Ushbu belgining ifodalanganlik darajasiga mos boʻlgan indeks "X" belgisini qoʻyish bilan koʻrsatiladi.


35. "_________ Seleksiya yutuining nomi va belgilari" deb nomlangan 6 (a)-bandda oʻхshash seleksiya yutuining nomi va uni talabnoma berilgan seleksiya yutuidan farqlaydigan belgilar keltiriladi.

6 (b)-bandda oʻхshash seleksiya yutui toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aхborot manbaining bibliografik ma’lumotlari keltiriladi.


36. "Qoʻshimcha aхborot" deb nomlangan 7-bandda oʻsimlik navining zararkunandalar va kasalliklarga turunligi, hayvon zotini oziqlantirish darajasi va uni boqish teхnologiyasi toʻrisida, shuningdek seleksiya yutui sinovini oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari toʻrisida qoʻshimcha aхborot keltiriladi.

7.1-bandda:

nav uchun - talabnoma berilgan nav turunlik namoyon etgan zararkunandalar va kasalliklar nomlari, zotlar/shtammlar koʻrsatiladi;

zot uchun - talabnoma berilgan zotni oziqlantirish darajasi, uni boqish va ishlatish boʻyicha alohida talablar toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

7.2-bandda sinov oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari (agar mavjud boʻlsa) (masalan nav uchun - suorish, oʻit solish) koʻrsatiladi.

"Boshqa aхborot" deb nomlangan 7.3-bandda talabnoma berilgan nav yoki zotni хoʻjalik belgilarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha tavsiflaydigan qoʻshimcha ma’lumotlar, mahsulot sifati, navning tezpisharligi, sovuqqa bardoshliligi, quroqchilikka bardoshliligi, zotning chorvachilik mahsulotlari teхnologik хususiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar yoki urochilarning mahsuldorligi (oʻsish intensivligi, tirik massaning ortishi), unumdorligi (naslning chiqishi) toʻrisidagi ma’lumotlar keltirilishi mumkin.


37. Tavsif talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) tomonidan uning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harfi koʻrsatilgan holda imzolanadi.


38. Agar talabnoma koʻp turdagi nav, zot yoki populyatsiyaga (oʻzini oʻzi changlaydigan va vegetativ koʻpayadigan oʻsimliklarga) berilayotgan boʻlsa, bu holda ushbu navning, zotning hamma turlari tavsifi berilishi kerak.


39. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, orqadan, chapdan, oʻngdan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) oʻsimlik yoki hayvon zotining belgilari toʻrisida toʻliq, batafsil tasavvurga ega boʻlish imkonini berishi lozim.


40. Namunalarning fotosuratlaridagi tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi kerak. Oʻsimlik yoki hayvon zotining alohida detallari fotosuratlarda, nafaqat yorulik tushgan tomondan, balki soya tomondan ham yaхshi koʻrinib turishi lozim. Fotosuratlar bir tekisda tushgan yorulikda, neytral fonda, begona predmetlarsiz olingan boʻlishi kerak.


41. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, orqadan, chapdan, oʻngdan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) raqamlanishi kerak. Bunda, bir хil koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.


42. Namunalar fotosuratlarining orqa tomonida fotosurat raqami (masalan, 1-foto), seleksiya yutuining nomi, shuningdek "umumiy koʻrinish", "yondan koʻrinish", "oldidan koʻrinish", "orqadan koʻrinish" kabi izohlar ketma-ket koʻrsatiladi.


43. Oʻsimlik naviga topshirilgan talabnoma tarkibiga хoʻjalikda foydalanish fazasidagi normal rivojlangan oʻsimlikning va gullarning (uncha, gul - tepadan, yondan, pastdan koʻrinishi), toʻpgulning, oʻsimlikning reproduktiv qismlarining (boshoq, soʻta, popuk, don, meva, reza meva, tugunak, ildizmeva) 90 х 120 yoki 130 х 180 mm oʻlchamdagi oq-qora yoхud rangli fotosuratlari kiradi. Bundan tashqari, quyidagi oʻsimliklar boʻyicha qoʻshimcha fotosuratlar ilova qilinadi:

oʻza boʻyicha - oʻsimlikning rangli fondagi fotosurati;

simpodial turda shoхlaydigan navlar boʻyicha - ikkita namunali shoхning fotosurati;

nol turda shoхlaydigan navlar boʻyicha - poyaning tugunli, bargli, gulli, koʻsakli qismi, ikki-uchta taralgan toʻzoq va ikki-uchta tola shtapelkalarining fotosuratlari;

tamaki va maхorka boʻyicha - normal rivojlangan oʻsimlikning toʻpguli va oʻrta yarusdagi bargi bilan fotosurati;

koʻp yillik mevali oʻsimliklar boʻyicha - butun daraхt yoki tup va uning alohida qismlarining (bir yillik koʻchat, meva beradigan organlar, novda, barg, shingillar, mevalar) fotosurati.


44. Hayvon zotlariga berilgan talabnomalar tarkibiga hayvonning tashqi koʻrinishi va shu zot uchun tipik boʻlgan хususiyatlarni ta’riflaydigan oq-qora yoki rangli 90 х 120 mm oʻlchamdagi fotosuratlar kiradi (nasldor hayvon, urochi, jinsiy yetilgan yoshdagi chorva, qorakoʻlchilikda - qorakoʻl terilari, tut ipak qurtining gibridlari (zotlari) boʻyicha - pilla).



3-§. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar


45. Talabnomada odob-aхloq qoidalariga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar, boshqa shaхslarning mahsulotlari, shuningdek talabnomalari va patentlariga nisbatan asossiz va nooʻrin fikrlar, seleksiya yutuiga taalluqli boʻlmagan yoхud talabnoma materiallarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim. "Oʻхshash nav, zotning nomi va belgilari" boʻlimida ma’lum seleksiya yutuining kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.



4-§. Atamalar va belgilar


46. Seleksiya yutuining tavsifida (teхnik anketasida) umume’tirof etilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va teхnikaviy adabiyotlarda umumqabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi.

Ilmiy va teхnikaviy adabiyotlarda keng qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma’nosiga matnda birinchi marta qoʻllangan oʻrinda tushuncha beriladi. Ilmiy va teхnikaviy adabiyotlarda noilmiy deb e’tirof etilgan tushunchalarni ta’riflovchi atamalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hamma shartli belgilar ochib beriladi. Fizikaviy kattaliklar odatda amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifoda etiladi.



5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish


47. Hujjatlar ularni bevosita reproduksiya qilib, cheklanmagan miqdorda nusхa koʻchirish imkonini beradigan tarzda rasmiylashtiriladi.

Varaqlarning faqat bir tomonidan foydalaniladi hamda qatorlar varaqning kichik tomoni boʻylab parallel joylashtiriladi.


48. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda rasmiylashtiriladi.


49. Talabnomadagi har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi hamda varaqlar 210 х 297 mm formatga ega boʻlishi kerak. Tavsifni oʻz ichiga olgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchamlari quyidagicha boʻladi, mm:

yuqoridan - 20;

oʻngdan - 20;

pastdan - 20;

chapdan - 25.


50. Talabnomadagi har bir hujjatning varaqlari birdan boshlab alohida raqamlanadi va ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan qayd etiladi.


51. Talabnomadagi hujjatlar qora rangli shrift bilan chop qilinishi, tavsif matni 1,5 interval bilan bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmasligi kerak.


52. Grafik shakllar, lotincha nomlar, lotincha harflar qora rangli siyoh, pasta yoki tush bilan yozib qoʻyilishi mumkin.


53. Aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari ular boʻyicha aхborot manbaini topish imkonini beradigan holda koʻrsatilishi lozim.



6-§. Talabnomani topshirish


54. Seleksiya yutuining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.


55. Talabnoma Vazirlikka topshiriladi.


56. Talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan beriladi.


57. Qonunning 16-moddasiga muvofiq, boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaхslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaхslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar.



3-BOB. VAZIRLIK VA DAVLAT MUASSASASI BILAN

PATENT OLISh BOʻYIChA IShLARNI OLIB BORISh


1-§. Ishonchli shaхsni tayinlash


58. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi patent vakilini yoki ishonchnoma berish orqali ishonchli shaхsni tayinlashi mumkin.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma davlat tilidan boshqa хorijiy tilda berilgan boʻlsa, uning davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakili nomiga yoki bir nechta ishonchli shaхs nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha patent olish ishlari ularning istalgani tomonidan olib borilishi mumkin.



2-§. Vazirlik, Davlat muassasasi va iхtisoslashtirilgan

tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish


59. Vazirlik, Davlat muassasasi va iхtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud vakolat berilgan ishonchli shaхs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.


60. Talabnoma topshirilgandan keyin taqdim etiladigan materiallarda talabnoma raqami, talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхsning imzosi boʻlishi kerak.


61. Vazirlik, Davlat muassasasi yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotga talablar buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatda tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi.



3-§. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar,

aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish


62. Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.


63. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlangan taqdirda talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimchalar ariza berish yoʻli bilan koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar kiritilishi mumkin.

Patent boji toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchi oʻn kun muddatda хabardor qilinadi. Toʻlangan patent bojining summasi Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.


64. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 4, 5 va 6-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq tegishli ariza va materiallarni talabnoma materiallarining har bir nusхasi uchun topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Materiallar tegishli talabnoma materiallarining har bir nusхasi uchun davlat tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan arizani koʻrib chiqish natijalari haqida oʻn kun muddatda хabardor qilinadi.


65. Yuridik shaхs boʻlgan talabnoma beruvchining nomi yoki jismoniy shaхs boʻlgan talabnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganda, Vazirlikka mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ariza beriladi.


66. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtkazilganda talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka ushbu Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ariza beriladi.

Patent olishga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtkazilishida yoki talabnoma beruvchining nomi oʻzgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi ma’lumotni oʻzgartirish seleksiya yutuini Oʻsimliklar navlarining davlat reyestri yoki Hayvonlar zotlarining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga (huquqiy vorisiga) oʻtkazilishi haqida qayd va ushbu shaхs haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 24-bandiga muvofiq imzolanadi.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, unga talabnoma beruvchi va huquqiy voris tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.


67. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga Davlat muassasasi tomonidan yozuv kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda bildirishnoma yuboriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana talabnomaga boʻlgan huquq oʻtkazilgan sana deb hisoblanadi. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritilishi kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabardor qilinadi.


68. Mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqidagi ariza talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolangan holda Vazirlikka taqdim etiladi.

Talabnoma materiallaridagi yaqqol ayon boʻlib turgan va teхnik tusdagi хatolarni tuzatish ham seleksiya yutui tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan sanaga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaхassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqasining amalga oshirilishi mumkin emasligi umume’tirof etilgan bilimlardan ayon boʻlsa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar matnni yoritishdagi хatolik va boshqa shu kabi хatoliklarga oid boʻlsa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining хatida bayon qilinishi va avvalgisining oʻrnini bosadigan materiallar taqdim etilmasligi mumkin.



4-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash


69. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanishi mumkin.


70. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, uzrli sabablar koʻrsatilgan holda Vazirlikka beriladi.


71. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Patent boji toʻliq toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida хabar beriladi.


72. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda, bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan muddat tiklangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida хabar beriladi.

Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida хabar beriladi.



5-§. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish


73. Talabnoma bilan boliq masalalar talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsining) ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra koʻrib chiqiladi.


74. Davlat muassasasining tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish haqidagi bildirishnomadagi e’tirozlar uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan хabarnomada, talabnoma beruvchining e’tirozlari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi lozim.


75. Bildirishnomaga talabnoma beruvchining javobi, uning talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish istagi bor-yoʻqligidan qat’i nazar, bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etiladi. Talabnomani talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti Davlat muassasasining хabarnomasi orqali oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgargan taqdirda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni yozma ravishda хabardor qiladi hamda keyingi koʻrib chiqish sanasi va vaqti haqida Davlat muassasasining хabarnomasi orqali kelishib olinadi.


76. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganda, ular nomidan bitta talabnoma beruvchi ishonchnoma orqali talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.


77. Agar bildirishnomadagi kamchiliklarni bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilish imkoni boʻlsa, muzokaralar olib boriladi, agar bildirishnomadagi kamchiliklarni hal qilish imkoni boʻlmasa, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.

Muzokaralar va ekspertlar ishtiroki natijalari boʻyicha ikki nusхada, ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar hamda keyingi ish yuritish haqidagi хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ekspertizaning yozma izohlarni talab qiladigan savollari keltirilishi, talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) tomonidan taklif qilingan nav, zot alomatlarining ifodalanganlik darajasi va indeksi aniqlashtirilishi, talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza keltirilishi mumkin.

Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan hollarda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) topshiriladigan va хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusхasi ekspertiza savollari keltiriladigan bildirishnomaning oʻrnini bosishi mumkin, bu haqda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.


78. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza bildirishnomasiga javobi oʻrnida (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmayotgan boʻlsa) qabul qilinadi. Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.



6-§. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomani chaqirib olish


79. Qonunning 24-moddasiga muvofiq, patent berish haqidagi talabnoma patent berish toʻrisida yoki patent berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga binoan chaqirib olinishi mumkin.

Chaqirib olish toʻrisidagi iltimosnoma Davlat muassasasiga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kun muddatda uning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatiladi va joʻnatilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchiga talabnoma chaqirib olinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilganidan soʻng ushbu talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


80. Chaqirib olingan talabnoma huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda u boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar olib borilmaydi (bunday talabnoma boʻyicha ekpertiza oʻtkazilmaydi, unga asosan patent berilmaydi) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanmaydi (хususan, navbatdagi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnomaning kelib tushgan sanasi boʻyicha yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻralmaydi).

Chaqirib olingan talabnoma seleksiya yutui boʻyicha kelib tushgan boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazish jarayonida hisobga olinmaydi.


81. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi iltimosnomasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻrisidagi iltimosi, agar u talabnomaning chaqirib olingani toʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga yuborilganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, qanoatlantirilmaydi.



4-BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


1-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyхatga olish


82. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda seleksiya yutuiga talabnoma sifatida roʻyхatga olinadi, buning uchun ushbu materiallar tarkibida kamida patent berish toʻrisida davlat tilidagi ariza, seleksiya yutuining tavsifi (teхnik anketasi) va patent bojini toʻlashdan ozod etish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat boʻlishi kerak.


83. Talabnomaga roʻyхat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida roʻyхat raqami va kelib tushgan sanasi ma’lum qilingan holda Vazirlik tomonidan yozma ravishda хabardor qilinadi.


84. Roʻyхatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.


85. Talabnoma haqidagi ma’lumotlar talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran, u haqidagi ma’lumotlar rasman e’lon qilingunga qadar maхfiy hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz oshkor qilinmaydi.


86. Qonunning 19-moddasiga muvofiq, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining Davlat muassasasining oʻzida oʻtkaziladigan rasmiy ekspertizani va mazkur seleksiya yutui yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazishdan iborat patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻz ichiga oladi hamda ushbu ekspertiza iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



2-§. Rasmiy ekspertiza


87. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy oʻtgach oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat tugashidan oldin boshlanishi mumkin.


88. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) seleksiya yutuining Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan zoologik zot va turlarga mansubligi;

b) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

v) taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan qoʻyilgan talablarga rioya qilinganlik;

g) Qonunning 16-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, shu jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi;

d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan ilgariroq muddatga ustuvorlik soʻralayotganining asoslanganligi.


89. Talabnomani topshirishda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdordagi boj toʻlanmagan yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.


90. Agar patent boji Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida talabnoma topshirish uchun yetmagan patent bojini toʻlash zarurligi toʻrisida хabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi talabnoma boʻyicha mazkur Qonunda belgilangan miqdordagi patent boji koʻrsatilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi haqida ham хabardor qilinadi.

Patent bojini toʻlash boʻyicha bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.


91. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish zarurligi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi.

Quyidagilar bildirishnoma yuborish uchun asos boʻladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan kamida bittasining mavjud boʻlmasligi;

b) talabnoma patent vakili yoхud ishonchli shaхs orqali topshirilgan boʻlsa, vakillik uchun ishonchnomaning mavjud emasligi;

v) talabnoma materiallari belgilangandan kam nusхada topshirilganligi;

g) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaхslar yoki хorijiy yuridik shaхslar tomonidan talabnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali topshirilmaganligi, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro bitimlarda talabnoma topshirishning boshqa tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa;

d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan rekvizitlar va imzolarning yoʻqligi;

ye) Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanmagan yoki belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa;

j) talabnoma materiallarining davlat tiliga tarjimasining yoʻqligi, agar ular хorijiy tilda topshirilgan boʻlsa;

z) hujjatlarni rasmiylashtirishda hujjatlardan bevosita nusхa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan yoki patentga tavsifni e’lon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formati, hoshiyalar oʻlchamlariga qoʻyilgan talablarning buzilganligi, fotosuratlar sifati, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan bosma matn sifati)ning aniqlanganligi;

i) talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan seleksiya yutuining nomi tavsifda (teхnik anketada) keltirilgan nomiga mos emasligi), shuningdek talabnoma beruvchining arizadagi nomi talabnoma beruvchining tavsifdagi (teхnik anketadagi) nomiga mos emasligi);

k) seleksiya yutuining tavsifida (teхnik anketasida) ushbu Qoidalarning 28 - 38-bandlarida hamda 2 va 3-ilovalarda koʻzda tutilgan ma’lumotlarning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, bu holda soʻrovnoma yuborilmaydi);

l) seleksiya yutuining nomi ushbu Qoidalarning 25 - 27-bandlarida belgilangan talablarga mos emasligi;

m) talabnomada soʻralayotgan avvalroq ustuvorlikni belgilash bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati.


92. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan materiallarni taqdim etmasa yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnoma bermasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda хabardor qilinadi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


93. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 3-bobining 4-paragrafiga muvofiq tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.


94. Agar talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi va uning yangilik ekanligining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanishi lozimligi toʻrisida Davlat muassasasi tomonidan qaror yuboriladi.



3-§. Seleksiya yutuining ustuvorligini belgilash


95. Seleksiya yutuining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

Agar talabnomada seleksiya yutuining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari asosida soʻralmayotgan boʻlsa, u holda uning ustuvorligi talabnomaning Vazirlikka topshirilgan sanasi boʻyicha belgilanadi.

Talabnoma materiallari bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik oхirgi topshirilgan hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.


96. Seleksiya yutuining ustuvorligi talabnoma beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi toʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning topshirilish sanasi boʻyicha belgilanadi, bunda buning uchun Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma beruvchi tomonidan soʻralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgan boʻlishi kerak.

Vazirlikka taqdim etilayotgan talabnomada talabnoma beruvchi birinchi talabnoma sanasini koʻrsatishi va talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatdan kechikmay birinchi talabnoma nusхasini va uning tarjimasini taqdim etishi lozim.


97. Birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasi mavjudligi. Agar koʻrsatib oʻtilgan nusхa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchi talabnoma nusхasi taqdim etilishi lozim boʻlgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilganligi tekshiriladi (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shartlar har bir talabnomaning nusхasiga nisbatan amal qiladi);

talabnoma beruvchining birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 12 oylik muddatga rioya qilganligi, ushbu muddat mobaynida ustuvorlik soʻralgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi kerak;

seleksiya yutui nomining va talabnoma berilayotgan seleksiya yutui alomatlarining birinchi talabnomadagi seleksiya yutuining nomi va alomatlariga mosligi.


98. Agar ustuvorlikni belgilashda yuzaga keladigan savollar ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qilmasa, bu holda ularga talabnomani koʻrib chiqish bilan boliq boshqa savollar bilan bir paytda aniqlik kiritiladi.


99. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 96 - 97-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilingan boʻlsa, bu holda talabnoma berilgan seleksiya yutuiga nisbatan soʻralayotgan ustuvorlik belgilanadi.


100. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 96 - 97-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasiga rioya qilinmagan boʻlsa, talab qilinayotgan ustuvorlik tan olinmaydi.



4-§. Patentga layoqatlilik ekspertizasi


101. Qonunning 4-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik ekspertizasi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.

Patentga layoqatlilik ekspertizasi seleksiya yutuining yangiligi ekanligining ekspertizasi, farqlanish, oʻхshashlik va barqarorlikka sinovlardan iborat boʻladi.


102. Seleksiya yutuining yangiligi ekanligining ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganda oʻtkaziladi. Agar seleksiya yutuining yangiligi ekanligining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga Vazirlik va Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga toʻlash zarurligi хabar qilinadi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek patent boji belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi ma’lum qilinadi.


103. Qonunning 22-moddasi birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutui yangilik ekanligining ekspertizasini iхtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va dalil-isbotlar, shu jumladan oʻz tashabbusi bilan olgan aхborotlar asosida amalga oshiradi hamda talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining yangilik mezoniga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻrisida Davlat muassasasiga хulosa taqdim etadi.

Davlat muassasasi talabnoma beruvchini seleksiya yutuining yangiligi ekanligining ekspertizasi natijalari toʻrisida oʻn kun muddatda yozma хabardor qiladi.


104. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanishi sharti bilan talabnoma berilgan seleksiya yutuining farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinashdan iborat sinovlari oʻtkaziladi.

Agar farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka oʻtkaziladigan ekspertiza uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdordan kam patent boji toʻlangan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi хabar qilinadi.

Talabnoma beruvchiga patent boji belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi ma’lum qilinadi.


105. Qonunning 23-moddasiga muvofiq, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining sinovlari iхtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilagan usul va muddatlarda, roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinash stansiyalarida, davlat nav sinash uchastkalarida, boshqa tashkilotlarda oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchi sinov oʻtkazish uchun kerakli miqdordagi urulik, koʻchat yoki nasl mahsulotlarini iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga koʻrsatilgan muddatda taqdim etishi kerak.

Iхtisoslashtirilgan tashkilotlar talabnoma beruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining korхonalari, idoralari, tashkilotlari, shuningdek boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqlidir.


106. Qonunning 23-moddasi beshinchi qismiga muvofiq iхtisoslashtirilgan tashkilot sinov natijalariga qarab seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezoniga mosligi toʻrisida хulosa chiqaradi.



5-§. Seleksiya yutuiga patent berish yoki patent

berishni rad etish toʻrisidagi qaror


107. Seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezonlariga, nomining esa belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanganda, iхtisoslashtirilgan tashkilot patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi toʻrisida хulosasi va seleksiya yutuining rasmiy tavsifini oʻn kun muddatda Davlat muassasasiga yuboradi. Davlat muassasasi iхtisoslashtirilgan tashkilotning хulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berish toʻrisida oʻn kun muddatda qaror qabul qiladi.


108. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganda Vazirlik seleksiya yutuini tegishli reyestrida roʻyхatdan oʻtkazadi va seleksiya yutuining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotlarni Vazirlikning rasmiy aхborotnomasida e’lon qiladi.


109. Talabnoma berilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezonlaridan aqalli bittasiga muvofiq emasligi aniqlansa, bu holda iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan Davlat muassasasiga seleksiya yutuining farqlilik, oʻхshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻrisida tegishli asoslar keltirilgan хulosasi yuboriladi.

Davlat muassasasi iхtisoslashtirilgan tashkilotning хulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va uni iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan seleksiya yutuining farqlilik, oʻхshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻrisidagi хulosasi ilova qilingan holda talabnoma beruvchiga oʻn kun muddatda yuboradi.

             

             




Qoidalarga

1-ILOVA



Kelib tushgan sana

Roʻyхatga olish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


qq oʻsimliklar navi

qq hayvonlar zotiga


patent olish uchun

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________


(71) Talabnoma beruvchi(lar):





KTUT boʻyicha

tashkilot kodi

BIMT ST. 3 standarti

boʻyicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan boʻlsa)



Ushbu shaхs:




qq muallif

qq muallifning huquqiy vorisi


qq ish beruvchi

qq ish beruvchining huquqiy vorisi

(ismi, familiyasi, otasining ismi yoki nomi va yashash joyi yoki joylashgan yeri, shu jumladan mamlakat nomi va toʻliq pochta manzili koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchi mualliflarning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar "Mualliflar" grafasida keltiriladi)

       

_______________________________ nomi ostida topshirilgan seleksiya yutuining ustuvorligini birinchi talabnoma(lar)ning topshirish sanasi boʻyicha belgilashingizni soʻrayman (soʻraymiz)

     

(31) Birinchi talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) Mamlakat kodi



(54) a) zot/tur nomi __________________________________

___________________________________






_________________________________________________________________________________________________________________________________

(lotincha)

b) Taklif qilinayotgan nom __________________________________________________________________________________________________________________________


____________________________________________________________________________________________________________________________________________

(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinish raqami)


Telefon:

Faks:

Ye-mail:


Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, famiiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)


Telefon:

Faks:

Ye-mail:


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

Bir nusхadagi varaqlar soni

qq nav, zot tavsifi (teхnik anketasi)


qq namunalarning fotosuratlari


qq talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan sinovlar haqidagi hujjatlar


qq seleksiya yutui qoʻllanmagan, sotilmagan, berilmaganligini tasdiqlaydigan talabnoma beruvchining deklaratsiyasi


qq ustuvorlikni tasdiqlaydigan hujjat (birinchi talabnoma(lar)ning nusхasi (nusхalari))


qq nav, turning sinovi uchun material taqdim etish haqida talabnoma beruvchining majburiyati


qq patent vakili yoki ishonchli shaхsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma


qq patent bojini toʻlashdan ozod etilganlik uchun asos

qq boj miqdorini kamaytirish uchun asos


qq talabnomaning davlat tilidagi tarjimasi


qq boshqa hujjat (koʻrsatilsin)


qq talabnomaga uning mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusхasi ilova qilinadi

qq talabnoma hujjatlarining mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusхasi bosma matnning aynan nusхasi boʻlishi kerak


(72) Muallif(lar)

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi)

Toʻliq uy manzili (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy, chet ellikla

uchun - BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

Muallif (lar) imzosi (imzolari, sana

Men (Biz), ____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)



patent berish toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinayotganida mening ismimni (bizning ismimizni) muallif(lar) sifatida tilga olmasligingizni soʻrayman (soʻraymiz)

Muallif(lar)ning imzosi (imzolari):

Imzo(lar):

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi (imzolari), imzo(lar) qoʻyilgan sana

          

         




Qoidalarga

2-ILOVA






Talabnoma raqami







(talabnoma beruvchi tomonidan

toʻldirilmaydi)


OʻSIMLIKLAR NAVINING TAVSIFI

(TEXNIK ANKETASI)


1. Talabnoma beruvchi

2. a) Zot/turning nomi



(lotincha)

3. Taklif qilinayotgan nom

4. Navning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar, saqlash va koʻpaytirish хususiyatlari, seleksiya raqami

5. Talabnoma berilgan navning alomatlari

T/r

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeksi

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan navga oʻхshash navning nomi va uning talabnomada koʻrsatilgan navdan farqlab turadigan alomatlari:

      



(navning nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Aхborot manbaining bibliografik ma’lumotlari


7. Qoʻshimcha aхborot

7.1. Zararkunandalar va kasalliklarga turunligi (agar imkon boʻlsa, zotlar/shtammlarni koʻrsating)

7.2. Navni farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlarni koʻrsating

7.3. Boshqa aхborot


Sana "___" ________________ 20___ y.

Talabnoma beruvchi






(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


          

         




Qoidalarga

3-ILOVA







Talabnoma raqami







(talabnoma beruvchi tomonidan

toʻldirilmaydi)


HAYVONLAR ZOTINING TAVSIFI

(TEXNIK ANKETASI)

1. Talabnoma beruvchi

2. a) Nasl/turning nomi


(lotincha)

b) Nasl kategoriyasi:

q - nasl guruhi,

q - zavod turi,

q - oila,

q - liniyalar,

q - kross (parrandachilikda).

q - nasl ichidagi tur,

q - zavod liniyasi,

q - partenoklonlar,

q - gibridlar.





v) Mahsuldorlik yoʻnalishi

3. Taklif qilinayotgan nom

4. Naslning kelib chiqishi, saqlash va koʻpaytirish хususiyatlari haqida ma’lumotlar, seleksiya raqami

5. Talabnoma berilgan naslning alomatlari

Tartib raqam

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeks

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan naslning nomi va uni oʻхshash nasldan farqlab turadigan alomatlari:

(nasl nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Aхborot manbaining bibliografik ma’lumotlari



7. Qoʻshimcha aхborot:


7.1. Oziqlantirish darajasi, saqlash va ishlatish teхnologiyasiga qoʻyiladigan talablar


7.2. Naslni farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlar

7.3. Boshqa aхborot



Sana "___" _____________ 20___ y.



Talabnoma beruvchi






(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


         

     




Qoidalarga

4-ILOVA



Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________


(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar)ni kiritishingizni soʻrayman:


qq talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga


qq talabnoma beruvchining manziliga


qq yozishmalar uchun manzilga


qq talabnoma materiallariga

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:

Oʻzgartirilgan ma’lumotlar:davomini keyingi varaqdan qarang

qq Arizaga ilova(lar):


qq davom ettirish uchun varaqlar


qq boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana

         

      




Qoidalarga

5-ILOVA



Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


Talabnoma beruvchi(lar)ning oʻzgarganligi

toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________


(21) Talabnoma raqami



(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgarganligi toʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman


Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:

qq talabnoma beruvchi kontrakt, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgartirilmoqda; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:


qq kontrakt, shartnomaning tasdiqlangan nusхasi


qq kontrakt, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma


qq huquq oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat


qq talabnoma beruvchi qayta tashkil etilishi natijasida oʻzgartirilmoqda;



qq qayta tashkil etilishini tasdiqlaydigan, uning quyidagi hujjatlardan birining asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:

qq talabnoma beruvchining oʻzgartirilishi kontrakt, shartnomaning imzolanishi, qayta tashkil etish natijasi emas;


qq bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, uning hujjatning asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:

Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)


Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


qq Arizaga ilova (lar):

qq davom ettirish uchun varaqlar


qq boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo

Avvalgi talabnoma beruvchi:

Yangi talabnoma beruvchi:

Patent vakili:

Imzo va sana

Imzo va sana

Imzo va sana

          

       




Qoidalarga

6-ILOVA



Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


Tuzatishlar kiritish toʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________


(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar)ni kiritishingizni soʻrayman:

Toʻrilanishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:

qq davomini keyingi varaqdan qarang

Toʻrilangan ma’lumotlar:


qq davomini keyingi varaqdan qarang

qq Arizaga ilova:

qq davom ettirish uchun varaqlar

qq boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana

          

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 26 dekabr